Sayyid muhyiddin maxdum


Bitiruv malakaviy ishining tarkibi


Download 112.4 Kb.
bet5/23
Sana18.06.2023
Hajmi112.4 Kb.
#1569745
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
- 1. Otabek diplom ishi

Bitiruv malakaviy ishining tarkibi.“ Qur’oni karim mufassiri uchun zaruriy qoidalar” nomli bitiruv malakaviy ishim kirish,asosiy qism,ikki bob,xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan tashkil topgan

I TAFSIR ILMI
1.1. Tafsir ilmining ahamiyati
Ma’lumki, Qur’on oyatlari Rosululloh sollallohu alayhi vasallamga 23 yil mobaynida bo‘lak-bo‘lak holda nozil qilingan. Va bu oyatlarning o‘qilishini va ma’nolarini Rosululloh sollallohu alayhi vasallam sahobalarga tushuntirib berar edilar, shuning bilan birga ular bu oyatlarni o‘z hayotlariga tadbiq qilar edilar. Darhaqiqat, musulmonlar bu ulug‘ kalomni chuqur o‘rganishlari bilan unga tavajjuh qilishdan o‘zga ulug‘lik va undagi yaxshiliklardan o‘zga insonga foydali bo‘lgan xayriyat yuqligini tushunib yetgan edilar. Qur’on xolis arab tilida nozil bo‘lganligi uchun uning oyatlarining ma’nolarini tushunar edilar. Shuning bilan bir qatorda asl maqsadi nozik bo‘lgan Qur’on oyatlari bor ediki, ularni tushunishda sahobalar ham to‘siqlarga duch kelar edilar. Ammo bu uzoqqa cho‘zilmas edi. Ular bunday hollarda Rosululloh sollallohu alayhi vasallamga murojaat qilar edilar va Rosululloh sollallohu alayhi vasallam ularga bu oyatlarning asl mohiyatini bayon qilib berar edilar. Rosululloh sollallohu alayhi vasallamga Qur’on oyatlarini yetkazishlik vojib bo‘lganidek, uning ma’nolarini bayon kilib, sharhlab berishliklari ham vojib edi. Olloh taolo aytadi:
و أنزلنا إليك الذّكرلتبيَن للنّاس ما نزّل إليهم ولعلّهم يتفكّرون3
Ma’nosi: «Sizga odamlarga nozil qilingan (ahkomlar)ni bayon qilib berishingiz uchun va tafakkur qilsinlar, deb bu zikrni (Qur’onni) nozil qildik».
Shu tariqa sahobalar raziyallohu anhum oyatlarning asl maqsadlarini fahmu-idrok qilishda bardavom bo‘ldilar va hidoyatga boshlovchi bu ochiq-ravshan dalillarga amal qildilar. Shuning uchun ham ular xorlik ko‘rmagan aziz insonlar va zaiflikni bilmagan kuchli-quvvatli insonlar bo‘ldilar. Shu sababdan ular adolatsizlik va tahqirliklarga rozi bo‘lmagan hurmatli insonlarga aylandilar. Natijada ularning tevaragiga xalqlar va elatlar bir oiladek jam bo‘ldilar.
So‘ngra ulardan keyin dinu-diyonatda firqalarga bo‘lingan oqimlar yuzaga keldilar va ular dinda ko‘pdan-ko‘p bid’atlarni paydo qildilar. Ular zulmatli kechada yulini yuqotgan kishidek fitnalandilar. Bu fitnalardan faqatgina Ollohning kitobi va Rosululloh sollallohu alayhi vasallamning sunnatlariga qaytishlik, unga murojaat qilishlik bilangina najot bor edi. Va bu Kalomning bir tarafi Ollohning huzurida, bir tarafi esa insonlarning qo‘llaridadir.
Musulmonlar orasida Qur’on hidoyatidan beparvo kishilar ham bo‘ldilar. Ular bid’at va adashishlikning boshiga minib olgan edilar. Ular salafi solihlarning Qur’on oyatlarini fahmlash va idrok etishlaridagi ochiq-ravshan yo‘llarini o‘zlariga yo‘l qilib olmadilar va Qur’onni o‘z ta’vilidan boshqa usullar bilan ta’vil qila
boshladilar, zohiriy o‘zboshimchaliklarga va juda katta xatoliklarga yul qo‘ydilar. Ular Qur’ondan o‘z bid’atlarining to‘g‘riligiga tasdiqlar keltirishga harakat qildilar va o‘z aqidalariga tayanch bo‘lishi uchun Qur’onning ochiq-ravshan jumlalariga firibgarlik qildilar. Natijada Qur’onni o‘z o‘rnidan o‘zgartirishga va uning lafzlarini noto‘g‘ri, noo‘rin tafsir qilishga kirishdilar.
Va bu firqalardan boshqa bo‘lgan ilm sohiblari yetishib chiqdilarki, ular yangi qoida va nazariyot ilmlarini chuqur o‘rgandilar va Qur’on oyatlari va o‘zlari ega bo‘lgan ilmlar o‘rtasini bog‘lashga harakat qildilar. Ulardan bu ilmlarga xizmat qilishni maqsad qilganlar va Qur’oniy ta’limotlarga tayanib uni rivojlantiradigan kishilar chiqdilar. Va ulardan dinga xizmat qiladiganlar va Qur’onni ana shu ilmlar evaziga tushunishga bel bog‘lagan kishilar chiqdilar. Va nihoyat bu ilm sohiblari juda ko‘p tafsir kitoblari bilan mashhur bo‘lib, tafsir fanida ilk qadamlarni qo‘ya boshladilar.

Download 112.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling