Sayyid muhyiddin maxdum
Mavzuning o‘rganilganlik darajasi
Download 112.4 Kb.
|
- 1. Otabek diplom ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- وَأَنْزَلْنَا إِلَيْكَ الذِّكْرَ لِتُبَيِّنَ لِلنَّاسِ مَا نُزِّلَ إِلَيْهِمْ وَلَعَلَّهُمْ يَتَفَكَّرُونَ
Mavzuning o‘rganilganlik darajasi. Darhaqiqat, musulmonlar bu ulug‘ kalomni chuqur o‘rganishlari bilan unga tavajjuh qilishdan o‘zga ulug‘lik va undagi yaxshiliklardan o‘zga insonga foydali bo‘lgan xayriyat yo‘qligini tushunib yetgan edilar. Qur’on xolis arab tilida nozil bo‘lganligi uchun uning oyatlarining ma’nolarini tushunar edilar. Shuning bilan bir qatorda asl maqsadi nozik bo‘lgan Qur’on oyatlari bor ediki, ularni tushunishda sahobalar ham to‘siqlarga duch kelar edilar. Ammo bu uzoqqa cho‘zilmas edi. Ular bunday hollarda Rosululloh sollallohu alayhi vasallamga murojaat qilar edilar va Rosululloh sollallohu alayhi vasallam ularga bu oyatlarning asl mohiyatini bayon qilib berar edilar. Rosululloh sollallohu alayhi vasallamga Qur’on oyatlarini yetkazishlik vojib bo‘lganidek, uning ma’nolarini bayon kilib, sharhlab berishliklari ham vojib edi.
Olloh taolo aytadi: وَأَنْزَلْنَا إِلَيْكَ الذِّكْرَ لِتُبَيِّنَ لِلنَّاسِ مَا نُزِّلَ إِلَيْهِمْ وَلَعَلَّهُمْ يَتَفَكَّرُونَ Ma’nosi: «Sizga odamlarga nozil qilingan (ahkomlar)ni bayon qilib berishingiz uchun va tafakkur qilsinlar, deb bu zikrni (Qur’onni) nozil qildik».1 Shu tariqa sahobalar roziyallohu anhum oyatlarning asl maqsadlarini fahmu-idrok qilishda bardavom bo‘ldilar va hidoyatga boshlovchi bu ochiq-ravshan dalillarga amal qildilar. Shuning uchun ham ular xorlik ko‘rmagan aziz insonlar va zaiflikni bilmagan kuchli-quvvatli insonlar bo‘ldilar. Shu sababdan ular adolatsizlik va tahqirliklarga rozi bo‘lmagan hurmatli insonlarga aylandilar. Natijada ularning tevaragiga xalqlar va elatlar bir oiladek jam bo‘ldilar. So‘ngra ulardan keyin dinu-diyonatda firqalarga bo‘lingan oqimlar yuzaga keldilar va ular dinda ko‘pdan-ko‘p bid’atlarni paydo qildilar. Ular zulmatli kechada yo‘lini yo‘qotgan kishidek fitnalandilar. Bu fitnalardan faqatgina Ollohning kitobi va Rosululloh sollallohu alayhi vasallamning sunnatlariga qaytishlik, unga murojaat qilishlik bilangina najot bor edi. Va bu Kalomning bir tarafi Ollohning huzurida, bir tarafi esa insonlarning qo‘llaridadir. Musulmonlar orasida Qur’on hidoyatidan beparvo kishilar ham bo‘ldilar. Ular adashishlikning boshiga minib olgan edilar. Ular salafi solihlarning Qur’on oyatlarini fahmlash va idrok etishlaridagi ochiq-ravshan yo‘llarini o‘zlariga yo‘l qilib olmadilar va Qur’onni o‘z ta’vilidan boshqa usullar bilan ta’vil qila boshladilar, zohiriy o‘zboshimchaliklarga va juda katta xatoliklarga yo‘l qo‘ydilar.Ayrimlari Alloh taolo Qur’oni karimda: Download 112.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling