Sayyid muhyiddin maxdum


Download 112.4 Kb.
bet2/23
Sana18.06.2023
Hajmi112.4 Kb.
#1569745
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
- 1. Otabek diplom ishi

Mavzuning dolzarbligi. Insoniyat tarixida bir davrlar o‘tdiki, unda inson o‘zi uchun muhim bo‘lgan ishlarda ko‘p noaniqliklarga yo‘l qo‘ydi. Ba’zida, hoyu-havasli, ba’zida iztiroblardan iborat bo‘lgan hayot yo‘lini boshidan o‘tkazdi. Haqni botildan, botilni haqdan ajratishga qodir bo‘la olmay, axloqiy tartibsizliklardan iborat bo‘lgan mashaqqatli hayotga yuz tuban bo‘ldi. Bu jafokash inson turli azob-uqubatlar girdobidan qutulib, baxtli-saodatli va farovon hayot yo‘liga chiqishi uchun Alloh taolo unga ilohiy kalomlarni in’om qildi. Va bu kalomlarni inson o‘z hayotida tadbiq qilishi uchun, uning ma’nolarini tadabbur va tafakkur qilib, ma’nan yuksalishi uchun unga rahnamolik qiluvchi payg‘ambarlarni yubordi. Va bu payg‘ambarlar qorong‘u kechada yo‘lchi yulduzdek bo‘lib chiqib keldi. Bu ummatga Olloh taolo hidoyat yo‘lini ko‘rsatuvchi, uni do‘zax azobidan ogohlantirib, jannat bilan bashorat berguvchi zot payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamni yubordi va unga ulug‘ kalom Qur’onni nozil qildi. Qur’on inson uchun iymon nuri va ziyosi bo‘lgan, qalblar uchun shifo bo‘lgan,hidoyat istaganlar uchun hidoyat bo‘lgan kalomdir. Qur’on bu insoniyatni dunyo va oxirat saodatiga eltuvchi ulug‘ kalomdir. Va bu kalomni bizga yetkazuvchi, uning ma’no va mohiyatini tushuntirib, bayon qilib beruvchi payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam edilar. Ma’lumki, Qur’on oyatlari Rosululloh sollallohu alayhi vasallamga 23 yil mobaynida bo‘lak-bo‘lak holda nozil qilingan. Va bu oyatlarning o‘qilishini va ma’nolarini Rosululloh sollallohu alayhi vasallam sahobalarga tushuntirib berar edilar, shuning bilan birga ular bu oyatlarni o‘z hayotlariga tadbiq qilar edilar.Ulardan so‘ng islom dini ko‘p diyorlarga tarqadi.Turli millat va elatlar islom dinini qabul qila boshladi.Ana o‘sha davrlardan boshlab Qur’oni karimni o‘rganish uning mujmal oyatlarining ma’nolarini odamlarga yetkazishlikka yanada muhtoj bo‘lindi.Va tafsir fani eng dolzarb mavzuga aylandi. Ushbi bitiruv malakaviy ishida mufassirlar uchun zarur bo‘lgan qoidalar bilan birgalikda mashhur mufassir sahobalar va ularning tafsir qilish usullariga ham alohida to‘xtalib o‘tilgan.

Download 112.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling