Sayyid muhyiddin maxdum


عَنِ الْيَمِينِ وَعَنِ الشِّمَالِ عِزِينَ


Download 112.4 Kb.
bet10/23
Sana18.06.2023
Hajmi112.4 Kb.
#1569745
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   23
Bog'liq
- 1. Otabek diplom ishi

عَنِ الْيَمِينِ وَعَنِ الشِّمَالِ عِزِينَ
Ular o‘ng va so‘ldan to‘dato‘da bo‘lib, siz tomonga chopurlar — (Maorij, 37) degan oyatini tafsir qilib, unga muvofiq arab she’ridan ham keltir!", — dedi. Shu ondayoq Ibn Abbos (r.a.): "Ubayd ibn Al-Abrasning ushbu —


فَجَاؤُا يَهْرِعُونَ إِلَيْهِ حَتَّي يَكُونُوا حَوْلَ مِنْبَرِهِ عِزِينًا
"Odamlar uning yoniga chopib keldilar va minbari atrofida to‘dalashdilar" — degan she’rini eshitmaganmisan? — dedilar. Nofi’ yana:


وَابْتَغُوا إِلَيْهِ الْوَسِيلَةَ
"Unga yaqin bo‘lish yo‘lini izlangiz" — (Moida, 35) oyatining tafsirini ayt", — dedi. Ibn Abbos (r.a.): "Vasila ehtiyoj deganidir. Antaraning ushbu she’riga quloq sol:


إِنَّ الرِّجَالَ لَهُمْ إِلَيْكَ وَسِيلَةٌ إِنْ يَأْخُذُوكَ تَكحَلي وَ تَخْضَبي
"Odamlarning senga ehtiyoji bor, agar huzuringga borsalar munosib qarshila", — deb javob berdilar". (Al-Itqon, 1-j. 120-b)Yuqorida keltirilgan rivoyatlar Ibn Abbosning Qur’onni qancha bilsalar, xalq tilini, xalq merosini ham shuncha yaxshi bilganliklarini, nihoyatda zabardast mufassir olim ekanliklarini ko‘rsatadi.
Ibn Abbos (r.a.)dan tafsir to‘g‘risida juda katta meros qolgan. Bu meros Misrda "Tanvirul miqbos min tafsiri Ibn Abbos" nomi bilan bir necha bor nashr qilingan. Uni jamlab, nashrga tayyorlovchi "Qomus Al-Muhit"ning sohibi Abu Tohir Muhammad ibn Ya’qub Al-Feruzobodiy Ash-Shofi’iydir.b)Abdulloh ibn Mas’ud (r.a.)ning tarjimai holi.
Ibn Mas’udning to‘liq nomlari Abdulloh ibn Mas’ud ibn G‘ofil ibn Habib ibn Sammah bo‘lib, Abu Abdurrohman Al-Huzaliy kunyalaridir, nasablari Muzarga yetadi. Onalari Ummu Abd binti Abdul Huzayl qabilasidan bo‘lib, ba’zida Abdullohning nomlarini onalariga nisbatan Ibnu Ummi Abd ham deyiladi. Ibn Mas’ud (r.a.) ozg‘in, bo‘ylari past, bug‘doy rangli edilar. Ancha avval Islomni qabul qilgan edilar. O‘zlarining shohidlik berishlaricha, Yer yuzida hali hech kim musulmon bo‘lmaganda, yettinchi bo‘lib Islomni qabul qilganlar. Qur’oni Karimni Payg‘ambarimiz (s.a.v.)dan keyin Makkada birinchi bo‘lib oshkora tilovat qilganlar va shu sababdan ham Quraysh kofirlaridan ko‘p aziyatlar chekkanlar. Ibn Mas’ud Islomni qabul qilganlaridan keyin Payg‘ambarimiz (s.a.v.) uni o‘zlariga xizmatga oldilar. Ibn Mas’ud jonu-dil bilan xizmat qilib Payg‘ambarimiz (s.a.v.) ga tahorat suvi tayyorlab berardilar, misvoklarini va kovushlarini avaylab saqlar edilar. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) agar o‘rinlaridan tursalar, kavushlarini kiydirib qo‘yardilar, agar o‘tirsalar kavushlarini yechib, qo‘ltiqlarida saqlar edilar, agar yursalar Ibn Mas’ud oldinda yurardilar, agar g‘usl qilsalar, Ibn Mas’ud parda bilan to‘sib turardilar. Agar uxlab qolsalar, uyg‘otar edilar. Ibn Mas’ud onalarimiz huzurlarida ham behijob yurardilar, hatto Abu Muso Al-Ash’ariy Ibn Mas’udni Payg‘ambar oila a’zolaridan biri, deb gumon qilgan edi.
Abu Muso Al-Ash’ariy aytadilar: "Men birodarim bilan Yamandan kelib, Payg‘ambar xonadonlarida biroz turganimda Ibn Mas’ud va onalarini Payg‘ambar huzurlariga ko‘p kirib-chiqqanligidan shu xonadon ahli bo‘lsa kerak, deb o‘yladim". (Buxoriy va Muslim)Ibn Mas’ud (r.a.) avval Habashistonga keyin Madinaga hijrat qildilar. Payg‘ambar bilan birga bir namozni (Asr namozini) ikki qiblaga qarab o‘qidilar. Badr, Uhud, Xandaq, Bay’atur-rizvon va boshqa g‘azotlarda Payg‘ambarimiz (s.a.v.) bilan birga bo‘ldilar. Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning vafotlaridan so‘ng Yarmuk g‘azotida ham ishtirok etdilar. Badr jangida Abu Jahlni o‘ldirgan kishi ham Ibn Mas’ud (r.a.)edilar. Payg‘ambarimiz(s.a.v.) Ibn Mas’udga dunyoda fazl va yuksak hurmat egasi bo‘lish, oxiratda esa jannat egasi bo‘lish bashoratini bergan edilar.
Ali ibn Abu Tolib (r.a.) aytadilar:
"Payg‘ambarimiz (s.a.v.) dedilar: "Agar mo‘minlarning mashvaratisiz biror kishini amir qilmoqchi bo‘lsam, albatta Ibn Ummi Abd (Ibn Mas’ud)ni amir qilgan bo‘lardim". (Imom Ahmad)
Ibn Mas’ud (r.a.) Hazrat Umar va Hazrat Usmonning xalifalik davrlarida Kufada xazinabon bo‘ldilar. Umrlarining oxirida Madinaga qaytib keldilar va shu yerda o‘ttiz ikkinchi hijriy sanada oltmish yoshda vafot etdilar. U kishining jasadlari Baqi’ qabristoniga dafn etilgan.Ibn Mas’ud (r.a.) sahobai kiromlar orasida hofizi Qur’onlarning eng ulug‘laridan biri edilar. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) ham Ibn Mas’ud qiroatlarini yaxshi ko‘rardilar. Ibn Mas’udning o‘zlari shohidlik berishlaricha, bir kuni Payg‘ambarimiz (s.a.v.): "Ey Ibn Mas’ud, menga Niso surasini qiroat qilib ber", —dedilar. Men: "Ey Allohning rasuli, Qur’on sizga nozil bo‘lgan bo‘lsa, men qiroat qilib berayinmi?"— dedim. Shunda Payg‘ambarimiz (s.a.v.): "Men Qur’onni o‘zimdan boshqa odamdan eshitishni sevaman",— dedilar. Men qiroat qilib:



Download 112.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling