Sayyid muhyiddin maxdum
إِنَّمَا النَّسِيءُ زِيَادَةٌ فِي الْكُفْرِ
Download 112.4 Kb.
|
- 1. Otabek diplom ishi
إِنَّمَا النَّسِيءُ زِيَادَةٌ فِي الْكُفْرِ
"Ibodatlarning vaqtini va tartibini o‘zgartirish kufrda haddan oshishdir"15 yoki وَلَيْسَ الْبِرُّ بِأَنْ تَأْتُوا الْبُيُوتَ مِنْ ظُهُورِهَا "Uylaringizga uning tomidan oshib tushishingizda hech bir yaxshilik yo‘q"16 degan oyatlarning ma’nosini faqat arab urf-odatini yaxshi bilgan va "ibodatlarning vaqtini kim o‘zgartirgan edi, nima uchun uyning eshigidan emas, tomidan oshib tushar edilar", buning sababini yaxshi bilgan odamgina, bu oyatlarning ma’nosini tafsir qila olishi mumkin. Qur’on nozil bo‘lgan vaqtdagi yahudiylarning va nasroniylarning ahvolini, oyatlarning nozil bo‘lish sabablarini yaxshi bilish ham oyatlarning ma’nolarini chuqur idrok etishga yordam beradi. Ammo insonning o‘ziga berilgan fahm-farosat, muhofazat va chuqur idrok etish qobiliyati Alloh Ta’olo tomonidan unga berilgan ulug‘ ne’mat va fazilatdir. Sahobai kiromlar orasida Abdulloh ibn Abbos (r.a.) Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning duolari barakotidan ana shunday ulug‘ fazilat sohibi bo‘lgan edi. Ibn Abbosning haqiga Payg‘ambarimiz (s.a.v.): "Yo Alloh, Ibn Abbosni din ilmida faqih qilgin, unga Qur’on ma’nosini bildirgin",— deb duo qilgan edilar. g) Tafsirda "ahli kitoblar"dan foydalanish. Ma’lumki, Qur’oni Karim ba’zi masalalarda, xususan, payg‘ambarlar qissalarida yoki o‘tmish qavmlar haqidagi xabarlarda Tavrot bilan, Iso (a.s.) ning tug‘ilishlari va payg‘ambarlik mo‘’jizalari to‘g‘risida Injil bilan hamohangdir. Lekin Qur’onda shariat ahkomlarining ba’zi masalalari, hatto payg‘ambarlar qissalarining hammasi ham mufassal bayon qilinmagan. Inson doimo eshitgan, o‘qigan yoki ko‘rgan narsalarini mukammalroq tushunishni xoxdaydi. Shuning uchun sahobai kiromlar qissalarni mukammalroq bo‘lishini ko‘zlagan holda, Islomni qabul qilgan Abdulloh ibn Salom, Ka’bul-axbor va boshqa yahudiy hamda nasroniy olimlariga murojaat qilib, ularning xabarlaridan foydalanganlar. Lekin, tafsirda ahli kitoblardan foydalanish avvalgi uch usuldagidek ahamiyatli va keng miqyosdagi usul bo‘lgan emas. Chunki, ahli kitoblar Tavrot va Injilni buzib, ba’zi ahkomlarni aslidan o‘zgartirib yuborganlar. Shuning uchun aqida masalasida muvofaqat qiladigan, Qur’oni Karim oyatlariga zid kelmaydigan ma’lumotlardan tafsirda foydalanganlar. Agar Islom aqidasiga mos kelmasa yoki oyatning ma’nosiga xilof bo‘lsa, ularning ma’lumotlari tasdiq etilmagan. Uchinchi holat ham borki, ahli kitoblarning ma’lumotini rost deyishga ham, yolg‘on deyishga ham asos yo‘q, bunday holatda Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning: "Ahli kitoblarni tasdiq ham etmanglar, yolg‘onchi ham demanglar. Ularga: "Biz Allohga va bizga nozil qilingan muqaddas kitobga imon keltirganmiz", — deb aytinglar", — degan muborak so‘zlariga amal qilib, ularning ma’lumotlarini mo‘hmal qoldirganlar, yolg‘on ham, rost ham demaganlar. Download 112.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling