Sayyid muhyiddin maxdum


كَانَ النَّاسُ أُمَّةً وَاحِدَةً فَبَعَثَ اللَّهُ النَّبِيِّينَ مُبَشِّرِينَ وَمُنْذِرِينَ


Download 112.4 Kb.
bet21/23
Sana18.06.2023
Hajmi112.4 Kb.
#1569745
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
- 1. Otabek diplom ishi

كَانَ النَّاسُ أُمَّةً وَاحِدَةً فَبَعَثَ اللَّهُ النَّبِيِّينَ مُبَشِّرِينَ وَمُنْذِرِينَ
"Odamlar bir millat (bir xil dinda, ya’ni Islomda) edilar. (So‘ng ular buzilib ketgach,)Alloh ham xushxabar beruvchi, ham ogohlantiruvchi payg‘ambarlarni yubordi".19
(Bu oyatdagi «bir millat» iborasiga turli xil tafsirlar aytilgan. Birinchisi — Idris va Nuh (a.s.)lar zamonida odamlar bir xil kofir edilar. Ikkinchisi — Ibrohim (a.s.) zamonlarida ko‘pchilik odamlar bir millat, ya’ni Islom dinida edilar. Yana boshqa tafsirda Odam (a.s.) davrida hamma musulmon edi. O‘g‘li Qobil o‘z birodari Hobilni o‘ldirib qo‘yganidan keyin kofirlar safi ko‘paya boshlagan.20 oyatini qanday tafsir qilishi mumkin. Odamlar qachon bir millat bo‘lgan, nimaga birlashgan, nimaga ajrashgan, ularga payg‘ambarlarning yuborilishi foyda bo‘ldimi yoki zararmi?— buni bilmagan odam oyatga qanday tafsir aytadi.
Alloh Taolo Qur’onda dunyoning yaratilishi, qanday yaratilishi, Yeru osmonning, undagi maxluqotu mavjudotning yaratilishi, quyosh, oy, yulduzlarning harakati, holati to‘g‘risida ham oyatlar nozil qilganki, bularni ham faqat hay’at va tabiat ilmidan xabardor olimgina tushuntirib bera olishi mumkin.
g) Insoniyatning hidoyati faqat Qur’on bilan bo‘lganini va bo‘lishini mufassir yaxshi tushunishi kerak. Buning uchun u johiliyat davridagi arablarning zalolati va shaqovati nimadan iborat bo‘lganini, ularga Qur’on nima berganini yaxshi anglashi kerak. Islomda yoki Islom davrida yashayotgan odam uchun Qur’onning ba’zi oyatlarining ta’siri kam bo‘lishi mumkin. Doim pokiza, hamma sharoiti muhayyo bo‘lgan uyda yashagan odam uchun "nazofat imondan ekanligi"ni, "misvok" ulug‘ sunnat ekanligini, Islom shunga da’vat qilishini aytish ahamiyatsiz, bachkanalik, balki kulgili ko‘rinar. Ammo bu "kichkina ish"ning naqadar muhim ekanligini tushunish va tushuntirish uchun mufassir o‘sha paytdagi johil arablarning yashash tarzini yaxshi o‘rgangan bo‘lishi kerak.
d) Nihoyat, mufassir Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning siyratlarini to‘liq bilishi kerak. Buning ahamiyatini takrorlab o‘tirishning esa hojati yo‘q
3. Mufassir o‘z tafsirini elga maqbul qilaman desa, yuqorida aytib o‘tilgan zarur shartlar va ilmlarga ega bo‘lgandan keyin, tafsir yozishni boshlamasdan avval ham, ta’lif asnosida ham quyidagi masdarlarga murojaat qilishi zarur:
a) Qur’oni Karimni qayta-qayta varaqlab, unda mavjud bo‘lgan bir xil mavzuli oyatlarni bir yerga jamlash va ularni qiyoslash, mujmal ma’noli oyatlarni mufassal ma’noli oyatlar bilan to‘ldirish, uzluksiz ma’no kelib chiqqandan keyin uni sharhlash kerak. Bu usul ulamolar tilida "Qur’onni Qur’on bilan tafsir qilish" deyiladi;
b) Qur’onning tafsirida Payg‘ambarimiz (s.a.v.) dan naql qilingan rivoyatlarni jamlash va ularning orasidan mavzu’ va zaiflarini chiqarib tashlash zarur. Hadislar Qur’on oyatlarining ma’nolarini to‘liq ochib bersa, undan yuz o‘girib, o‘z ra’yi bilan tafsir qilish man etiladi. Chunki, Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning tafsirlari Alloh Ta’olo tomonidan quvvatlangan va u Zot Qur’onni tafsir qilib berishga buyurilganlar. Payg‘ambarimiz (s.a.v.)dan rivoyat qilingan sahih hadis turganda, mufassirning o‘z ra’yi bilan qilgan tafsiri mazmumdir;
v) Tafsir borasida sahobalardan rivoyat qilingan sahih gaplar ham mufassir tomonidan olinishi mumkin. Ammo sahobalarning ko‘pchiligi nomlariga bog‘lab to‘qilgan hadislar ko‘payib ketganligi uchun juda ehtiyotlik bilan hadis tanlash kerak. Sahobadan sahih rivoyat mavjud bo‘la turib, undan yuz o‘girishi va o‘z ra’yiga suyanishi mumkin emas. Chunki, sahobalar Qur’on nozil bo‘lishiga bevosita guvoh bo‘lganlari sababli Allohning kitobini, uning sirlarini biluvchiroqdirlar va ularning fahm-farosatlari ham, ilmlari ham mukammalroqdir. Xususan roshid xalifalar, Ubay ibn Ka’b, Ibn Mas’ud, Ibn Abbos (roziyallohu anhum)lar Qur’oni Karimning bilimdonlaridirlar;
g) Qur’onni tafsir qilishda uning lug‘ati taqozo qiluvchi zohiriy ma’noga tafsir qilgan avlodir. Uning uzoq ikkinchi ma’nosini qidirib, ta’vil qilib yurishga hojat yo‘q. Bunday ta’villar she’rlarga munosib, Qur’on oyatlari esa aniqlikni xohlaydi.
4. Mufassir Alloh Ta’oloning ilmiga xos bo‘lgan narsalarga aralashib, o‘zi aniq bilmagan holda "Allohning murodi ayni shu" deb qat’iy xulosa chiqarishi man etiladi. Chunki Qur’ondagi ba’zi ilmlarni inson ham bilishi mumkin, ba’zilarini esa ilmi Allohga xos bo‘lib, unga mufassir tajovuz qilmasligi kerak. Shunga ko‘ra, aytib o‘tishimiz mumkinki,
Qur’on ilmlari uch navdir:
Birinchi nav, Alloh Ta’olo hech kimni bu ilmdan xabardor qilmagan, Qur’on sirlaridan iborat ilm bo‘lib, u faqat o‘zi biladigan, ya’ni O‘zining zoti va g‘ayb ilmidir. Bu ilmga tajovuz qilish, g‘aybga chang solish, Allohning zotini o‘zicha tushuntirishga urinish hech kimga ruxsat berilmagan.
Ikkinchi nav, Alloh Ta’olo faqat Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.) ga bildirgan ilm bo‘lib, u haqda yolg‘iz Payg‘ambarimiz (s.a.v.) gapira oladilar yoki U zot izn bergan odamgina gapirishi mumkin. Bundaylarga suralarning avvalida kelgan "muqatta’ harflar" misol bo‘la oladi.
Uchinchi nav, Alloh Ta’olo Payg‘ambarimiz (s.a.v.) ga omonat qilib bergan va ashoblarga ta’lim berishga ham buyurgan ilmdir. Bu ilm ham o‘z navbatida ikkiga bo‘linadi:
Birinchisi, faqat eshitish orqali ilm hosil qilib gapiriladigan oyatlarning sababi nuzullari, nosix va mansux, qiroatlar, lug‘atlar, qissalar, bo‘lib o‘tgan hodisalar, mahshar, qiyomat singari xabarlardir.
Ikkinchisi, nazar, istidlol, ijtihod yo‘llari bilan olinadigan ilmlardir. Kimki bu ilmga ahl bo‘lsa, ya’ni ijtihod qilish malakasi butun shartlari bilan mavjud bo‘lsa, u odam Qur’oni Karimni ra’y-ijtihod bilan tafsir qilish huquqiga egadir.

XULOSA
Yuqorida bayon etib o‘tgan tafsilotimizdan, ma’lum bo‘layaptiki, Qur’oni karim oyatlarini tafsir qilish o‘ta darajadagi mas’uliyatli va nihoyatda nozik va mushkil ishdir. Uning uchun faqat arab tilini yaxshi bilishlikning o‘zi kifoya qilmaydi, balki barcha tafsirga aloqador ilmlarni puxta egallamoq zaruriydir. Binobarin ulamoi tafsirlar Qur’onni tafsir qiluvchi olim uchun arab tili grommatikasi bo‘lmish sarf, nahv, balog‘at, ilmi adablardan tashqari, ilmi hadis, usuli fiqh, tafsir, aqoid va kalom ilmi sohalarida ham puxta ma’lumotga ega bo‘lish kerak deb tavsiya qiladilar. Agar u ilmlardan boxabar bo‘lmasa Qur’oni karim tafsiri borasida o‘ylagan natijaga erisha olmaydi.
Taassufki yaqin zamonlardan beri musulmonlar nihoyat darajada xatarli bo‘lgan kasallikka duchor bo‘lib turishibdi. Parvardigorning kalomining tafsiri borasida, u shuki ba’zi insonlar arab tilini bilishlikning o‘zini Qur’oni karim tafsiri uchun kifoya qiladi, deb hisoblashmoqda. Shu sababdan biroz arab tilini biladiganlar ham Qur’onni o‘z raylariga ko‘ra tafsir qilishga o‘tib olishdi va hottoki o‘zlaricha mutaqaddimiyn mufassirlarning xatolarini ham topa boshlashdi. Bundanda xavflirog‘i arab tilidan biror bir ma’lumotga ega bo‘lmasdan faqat Qur’oni karim tarjimasini mutolaa qilishlik bilan o‘zlarini olim deb hisoblashib, ulug‘ mashoix mufassirlar borasida noto‘g‘ri fikrlarni yurgizguvchi kimsalar ham uchramoqda. Har bir mo‘min-musulmon ogoh bulmoqligi kerakki, bunday yo‘nalishdan borishi insonning din-diyonatiga salbiy ta’sir etguvchi muhlikotlardandir.
Dunyoviy ilmlar borasida yaxshi tushinadiki, agar bir inson masalan ingliz tilini puxta egallab, o‘zicha tibbiyotga oid kitoblarni mutolaa qilib, o‘zicha tabiblikni da’vo qilib, tibbiyot sohasidagi yetuk olimlarga e’tiroz bildirib ularning kitoblarini tanqid qila boshlasa birorta aqli raso inson uni tabib, deb e’tirof eta oladi va na unga o‘z jonini ishonib topshira oladi.
Xuddi shuningdek ingliz tilini puxta egallab, muxandslikka oid inglizcha kitoblarni mutolaa qilib chiqsa, uni hech kim muxandis-injener deb e’tirof eta olmaydi. Chunki bu ilm til bilish va mutolaaning o‘zi bilan hosil bo‘la qolmaydi. Balki buning uchun mohir ustozlarning tarbiyalarida turib, ulardan tartiblar bilan u fanni o‘rganmoq darkor bo‘ladi. Demakki, oddiy bir doktorlik va muhandislik kasbini egallash uchun shuncha mashaqqatlarni chekmoq kerak ekan, axir Parvardigori olamning kalomi bo‘lgan Qur’oni karim tafsiri uchun arab tilini bilishlikning o‘zi qanday kifoya qilsin. Biz yoshlarga Alloh taoloning Kalomini tushunishimiz va tushuntira olishimiz, shu bilan birga tafsir ilmi o‘zimizda hosil bo‘lishi uchun zarur bo‘lgan barcha ilmlarni o‘rganib ana shu ilmlar bilan dinimiz va yurtimiz ravnaqiga o‘z hissamizni qo‘shmoqligimiz lozim va lobuddir.



Download 112.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling