Сборник V международной


AMLODIPIN BESILAT VA ENALAPRIL MALEAT SUBSTANSIYALARINING


Download 5.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/355
Sana08.08.2023
Hajmi5.86 Mb.
#1665910
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   355
Bog'liq
ibn sino

AMLODIPIN BESILAT VA ENALAPRIL MALEAT SUBSTANSIYALARINING
SOCHILUVCHANLIGINI ANIQLASH
Djalilov A.H., Xaydarov V.R.
Toshkent farmatsevtika instituti 
e-mail:vosiljonxaydarov@mail.com, tel. (97) 725-74-60
Dolzarbligi. Sochiluvchanlik tabletkalar va kapsulalar texnologiyasini ishlab chiqishda aniqlanadigan 
asosiy ko‘rsatkichlardan biridir. Moddaning sochiluvchanligiga qarab, dozaning aniqligi, asbob- 
uskunalarning ishlash m e’yori va tayyor mahsulotning sifat ko‘rsatkichlarini oldindan belgilash mumkin. 
SHunday ekan amlodipin besilat va enalapril maleat tabletkalari va kapsulalarini ishlab chiqarishda ularning 
sochiluvchanligini aniqlash katta amaliy ahamiyatga ega.
Maqsad. Sochiluvchanlik m a’lum bir belgilangan vaqt birligida bunkerdan kukunlarning oqib tushish 
tezligidir. Kukunlarning sochiluvchanligi bir qator omillarga bog‘liq: zarrachalarning katta-kichikligi va 
tuzilishiga, shakliga, zichlanish koeffitsientiga, qoldiq namlikka va hokazo. Kukun zarrachalarining usti 
tekis, bir hil kattalikda, qoldiq namlik m e’yorida bo‘lsa, ularning sochiluvchanligi ijobiy bo‘ladi. Bu esa 
sifatli mahsulot olishning kafolatidir. Agarda qoldiq namlik m e’yoridan ko‘p va fraksiyalar orasidagi farq 
katta bo‘lsa, bunday kukunlarga yordamchi moddalar, shuningdek antifriksion moddalar qo‘shib, ularning 
sochiluvchanligini ijobiy tomonga o ‘zgartirish mumkin. Sochiluvchanlikni aniqlash orqali amlodipin besilat 
va enalapril maleat substansiyalarining boshqa ko‘rsatkichlari haqida ham xulosa qilish izlanishlarimizning
29


asosiy maqsadi qilib belgilandi.
Usul va uslublar. Sochiluvchanlik va tabiiy og‘ish burchagi Mariupol texnologik uskunalar 
korxonasida ishlab chiqarilgan VP 12 A asbobida aniqlanadi. Moddalarning sochiluvchanligini aniqlash 
uchun, ulardan 100 g tortib olinadi va tortma konus burchagi 600, chiqish teshigi esa voronka konusining 
uchidan 3 mm masofada, to‘g ‘ri burchak ostida kesilgan asbob voronkasiga solinadi. Tortmani voronkaga 
joylashdan oldin uning chiqish teshigi yopilishi, u joylashtirilgach esa voronkaning qopqog‘i yopilishi 
kerak. So‘ngra asbob elektr tarmog‘iga ulanadi va 20 soniya davomida ushlab turiladi. Bunda vibratsiya 
hisobiga kukun zichlanadi. Keyin asbob elektr tarmog‘idan o‘chirilmagan holda, voronkaning teshigi 
ochilib, kukunning oqib tushgan vaqti belgilanadi. Kukunlarning sochiluvchanligi maxsus tenglama orqali 
hisoblanadi:
V
soch
m
t + 2 0 ,
bu erda, Vsoch - substansiyaning sochiluvchanligi, g/s ■
10-3; 
m - xampaga solingan substansiyaning og‘irligi, g; 
t - massani oqib o ‘tishi uchun safrlangan vaqt, sekund;
20 - massani zichlash uchun ketgan vaqt, sekund.
Sochiluvchanlik kapsula mashinasining bir m e’yorda ishlashini, kapsulalarning og‘irligi bir xilda 
bo‘lishini va uning fizik-mexanik ko‘rsatkichlarining m e’yorida bo‘lishini nazariy jihatdan bilishga yordam 
beradi. Massaning sochiluvchanligini yomon bo‘lishi, granula tayyorlash jarayonini qayta ko‘rilishini yoki 
antifraksion moddalar turi va miqdorini qayta ko‘rib chiqishni taqozo qiladi.
Natijalar. Amlodipin besilat substansiyasining sochiluvchanligi 1,2 kg/s 10-3, enalapril maleat 
substansiyasining sochiluvchanligi esa 0,8 kg/s 10-3 ekanligini ko‘rsatdi.
Hulosalar. Amlodipin besilat va enalapril maleat substansiyalarining bunday qoniqarsiz 
sochiluvchanlik ko‘rsatkichlarini namoyon qilishlari, ulardan qattiq dori shakllari jumladan tabletkalar 
va kapsulalar ishlab chiqarishda, tarkib uchun maqsadga muvofiq bo‘lgan yordamchi moddalar turi va 
miqdorini tanlash, shuningdek nam donadorlash usulidan foydalanish lozim ekanligin ko‘rsatdi.

Download 5.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   355




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling