Сборник V международной


SEDATIV TA’SIRGA EGA BO’LGAN KAPSULA OLISHDA ISHLATILGAN


Download 5.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/355
Sana08.08.2023
Hajmi5.86 Mb.
#1665910
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   355
Bog'liq
ibn sino

SEDATIV TA’SIRGA EGA BO’LGAN KAPSULA OLISHDA ISHLATILGAN 
QURUQ EKSTRAKT TEXNOLOGIK XOSSALARINI O’RGANISH
Alimboyeva M.U. Azimova N.A.
Toshkentfarmatsevtika institute 
e-mail: alimboyeva9500@mail.ru tel. +94 456 15 51
Dolzarbligi. Bugungi kun farmatsiya sanoatini asosiy vazifalaridan biri mahalliy dorivor o ’simlik 
xom ashyosidan keng foydalangan holda aholiga arzon, bezarar, samarali dori vositalarini yetkazib berish 
hisoblanadi. Hozirgi kunda zamonaviy tibbiyot olamida tabletka hamda kapsula dori turlari tezkorlik bilan 
rivojlanib kelmoqda. Ular bir qancha afzalliklarga egaligi tufayli tibbiyot miqyosida keng qo’llanilmoqda. 
Shu bilan birga dorivor o ’simlik xom ashyolaridan olingan dorivor preparatlar ham kasalliklarni davolash 
va oldini olishda keng miqyosda ishlatilib kelinmoqda va qadimdan to shu kungacha o ’z ahamiyatini 
yo’qotmagan. M a’lumki O’zbekiston hududida teshik dalachoy o ’simligi keng tarqalgan bo’lib, ulardan 
sedativ ta’sirga ega bo’lgan preparatlar olishda qo’llaniladi.
Maqsad. Tadqiqotning maqsadi zaminimizdagi boy o ’simlik resurslaridan foydalangan holda 
sedativ ta ’sirga ega bo’lgan kapsula shaklidagi biologik faol modda olishdir. Shu maqsadda teshik dalachoy 
(Hypericum perforatum L.) o ’simligidan olingan quruq ekstraktning texnologik xossalarini o ’rganish 
bo’yicha izlanishlar olib borildi.
Usul va uslublar. Sedativ kapsula olish uchun ishlatilgan o ’simliklardan olingan quruq ektraktlarning 
tashqi ko’rinishi, qoldiq namligi, fraksion tarkibi, sochiluvchanligi hamda sochiluvchan zichligini 
aniqlashda adabiyotlarda keltirilgan usullar bo’yicha ilmiy izlanishlar olib borildi.
Natijalar. Dorivor valeriana va arslonquyruq quruq ekstraktlarning texnologik xossalari adabiyotlarda 
keltirilgan usullarda aniqlandi va oldingi tezislarda bayon qilindi. Shu usullar yordamida teshik dalachoy
35


quruq ekstraktining texnologik xossalari ham aniqlandi. Bunga ko’ra teshik dalachoy quruq ekstraktining 
tashqi ko’rinishi och jigar rangdan to ’q jigar ranggacha bo’lgan gigroskopik kukun. Fraksion tarkibi har 
xil olchamli elaklarda aniqlandi bunga ko’ra +2000 mkm-0.103%, -2000+1000 mkm-21.385%, -1000+500 
mkm-4.735%, -500+250 mkm-13.493%, -250 mkm-58.534%, ekanligi aniqlandi, quruq ekstraktning 
sochiluvchanligi VP-12 A asbobida adabiyotlarda keltirilgan usulda aniqlandi. Teshik dalachoy quruq 
ekstraktining sochiluvchanligi 8.5 103 kg/s ekanligi aniqlandi. Quruq ekstraktning sochiluvchan zichligi 
teshigining diametri 25 mm, balandligi 22.3 mm bo’lgan qolip yordamida aniqlandi va teshik dalachoy 
quruq ekstraktining sochiluvchan zichligi 450.0 kg/m3 ekanligi aniqlandi. Qoldiq namlik MB 35 Halogen 
apparatida aniqlandi va ekstraktning qoldiq namligi 6.9% ekanligi aniqlandi.
Hulosalar. Tadqiqotlar natijasida olingan m a’lumotlardan m a’lum bo’lishicha o ’rganilayotgan 
quruq ekstrakt ayrim texnologik xossalari bo’yicha talabga javob bermaydi. Undan kapsula olish uchun 
bu ko’rsatkichlarni bartaraf etish va turli xil yordamchi moddalardan foydalangan xolda nam donadorlash 
usulida granula olish zarurligi aniqlandi.

Download 5.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   355




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling