Сборник V международной
ESTROGEN TA’SIRLI SURTMA TEXNOLOGIYASI
Download 5.86 Mb. Pdf ko'rish
|
ibn sino
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishning maqsadi
- Natijalar.
ESTROGEN TA’SIRLI SURTMA TEXNOLOGIYASI
Ramazonova Sh.Sh, Umarova F.A. Toshkent farmatsevtika institute e-mail: rshahzoda@inbox.ru tel. +99890 133 15 06 Ilmiy ishning dolzarbligi. Jahon sog‘liqni saqlash m a’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi yillarda ayollar va balog‘at yoshdagi qizlar orasida gormonal buzilish bilan bog‘liq kasalliklar ko‘payib bormoqda. Bu 34 o ‘z navbatida zamonaviy farmatsevtika sohasidan gormonal faoliyatni izga soluvchi, jinsiy gormonlar yetishmasligi yoki aksincha ko‘payib ketishi bilan bog‘liq kasalliklarni davolashda yangi samarador dori vositalari va muqobil dori shakllarini yaratishni talab etmoqda. Shu maqsadda bugungi kunda gormonal ta’sirni namoyon qiluvchi bir qancha biofaol moddalar sintez qilinib o ‘rganilmoqdaa. Shunday preparatlardan biri - tefestrol akad. S.Y. Yunusov nomidagi O‘simliklar moddalari kimyosi instituti olimlari tomonidan birinchi marta sintez qilib olingan. Tefestrol yaqqol esterogen ta’sirga ega bo‘lib, tuxumdonlarni gipofunksiyasini davolashda, amenoreya, qizlarda jinsiy yetilishni kechikishi kabi kasalliklarni davolashda va profilaktika vositasi sifatida qo‘llashda ijobiy natijalarni bergan. Ishning maqsadi: Estrogen ta ’sirli tefestrol substansiyasi asosida surtma texnologiyasini ishlab chiqish. Tadqiqot usullari. Surtmalar texnologiyasi quyidagi bosqichlarni o ‘z ichiga oladi: - Ishlab chiqarishni tayyorlash; - Dorivor modda va yordamchi moddalarni tayyorlash; - Dorivor moddani asos tarkibiga kiritish; - Gomogenlash (aralashtirish); - Tayyor mahsulotni qadoqlash va jihozlash. Natijalar. Tefestrol surtmasini tayyorlash yuqoridagi bosqichlar asosida quyidagicha olib borildi: Texnologiya: Tefestrol substansiyasi tortib olinadi. Yetarli miqdorda mineral moyi qo‘shib suv hammomida eritiladi. Setil spirti massasi o ‘lchab olinadi va suv hammomida eritiladi. Yetarli miqdorda olingan stearin kislota ustiga suv solinib suv hammomida eritiladi. Barcha j arayonlar parallel tarzda olib boriladi. Stearin kislota erigach ustiga setil spirti qo‘shiladi va aralashtirib turgan holda 40°S dan past haroratdagi betain solinadi. Aralashma yaxshilab aralashtirilgach, unga emulgator sifatida lauril sulfat va oxirida eritilgan substansiya qo‘shiladi. Aralashma oppoq krem hosil bo‘lguncha yaxshilab aralashtiriladi. Hosil bo‘lgan surtmani maxsus idishga solib sovuq sharoitda saqlanadi. Xulosa. Yuqoridagi tajribalar asosida tefestrol surtmasi uchun optimal texnologik jarayon tanlab olindi. Download 5.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling