Сборник V международной
AMLODIPIN BESILAT VA ENALAPRIL MALEAT SUBSTANSIYALARI
Download 5.86 Mb. Pdf ko'rish
|
ibn sino
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dolzarbligi.
- Usul va uslublar.
AMLODIPIN BESILAT VA ENALAPRIL MALEAT SUBSTANSIYALARI
ZARRACHALARINING SHAKLI VA O‘LCHAMLARINI ANIQLASH Djalilov A.H., Xaydarov V.R. Toshkent farmatsevtika instituti e-mail:vosiljonxaydarov@mail.com, tel. (97) 725-74-60 Dolzarbligi. Tabletkalar va kapsulalar ishlab chiqarishda substansiyalarning fizik-kimyoviy va texnologik xossalarini o‘rganish, tarkib uchun tanlanishi lozim bo‘lgan yordamchi moddalar turi va miqdorini ilmiy asosda belgilash va jarayonlarning parametrlarini to ‘g ‘ri baholashda muhim ahamiyat kasb etadi. Maqsad. Mahalliylashtirish davlat dasturi asosida amlodipin besilat va enalapril maleat tabletkalari va kapsulalarining takomillashtirilgan yangi tarkibi va texnologiyalarini ishlab chiqish uchun har ikki farmatsevtik faol ingredientlari zarrachalarining shakli va o ‘lchamlarini aniqlash tadqiqotning asosiy maqsadi qilib belgilandi. Usul va uslublar. Aniqlash quruq usulda amalga oshiriladi. Zarrachalarning shakllarini ko‘rish va chizishda qulaylik yaratish uchun kichik auditoriyalarda mikrostrukturalarni demonstratsiya qilish uchun m o‘ljallangan mikroproektordan foydalanildi. Ekrandagi kattalashtiruv mikrostrukturalarni chizish, mikrofotografiyalash va batafsil o ‘rganish imkoniyatini beradi. Mikroproektor metallik korpusdagi proeksion apparat, uning ostiga qo‘yiladigan tumbochka, apparatdan 3 metrdan ortiq bo‘lmagan masofada qorong‘ilashtirilgan xonada mikrostrukturalarning proeksiyalarini ko‘rish uchun m o‘ljalalangan devoriy ekran, mikrostrukturalarni ko‘rish uchun mo‘ljalalangan stolga joylashtiriladigan volframli kuchlantiruvchi ekrandan iborat. Proeksion apparatning korpusida proektor joylashgan bo‘lib, u maxsus pristavkali biologik mikroskopdan va kukunlar joylashtiriladigan disklarni o ‘rnatish va mustahkamlash uchun mo‘ljallangan 30 qurilmadan iborat. Apparat korpusining olidingi qismida mikroproektoming boshqarish paneli mavjud. Ob’ektivlaming kattalashtirish karasi tegishli jadval bo‘yicha amalga oshirildi. Buyum oynasining toza yuzasiga maydalangan o ‘rganilayotgan kukun (amlodipin besilat yoki enalapril maleat) joylashtiriladi va oynani 1800 ga burab, oynaga asta urilgan holda kukun tushiriladi. Bunda oyna yuzasida qolgan kukun changi mikroskop ostida ko‘rish uchun etarli. Buyum oynasi diskka o ‘rnatili, prujinali klemmalar yordamida mustaxkamlanadi va disk joyiga o ‘rnatiladi va gayka bilan mustaxkamlanadi. Diskka bir vaqtning o ‘zida 6 ta buyum oynasini o ‘rnatish mumkin. Mikroskopning bosh qismiga ob’ektivlar, tutqich okulyarlar jadvalga muvofiq o ‘rnatiladi. Mikroskopdagi tasvirlarning sifati sezilarli darajada yorug‘likka bog‘liq bo‘lganligi bois, kinoproeksion qurilmaning fonari va sistemani sovutish uchun ventilyator yoqib qo‘yiladi. Keyin mikroskop revolveriga kerakli bo‘lgan ob’ektivlar burab qo‘yilishi lozim. Agar mikroskopning shtativiga uning ishchi holatida tepadan qaralsa, ularni kattalashtirishi ortib borish tartibida soat strelkasi bo‘yicha joylashtirish tavsiya etiladi. Download 5.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling