Schyot tizimi va ikkiyoqlama yozuv


debet, boshqasi (o’ng tomoni) kredit


Download 22.19 Kb.
bet2/7
Sana14.10.2023
Hajmi22.19 Kb.
#1702349
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Schyot tizimi va ikkiyoqlama yozuv-fayllar.org

debet, boshqasi (o’ng tomoni) kredit deb nomlanadi.
Hisobning har bir ob’ekti hamda, mablag’lar va manbalarning har bir turi uchun
alohida schyotlar ochiladi. Debet va kredit bo’yicha yozilgan muomalalar
summalarining jami aylanma (oborot) deb nomlanadi. Schyotning bir tomonida qayd
etilgan summalar bilan uning boshqa tomonida ko’rsatilgan summalar o’rtasidagi
farq qoldiq yoki saldo deb nomlanadi. Qoldiqlar debeti kreditidan ortiqmi yoki
aksinchami ekanligiga qarab, debetli yoki kreditli bo’lishi mumkin. Yangi qoldiqni
aniqlash uchun avval mablag’larni ko’payganligini ko’rsatuvchi aylanma summani
boshlang’ich qoldiqqa qo’shiladi, so’ngra uning kamayishini aks ettiruvchi aylanma
summasi ayirib tashlanadi. Agar qoldiq bo’lmasa, schyot yopilgan hisoblanadi.
Mablag’lar va ularning manbalari qoldiqlarining o’zgarishlarini schyotlarda aks
ettirilishinini(tarxiy shaklda) misollarda ko’rib chiqamiz.
1 - misol. «Kassa» moddasi korxonaning naqd pullarini aks ettiradi. Faraz qilaylik
kassada
200 so’m bor. Xo’jalik mablag’lari balansning aktivida ko’rsatilganligi bois,
schyotlarda ularning qoldiqlarini debetga yozish tartibi qabul qilingan. Demak, 200
so’m qoldiqni «Kassa» schyotining debetigi yozish kerak.
Faraz qilaylik, korxonada shunday muomalalar sodir bo’lganki, ularning natijasida
kassaga birinchi jarayon bo’yicha 500 so’m, uchinchi muomala bo’yicha 3000 so’m
kelib tushgan; kassada ikkinchi muomala bo’yicha 600 so’m, va to’rtinchi jarayon
yuzasidan 2800 so’m chiqib ketgan (sarflangan). Pullarning kelib tushishi
(ko’payishi)ni «Kassa» schyotining debetiga, ularning chiqib ketishi (kamayishi)ni
uning qarama-qarshi tomoniga - kreditiga yozish kerak. Bu, kassadagi mablag’lar
harakatining yakunlarini hisoblab chiqishda naqd pullarni kelib tushishini qoldiqqa
qo’shish, chiqib ketishini esa ayrish uchun kerak.
Shunday qilib, 500 va 3000 so’m «Kassa» schyotining debetiga, 600 va 2800 so’m
uning kreditiga yoziladi.
Naqd pullar harakatini debeti va krediti bo’yicha aylanmalar summasi hisoblab
chiqarilgandan keyin qoldiqni aniqlaymiz. U 300 so’mga teng bo’ladi
(200+35003400).
To’rtta muomala yozilgandan keyin «Kassa» schyoti quyidagi ko’rinishga ega
bo’ladi:
D-t
K-t


Kassadagi naqd pullarning


Boshlang’ich qoldig’i
B 200
2)
Kassadan naqd pul
sarflandi
3)
Kassadan naqd pul
sarflandi
600
2800
1) Kassaga naqd pul kelib
tushdi
3) Kassaga naqd pul kelib
tushdi
500
3000
Kelib tushgan - jami (aylanma)
Kassadagi naqd pulning oxirgi
qoldig’i
3500
300
Jami sarflangan (aylanma)
3400
Bu schyotdagi oxirgi qoldiq faqat debetida bo’lishi mumkin, chunki mavjud bo’lgan
naqd puldan ortiqcha sarflash mumkin emas.

Download 22.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling