Seminar 2-topshiriq
Download 192.56 Kb. Pdf ko'rish
|
407-guruh Sayfiddinova Nafosat
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu: Shaxsiy gigiyena! I.Kirish
- II.Asosiy qism: Kun tartibi
- III.Yakuniy qism
Boshlang’ich ta’lim fakulteti 402-guruh talabasi Niyozova Munira. Seminar 2-topshiriq 1-topshiriq Sinf rahbarining vazifalarini yozing. Javob: Sinf rahbarining vazifalari: sinf rahabari o’z sinfidagi o’quvchilarning bevosita ta’lim-tarbiya jarayoni, ya’ni darslar davomida hamda darsdan keyingi faoliyatini nazorat qilishga mas’uldir. Sinfdagi barcha o’quvchilarni qobiliyatiga qarab tugaraklarga jalb etish kerak. O’quvchilarning nechta bo’lishidan qat’iy nazar o’quvchilarga ma’naviyat daftarini to’liq tutdirish shart. Haftada bir marta o’tkaziladigan ma’naviyat soatlarini to’g’ri tashkil etib, unga haqqoniy yondashish shartdir. Tarbiyachi qanday sharoitda ishlamasin, u qanday sinfga rahbarlik qilishdan qat’iy nazar, o’quvchi shaxsini kamol toptirish kerak. Sinf rahbarligi odatda sinfni va alohida-alohida har qaysi o’quvchini o’rganishdan boshlanadi. Ma’naviyati boy bo’lgan sinf rahbari o’quvchilar bilan alohida-alohida ishlashni amalga oshirishi, o’quvchilarga o’z ta’siri, metodlarini mohirlik bilan qo’llashlari kerak. Agar sinf rahbari o’z sinfidagi o’quvchilar faolligini yanada oshirishga harakat qilsa, ota-onalar bilan aloqani mustahkamlashi lozim bo’ladi. 2-topshiriq Tanlangan mazvu asosida tarbiyaviy soat ishlanmasi tayyorlang (namunaviy) Javob: 3-sinf tarbiyaviy soat dars ishlanmasidan namuna. Mavzu: Shaxsiy gigiyena! I.Kirish: Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsadi:O`quvchilarga shaxsiy gigiyena qoidalari haqida ma’lumot berish.Komil inson tushunchasini yoritib berish va ularda komillikka intilish hissini uyg`otish. . Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi: tarqatma material,rasmlar,plakat. tushuntiruvchi chizmalar Tarbiyaviy mashg`ulotning borishi: Tashkiliy qism: O`quvchilarning mashg`ulotga tayyorgarligi. Navbatchi hisoboti. II.Asosiy qism: Kun tartibi -Sog` yuray desang,ozoda bo`l! Doktorlarning so`ziga Sog` badanda – sog` aql, Har choq quloq solaman. Deydi bizning bobolar, Vaqtida yeb ovqatni, Bu so`z to`g`ri,bu so`zga, Vaqtida dam olaman. Amal qiling,bolalar. -Bu hikmatli maqolga -Men hech vaqt partada Men ham amal qilaman. Qiyshayib o`tirmayman. Ozoda bo`lish ishim, Kir-chir bolalarni hech Vazifam deb bilaman. Yonimga keltirmayman. -A`zoyi badanimni -Shuning uchun har mahal Xo`p yaxshilab yuvaman. Ruhim yengil,ko`nglim shod. Tirnog`imni,tishimni Shuning uchun do`stlar,men Doim toza tutaman. Dard ko`rmayman umrbod. She`rda tozalik haqida nimalar deyilgan? Oldingizda turgan qog`ozlarga tozalik klasterini hosil qiling. O`quvchilarning chizmalari xattaxtaga yopishtiriladi.Bir necha o`quvchi javoblarini izohlab beradi. Odam sog`lom va bardam yurishi uchun tanasi va kiyimlarini toza va orasta tutishi kerak bo`ladi. Tozalikka rioya qilgan insonlarni hamma hurmat qiladi.Kiyim- boshlari,yuz-qo`llari kir-chir yurgan bolalar bilan hech kim o`rtoq bo`lgisi kelmaydi. Iflos qo`llar sog`liq uchun juda zararli.Shuning uchun qo`lni har doim,ayniqsa,ovqatlanishdan oldin sovunlab yuvish kerak.Tirnoq olishni esdan chiqarmaslik zarur. Tishlarni ertalab uyqudan turgach hamda kechqurun uyqu oldidan tish pastasi bilan yuvish lozim. Soch organizmni quyosh nuridan,issiq va sovuqdan,chang kabi noxush ta`sirlardan saqlaydi.Shuning uchun sochda ko`p miqdorda yog`,chang va kir yig`iladi.Natijada sochda qazg`oq,soch biti va zamburug` kasalliklari paydo bo`lishi mumkin. Sochni parvarishlash va tez-tez yuvib turish shaxsiy gigiyenaning asosiy shartlaridan biridir. Tanamizni, qo`l-oyoqlarimizni,yeydigan ovqatlarimizni,mevalarni,nafas oladigan havoni,ichadigan suvimizni toza tutish – bularning hammasi gigiyena deb ataladi. Gigiyena talablariga amal qilsak,o`z sog`ligimizni himoya qilgan bo`lamiz. Uy,hovli,yo`lak,eshik oldilarini har kuni supurish,deraza va eshiklarni ochib,xonalarni shamollatish ham gigiyenadir.. III.Yakuniy qism: Aqliy hujum: Bolalar shoiri Po`lat Mo`minning “Ibn Sino bobo ulashar davo” she`rida sog`liq haqida qanday ajoyib o`gitlar aytilgan,eslab ko`ring-chi? -Xom suvni ichma, Sog`liqdan kechma. - Yurmoqlik iflos-kasalga asos. -Toza kiyinish - emas qiyin ish. -Pasta,tish cho`tka chiqmasin chetga. -Badantarbiya-kuch etar hadya. Darsda faol qatnashgan o`quvchilarni rag`batlantirish. Download 192.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling