Seminar 2-topshiriq


Download 192.56 Kb.
Pdf ko'rish
Sana03.02.2023
Hajmi192.56 Kb.
#1148676
Bog'liq
407-guruh Sayfiddinova Nafosat



Boshlang’ich ta’lim fakulteti 402-guruh talabasi Niyozova Munira. 
Seminar 2-topshiriq 
1-topshiriq 
Sinf rahbarining vazifalarini yozing. 
Javob: Sinf rahbarining vazifalari: sinf rahabari o’z sinfidagi o’quvchilarning 
bevosita ta’lim-tarbiya jarayoni, ya’ni darslar davomida hamda darsdan keyingi 
faoliyatini nazorat qilishga mas’uldir. Sinfdagi barcha o’quvchilarni qobiliyatiga 
qarab tugaraklarga jalb etish kerak. O’quvchilarning nechta bo’lishidan qat’iy 
nazar o’quvchilarga ma’naviyat daftarini to’liq tutdirish shart. Haftada bir marta 
o’tkaziladigan ma’naviyat soatlarini to’g’ri tashkil etib, unga haqqoniy yondashish 
shartdir. Tarbiyachi qanday sharoitda ishlamasin, u qanday sinfga rahbarlik 
qilishdan qat’iy nazar, o’quvchi shaxsini kamol toptirish kerak. Sinf rahbarligi 
odatda sinfni va alohida-alohida har qaysi o’quvchini o’rganishdan boshlanadi. 
Ma’naviyati boy bo’lgan sinf rahbari o’quvchilar bilan alohida-alohida ishlashni 
amalga oshirishi, o’quvchilarga o’z ta’siri, metodlarini mohirlik bilan qo’llashlari 
kerak. Agar sinf rahbari o’z sinfidagi o’quvchilar faolligini yanada oshirishga 
harakat qilsa, ota-onalar bilan aloqani mustahkamlashi lozim bo’ladi. 
2-topshiriq 
Tanlangan mazvu asosida tarbiyaviy soat ishlanmasi tayyorlang (namunaviy) 
Javob: 3-sinf tarbiyaviy soat dars ishlanmasidan namuna. 
Mavzu: Shaxsiy gigiyena! 
I.Kirish: 
Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsadi:O`quvchilarga shaxsiy gigiyena qoidalari 
haqida ma’lumot berish.Komil inson tushunchasini yoritib berish va ularda 
komillikka intilish hissini uyg`otish.



Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi: tarqatma material,rasmlar,plakat. tushuntiruvchi 
chizmalar
Tarbiyaviy mashg`ulotning borishi: 
Tashkiliy qism: 
O`quvchilarning mashg`ulotga tayyorgarligi. 
Navbatchi hisoboti. 
II.Asosiy qism: 
 Kun tartibi
-Sog` yuray desang,ozoda bo`l!
Doktorlarning so`ziga 
Sog` badanda – sog` aql,
Har choq quloq solaman. 
Deydi bizning bobolar,
Vaqtida yeb ovqatni
Bu so`z to`g`ri,bu so`zga, 
Vaqtida dam olaman.
Amal qiling,bolalar. 
-Bu hikmatli maqolga 
-Men hech vaqt partada 
Men ham amal qilaman.
Qiyshayib o`tirmayman. 
Ozoda bo`lish ishim, 
Kir-chir bolalarni hech 
Vazifam deb bilaman. 
Yonimga keltirmayman. 
-A`zoyi badanimni 
-Shuning uchun har mahal 
Xo`p yaxshilab yuvaman. 
Ruhim yengil,ko`nglim shod. 
Tirnog`imni,tishimni 
Shuning uchun do`stlar,men 
Doim toza tutaman. 
Dard ko`rmayman umrbod. 
She`rda tozalik haqida nimalar deyilgan? Oldingizda turgan qog`ozlarga tozalik 
klasterini hosil qiling. 


 
 
 
O`quvchilarning chizmalari xattaxtaga yopishtiriladi.Bir necha o`quvchi javoblarini 
izohlab beradi. 
Odam sog`lom va bardam yurishi uchun tanasi va kiyimlarini toza va orasta
tutishi kerak bo`ladi. Tozalikka rioya qilgan insonlarni hamma hurmat qiladi.Kiyim-
boshlari,yuz-qo`llari kir-chir yurgan bolalar bilan hech kim o`rtoq bo`lgisi kelmaydi. 
Iflos qo`llar sog`liq uchun juda zararli.Shuning uchun qo`lni har 
doim,ayniqsa,ovqatlanishdan oldin sovunlab yuvish kerak.Tirnoq olishni esdan 
chiqarmaslik zarur. 
Tishlarni ertalab uyqudan turgach hamda kechqurun uyqu oldidan tish pastasi 
bilan yuvish lozim. 
Soch organizmni quyosh nuridan,issiq va sovuqdan,chang kabi noxush ta`sirlardan 
saqlaydi.Shuning uchun sochda ko`p miqdorda yog`,chang va kir yig`iladi.Natijada 
sochda qazg`oq,soch biti va zamburug` kasalliklari paydo bo`lishi mumkin. 


Sochni parvarishlash va tez-tez yuvib turish shaxsiy gigiyenaning asosiy 
shartlaridan biridir.
Tanamizni, qo`l-oyoqlarimizni,yeydigan ovqatlarimizni,mevalarni,nafas oladigan 
havoni,ichadigan suvimizni toza tutish – bularning hammasi gigiyena deb ataladi. 
Gigiyena talablariga amal qilsak,o`z sog`ligimizni himoya qilgan bo`lamiz. 
Uy,hovli,yo`lak,eshik oldilarini har kuni supurish,deraza va eshiklarni 
ochib,xonalarni shamollatish ham gigiyenadir..
III.Yakuniy qism: 
Aqliy hujum: 
Bolalar shoiri Po`lat Mo`minning “Ibn Sino bobo ulashar davo” she`rida sog`liq 
haqida qanday ajoyib o`gitlar aytilgan,eslab ko`ring-chi? 
-Xom suvni ichma, 
Sog`liqdan kechma. 
- Yurmoqlik iflos-kasalga asos. 
-Toza kiyinish - emas qiyin ish. 
-Pasta,tish cho`tka chiqmasin chetga. 
-Badantarbiya-kuch etar hadya. 
Darsda faol qatnashgan o`quvchilarni rag`batlantirish. 

Download 192.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling