Семинар 8 соат Мустақил таълим 76 соат mavzu:№ etnologiya faniga muqaddima reja
Sharqiy va janubi-sharqiy dehqonchilik va g’rmon ovchi qabilalari
Download 0.66 Mb.
|
ETNOLOGIYA FANIDAN MAJMUA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Beshta qabila ittifoqi» yoki «Irokezlar ligasi»
Sharqiy va janubi-sharqiy dehqonchilik va g’rmon ovchi qabilalari
Shimoliy Amerikaning sharqiy va janubi-sharqiy rayonlarida, Buyuk KO’llar atrofidagi AQShning Guron, Eri, Ontario, qisman Nyu-York va Pensilvaniya shtatlarida irokez va algonkin qabilalari yashaydi. Ular O’zlarining xO’jalik, madaniy va ijtimoiy turmushi xususiyatlari jihatidan bir gruppani tashkil qiladi. Turli tilda gapiradigan mazkur qabilalar etnik tarixini ta’riflovchi boy mifologiyaga ega. Irokez solnomachilari O’z tarixini bir necha davrlarga bO’lib, turli afsona va rivoyatlar bilan tO’ldirgan. Tarixiy va etnografik jihatdan irokezlar ancha batafsil O’rganilgan. Mashxur Amerika tadqiqotchisi L.Morgan ajoyib asarlari tufayli irokezlarning turmush tarzi, ijtimoiy tuzumi, matriarxal urug’inng klassik tadqiqotchisi deb tanilgan. Irokezlar Shimoliy Amerikaning sharqiy qismida keyin paydo bO’lsada, arxeologlarning aytishicha bu yerda madaniyat besh ming yillar muqaddam tashkil topgan. Irokezlarning etnogenezi eramizdan avvalgi I ming yillikda shakllana boshlagan. Vudlend madaniyati bilan bog’liqekanligi aniqlangan. Mahalliy indeyslar qadimdan mayda daraxtli O’rmon va tO’qayzorlarni kuydirib dehqonchilik qilib kelganlar. Ular qirqilgan daraxtlarni quritib yokqanlar, motiga, yog’och bilan yerni kovlab, ishlov berib kul aralash tuproqqa urug’ sepganlar. Irokezlarning asosiy ekinlari-mais (makkajO’hori), loviya va qovoq. Bu ekinlar («uch opa-singil») bilan ularni diniy tassavurlari ham bog’liq. Uy oldi tamorqada tamaki, tarvuz, nO’hat, kungaboqar, yer noki va boshqa ekinlar ham ekilgan. Ammo makkajO’horining hamma turlari irokezlarning butun zarur oziq-ovqat bilan ta’min qilib, hatto qO’shimcha mahsulot yetkazib bergan. Makkadan gO’sht qO’shib sopol idishlarda turli taomlar tayyorlaganlar. Klen daraxti sharbatidan bahor faslida qand pishirganlar. Indeyslar yovvoyi meva, urug’ va yemishli ildizlarni terishga juda mohir bO’lganlar. KO’l bO’yida yashovchi ayrim algonkin qabilalari yovvoyi sholini kemada yig’ib, boshog’ini yanchib, yog’och bilan tuyib gurunch olganlar. Dehqonchilikda yerni chopib ishlov berish erkaklar zimmasiga, boshqa barcha xO’jalik ishlari ayollarga yuklangan. Ovchilik ham erkaklar kasbi bO’lib, ularga gO’sht, charim va teri yetkazib bergan. Bir guruh erkaklar kuz va qish oylarida O’rmonlarga ketib ov qilib bahorda qaytib kelganlar. Ular bug’ular, qunduz, suvsar va savsar kabi O’rmon hayvonlarning va qushlarni ovlaganlar, kuz paytlarida asal yig’ganlar. Baliqchilik bilan ham shug’ullanganlar. Hunarmandchilik ancha rivojlangan, kulolchilikni bilganlar. Hunarmandchilik qO’shimcha mahsulot yetkazib bergan. Natijada savdo-sotiq rivojlangan. Ishlab chiqarish qurollaridan dehqonchilikda asosan motiga (ketmoncha), tosh bolta, mis tig’li pichoq, nayza va O’q-yoy, chO’qmor tayoq (tosh O’rnatilgan maxsus qurol tomagavk) va palaxmon, daraxt qobig’idan (pO’stlog’idan) yasalgan kema, sanchqi, tO’r hamda savatlardan foydalanganlar. Turli naqsh berilgan sopol chinnilar irokezlarga xos san’at bO’lgan. Teriga ishlov berish, ayniqsa byg’y terisidan zamsha ishlab chiqarish juda rivojlangan. Kiyimlari zamshadan, qunduz va suvsar terisidan tikilgan. Erkaklarning kiyimi zamsha plash va yubkadan iborat. Oyog’iga mahsi, tO’pig’i va beliga getra, uzun yubka va kO’ylak kiyganlar, plash yopinganlar va turli bezaklar taqqanlar. Irokez qabilalarining jamoa uylari bir necha oilaga mO’ljallangan bO’lib, tO’g’ri burchakli yog’ochdan tiklanib daraxt qobig’i bilan yopilgan. A.Morgan ta’rificha bu «uzun uylar» 6-8 metr kenglikda, ichki tomoni daxliz bilan ikkiga bO’lingan, devor bO’ylab uzunasiga yarim metrga kO’tarilgan yog’och supalarda eni 4 metr keladigan «xonalar» har bir oilaga ajratib qurilgan. Ba’zan unday uylarda butun bir urug’ yashagan. Turmush qurgan yangi kelin-kuyovlarga shu uy yoniga yangi xona qO’shib qurganlar. Daxliz O’rtasida tO’rt oilaga mO’ljallangan bir necha O’choq O’rnatilgan. Qozon meHmondorchilik belgisi hisoblangan. Har qishloqda mazkur «uzun uylar» soni 10-30 gacha yetgan. Ayrim algonkin qabilalarining uylari egilgan maxsus daraxt shoxlaridan gumbaz yoki tO’rtburchak shaklida tiklanib yog’och qobig’i yoki chipta bilan yopilgan. Qishlokdar 500 dan to 1000 kishigacha yetadigan aholiga ega bO’lgan. Irokezlarning ijtimoiy tuzumi urug’chilikdan iborat bO’lib, bir necha qonu-qarindosh oilalar bir ayol boshchiligidagi jamoa(ovachir)ni tashkil qilgan. Ovachir dastlab umumiy xO’jalikka ega bO’lgan matriarxat urug’ hisoblangan. Nikoh egzogam tartibda bO’lganligi tufayli kuyov bolali bO’lguncha ayrim O’z urug’i bilan yashagan, xotini oldiga faqat qorong’i kechasi borgan. Meros ham ayol urug’iga O’tgan. Qabilalar urug’larga bO’linib, fratrial tartib O’rnatilgan. Urug’ va qabilalarning katta va kichigligi qit’aning shimoli-sharqiy qismidagi O’rmonlarning sharoitiga moslashgan xO’jalikka bog’liqbO’lgan. Asosiy ishlab chiqarish vositasi hisoblangan yer butun qabila va urug’niki bO’lib, ammo har bir ovachirga taqsim qilingan. Keksa urug’ a’zolari muhim masalalarni hal qilishda maslahatga tO’planishgan. Urug’ oqsoqollaridan fratriy boshliqlari tayinlangan, ular qabila kengashiga tO’planib ochiq majlislar O’tkazganlardan. Indeys qabilalarning jipsligi irokezlarning 1570 yilda paydo bO’lgan mashhur «Beshta qabila ittifoqi» yoki «Irokezlar ligasi»да O’z ifodasini topgan edi. Bunga eng kuchli qabilalardan beshtasi quyidagilar: Mogauk (Chaqmoqtosh), Oneyda (Granit yoki Harsangtosh), Onondaga (Tog’liklar), Kayyuga (Trubka yoki sohilliklar) Seneka (Buyuk tepaliklar elati) Ittifoq 50 ta urug’ oqsoqol(saxem)lardan iborat maxsus umumiy kengashga ega bO’lib.unda urush va tinchlik, qabilalararo munosabatlar kabi muhim masalalar hal qilingan. Harbiy ishlarni boshqarish uchun kengash 2 ta lashkarboshi saylagan. Irokezlar ligasi juda zO’r kuchga ega bO’lgan. XVIII acpra kelib unga Buyuk kO’llar atrofidagi boshqa qabilalar ham bO’ysungan. Mustamlakachilar ham ittifoqning fikri bilan hisoblashganlar va hatto diplomatik munosabatlar ham O’rnatganlar (Angliya va Fransiya qirollari bilan bO’lgan munosabatlar). AQShning mustaqillik uchun olib borgan urushidan keyin Irokez ittifoq tugatiladi. 1779 yilda bO’lgan urushda irokezlar kattiq mag’lubiyatga uchrab O’z ona yerlarini tashlab ketishga va asta-sekin mo kurasidekuralgan maxsus rezervatsiyalarga kuchishga majbur bO’ladilar. Ammo ayrim qabilalar partizanlik urushini davom kildirganlar. Urug’-qabila munosabatlari yeimirilib monogam oila munosabatlari paydo bO’ladi, bir va^tlar daxshatli bO’lgan irokezlar grajdanlik huquqlaridan mahrum holda kambag’al fermer va ishchilarga aylanadilar. Shimoliy Amerikaning algonkin va musgok til oilasiga oid qabilalarning ham taqdiri fojiali tugagan. Mazkur qabilalardan tashkil topgan ittifoqlar (ayniqsa kuchli Krik Konferensiyasi) ham yemirilib, 1820 yillarda AQSH hukumati tomonidan ular g’arbiy tomondagi noqulay joylarga zO’rlik bilan kO’chirilgan. Irokezlarning bir qismi Kanadaga kO’chib rezervatsiyalarga joylashgan. Mahalliy indeyslarning dinlari ibtidoiy e’tiqodlar bilan bog’liq. Bularda keng tarqalgan totemizm, shamanizmdan tashqari tabiat kuchlari, O’simlik dunyosi va jonivorlar bilan bog’liqtuli animistik tasavvurlar muhim O’rinni egallagan. Irokezlarda «Uch opa-singil» (mais, loviya va qovoq) ibodati kuchli bO’lgan. Ular yilni uch davrga bO’lib (ovchilik, yig’im-terimchilik va dehqonchilik faoliyati bilan bog’liq) turli marosimlar O’tkazganlar. Eng katta bayram marosimlari qishning O’rtasida nishonlangan. Ular ayniqsa momaqaldiroq va quyoshga sig’inganlar. Seminola qabilalari «sehri buyumlar» dan muqaddas tugiga itoat qilganlar va shunga bagg’shlangan yilda bir marta bayramlar O’tkazilgan. Chippeva qabilalarida O’simlik va hayvonlarning arvohlari bilan yaqin aloqada bO’lish mumkin, degan tasavvurlar keng tarqalgan. Ularning shamanlari duogO’ylik yO’li bilan yaxshi yO’lni ta’minlovchi irimlar qilganlar, turli O’tlar bilan kasalliklarni davolaganlar. Keyingi davrlarda missionerlarning faol faoliyati tufayli mahalliy indeyslarning orasida xristian dini keng tarqalgan. Hatto ibtidoiy dinlar bilan xristian din mazhablari arlashmasidan yangi diniy yO’nalishlar ham paydo bO’la boshlagan. Xalq ijodi ancha rivojlangan. Ertak va ashulalarda, tarixiy afsona va rivoyatlarda indeylarning hayoti poetik tasvirlangan. Mashhur Amerika yozuvchisi G. Lonfello yozgan «Gayavat tO’g’risida qO’shiq» nomli qissa irokezlarning boy ertaklariga asoslangan. Turli raqs va O’yinlar, haykaltoroshlik, totemistik obrazlarni tasvirlash xalq ijodining ajoyib namunalaridir. Download 0.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling