Семинар 8 соат Мустақил таълим 76 соат mavzu:№ etnologiya faniga muqaddima reja


Download 0.66 Mb.
bet14/25
Sana01.10.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1690443
TuriСеминар
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   25
Bog'liq
ETNOLOGIYA FANIDAN MAJMUA

Kaliforniya indeylari
AQShning Kaliforniya va qisman Nevada ham Yuta shtatlarida yaqin davrlargacha turli tillarda gapiradigan ammo xO’jalik madaniy birlikka ega bO’lgan qabilalar yashaganlar. Indeyslar dehqonchilikni bilmasdan ovchilik va terimchilikka asoslangan an’anaviy xO’jalik ularni barcha zarur narsalar bilan ta’min qilib kelgan. Bu yerning tabiati mevali dub daraxtining juda kO’p turlarini, har xil iste’mol kilinadigan O’simlik va ildizlarni, yovvoyi loviya, piyoz va yong’oqning, daryo va dengiz hayvonlari kabi nihoyatda boy oziq-ovqat mahsuloti yetkazib bergan.
Mahalliy indeyslar ayniqsa dub mevalarini tozalab, quritib, yanchib, unidan atala pishirganlar. Dub mevasining uni asosiy taom bO’libgina qolmay, balki qabilalar orasidagi savdo mahsulotlarining eng muhimi ham hisoblangan. Ular har xil O’rmon O’simliklarining urug’lari, dengiz sohillari va ichki daryolaridan tutilgan molyuskalar, qisqichbaqa, baliqlar va boshqa jonivorlarni hamda suv O’simliklarini iste’mol qilganlar. Barcha qabilalar uchun oziq-ovqat yil bO’yi tabiatda mavjud bO’lsada, ular yig’ib, g’amlab ishlab-chiqarish uchun doimo mehnat qilganlar. Ularning asosiy ishlab chiqarish qurollari ovchilikda O’q-yoy, baliqchilikda sanchqi, savat, yaxlit daraxtdan O’yib yasalgan kema bO’lgan. Butun Kaliforniyada zO’r mahorat bilan savat tO’qish keng yoyilgan. Ildiz va urug’larni yig’ib terish uchun oddiy uchi yO’nilgan yog’ochdan foydalanilgan. Tosh pichoq, turli chig’anoqlar, munchoqlar boylik hisoblangan. Asosiy kasbi terimchilik bO’lganligi tufayli ularda mehnat taqsim qilinmagan. Lekin ovchilik bilan asosan erkaklar shug’ullangan.
Shimoliy Kaliforniya indeyslari ayrim yertO’lalardan iborat kichik qishloqlarda yashaganlar. Qolganlari kO’chib yurishga qulay bO’lgan daraxt pO’stlog’i bilan yopilgan konus yoki gumbaz shaklidagi chaylalarda istiqomat qilganlar. Deyarli barcha qabilalar kiyimsiz yurganlar. Ammo bayramlarda juda kO’p bezaklar taqqqanlar, qizlar faqat voyaga yetgandan keyin O’simlik tolasidan yubka yoki teridan etakcha kiyganlar, erkaklar esa byg’y terisidan qilingan belbog’ bilan cheklangan. Sovuqda egniga teri yoki boshqa yopinchiqlar yopinganlar.
Shimoliy va Markaziy indeyslarning ijtimoiy tuzumida jamoa tuzumi kO’pchiligida fratrial tuzumi saqlanib kelgan. Ona urug’ida patriarxal urug’iga O’tish munosabatlariga xos tartiblar kuchli bO’lgan. Vohalardagi va tog’ etaklaridagi indeyslar yirik qishloqlarda yashab, ancha rivojlangan ijtimoiy va siyosiy tuzumga, murakkab diniy sistemaga ega bO’lganlar. Totemizm va shamanizm keng tarqalgan. Shamaniylik marosimlari davolash xarakteriga ega bO’lgan. Har qishloqda mahfiy jamiyatlar mavjud bO’lib, ommaviy marosimlar (har O’yinlar, tantanalar, bezakli kiyimlar bilan) namoyish qilingan. Ibodat marosimlarida ijro etiladigan O’yinlarda har kim O’z boyligini kO’rsatgan. Janubiy Kaliforniya qabilalarida O’spirinlarni urug’ a’zoligiga O’tkazish va boshqa diniy marosimlarda kayf yoki qayd qiladigan O’tlarni iste’mol qilish odat bO’lgan.
XVI asrdan yevropaliklar Kaliforniyaga kela boshlaydilar, XVIII asr O’rtalarida mustamlakachilarning istilosi kuchayadi. Ular dastlab sohilgan yaqin vodiylarda missionerlik makonlarini O’rnatganlar, indeyslar bilan aloqani mustahkamlab, O’z makonlariga jalb qilib, xristianlashtira boshlaganlar. Mazkur aloqalar indeyslarning turmush tarzini yemirib, antisanitariya va og’ir kasalliklarning tarqalishiga sabab bO’lgan. Ayniqsa yuqumli kasalliklar minglab indeyslarning yostg’ini quritgan.
1848 yilda Kaliforniyada oltin topilgandan keyin mahalliy aholining hayotida eng qorong’y kunlar boshlanadi. KO’plab kela boshlagan oltin izlovchilar indeyslar qishloqlarini talon taroj qilib rahmsiz qirg’in keltirganlar. 1850-1880 yillar ichida bO’lib O’tgan «urushlar» natijasida ojiz, begunoh indeyslarga chinakam ov boshlangan va ularni vahshiyona qilib tashlaganlar. Agar 1770 yilda 138 mingdan ortiq indeyslar mavjud bO’lgan bO’lsa, O’tgan asrning oxirlariga kelib, deyarli 10 xissa kamaygan. Rasmiy ma’lumotlarga qaraganda hozir Kaliforniyada shtatida 40 mingga yaqin mahalliy indeyslar (butun shtatda 18 mln aholi) yashaydi. Qolganlari qirilib, boshqa millat va elatlar bilan aralashib ketganlar.



Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling