Семинар 8 соат Мустақил таълим 76 соат mavzu:№ etnologiya faniga muqaddima reja
Download 0.66 Mb.
|
ETNOLOGIYA FANIDAN MAJMUA
Artika ovchilari va baliqchilari
Arktikaning asosiy tub aholisi eskimos va aleutlar. Alyaska va Shimoliy Muz okeani sohillarida, Labrador yarim oroli hamda Grenlyandiyada qadim davrlardan eskimoslar yashaydi. Ular O’zlarining inuit («odamlar») deb ataydilar. Aslida «eskimos» sO’zi algonkin tilida «xom gO’sht yeydiganlar», degan ma’noni anglatadi. Chunki qadim zamonlarda singa kasalidan saqlanish uchun xom gO’sht istyemol qilingan. Ular azaldan tyulen, kit, morj, qutb ayig’i va shimol tulkisini ov qilish va baliq tutish bilan shug’ullanib kelganlar. Ov qilingan hayvonlardan zarur buyumlar, ovqat tayyorlaganlar; gO’sht va yog’i taomga ishlatilgan, terilari kiyimga, kema yasashga va uy-rO’zg’or ishlariga sarflangan, tyulen va morj yog’i bilan uylarni qizitganlar va yoritganlar, suyaklaridan esa mehnat qurollari yasaganlar, uy va kema qurishda ishlatganlar. Eskimoslar jahondagi eng shimoliy xalq sifatida qutbning og’ir sharoitiga juda moslashgan. Ularning ov qurollari maxsus tyulen va morj terilaridan yasalgan baydarka tipidagi kichik kema (kayak) hamda katta kema (umiak), uzun ipga bog’langan yog’och sopli sanchqi, tosh yoki suyak uchli nayza (ba’zan uni otadigan maxsus qurol sifatida ishlatilgan) va O’q-yoy, turli xildagi tuzoqlar va suyakdan yasalgan qarmoqlardan iborat. Ba’zan qurol yasashda qO’shni janubiy indeys qabilalaridan almashib olgan mis ham ishlatilgan. Arktikada O’rmonlar yO’q bO’lganligi tufayli eskimoslar qishda zO’r mahorat bilan muzdan uy tiklaganlar. Iglu deb atalgan muz uylarda tyulen terisi tO’shalgan va devorlarga osilgan, yog’i bilan isitilgan va yoritilgan. Hozirgacha saqlanib kelgan bunday uylarda endi primus, kerosin yoki elektr lampalar ham ishlatiladi. Ilgari gO’shtni, asosan xom holda istyemol qilganlar. Qutbning qisqa yozida ayollar materikda O’sadigan turli yemishli kO’kat va ildizlar, klyukva kabi tundra meva-chevalarini terib-termachlaganlar. Kishi organizmiga O’simlik vitaminlari yetmaganligi tufayli 6yg’y oshqozonida tO’plangan yutqidan maxsus taom tayyorlangan. Bu taom eskimoslarning eng sevimli taomlaridan biri hisoblangan. Ba’zi eskimos oilalari qisqa yoz faslida materikka kO’chib konus shaklida teri yoki yog’och pO’stlg’i bilan qoplangan chanalar tiklaganlar. Ularning kiyimlari ham mahalliy sharoitga moslashgan boshdan oyoq dengiz hayvonlarining terisidan yaxlit kombinezon yoki kapyushon shaklida tikilgan bO’lib, erkak va ayollarniki deyarli farqlanmaydi. Ammo bolali ayollarda egniga osilgan gO’dakni solib kO’tarib yuradigan teri xaltasi ham bO’lgan. Oyog’iga teridan tikilgan paypoq va etik kiyganlar. Ba’zan kiyimlari qurama, turli rangli terilar yoki jun bilan bezatilgan. Hozirgi davrda eskimoslar, ayniqsa Grenlandiyada zamonaviy jihozlangan elektr va issiq suv bilan ta’minlangan kO’p qavatli uylarda yashaydilar; kiyimlari va taomlari ham ancha O’zgarib Yevropalashtirilgan. An’anaviy transport vositasi sifatida changi va itlar qO’shilgan chanalardan foydalanilgan. SO’nggi yillarda motorli kema va chanalar, miltiq va temir qopqonlar ishlatilmoqda. Eskimoslarning ijtimoiy tuzumida XIX asrgacha urug’ jamoachilik munosabatlari saqlanib kelgan. Ular ota urug’iga O’tish davrida 2-3 oiladan tashkil topgan kichik jamoadan iborat bO’lib yashaganlar. Ammo urug’-qabilachilik munosabatlari og’ir tabiiy sharoit tufayli uncha mustahkam bO’lmagan. Og’ir sharoit eskimoslarning dinlarida ham O’z aksini topgan. Kishi ustidan hukmronlik qilib turgan tabiat kuchlari har xil tabiiy hodisalarga, turli arvohlarga va «dengiz xujayini» ga sig’inish, sehrgarlik (magiya) va shamanizm kabi ibtidoiy dinlarni yaratgan. Ularda shamaniylik ibodati va turli mifologik tasavvurlar rivoj topgan. Hozir eskimoslar orasida xristian dini kO’p tarqatilgan. Eskimoslarda qadimiy davrlardan amaliy san’at taraqqiy qilgan bO’lib, hozirgacha suyakka nozik uyma naqsh berish va suyakdan turli buyumlar yasash saqlanib kelgan. Ular O’ziga xos qabila hayotidan olingan ayrim voqealar va hayvonlarni ovlash manzaralarini zO’r mahorat bilan tasvirlaganlar. Uzoq qutb kechalari muz va qordan tiklangan qorong’i yog’ chirog’li uylarda O’z xalqning kelib chiqishi tO’g’risida rivoyatlar, Quyosh, Oy, tog’lik, va muzliklar, turli hayvonlar va devlar tO’g’risida afsona va ertaklar aytishganlar. SO’nggi chorak asr davomida rO’y bergan O’zgarishlar tub aholiningfaqat moddiy turmushidagina emas, maishiy va ma’naviy hayotiga ham zur ta’sir utkazdi. Ayniqsa Grenlandiya eskimoslarida zamonaviy ma’rifat kO’rtak otib ona tilida yozma adabiyotning turli janrlari paydo buldi, gazeta va jurnallar chiqa boshladi, radioeshittirishlar olib borildi. Ammo orolning Daniyaga karamligi, uning iqtisodiy va ijtimoiy axvolida O’z aksini topgan, bu xolat Daniyaliklar bilan eskimoslar orasida tengsizlik turmush darajasining pastligi va siyosiy huquqlardan mahrum ekanligida yorqin namoyon bO’lmoqda. Alyaska va Kanada eskimoslarida gO’sht va yog’ iste’mol qilish cheklangan, meditsina xizmati juda kam, ular milliy yozuvga ega emaslar. 70-yillardan boshlab eskimoslar mustaqillik va tenglik uchun faol kurashga kirishdilar. Ayniqsa Grenlandiyaliklarda bu kurash uyushqoqlik bilan olib borilmoqda, ham yaxshi natijalar bermoqda. Tinch okeanida, Alyaska yarimorolidan janubga chO’zilib ketgan Aleut orollarida va Alyaskaning g’arbiy qismida eskimos-aleut til oilasiga oid qadimiy elatlar yashaydi. Eskimoslarga maishiy turmush va madaniyati jihatidan yaqin aleutlar XIX asr boshlarida dengiz hayvonlarini ov qilib kun kechirganlar. Ularning ov qurollari eskimoslarnikiday ammo O’ziga xos teridan yasalgan baydarka, dengiz hayvonlarining ichagidan tikilgan suv utmaydigan plash, yog’ochdan yasalgan shlyapa, moddiy va ma’naviy madaniyat xususiyatlari bilan ajralib turadilar. Aleutlarning tarixiy takdiri eskimoslarniki singari Shimoliy Amerika, aynkea AQSH kapitali bilan bog’liq. Ular XIX asr oxirlarigacha urug’chilik tuzumidagi qabilalardan bO’lib, har qabila O’ziga tegishli ov qiladigan joylarda O’troq xolda yashaganlar. Uylari yarim yer tO’la shaklida katta oilaga mO’ljallangan bO’lib, unda 30-40 qon-qarindosh kishilar istiqomat qilgan. Aleutlarning ozgina qismi hozirgacha bizning mamlakatda Komandor orollarida yashaydi. Ular Sovet xokimiyati tufayli erkin iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojga erishdilar. Download 0.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling