Семинар 8 соат Мустақил таълим 76 соат mavzu:№ etnologiya faniga muqaddima reja


Download 0.66 Mb.
bet9/25
Sana01.10.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1690443
TuriСеминар
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   25
Bog'liq
ETNOLOGIYA FANIDAN MAJMUA

MAVZU: № 16. YEVROPA XALQLARI
MUQADDIMA.
REJA:

  1. Yevropani geografik O’rni, tabiati va aholisi.

  2. Antropologik va lingvistik tasnifi.

  3. Yevropa xalqlarining e’tiqodi va etnik tarixi.

  4. Yevropa xalqlarining madaniyati.

Yarim milliardga yaqin hozirgi Yevropa xalqlari butun jahon madaniyati tarixida muhim pol O’ynagan. Ular eng qadimgi zamonlardan yuksak madaniyat yaratgan, ayniqsa kO’hna Gretsiya va Rim davrlaridan boshlab deyarli olamga tarqalgan bugungi Yevropa madaniyatiga asos solgan elatlarning avlodlaridir. Bu qadimiy madaniy meros buyuk geografik kashfiyotlardan keyin uyg’onish davrlaridan boshlab kapitalizmning gurkirab O’sishi natijasida qayta tiklanib, boshqa qit’alarga ham tarqalgan edi. Zamonamiz madaniyatini Yevropada paydo bO’lgan qadimgi ajoyib Gretsiya va Rim madaniyatisiz tasavvur qilish qiyin.
Butun yer yuzidagi quruqlikning ozgina qismi (4,9 mln. kv.km, ya’ni 4 %i) ni egallagan Yevropada 1979 yilgi ma’lumotlarga binoan 486 mln. kishi, ya’ni taxminan jahon aholisining 13 %i yashaydi. Bu yerda hozirgi davrda 50 dan ortiq katta kichik xalqlar mavjud. Ularning etnik qiyofasi va xususiyatlari, iqtisodiy va ma’naviy taraqqiyoti tabiiy geografik muhit bilan ham bevosita bog’liqbO’lgan.
Qadimgi davrlardan Yevropa inson yashashi uchun nihoyatda qulay sharoitga ega. Uning boshqa qit’alardan farqi shundan iboratki, mamlakatlar orasida tabiiy g’ov hisoblangan baland tog’lar va bepayon sahro-yu dashtlar yO’q aksincha, kO’pchiligi zich aholiga ega bO’lgan davlatlar bir birlari bilan serunum tuproqli vodiylar va O’rmonli adirlar orqali chegaradosh. Kengligi g’arbdan sharqqacha, ya’ni Pireniy yarim orolining Atlantika sohillaridan Bolqon yarim oroli, Qora dengiz sohillari (3100 km) gacha chO’zilgan.
Yevropada odamning uzoq davrlarda paydo bO’lishi, aholining zichligi, sanoat va qishloq xO’jaligining gurkirab O’sishi uning tabiiy sharoitini ancha O’zgarishga sabab bO’lgan. Hozirgi yevropaliklarning hayotida va tabiatida yirik sanoat markazlarini shakllanishi, bir-biriga chatishib ketgan ekin dalalari va qishloqlarning, sun’iy O’rmonlar va turli transport vositalarining yaratilishi muhim ahamiyatga ega bO’ldi. Hozirgacha Yevropa mamlakatlarining kO’pchiligining okean va dengizlar bilan bog’liqbO’lishi ularning ekonomikasi va madaniyatida katta rol O’ynab kelmoqda. Ayniqsa dengiz savdosi, okean va dengiz mahsulotlaridan foydalanish bu mamlakatlarning taraqqiyotiga zO’r ta’sir qilib kelgan.
Yevropada kema suzadigan qulay daryolar ham kO’p. Dunay, Visla, Oder, Elba, Reyn, Sena, Laura, Po, Rona kabi daryolar mamlakatlararo muhim aloqa vositasi vazifasini bajaribgina qolmay, xalq xO’jaligining turli sohalarida keng foydalanib kelingan. Ayniqsa eng kata daryolardan Dunay, Reyn, Rona, Oder va Visla bir necha mamlakatlardan oqib O’tib, ularni iqtisodiy jihatdan bog’lab kelgan. Ular Shimoliy Baltika, O’rta Yer dengizigacha olib chiqadigan kema suzadigan muhim arteriya vazifasini bajarib kelmoqda. Iqlimi har xil bO’lib, shimolda Skandinaviya tog’liklaridagi tundra sovuqligidan Dunay dashtlaridagi jazirama issiq va O’rta dengiz sohillaridagi mayin iqlimli tabiat mahalliy aholining xO’jalik faoliyati va turmush tarzida O’z aksini topgan.
Mazkur regionning O’simlik va hayvonot dunyosi kO’p asrlik xO’jalik faoliyati tufayli dastlabki davrlarga nisbatan tubdan O’zgarib ketgan. Asrlar davomida qadimiy O’rmonlarni ayovsiz kesib bepayon ekin maydonlarini paydo bO’lishi, kO’pgina botqoqliklarning quritilishi, boshqa qit’alardan yangi O’simlik turlarini keltirib va sun’iy O’rmonlar yaratish natijasida tubdan yangi bir tabiiy manzara yaratilgan. Ayrim Yevropa mamlakatlarining O’simlik turlarini undan tO’qqiz qismi O’zgartitirilgan. Albatta shimoliy sovuq rayonlarda, masalan, Skandinaviya mamlakatlarida, O’rmon va ekinzorlar janubiy subtropik rayonlarga nisbatan ancha farq qiladi. Janubiy qismida, masalan, O’rta dengiz va Dunay sohillaridagi vodiylar, O’rta Yevropa tekisliklaridagi vodiylar, O’rta Yevropa tekisliklarida eng qadimiy dehqonchilik va chorva markazlari joylashgan. Butun serunum tuproqli yerlar eski O’rmon va daraxtzorlardan tozalanib ekin dalalariga, tog’ yonbag’irlari mol boqadigan yaylovlarga aylantirilgan. Hozir horijiy Yevropa territoriyasining taxminan uchdan ikki qismini tabiiy va sun’iy yaratilgan O’rmonlar egallaydi. Ammo ular nihoyatda notekis joylashgan. Masalan, agar Finlyandiya va Shvetsiya territoriyasining yarmini O’rmonlar egallasa; boshqa mamlakatlarda (Angliya, Daniya, Niderlandiya va hokazo) O’ndan ikki qismini qoplaydi. Sanoatning O’sishi, shaharlarning kO’payishi, temir va avtomobil yO’llarining taraqqiyoti hatto noqulay kamunum yerlarni O’zgartirishga majbur qilgan. Yevropaning qurg’oqchil yarim orollarida sug’orishga asoslangan dehqonchilik paydo bO’lgan va hozir ishlov beriladigan yerlarning har uchinchi gektari sug’oriladi. 1970 yillarning O’rtalarida qishloq xO’jalik yerlari butun Horijiy Yevropasi maydonining yarmidan kO’pini, ya’ni 30 % ekin maydonlari, 20 % yaylov va dalalar egallaydi.
Horijiy Yevropaning hayvonot dunyosi ham florasi kabi O’zgaruvchan. Qitada muz davrigacha boy tropik fauna mavjud bO’lgan, ammo iqlimning sovishi bilan issiqa O’rgangan hayvonlarning kO’p qismi kirilgan, anchasi junubiy issiq O’lkalarga ketib qolgan, bu yerda sovuqa moslashgan jonivorlar (mamontlar, kuchli karkidonlar, qO’chqor buqalar, Fop ayiqlari va hokazolar) paydo bO’lgan. Ularning kO’pchiligi tarixiy davrlargacha yO’qolib ketgan, ayrim qismi O’rta asrlargacha yetib kelgan, qolganlari kirilib ketgan. Hozirgi hayvonot dunyosi muz davri tugagandan keyin paydo bO’lgan iqlim va O’simliklarga moslashgan, Arktika orollaridagi qashshoq tundra O’simlik dunyosiga xos ayrim hayvonlardan bug’ular, sohil suvlarida tyulenlar, har xil baliqchi qushlar saqlangan. Horijiy Yevropa O’rmonlarida har xil tuyoqli va yirtqich hayvonlar, ovlanadigan va sayraydigan qushlar, ayiq va yovvoyi chO’chqa, mO’yna, kiyiq bO’ri tulki va boshqa turli jonivorlar kO’plab yashagan. Ammo O’rta asrlardagi qirol va ritsarlarning ommaviy sayillari kO’p hayvonlarni urug’ini quritgan. Ayniqsa, janubiy Yevropada yovvoyi hayvonlar kO’proq qirilgan. Oqibatda Horijiy Yevropaning qadimiy faunasidan nom nishon deyarli qolmagan. Faqat ayrim hayvonlarning turlari hozirgi hayvonot bog’larida sun’iy ravishda saqlanib kelmoqda. Uy hayvonlaridan qO’y, qoramol, chO’chqa, parrandalarni parvarish qilish qishloq xO’jalikning muhim sohasiga aylangan.
Tabiiy-geografik jihatdan Yevropa qit’asining geologik tarixi, relyef va iqlimning umumiy belgilari, biologik birligi, suv resurslari va boshqa tabiiy sharoitiga qarab bir necha oblastga bO’lingan. Etnografik nuqtai nazardan keyingi klassifikatsiyaga binoan horijiy Yevropa asosan tO’rt gruppani tashkil qiladi: Shimoliy Yevropa, Sharqiy Yevropa, G’arbiy Yevropa va Janubiy Yevropa. Tarixiy jihatdan bu mamlakatlar nihoyatda murakkab turli voqealarga boy davrlarni bosib O’tgan, jahon miqyosida Buyuk geografik kashfiyotlar va uyg’onish davridan, keyin butun insoniyat taqdirini belgilab bergan olamshumul hodisalarning sababchisi va guvohi bO’lgan. Ammo eng qadimiy yuksak madaniyat O’chog’i bu yerda emas, eramizdan avvalgi V-III ming yilliklarda Shimoliy Afrika, Janubiy (G’arbiy va Janubiy) Osiyo territoriyasida paydo bO’lgan. O’sha davrlarda Yevropada ovchilik va terimachilik bilan shug’ullangan ibtidoiy qabilalar yashagan. Insonning Janubiy Yevropa va uning O’rta qismini eng qadimiy davrlardan O’zlashtira boshlagan. Keyingi asrda O’tkazilgan juda kO’p tadqiqotlar shuni kO’rsatdiki, kO’pchilik Yevropa mamlakatlarida ilk paleolit davridan odamlar yashagan. Fransiya g’orlarida topilgan tosh qurollar, arxeologlarning ta’rificha, bu yerda ketma-ket paleolit madaniyati shakllanib kelganligini tasdiqlaydi. Masalan, shel, ashel va mustye quyi paleolit madaniyatiga oid (eramizdan avvalgi 400-300 ming yillar muqaddam) geydelberg va neandertallar yashaganligini, keyin esa orinyaq solyutre, madlen, yuqori paleolit madaniyatini yaratgan (eramizdan avvalgi 30-8 minginchi yillar) qabilalar mavjudligini isbotlab bergan. Quyi paleolit madaniyatini yaratganlar tafakkurli odam (sapiens) darajasiga kO’tarilgan. Keyingi vakillar deyarli butun Yevropaga (Shimoliy qismidan tashqari) tarqalgan. Ularni antropologlar irqiy jihatdan hozirgi yevropaliklarga yaqin kromanyon irqiy tipi deb ta’riflaydilar. Demaq hozirgi yevropaliklarning bevosita ajdodlari taxminan eramizdan avvalgi 30 ming yillar muqaddam paydo bO’lgan. Ba’zi tadqiqotchilarning fikricha, Yevropaning janubiy rayonlari hatto antropogonez (odam vataniga) kiradi. Ibtidoiy ajdodlar dastlab yirik hayvonlarni ov qilib kun kechirganlar, g’orlarda, chayla va yertO’lalarda yashaganlar, toshlardan, yog’och va suyakdan turli qurollar yasaganlar, teridan kiyim tikishni bilganlar. Ular kichik turkum urug’larga bO’lingan, qoyalarga realistik rasmlar yasaganlar, turlicha xO’jalik tiplarini yaratganlar. Masalan, Baltika bO’ylarida asosan baliqchilik (maglemos madaniyati), Shimoliy dengiz sohillarida dengiz terimchiligi (kyokkemeding madaniyati), ichki rayolarda 6yg’y ovchiligi (tardenauz, svider kabi madaniyatlari) xO’jaliklari paydo bO’lgan.
Yevropa madaniyatining keyingi rivojida neolit davri katta ahamiyatga ega. Eramizdan avvalgi IV-II ming yilliklarni O’z ichiga olgan bu davr tosh qurollarni ishlab chiqarishning takomllashishi, O’q-yoyning kashf etilishi, qulolchilik va tO’qimachilikni paydo bO’lishi, asta sekin dehqonchilik va chorvachilik xO’jaliklarining vujudga kelishi, O’troq aholiga xos qishloqlarning tashkil topishi bilan belgilanadi. Turli rayonlarda xO’jalik mutaxassislashi ancha kuchayadi, mahalliy tabiiy sharoitga moslashgan madaniyatlar shakllanadi. Ammo turli madaniyat yaratgan elatlarning qaysi tillarda gapirganligi hozirgacha noaniq. Faqat eramizdan avvalgi ikkinchi ming yillikdan boshlab butun Yevropa qit’asiga Hind-Yevropa tillarida gapiradigan qabilalar tarqala boshlaydi. Ular asta-sekin janubda Balqon yarim orolini va Krit orolini, keyin (eramizdan avvalgi I ming yilliklarda) Italiyaning kO’p qismini egallaydi. Eng katta tO’lqin (kelt qabilalari) G’arbiy Yevropaga yetib hozirgi Fransiya va Belgiyaga joylashgan. Pireney yarim oroliga kelgan keltlar iberlar bilan aralashib «keltiber» aholisiga asos solgan, Britaniya orolini egallagan.
Shunday qilib Hind-Yevropa tillari eramizdan avvalgi II-I ming yilliklarda butun Yevropaga tarqalgan. Ammo bu tillarning asli kelib chiqishi qanday ekanligi haligacha qorong’i. Keyingi xalqlarning buyuk kO’chishi davrida Yevropa aholisi yana ham kO’proq aralashib ketgan. Sharqdan kO’chib kelgan gunnlar, avarlar, bulg’or va vengerlar mahalliy hind-yevropa xalqlarini harakatga keltirgan. O’sha davrda german qabilalari Fap6 tomon siljib keng territoriyada joylashgan, Dnepr va Visla vohalarida yashagan slavyan qabilalari esa Bolqon yarim oroliga va Sharqiy Yevropaga kO’chib kelib O’rnashgan. Bu etnik jarayon keyin ham davom etib hozirgi yevropa xalqlarining shakllanishiga asos solgan edi.
Yevropa xalqlarining kO’pchiligi Hind-Yevropa-slavyan, german, roman va kelt tillarida gapiradilar.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling