Семинар 8 соат Мустақил таълим 76 соат mavzu:№ etnologiya faniga muqaddima reja


Download 0.66 Mb.
bet8/25
Sana01.10.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1690443
TuriСеминар
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   25
Bog'liq
ETNOLOGIYA FANIDAN MAJMUA

semit-hamit yoki afro-osiyo

  • niger-kordofa

  • nil-saxara

  • koysan tillariga bO’linadi.

    O’z navbatida bu tO’rt til oilasi ham katta-kichik turkum va gruppalarga bO’lingan. Shulardan semit-hamit til oilasiga oid xalqlar oilaning uchdan bir qismini tashkil qiladi va butun Shimoliy va Shimoliy-Sharqiy Afrikani egallaydi.
    Hamit til oilasiga kirgan arab tilida sO’zlashadigan aholisi (misrliklar, jazoirliklar, tunisliklar, liviyaliklar va hokazo) VII-VIII asrlarida Arabiston yarim orolidan kO’chib kelib, mahalliy elat va xalqlar (Qadimiy misrlik va barbarlar) bilan aralashib ketishi natijasida paydo bO’lgan. Ular hozir 162 mln. kishidan ortiq bO’lib, Afrika aholisini beshdan bir qismini tashkil qiladi. Eng qadimiy tub aholi avlodlaridan barbarlar faqat Mag’rib tog’liklarida va Sahroi Kabir vohalarida istiqomat qilib kelmoqdalar. Ammo ularning kO’pchiligi (kabillar, tuareglar, rif va hokazolar) hozir dastlabki tillarini yO’qotib arab tiliga O’tganlar.
    Semit gruppasiga kirgan eng yirik xalqlardan amhara, tigrai va tigre hozirgi Efiopiya millatining negizini hosil qiladi. Hamit-semit til oilasiga oid kushit turkumiga amhara xalqiga yaqin galla, Efiopiya janubida yashovchi sidamo va somali xalqlari kiradi. Semitga oid chad gruppasiga kiradigan Nigeriya xalqari va ularga yaqin xausa, bade, bura va boshqalar qitaning ancha territoriyasini egallaydi.
    Niger-kordofa yoki kongo-kordofa til oilasidagi xalqlar ham Afrikaning Sahroi Kabir janubidagi katta territoriyaga joylashgan. Ular beshta turkum-benue-kongo, kva, monde, g’arb-atlantika va voltadan iborat. Benue-kongo tillarida sO’zlashadigan xalqlar tropik va Janubiy Afrikada juda keng territoriyaga tarqalgan bO’lib qitaning taxminan uchdan bir qism aholisini tashkil qiladi. Bu turkumga kirgan bantu xalqlari, masalan, Zair, Kongo, Angola, Uganda, Burundi, Raunda, Keniya, Tanzaniya, Malavi, Zambiya, Janubiy Rodeziya, Botsvana, Lesoto, Namibiya, Svazilend va Janubiy Afrika Respublikasi aholisining kO’pchilik qismini tashkil qilgan. Tanzaniyadagi kichkina suaxili xalqining tili butun Sharqiy Afrika mamlakatlariga ikkinchi til sifatida tarqalib, 50 mln. ga yaqin bantu xalqlari shu tilda gapiradilar. G’arbatlantika til gruppasiga oid xalqlar (fulbe, volof, kisi va h.k.) G’arbiy Afrika mamlakatlari–Gvineya, Gvineya-Bisau, Senegal, Syerra-Leone, Gambiya, qisman G’arbiy va Markaziy Sudanda joylashgan. Kva turkumiga kO’p millionli akan, yoruba, ibo, eve kabi xalqlar kiradi. Ular Gana va Benin aholisining uchdan ikki qismini, Nigeriya, Togo, Liberiya va Fil suyagi qirg’og’i aholisining yarmini tashkil qiladilar. Mande xalqlari ham Gambiya, Liberiya, Mali, Syerra-Leone aholisining yarmidan kO’pini tashkil qiladi. G’arbiy Sudaning ichki rayonlarida, Yuqori Volta, Gana, Togo va Beninda volta til turkumiga oid ellatlar yashaydi.
    Nil-sahara til oilasi uchta yirik gruppa-songai, sahara va shari-nilga bO’linadi. Mazkur oilaga uchta O’ziga xos tilga ega kichik elatlar—maba, fur va koma kiradi. Songai turkumidagi xalqlar Niger daryosining O’rta oqimidagi davlatlar—Mali, Niger, Yuqori Volta va Nigeriyada, Sahroi Kabir turkumining oid xalqlar Chad kO’li atrofidagi va markaziy Sahroi Kabirning chO’l qismida va qisman Nigeriyada yashaydilar. Shari-nil til turkumidagi xalqlar Yuqori Nil vohalarida, Viktoriya va Rudolf kO’llari atrofi (Sudan Respublikasi, Uganda, Keniya) da joylashgan.
    Afrikaning janubiy-g’arbiy qismida, asosan Namibiya, Botsvana va Angolada, O’ziga xos koysan til oilasiga oid xalqlar – bushmenlar, guttentotlar va tog’liq damaralar yashaydi. Ular O’tmishda Janubiy Afrikaning juda keng territoriyasini egallagan, ammo XVII-XIX asrlarda kO’pchilik qismini yevropaliklar qirib tashlagan, qolganlari Kalaxari chO’llariga haydalgan. Koysan tillariga Sharqiy Afrika (Tanzaniya) dagi sandave va xatsa elatlari ham kiradi.
    Madagaskar orlidagi malgashlar tili, antropologik tuzilishi va madaniyati bilan qit’a aholisidan ancha ajralib turadilar. Ular avstroneziya til oilasiga oid, antropologik jihatdan esa janubiy mongoloidlarga yaqin.
    Afrika qitasida yashovchi yevropaliklar butun aholining 2%ini tashkil qiladilar. Ular asosan inglizlar, burlar, fransuzlar, ispanlar, italgyanlar, portugallardan iborat bO’lib, ayrim mamlakatlar (Janubiy Afrika Respublikasi, Janubiy Rodeziya) da kamchilikni tashkil qilsa-da, O’z iqtisodiyoti va siyosiy tuzumiga egadir, tili va madaniyati jihatidan yevropaliklarga kelgindi «oq tanlilar» bilan mahalliy guttentotlar va qisman bantu xalqlari O’rtasidagi nikoh (ba’zan nikohsiz ham yaqinlashish)dan paydo bO’lgan avlodlar (bazan metislar deb ham ataydilar) yaqin turadi. Lekin ular ham boshqa negroidlar qatori qattiq irqiy tengsizlikka hukm qilinganlar. Eski golland tili bilan mahalliy bantu va guttentot tillari aralashmasidan maxsus afrikans tili paydo bO’lgan va elatlararo munosabatlarda vosita rolini bajargan.
    Ayrim mamlakatlarda, chunonchi, Janubiy Afrika Respublikasida, Keniya, Tanzaniya va ayniqsa Mavrikiya orolida sO’nggi yillarda kelgan osiyoliklar ham O’rnashib qolgan va hozirgi etnik jarayonga tortilgan.
    Hozirgi Afrika xalqlarining etnik qiyofasining, uning tarixini O’rganmasdan turib aniq tasavvur qilish mumkin emas. Ayrim yevropa mualliflarining irqiy nazariyalari afrikaliklarning mustahkam tarixiy taraqqiyotining mutlaqo inkor qiladilar, ularning fikricha mahalliy aholi mustamlaka davrigacha ijtimoiy taraqqiyotga noqobil hisoblangan bir necha yil muqaddam aytilgan bir mustamlakachi afrikaliklarni «tarix chetlab O’tgan vahshiylar» deb ataydi. Afrika xalqlarini «yovvoyi hayvonlar darajasi» dagi kishilar qatoriga kirgizib, qita tarixi faqat tashqaridan kelgan bir qancha tO’lqindan iborat madaniyat, shuning uchun mahalliy xalqlar umuman turg’unlikka hukm qilingan, deb ta’riflaydilar. Asli Sahroi Kabirdan janubdagi afrikaliklarning tarixi yot, kelgindi madaniy qatlamlardan tashkil topgan degan soxta fikrlarni tarqatib, faqat mustamlakachilar chinakam madaniyat keltirgan “oliy kulturtreger” ijtimoiy taraqqiyotga yetkazmoqda, deb yovuz irqiy siyosatni oqlashga intilmoqdalar.
    Ayrim burjua olimlarining asrlarida Afrika tarixi nisbatan realistik nuqtai nazardan tasvirlangan va ancha boy materiallar keltirilgan. Ammo ularning tadqiq va talqinlari baribir yangi mustamlakchilik siyosatiga xizmat qiladigan nazariyalarga olib keladi.
    Keyingi yillarda qilingan ajoyib arxeologik kashfiyotlar Afrika tarixining uzoq O’tmishiga oid katta bir davrni oydinlashtirib berdi. Dastavval Janubiy va Sharqiy Afrikada avstrolpiteklar yashaganligi aniqlanib, qita eng qadimiy odamning vatani ekanligi tasdiqlanadi. Bu yerda 4 mln. yil muqaddam gominidlar, yani odamsimon mavjudodlar yashaganligi, odamzod esa 2,5-3 mln. yillar muqaddam paydo bO’lganligi aniqlangan. Ilk paleolit davriga oid ibtidoiy makonlar Luis Liki va keyinchalik uning O’g’li tomonidan Tanzaniyaning Oldivay jarligida topilganligi, Efiopiyada Chad va Rudolf kO’llari atrofida, janubiy Afrikadan 60 yillardan keyin qilingan kashfiyotlar Afrika qitasida eramizdan avvalgi X ming yiliklardan boshlab yuksak madaniyat yaratilganligi isbotlab berdi. Olduvay, stellenbosh va boshqa madaniyat O’choqlari antropologik ma’lumotlar bilan birga qitaning sharqiy va janubiy qismida qadimiy tosh davrida keng territoriyada ancha takomillashgan tosh qurollar yaratgan va qoyalarga har xil rasmlar chizgan kO’p sonli aholi yashaganligini aniq tasdiqlagan edi.
    Neolit davriga kelib (taxminan eramizdan avvalgi V-I ming yilliklar) shimoliy va markaziy Misrda, Sudana, Sahroi Kabir markazida, Sharqiy Afrikaning ba’zi rayonlarida, Senegal va Kongo vohalarida, hozirgi Nigeriya territoriyasida yangi xO’jalik faoliyati, ya’ni dehqonchilik va chorvachilik shakllanib O’troq holatga kO’chish rO’y bergan. Mezolit va neolit davrlarida hozirgi atnropologik tiplar shakllanib bO’lgan, neolit davriga kelib hozirgi tillar ham asosan shakllanib tugagan.
    Misrliklar qO’shni elatlar tO’g’risida muhim ma’lumotlar qoldirgan. Yozma manbalar Nilning g’arbiy qismida oq tanli liviya qabilalari, O’rta oqimida Kush (keyin Nubiya) mamlakatida jigarrang tanli kushitlar, yuqori qismida qora tanli nilotlar va janubroqdagi Punt mamlakatidagi negroidlar haqida habar berib, Afrikaning irqiy tuzilishi qadimdan ham turli-tuman ekanligini isbotlaydi.
    Afrika qitasida eramizdan avvalgi III-II ming yilliklarda muhim geologik O’zgarishlar rO’y bergan. O’sha davrda Sahroi Kabirda qurg’og’chilik bO’lgan, milloddan avvalgi I ming yillikka kelib katta territoriyadan butun elat va xalqlarni kO’chishga majbur qilgan. Oqibatda Sahroi Kabirning janubida Shimoliy Afrika mamlakatlardan, chunonchi, Misrdan farq qiladigan yangi, O’ziga xos madaniyat shakllana boshlaydi. Nigeriya va Benue daryosining shimolida paydo bO’lgan nok madaniyati (eramizdan avvalgi IX eramizning II asrlari) temir va boshqa metallarni ishlab chiqarishni bilgan va dastlabki temir qurollarni yasaganlar.
    Temir eritish va undan foydalanish Afrika xalqlarini ijtimoiy taraqqyotida muhim rol O’ynagan edi. Daryo vodiylaridagi aholi bilan savanna qabilalari orasidagi savdo-sotiqning kO’payishi, katta savdo yO’llarida va chorraxalarida shaharlarning va savdo markazlarining paydo bO’lishi shu asosda ijtimoiy mehnat taqsimotining yuzaga kelishi va boshqa faktorlar Sahroi Kabir janubida davlatlarning shakllanishiga sabab bO’lgan. Uzoq davr davomida neolit ibtidoiy tuzumida ilk sinfiy differensiatsiya negizida yirik Afrika davlatlari paydo bO’lib, tropik Afrika xalvlarining tarixida eramizning I ming yilligiga kelib sifat jihatdan yangi bir davr boshlanadi. Eng dastlab paydo bO’lgan Sudandagi Meroe va Efiopiya tog’liklaridagi Aksum davlatlari, qO’shni Misr va Arabiston orolidagi ilk sinfiy birikmalar ta’sirida eramizdan avvalgi I asrlardayoq yuksak rivojlanish yuzaga kelgan Misr ham tashqaridan kirib kelmagan, O’ziga xos madaniyat yaratgan. Eramizdan avvalgi III ming yillikda bu yerda, ayniqsa O’rta podsholik (II ming yilliklar) davrida metallurgiyaning paydo bO’lishi butun qitaga zO’r tasir kO’rsatgan edi.
    Eramizning VIII-IX asrlariga kelib Tropik Afrikada ekspluatatsiya va sinfiy tuzum munosabatlariga bir necha yirik davlatlar shakllanib, XVI asrlargacha rivojlanib kelgan. Shulardan arab sayyohlari, mahaliy solnomalar, dastlabki portugal tadqiqotchilari va juda kO’p og’zaki rivoyatlar ta’riflangan yirik davlat birikmalari Gana, Mali, Songay, Dagomeya, Xausan shahar-davlatlari, Fapbiy va Markaziy Sudandagi Kanem-Bornu, Benin, Gvineya sohilidagi yoruba davlati, qadimgi Kongo va Efiopiya davlatlari, Sharqiy Afrika qirg’og’idagi shahar davlatlar, afsonaviy Mvene Mutapa (Monomatana) podsholigi va Zimbabve dalatlarini eslash mumkin. Ular ancha rivojlangan ishlab chiqarish kuchlariga ega bO’lgan ijtimoiy mulk va yuksak madaniyat yaratganlar. Muayyan davlatlargacha Afrika davlotining eng taraqqiy qilgan qismlari jahon tarixi bilan qadamma-qadam tez rivojlanib, ijtimoiy taraqqiyotga O’z hissasini qO’shib kelganlar. Hattoki qita mustamlaka qilingandan keyin ham bu yerda XIII-XIX asrlarda bir necha feodal davlatlar (Fulbe, Tukulyora, teokratik davlatlari, Ruanda, Buganda, Burundi) va qabilaviy ittifoqlar (zulu, matabele) paydo bO’lgan edi.
    Demak, Afrika xalqlari burjua tadqiqotchilarining g’ayri ilmiy nazariyalariga zid O’laroq, qadimiy davlatlardan to hozirgacha hech vaqt ijtimoiy taraqqiyotdan chetda qolmay, doimo rivojlanib kelganlar. Ammo ularning ancha orqada qolib ketishiga dastavval mustamlakachilarning qirg’inlik keltirayotgan vahshiy siyosati, rahmsiz ekspluatatsiyasi, qul savdosi va kapitalistik quldorlik sabab bO’lmoqda. Ayrim mamlakatlarning va elatlarning ibtidoiy va ilk feodalizm davri turmush tarzining saqlanib qolishiga boshqa O’lkalardagi singari ayrim obyektiv va subyektiv faktorlar ham ta’sir qilgan. Mustamlaka arafasida Afrika xalqlari turli ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot darajasida turganlar, yirik yuksak madaniyat yaratgan davlatlar bilan bir qatorda hali ibtidoiy jamoa munosabatlari saqlangan qabilalar ham mavjud edi.
    Afrika qit’asida mustamlaka XV asr oxirlaridan boshlanadi. Bu davrda kelgindi yevropaliklar bilan mahalliy aholi orasida madaniy tafovut uncha sezilmagan. Eng fojiali voqealar keyingi asrdan boshlangan. Daslabki kapital jamg’arish natijasida XVI asr boshlaridan keng miqyosida avj olgan qul savdosi G’arbiy va Janubiy Afrika xalqlarining tarixiy taraqqiyoti tO’xtatibgina qolmay, balki bir necha asrlar orqaga tashlagan edi. Avval portugaliyaliklar, keyin Angliya, Golandiya va Fransiya davlatlarning mustamlakachilari qit’a O’lkalarini ochiqdan-ochiq talaganlar, barcha boyliklarini yirtqichlarcha talon-toroj qilganlar, og’ir soliqlar solganlar va minglab kishilarni zO’rlab olib ketib qul qilib sotganlar. Ayrim O’lkalarda, ayniqsa Gvineya sohillarida, Kongo quyi oqimida va Angolada qul savdosi natijasida aholisi kamayib, xO’jaligi siyosiy-iqtisodiy hayoti turg’unlik va vayronalikka mahkum qilingan, ba’zi obod O’lkalar butunlay harobaga aylangan. Vahshiy quldorlik tufayli vafot etgan va Amerikaga olib ketilgan kishilarning soni 100 mln. dan ortiq bO’lgan. Qit’adagi mustamlakachilikka qarshi urushlar, ichki ziddiyat va kurashlar ham minglab afrikaliklarning yostig’ini quritgan va qudratli davlatlar inqirozini kuchaytirgan edi. Mazkur voqealar Afrika xalqlarining madaniy jihatdan Yevropadan orqada qolishining asosiy sabablaridir.
    XIX asr O’rtalarida qul savdosi tugatilib, qullar ozod deb e’lon qilingan edi. Ammo O’sha davrdan boshlab kapitalizmlarning yuqori bosqichi – imperializmga O’tgan yirik davlatlar Afrikani qaytadan bO’lib olishga kirishdilar. O’tgan asr davomida bO’lib O’tgan mustalakachilik urushlari natijasida qita Angliya, Fransiya va Germaniya O’rtasida tashlanib bO’ysundirilgan, Belgiya esa butun markaziy qismi – Kongoni egallagan. Birinchi jahon urushida Germaniya mag’lubiyatga uchragandan keyin uning mustamlaka qismi g’olib chiqqan Angliya va Fransiya O’zaro bO’lib olishgan. Asrimizning boshlarida tropik Afrikaning 90,4 % mustamlaka qilingan edi.
    O’tgan asrning oxiri choragida paydo bO’lgan monopolistik birikmalar va moliya kapitali Afrikani talashda va keng xalq ommasini ezishda eski mustamlakachilik siyosatiga yangi usul va formalar kiritib qita aholisini yanada ham og’ir ahvolga sola boshlagan.
    Imperialistik mustamlaka zulmi mahalliy xalqlarni kattiq iskanjaga olib, millionlab kishilarni ochlik va qashshoqlikka hukm qilgan edi. Chidamsiz jabr–zulmga va talon-toroj keltirgan mustamlkachilik siyosatiga qarshi O’z ozodligi va mustaqilligi uchun kurashga Afrika xalqlari ayniqsa ikkinchi jahon urushidan keyin juda katta muvaffaqiyatlarni qO’lga kiritib, O’z taqdirini O’z qO’liga ola boshladi. Hozir qitaning kO’pchilik qismi mustaqil va ozod davlatlardan iborat.
    Ammo irqchilik siyosatini olib borishda hozirgacha namuna bO’layotgan Janubiy Afrika Respublikasining tub aholisi kamsitilmoqda va har tomonlama ezilmoqda. Bu yerda afrikaliklar yevropaliklardan ayrim holda yashaydilar maktablar, dam olish joylari va transportda birga yurish mutlaqo mumkin emas. Ular barcha huquqlardan, siyosiy faoliyatdan mahrum qilinganlar. Shu bilan birga bir xil qilingan mehnatga yevropalik ishchi mahalliy ishchiga nisbatan kO’proq haq oladi. Mazkur irqiy tartiblarga rioya qilmaganlar qattiq jazolanadi.
    Albatta cheksiz jabr-zulm, og’ir sharoit va tengsizlikda yashayotgan mustamlaka zanjirining oxiri xalqlari hisoblangan Janubiy Afrika Respublikasi, Rodeziya va boshqa O’lkalarning tub aholisining kun sayin avj olayotgan O’z ozodligi va mustaqilligi uchun kurashi shubhasiz, g’alaba bilan tugaydi. Ular ham Afrikaning boshqa ozodlikka erishgan xalqlari singari erkin taraqqiyot yO’liga O’tib, yangi turmush qurishga muyassar bO’ladilar.
    Afrika qitasining etnik tuzulishini bir necha tarixiy-madaniy oblastlarga bO’lib O’rganildi. Ular keng territoriyada joylashgan, ammo etnografik jihatdan umumiy birlikka ega bO’lgan regionlardan iborat. SO’nggi klafikatsiyalarga asoslanib butun qita aholisining tabiiy sharoiti, etnik qiyofasi, tarixiy taqdiri va ijtimoiy-iqtisodiy darajasi jihatdan Shimoliy Afrika, Fapbiy va Markaziy Afrika, Sharqiy va Janubiy Afrika xalqlariga bO’lingan.
    TAYANCH IBORALAR:

    1. Yams, araxis, teffa, landolfiya.

    2. Amxara, galla, tigre.

    3. Nilot, pigmey, bushmen, gotentot.

    4. Pragmatizm, steatopigiya.

    MAVZUNI MUSTAHKAMLASH UCHUN SAVOLLAR:

    1. Afrika qitasining joylanishi va etnik tarkibi.

    2. Afrika xalqlarining shakllanishi va tarkib topishi haqida.

    3. Afrika xalqlarini tili va irqi.

    ADABIYOTLAR:



    1. Н.Жаббаров. Жаhон халqлари этнографияси. Т.,1985.

    2. Этнография. М., 1982.

    3. Брук СИ. Население мира. М., 1986.

    4. Дэвидсон Б. Африканцы. Введение в историю культуры. М., 1975.

    5. Исмагилова Р.Н. Этнические проблемq современной тропической Африки. М.,1973.

    6. Шпатников Г. А. Религии стран Африки. М., 1981.

    7. Бюттер.Т. История Африки с древнейших времен.М.,“Наука”.1981.Народы Африки.М. 1958.

    8. Жаhон мамлакатлари. Тошкент 2006 йил

    MAVZU: №13. SHIMOLIY AFRIKA XALQLARI.


    REJA:
    Shimoliy Afrika xalqlarining etnogenezi va etnik tarixi.


    Shimoliy Afrika xalqlarining antropologik va lingvistik qiyofasi.
    Shimoliy Afrika xalqlarining madaniyati.
    Afrika shimolida asosan arab tilida gapiradigan xalqlar yashaganligi uchun arab Afrikasi deb atalganlar. Aslida bu yerdagi xalq va elatlar qadimiy aborigen aholining avlodlaridir. Hozirgi davrda Shimoliy Afrika xalqlariga Misr, Sudan va katta Mag’rib (Tunis, Jazoir, Marokash, Liviya, Mavritaniya, G’arbiy Sahroi Kabir) aholisi kiradi.
    Qadimiy Yunon mualliflarining asarlarida Mag’rib aholisini liviyaliklar, deb tilga olinadi. Ularning bir qismi kO’chmachilik bilan tirikchilik qilib kelgan qabilalardan, ikkinchi qismi dehqonchilik bilan shug’ullanuvchi aholidan iborat bO’lgan. Ular eramizdan avvalgi I ming yillikda finikiyaliklar Shimoliy Afrika sohillariga asos solgan Utiku, Karfagen kabi davlatlar bilan O’z mustaqqilligi uchun urushlar olib borganlar. Liviyalik qabilalarning tinimsiz kurashlari Numidiya va Mavritaniya davlatlarini yuzaga keltirgan edi. Rim imperiyasi Karfagenni qO’lga kiritishi bilan (eramizdan avvalgi II asr O’rtalari) bu ikki podsholik ham yemiriladi. Shu bilan lotin manbalarida liviya va numidiya nomlari ham yO’qolib, mahalliy aholi mavrlari va keyin arablar kelishi bilan barbarlar deb atala boshlaydi.
    Bu davrda barbar qabilalari ikki guruhni tashkil qilgan: Zanota va Sanxaja. Zanota qabilalari Janubiy Mag’ribda asosan dashtlarda, voha va yarim dashtlarda joylashgan kO’chmanchi — tuyakash aholidan iborat. Sanxaja barbarlarining kO’pchiligi aksincha O’troq dehqonchilik va bog’dorchilik bilan shug’ullanganlar. Ayniqsa XI asrdan boshlab arablarning sulaym va xilol qabilalarining Mag’ribga ommaviy kO’chishlari natijasida barbarlarni arablashtirish kuchayadi. Mag’ribni tO’liq O’ziga buysindirgan Arab feodal davlatlarining (xalifalik, idrislar aglabiylar, fatimiylar, almoraviylar va h.k.) jiddiy soliq va diniy siyosatlarning amalga oshirilishi natijasida arab tili va islomdini keng tarqalgan edi. XIII asrda Shimoliy Afrikada (hozirgi Mag’rib chegarasida, ya’ni Marokash, Jazoir, Tunisda) uchta feodal davlatlar — Mariniylar, Zayyaniylar Xafsidiylar paydo bO’lib, to XVI asrgacha, ya’ni turk istilosigacha saqlanib kelgan.
    Mazkur tarixiy jarayon negizida barbar va arab qabilalarining aralash ishi natijasida mag’rib xalqlari — marokashliklar, jazoirliklar, tunislik va liviyaliklar keyinchalik mustamlakchilarga qarshi faol milliy ozodlik kurashiga tortilib hozirgi millatlar shakllana boshlagan edi.
    Misr xalqi eng qadimiy yuksak madaniyat yaratgan etnoslardir. Misrliklar eramizdan avvalgi IV ming yilliklardayoq suniy sug’orishga asoslangan dehqonchilikni bilganlar. Arxeologik kashfiyotlarga va xronologik dalillarga qaraganda (topilgan ibtidoiy kishilarning suyak qoldiqlari asosida) antropologik jihatdan Misrning eng qadimiy aholisi eramizdan avvalgi III ming yillikda Nil vodiysida paydo bO’lgan dastlabki Misr davlotining aholisidan farq qilmaydi. Hozirgi misrliklar buyuk madaniyat yaratgan ajdodlaridan irqiy jihatdan kam farqlanadilar. Albatta ularning etnik tuzilishida eramizdan avvalgi I ming yillik O’rtalarida Misrni bosib olgan eron istilochilari, keyin makedoniyalik Iskandarning istilosi tufayli uni yunon va rum madaniyati ta’siriga O’tishi O’z izini qoldirgan edi. VII asr O’rtalarida Misrni bosib olgan arablar tub mahalliy aholi bilan aralashib, unga O’z tili va dinini singdira boshlagan. Mazkur jarayon ketma ket hukmronlik qilgan Omeyyalar, Abbosiylar va Fotimiylar xalifaligi, Ayyubiylar davlati davrida ancha kuchayib hozirgi misr xalqining shakllanishiga zamin yaratgan edi. 1517 yilda Misrni Turkiya bosib olib, to XIX oxirlarigacha hukmronlik qilgan. 1882 yilgi Angliya istilosi natijasida Misr mustamlaka qilinib, ingliz kapitalistlarining paxta plantatsiyasiga aylanadi. Turli nayranglar va shartnomalar bilan Buyuk Britaniya qadimiy Misrni O’ziga tO’liq bO’ysundirishga intilib kelgan. Tinimsiz mustaqillik uchun olib borilgan kO’p yillik kurash natijasida misrliklar millat shaklida yetishib ikkinchi jahon urushidan keyin mustaqillikka erishgan edi. 1952 yil iyul oyida qirol Farrux taxtdan ag’darilib Misr Respublikasi deb e’lon qilindi, hozirgi misr millotining shakllanishiga keng imkoniyat yaratildi.
    Misrdan Janubda joylashgan Sudan xalqi ham milliy ozodlik kurashiga faol tortilib, 1956 yili 1 yanvarida mustaqillikka erishgan va O’z davlotini respublika deb e’lon qilgan. Sudanliklar (qadimgi Nubiya) misrliklar singari yuqori madaniyat yaratgan elatlardan. Nubiya tO’g’risidagi dastlabki ma’lumotlar eramizdan avvalgi III ming yilliklarda Misr solnomalarida tilga olindi. Eramizdan avvalgi XVI-XIX asrlarda hatto Nubiyaning ancha qismi Misr provinsiyasi hisoblangan. Bir-ikki asrdan keyin bu yerda mustaqil Napata davlati paydo bO’ldi va eramizdan avvalgi IX asrga kelib Nil vodiysini bosib olib, qisqa davr ichida Misr ustidan hukmronlik qiladi. Keyinchalik Sudanda quldorlik Meroe davlati tashkil topadi. Eramizning VI asrlarida xristian dini tarqalib, O’rta asrdagi Nubiya davlotining rasmiy dini deb e’lon qilinadi. Bu yerda arablar XIII asrdan boshlab bir-ikki asr davomida asta sekin arab tilini tarqatib, xristianlikni siqib chiqaradi, islom dini hukmron bO’ladi. Arablanish va islomni singdirish ancha qiyinchilik bilan O’tgan. Sharqiy Sudandagi Sennare va Darfure sultonliklarida arab tili uzoq davrlarigacha faqat musulmon allomalari, saroy va zodagonlar tili bO’lib kelgan, aholini kO’pchiligi XIX asr boshlarida ham O’z ona tilida gapirganlar. Sudan musulmon sultonliklarida XVI-XVII asrlarda quldorlik tO’zimi saqlanib feodalizm munosabatlari rivojlana boshlagan dehqonchilikka O’tgan davlatlar edi. O’tgan asrning O’rtalarida Sharqiy Sudanni misr lashkarlari istilo etgan. Nilning g’arbida arab tilida gapiradigan bakkara, tabibish va kushit tilidagi ayrim kO’chmanchi qabilalar, sharqiy qismida joylashgan O’troq arab qabilalari hozirgi shakllanib kelayotgan sudan xalqining tarkibiy qismiga aylangan.
    Shimoliy Afrika xalqlarining xO’jaligi Jahondagi eng qadimiy dehqonchilik va chorvachilik bilan bog’liqbO’lib, uning ajoyib a’nalari hozirgacha yetib kelgan. Ammo dehqonchilik bilan chorva xO’jaliklarining nisbati turli rayonlarda O’zaro farq qiladi. Nil vodiysi va dengiz sohillaridagi serunum yerlarida asosan dehqonchilik, sahro va yarim dasht rayonlarida esa ayrim kO’chmanchilik, asosiy xO’jalik tarmog’i bO’lib va daryo va dengiz sohillaridan uzoqlashagan sayin chorva dehqonchilikdan ustun turadi. Agar Misrliklar va sudanliklar uzoq davrdan boshlab sug’orma dehqonchilik bilan shug’ullangan bO’lsa, Janubiy Sudanda motiga dehqonchiligi bilan baliqchilik. Mag’rib mamlakatlarida (ayniqsa qirg’oq bO’yi va Atlas tog’larida) dehqonchilik bilan bog’dorchilik va sut chorvachiligi, bepayon sahro rayonlarida faqat mayda chorvachilik bilan kun kechirganlar. Yirik chorva yalovlari juda kam bO’lganligidan chorvachilik uncha rivojlanmagan, kO’p joylarda qoramoldan ishchi kuchi sifatida foydalanganlar.
    Tarixiy-etnografik nuqtai-nazardan Misr dehqonchiligi muhim ahamiyatga ega bO’lib, uni O’rganish umuman dehqonchilikning kelib chiqishi va taraqqiyotining bilishiga imkon beradi. Bu yerdagi dehqonchilik eng qadimiy neolit davrida paydo bO’lgan va qisman hozirgacha saqlanib kelgan suniy sug’orish sistemasi Yuqori Misrdagi daryo toshqinlaridan foydalanib ekin ekishdan iborat. Nil vodiysida ilgari bir necha ming gektar maydonni uchastkalarga bO’lib, rosh bilan chek solgan va 2 metrgacha yetadigan daryo toshqini shu yerlarni tO’ldirib bir yarim oygacha suv saqlangan. Suv singib qaytgandan keyin ajralgan yerlarda Nilning serunum loyqasiga urug’ sepilgan. Odatda bug’doy, arpa, loviya va boshqa ekinlar eqilgan va qish bO’yi O’sib, yozga borib hosil olingan. Bunday usuldan hozir kam foydalaniladi, asosan boy pomeshshik va kapitalistlarning yerlaridan shu sistema ishlatiladi. Oddiy dehqon (falloh) lar O’z yerlarini primitiv usulda, quduqdan paqir bilan suv chiqarib (shaduf orqali) yoki maxsus mexanizm — Xorazm chig’iriga O’xshash hayvon kuchi bilan harakatga keltiradigan sakiya orkali sug’orib dehqonchilik qilganlar.
    XIX asrga kelib sug’orish sistemasi ancha rivojlangan, Misrni Angliya O’zining tekstil sanoatining paxta bazasiga aylantirish maqsadida fallohlar kuchidan foydalanib, asr boshlaridan ekin dalalarini kengaytirgan, plotinalar va yangi kanallar qurdirgan. Sudanda ham oq Nil va kO’k Nil orolidagi Gezirada doimiy sug’orish sistemasi qurilib serunum yerlarda mustamlakachilar paxta plantatsiyalarini yaratganlar.
    Yil bO’yi sug’orish imkoniyati paydo bO’lishi bilan qishloq xO’jalik ekinlarining turlari ham kO’paygan. Ananaviy don, loviya va paxta ekinlaridan tashqari fallohlar sholi, shakarqamish, makka, suli, zotir turli sabzavot va poliz ekinlari, molga yem uchun beda (bersin) qabilarni ekkanlar. Yerni xaydashda qadimiy temir, uchli omoch ishlatilgan, unga hO’kiz, qO’tos, eshak, xachir yoki tuya qO’shilgan. Yerga ishlov berishda motiga (ketmon) dan foydalanilgan, xosil O’roq bilan O’rilgan va maxsus xoda yoki chanaga O’xshash yog’ochga ishchi hayvon qO’shib yanchilgan. Agar Misrda asosan don, paxta va sabzovot ekilsa, Marokashda makka, Tunisda zaytun daraxti, Janubiy Mavrda xurmo eqilgan, dengiz sohillarida bog’dorchilik rivojlangan, bu yerda uzum, anjir, bodom, sitrus O’simliklar va sabzovotlar O’stirilgan.
    Misr dehqonchiligi qadimiy ananaga binoan 3 faslga bO’lingan: qishki (shitvi), yozgi (sayfi) va Nilning toshqin davriga tO’g’ri kelgan kuzgi (nili). Shitvi (noyabr, mart) faslida bug’doy, arpa, piyoz, loviya va bersin (beda) eqilgan, sayfi (aprel, avgustda) paxta, zig’ir, kandir, shakarqamish, sholi va makka, Nil toshqini davrida (sentabr, noyabr) da asosan sholi, makka va suli eqilgan.
    Shimoliy Afrikaning qishloq aholisi qadimdan turli uy hunarmandchiligi bilan shug’ullanganlar. Ular qO’lda va charxda sopol buyumlar yasaganlar, bO’yra va chipda tO’qiganlar va hokazo. Chorvachilik bilan shug’ullanuvchi aholi esa jumladan har xil mato, gilam tO’qiganlar, kigiz, teri poyabzal, kabi zarur buyumlar ishlab chiqarganlar. Shaharlarda yirik hunarmandchilik, ayniqsa, temirchilik, misgarlik, zargarlik, kO’nchilik, qO’lolchilik ancha rivojlangan. Sanoat keyingi yillarda O’sa boshlagan.
    Arablarning moddiy madaniyati juda kO’p umumiylikka ega bO’lsada, ayrim O’lkalarda O’z xususiyatlarini saqlab kelgan. Misr fallohlari kichik qishloqda Nil vodiysining sug’oriladigan joylarda yashaganlar. Ular xom g’ishtdan yoki guvaladan bir qavatli tekis tomli uy qurganlar. Dehqonlarning uylari asosan bir hujrali tO’rtburchak oynasiz va tuynuksiz, ayrimlarini suppali pechka (mO’risiz uchoq tezak bilan yoqiladi) egallagan bO’lib, shunga tO’shalgan bO’yrada yotib turiladi. Boylar katta hovlida yashaganlar.
    O’troq, Mag’rib aholisi katta yO’l bO’yidagi qishloqdarda tartibsiz joylashgan somon aralash loylardan tO’g’ri burchak shaklida qurilgan tekis tomli uylarda yashaganlar. Atlas tog’larida uylar toshdan qurilgan. Qishloq jamoa (jamoa) dan iborat bO’lgan. Mag’rib aholisining tO’rtdan bir qismi shaharlarda yashagan. Ba’zi shaharlarda hozirgacha O’rta asrlardagi qing’ir-qiyshiq, tor kO’chalar ichkariga qaratilgan hovli, baland devorli 1-2 qavatli uylar, minorali machitlar, markazida hunarmand va savdogarlar rastalari joylashgan, bozorlar saqlanib qolgan. Dasht kO’chmanchi qabilalari jazirama issiq va izg’irin shamoldan saqlanish uchun kO’chishga qulay jundan tO’qilgan mato yoki kigiz yopilgan chodir (falij) larda yashaganlar.
    Fallohlar og’ir turmush sharoitlarda og’ir turmush O’tkazadilar. Ularning taomlari asosan makka, suli yoki tariqdan yopilgan chuchuk non va atala, piyoz, qalampir yoki bodring, ba’zan qurt iste’mol qiladilar. Dengiz sohili va Nil vodiysidagilar baliq qovurib yeganlar, gO’sht kam ishlatilgan. Sabzavot ham iste’mol qilganlar, ovqatlanish 3 mahal, issiq ovqat odatda kechki payt yeyiladi. Ichimliklardan qandsiz qora kofe, achchiq choy, arpadan tayyorlangan pivo. Mag’ribda sabzovot va meva kO’proq iste’mol qilingan. Afrika arablarning eng sevimli taomi bug’doy yoki arpa unidan yumaloq qilib turli ziravorlar solingan bug’da pishirilgan kuskus. Uni tayyorlash uchun katta sanat talab qilingan. KO’chmanchi qabilalarning taomi xurmo, chorva mahsulotlardan qatiq, suzma, pishloq va qisman gO’shtdan iborat.
    Fallohlarning an’anaviy kiyimlari oq yoki kO’k chitdan (butun bO’yiga) tikilgan uzun va keng yengli kO’ylak va kaltaroq ishton, sovuq paytlarda tuya junidan tO’qilgan matodan tikilgan chakmon, boshida dO’ppi yoki salla. Ayollar ham keng yengli yuqorisi bO’g’ma, tik yoqali uzun kO’ylak kiyadilar, boshida shol yoki rO’mol yopinadilar, turli rangdagi munchoqlar, misdan, kumush yoki oltindan ishlangan uzuq cirg’a, bilakuzuk taqadilar. Mag’ribliklar, ayniqsa sohillarda yashovchi shahar aholisi asosan Yevropa kiyimiga O’tganlar, ammo milliy kiyimlar ham saqlangan. Boy tabaqalar (ruhoniylar va olimlar, pomeshchik va savdogarlar) qimmatbaho matolardan tikilgan burnus (yaktak)ka O’xshash kiyim kiyadilar, kambag’allar esa bO’z yoki chitdan tikilgan keng kO’ylaq ishton va ba’zan burnus kiyganlar. Marokashda boshiga salla O’rasa, Tunisda kO’proq hoji dO’ppi (fas) kiyiladi. Ayollari keng va uzun kO’ylak ustiga plash yoki shol, yuziga oq yoki qO’lrang chachvon yopinadilar. Qishloqlarda shaharga nisbatan yuzini kamroq berkitadilar. Tuareg qabilalarida ayniqsa erkaklar yuzini berkitib, ayollar esa ochiq yuradilar.
    Shimoliy Afrika xalqlarining ijtimoiy tizimida turli ukladlar mavjud.Ular quldorlik tuzumini bosib O’tib, mustamlaka arafasida feodalizmga erishganlar, ammo mag’rib va sharqiy Sudandagi kO’chmanchi elatlar uzoq davrlargacha urug’chilik munosabatlarini saqlab kelganlar. Yevropa davlatlari mustamlaka hukmronligini O’rnatganlaridan keyin mamlakatlar kapitalizm girdobiga tortilib, feodalizm tuzumi yemirila boshladi va uning O’rnida yangi kapitalistik ishlab chiqarish munosabatlari kurtak ota boshladi. Mustamlakachilik siyosati xalq ommasini ezishda eski va yangi usullardan keng foydalanib, ijtimoiy taraqqiyotning g’oviga aylandi, mehnatkashlar qashshoq va qoloq holatda yashaydilar.
    Faqat ikkinchi jahon urushidan keyin milliy zodlik kurashi g’alabasi tufayli Shimoliy Afrika xalqlari, ayniqsa Jazoir, Misr, Liviya mustaqil taraqqiyot yO’liga O’tib katta yutuqlarga erishmokdalar. Ular feodalizm qoldiqlariga barham berib, burjua elementlarining faoliyatini cheklab yangi tuzum yaratishga intilmoqdalar.
    Mag’ribning ichkari rayonlarida yarim patriarxal, yarim feodal munosabatlari, jamoachilik qoldiqlari hozirgacha saqlanib kelmoqda. Jamoa boshliqlari feodallarga aylangan, qishloq jamoasi O’z-O’zini boshqarib turadi. Sahroi Kabirdagi tuareglarda jamoani jamoa kengashi boshqarib, unda ayollar ham ishtirok etgan. Sudan kO’chmanchi qabilalarida ham islom dini keng tarqalgan bO’lsa-da (bakkara va h.k), matriarxat munosabatlari ancha saqlangan. Ularda nikohdan keyin kelin ikki-uch bola tug’ilgunicha ona urug’ida yashaydi, meros ham ota tomoniga O’tadi. Bakkara qabilasida qizlar va ayollar ham shaxsiy erkinlikka ega. Nilot qabilalarida ham ibtidoiy qabila va urug’ munosabatlari ancha mustahkam saqlangan.
    Shimoliy Afrika aholisining 94-95 %i musulmonlar (taxminan 87 mln. dan oshiq kishi), 4 %i xristianlar (47 mln.), qolganlari ibtidoiy va boshqa dinlarga itoat qiladilar. Mag’rib va Sudan kO’chmanchi qabilalarda turli sehrgarlik urf-odatlari va irimlari keng tarqalgan.
    TAYANCH IBORALAR

    1. Arab Afrikasi, Mag’rib, Mashriq.

    2. Sulaym, Xilol, Barbar.

    3. Mereo, Sennare, Darfure.

    MAVZUNI MUSTAHKAMLASH UCHUN SAVOLLAR:

    1. Mag’ib xalqlarini etnik tarkiblarini aniqlang.

    2. Barbarlarning e’tiqodi va etnik tarixi.

    3. Shimoliy Afrika xalqlarining madaniyati.

    ADABIYOTLAR:

    1. И.Жабборов. Жаhон халqлари этнографияси. Т. 1985.

    2. Брук С.И. Насиление мира. М. 1986.

    3. Народы мира. М. 1988.

    4. Этнография. М. 1982.

    MAVZU 14: G’ARBIY VA MARKAZIY AFRIKA XALQLARI.


    REJA:
    G’arbiy Markaziy Afrika xalqlarining geografik O’rni, tabiati va aholisi.


    G’arbiy va Markaziy Afrika xalqlarining etnogenezi va etnik tarixi.
    G’arbiy va Markaziy Afrika xalqlarining tili va turlari.
    G’arbiy va Markaziy Afrika xalqlarining madaniyati.

    Birlashgan Millatlar Tashkilotining Afrika iqtisodiy komissiyasi taklifiga binoan G’arbiy va Markaziy Afrika tabiati, etnik tuzilishi, tarixi va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining umumiy xarakteriga qarab 24 mamlakat kiradi. Etnik jihatdan bu yerda yashovchi xalqlarning kO’pchiligi adabiyotda G’arbiy Sudan va Bantu xalqlari degan nom bilan atalgan. Bularning kO’pchiligi yaqin davrlargacha Yevropa davlatlarining mustamlakasi bO’lib kelgan. Ayniqsa ikkinchi jahon urushidan keyin butun Afrikani larzaga keltirgan milliy ozodlik harakati, juda kO’p xalqlarning mustaqil rivojlanishiga yO’l ochib berdi. Tarixda «Afrika yili» nomi bilan ma’lum 1960 yilda G’arbiy va Markaziy Afrikaning 15 mamlakati siyosiy mustaqillikni qO’lga kiritgan edi. Shulardan eng kattalari Nigeriya va Zair, keyin Senegal va Mali, Mavritaniya va Benin (ilgarigi Dagomiya), Nigeriya va yuqori Volta, Fil suyagi sohili va Togo, Chad va Garbon, Markaziy Afrika imperiyasi va Kongo xalq respublikasi, Kamerun va Siyerro-Leone. 1965 yilda Gambiya, 1968 yilda Evkatoriya va Gvineya, 1973 yili Gvineya-Bisau, 1975 yili Yashil orollar burni va Angola mustaqil respublika deb e’lon qilindi. Bu mamlakatlarda hozir muhim etnik jarayon rO’y bermoqda.


    G’arbiy va Markaziy Afrika aholisi turli antropologiya va lingvistik gruppalardan iborat bO’lib, O’zlarining xO’jalik faoliyati, madaniyati va dinlari bilan bir oz ajralib turadilar. G’arbiy Afrikaning Shimolida, Mali va Niger territoriyasida yashovchi tuareglar katta yevropeoid irqining O’rta dengiz tipiga oid. Yevropeoid belgilari Markaziy Afrikaning shimoliy rayonlaridagi tubi, kanuri kabi elatlarda ham biroz seziladi. Qolgan barcha xalqlar katta negroid irqiga oid. Ammo ular ayrim tiplarga bO’lingan. Masalan, badanining rangi, labining qalinligi, pragmatizmi, bO’yi va boshqa belgilari bilan Senegal tipi (Volof xalqi), niger tipi (mondingo xalqi), chad tipi (xausa xalqi), sahara tipi (sahara xalqi), pakana bO’yli negril tipi (pigmeylar) bir biridan ajralib turadi.
    G’arbiy Afrikanining etnolingvistik qiyofasi juda rang-barang. Bu yerda hozir bir necha til oilalari va juda kO’p turkumlarga oid etnoslar yashaydi. Afroosiyo til oilasiga kiradigan barbar va tuareglar va chad turkumiga oid xauslar bilan birga niger-kardofa, nil-sahara, benue-kongolez til oilalariga oid juda kO’p xalq va elatlar keng territoriyaga joylashgan. Markaziy Afrikaning etnolingvistik kartasi ancha yaxlit, umumiylikka ega, asosan bantu tillarida gapiradigan xalqlardan iborat. Bantu xalqlari eramizdan avvalgi I ming yillikning O’rtalarida Markaziy Afrikada paydo bO’lib, bu yerda qadimdan yashab kelgan pigmey va bushmenlarni siqib chiqarganlar.Hozir Markaziy Afrikada 32 mln. bantu xalqlari yashaydi. Shulardan eng yirigi baluba (4,4 mln. kishi), bakonga (4,4 mln. kishi) ovim bundu (2,3 mln.), bambundu (1,7 mln.) va hokazo. G’arbiy Afrikada xausa va unga yaqin tilda gapiradigan xalqlar 10 mln. kishi, benue-kongolez tilida ham 1 mln., volt tilida 8 mln., g’arbiy atlantik tilida 10 mln. kishidan iborat.
    XO’jalik jihatdan mazkur region Shimoliy Afrikadan keyin ancha rivojlangan, sinfiy jamiyatga O’tgan. Bu yerda ham qishloq xO’jalik ekonomikaning negizini xosil qiladi. Okeandan uzoqda, magistral transprot yO’llaridan chekkada joylashgan Markaziy Afrika xalqlarining an’anaviy mashg’uloti dehqonchilik va chorvachilik bO’lib, 80 % hozirgacha asosiy tirikchilik manbai hisoblanadi. Qishloq xO’jalikda jamoachilik munosabatlari saqlanib kelmoqda.
    Mahalliy dehqonchilik tropik iqlimgaga moslashgan, O’rmonlarni chopib, ochilgan yerga qO’l arlash motiga (butali yog’och xodaga temir tish kiygizilgan ketmoncha) bilan ishlov berib ekin eqiladi. BO’z yerga ekin 5-6 yil, ba’zan yer kO’p bO’lsa, 10-12 yildan keyin qayta eqiladi. Asosiy ekinlardan sholi, makka, suli, botota, shakarqamish, loviya eqiladi, tropik O’rmonlarda yams, manoka, daro, yeryong’oq (araxis), non daraxti, banan, qovun, qovoq sitrus va mevali daraxtlar O’stiriladi. Muhim an’anaviy «etnik» mahalliy ekinlardan sholi Gvineya-Liberiya zonasida yashovchi xalqlarga xos bO’lib, odatda sug’orilmay eqiladi. Sholikorlik Niger va Gambiya daryolarining sohillarida 3,5 ming yillar muqaddam paydo bO’lib, boshqa joylarga tarqalgan. Uni daryo yoqasidagi pastlik, suv toshqini kO’proq bO’ladigan yerlarga yoki kO’pincha ekvatorial iqlimli, nam, seryomg’ir tropik O’rmonlarga ekadilar. G’arbiy Afrikada sholidan yiliga 400 ming tonnaga yaqin hosil olinadi.
    Mustamlakachilik siyosati natijasida ayrim mamlakatlar eksport uchun maxsus ekinlarni ekishga mutaxassislashtirilgan edi. Doimiy nam iqlimli O’lkalarda, asosan shimoliy kenglikning 8 gradus janubida joylashgan O’lkalarda eng foydali eksport ekinlari madaniylashtirilgan. Ayniqsa Gvineya bO’g’oziga yaqin joylashgan mamlakatlarda kakao, kofe, banan, geveya, ananas, kokos palmasi kabi O’simliklar O’stiriladi.
    G’arbiy Afrika jahonda yetishtiriladigan kokosning uchdan ikki qismi, butun qitadagi kokosning 90 %i O’stiriladi. Gambiyada yeryong’oq, Nigeriya va Dagomeyada xurmo, Fil Suyagi sohilida kofe (jahonda uchinchi O’rinda, qi’aning 90 %i), Liberiya va Nigeriya xurmo moyi ishlab chiqarishga mutaxassislashgan. Markaziy Afrikada ham yirik plantatsiya xO’jaliklarida eksport uchun xurmo yog’i, kauchuq banan, shakarqamish, kofe, kakao, tamaki, yeryong’oq (araxis) va paxga yetishtiriladi. Bu yerda O’rmon kO’p bO’lganligi tufayli qimmatbaho daraxt turlari ham eksprot qilinadi.Jahon bozorida okume, maxogani iroko kabi daraxtlar yuqori baholanadi. Yuqori Gvineyaning O’rmonlarida yashovchi yoruba, ibo, ashanti kabi xalqlar don ekinlariga uncha e’tibor bermagan, asosan, yams, manioka, taro, araxis, banan, sitrus va boshqa meva daraxtlari yetishtirganlar. Volof, serer, mandingo, xausa kabi qadimiy dehqonchilik kasbiga ega xalqlar esa, asosan don ekinlari-jO’hori, suli, makka, bug’doy, suv serob joylarda sholi ekkanlar. Chorvachilik kam taraqqiy etgan. Faqat Xausa, Mandingo sohillarida yashovchi ayrim etnik gruppalarda uy hayvonlari saqlangan. Ular ovchilik va baliqchilik bilan ham shug’ullanganlar. Chorvachilik faqat shimoliy va janubiy ryonlarda fulbe, tuareg xalqlarida keng tarqalgan.
    KO’chmanchi va yarim kO’chmanchi turmush tarzida yashovchi bu xalqlar asosan zebu, kichkina xO’kiz-ndama, ot, tuya, qO’y va echki boqib kun kechiradilar. Janubiy kenglikning 10-gradus pastida Gvineya savannasida qoramol boqish mumkin emas, chunki setse pashshasi molga qirg’in keltiradi. Shuning uchun fulbe xalqlarining kO’chish territoriyasi ham mazkur kenglikning shimolida cheklangan. Qoramollar asosan Sudan sohili mamlakatlari – Mali, Yuqori Volta va Nigeriyada mavjud. Dehqonchilik xO’jaliklarida ham qisman mol saqlanadi, uni faqat bayramlarda va diniy marosimlarda sO’yadilar.
    G’arbiy va Markaziy Afrika qishloq aholisining kO’pchiligi qadimiy davrlardan to hozirgacha ishlab chiqarish qurollari, uy-rO’zg’or buyumlari, kiyim-kechak va boshqa zarur mahsulotlarni uyda ishlab chiqarganlar. Ayniqsa, G’arbiy Afrikada xunarmandchilik nihoyatda rivojlangan. TO’qimachilik kO’nchilikda xausa xalqi juda yuksak san’atga ega bO’lgan. Turli gazlamalar, ajoyib teri mahsulotlari- har xil qop va idishlar, poyabzal, egar, kamar va hokazolar zO’r mahorat bilan yaratilgan va uzoq yurtlarga chiqarilgan. Fulbe, mandigo, xausa xalqlarining temirchi va misgarlari omoch tishi, bel, ketmon, O’roq, pichoq, xanjar, nayza va har xil bezaklar ishlab chiqarganlar. Temirchilik eng xurmatli kasb hisoblangan. Gvineya xalqlari, Ganadagi ashanti, Nigeriyadagi yoruba, Kamerundagi bamuma kabi xalqlarda badiiy hunarmandichilik nihoyatda rivojlangan. Ular sopolan, jez va fil suyagidan jud ajoyib haykallar yasaganlar. Benin xunarmandlari kichkina hayvon tasavvurlaridan to yirik hajmdagi avlod-ajdod va podsholarning haykallarini jezdan quyish mahoratiga ega bO’lganlar. Ular hatto kO’shk va saroylarni bezaydigan turli rasm, bezak va haykallar ham qO’yganlar. Bantu xalqlari turli xildagi chipta va savatlar tO’qishda katta san’atga erishganlar. Yog’och O’ymakorligida G’arbiy Afrika xalqlaridan oldinga chiqadigani yO’q. Mustamlakachilik natijasida juda kO’p badiiy hunarmandchilik kasblari inqirozga uchragan, ayrimlari yO’qotilib, juda kamayib ketgan.
    Hozir G’arbiy va Markaziy Afrikaning iqtisodiy taraqqiyotida qazilma boyliklarning kO’pligi muhim ahamiyatga ega. Yaqin davrgacha bu yerda og’ir sanoat mutlaqo bO’lmagan. Mustamlakachilikka erishgandan keyin, ayniqsa yirik port shaharlarida, asta-sekin yirik sanoat korxonalari paydo bO’la boshladi. Masalan, Dakara, Abidjon, Jantil, Luanda, Port-Harkorte va Zarrida neft ishlab chiqarish zavodlari, Gvineyada alyumin uchun zarur loy-tuproq zavodi, Nigeriya simob eritish zavodi, Gana va Kamerunda alyumin zavodi, Zairda tog’-kon sanoati va olmos kavlab olish korxonalari (jahonda eng katta olmos koni), Kongoda qO’rg’oshin va oltin eritish konlari, Gabonda marganets va uran konlari, Kamerunda boksit, Gabon va Kongoda yuqori sifatli temir ishlab chiqarish sanoatlari paydo bO’ldi. Nihoyatda boy va rang-barang mineral resurslarning topilishi mazkur regionda eng muhim sanoat tarmoqlarining rivojini ta’min qilmoqda. Markaziy Afrikada yog’och ishlab chiqarish, tekstil va oziq-ovkat sanoati sohalari ham rivojlangan.Ammo og’ir sanoatning asosiy mahsulotlari chet el, ya’ni eksportga ishlaydi.
    G’arbiy va Markaziy Afrikada aholi turmush tarzi va tabiy sharoitga moslashgan uylarda yashaydilar. Barcha mamlakatlar asosan agrar xO’jalikka moslashganligi tufayli aholining kO’pchilik qismi qishloqga joylashgan. Ammo G’arbiy Afrika qadimiy shahar madaniyatiga ega bO’lib, bu yerda O’rta asrlardayoq 70 ga yaqin shahar mavjud bO’lgan. Regioanda keyingi davrlarda shaharlar kO’payib, migratsiya jarayoni ancha kO’paydi. Markaziy Afrika aksincha shaharlar asosan sO’nggi vaqtlarda paydo bO’la boshlagan, aholi migratsiyasi juda past. Umuman regionning 70-80 % aholisi qishloqda joylashgan, ayrim mamlakatlarda undan ham kO’p (Chadda 93 %, Angola va Zairda 80-90 %, Niger, Liberiya Mali, Gvineya-Bisau va Yuqori Voltada 90-95 % aholisi qishloqda yashaydi).
    Turli shakldagi uylar asosan loy va yog’ochdan quriladi. Mande, xausa va bantu xalqlari loydan doirasimon, oynasini konus shaklida qurilgan, tomi somon bilan yopilgan uylarda yashaydilar. Mali va Gvineyada yashovchi mondingo xalqi 30-40 kishilik ikki-uch avloddan iborat katta oilalar birikib yog’och devorlar bilan O’ralgan bir necha uylarda istiqomat qiladilar. Bunday uy kompleksiga sukala deyiladi. Hozir ham kO’chmanchi fulbe qabilalari doyra qilib joylashgan O’rtasi mol saqlaydigan qO’raga aylangan uylarda katta qonu qarindoshlar oila a’zolari bO’lib yashaydilar. Bunday qurilgan uylarda vuro deb nom berilgan. Qishloq O’rtasida odatda jamoa majlislari uchun katta uy tiklangan. KO’pincha tropik O’rmonlarda bunday jamoa uylarida erkaklar savat, bO’yra va boshqa buyumlar tO’qiganlar, O’ymakorlik va haykaltoroshlik qilganlar. Jamoa sudi va boshqa muhim masalalarni hal qilganlar. Qishloqdarda 200-300 kishi yashagan. Niger vohasida minga yaqin kishilik qishloq ham mavjud.
    Gvineya sohilida yashovchi xalqlar yog’ochdan qurilib loydan urilgan turtburchak shaklidagi tekis somon tomli uylarda yashaydilar. Masalan, yorubalarning uylari doirasimon qurilib eshiklari hovliga qarab ochiladi. Uylarning devorlari bezatilgan ustunlarga O’yma naqshlar berilgan. Gana xalqida uylari ichkari va tashqariga bO’lingan, hovlilar devor bilan O’ralgan. KO’chmanchi fulbe va tuareglar kO’chishga qulay teri yoki chipta yopilgan chodirlar tiklaganlar. Malidagi songai xalqlari O’ziga xos somon chiptalar bilan egilgan chiviqlarga berkitilgan uylarda yashaydilar. Bunday uylarni toshqin davrlardan kO’chirishga qulay bO’lgan.
    Mahalliy aholining kiyimlari ham tabiiy sharoitga moslashgan. Sudan-sohilliklarining erkaklari keng kO’ylak va sharovar (cholvir), ayollar yupkaga O’xshash beldan yuqori pasti tO’piqqacha bir marta O’ralgan rangli chitdan iborat kiyim kiyadilar. Tog’ etaklarida yashovchi fulbe qabilalari sovuqda kO’ylak ishton kiyganlar, ustidan jun matodan tikilgan plash yopinganlar. Tropik O’rmonlarida yashovchi aholining kO’pchili oddiy belbog’ bilan cheklangan. Poyabzal deyarli kiyilmaydi, faqat sahroda issiq qumdagi qabilalar sandal kiyganlar. Tuareglarning erkaklari boshdan-oyoq qora matoga O’ranganlar. Shaharlarda yevropa kiyimlari tarqalgan.
    Dehqonchilik bilan shug’ulanuvchi aholining taomlari asosan guruch, suli, manioka va sabzovotdan iborat. Ular taomni guruch, qO’ziqorin, sabzavot, gO’sht yoki baliq bilan tayyorlaydilar, sulidan atala, maniokadan non pishiradilar. Chorvador fulbe asosan sut mahsulotlarini iste’mol qiladilar, suli yoki makkadan atala pishirib yog’ qO’shib yeydilar.
    Ijtimoiy-iqtisodiy tuzumi xilma-xil. Hatto eng rivojlangan Gvineya turkumiga kiradigan sinfiy jamiyatga O’tgan xalqlarda ham urug’chilik tuzumi qoldiqlari aniq saqlangan. Masalan, XVI asrda paydo bO’lgan, keyinchalik ingliz mustamlakachilari tomonidan yemirilgan Ashanti davlati bir necha oblastlarga bO’linib ularni podsho tomonidan tayinlangan urug’-jamoa boshliqlari boshqarib turgan. Jamoa qonu qarindoshlik prinsip asosida tO’zilgan, taxt va oqsoqollar vazifasi ona urug’i tomonidan boshqarilgan meros ham matriarxal tipda bO’lgan. Boshliq (rais) vafot etsa uning opasining katta O’g’li tayinlangan. Diniy e’tiqodiga binoan har bir kishiga otadan jonli, onadan qonli(gen) O’tar emish.
    Yoruba mamlakatida davlat ishlarida xotinlar ishtirok qilgan. Bosh hokim qoshida saroyda oliy maslahatchi ayol kishi tayinlangan. U «podshoning onasi» deb e’lon qilingan, xokimning asli xona esa O’g’li taxtga chiqishi bilan qatl etilgan. Bu ham matriarxat munosabatlarining qoldiqlari. XVII asrda Dagomeyada hatto ayollar gvardiyasi mavjud bO’lgan. Ayrim olimlarning fikricha, Sudan sohili xalqlarining ancha qismi sinfiy jamiyatga patriarxatni cheklab tO’g’ri matriarxatdan O’tgan. Chunki Atlantika okeani sohillari va O’rmon chekkalaridagi ayrim qabilalarda to XIX asrgacha urug’ qabila tuzumida matriarxat belgilari aniq namoyon bO’lgan. Patriarxal munosabatlarining tipik formalari esa XVII boshlarida yirik siyosiy birikma-imomat tashkil qilgan kO’chmanchi fulbe qabilalarda saqlangan.
    Ibtidoiy tuzum qoldiklaridan regionda eng keng tarqalgan ibtidoiy tuzum formalaridan Okeaniyadagi singari mahfiy ittifoqdir. Erkaklardan tashkil topgan mazkur ittifoklar dastlab matriarxat urug’iga qarama-qarshi sifatida paydo bO’lib, sinfi jamiyatga kelib murakkab funksiyani bajaradi. Mahfiy ittifoqlar jamiyatga zO’r ta’sir qilib kelgan. Masalan, liberiyada payda bO’lgan Por nomli erkaklar ittifoqi, Kamerundagi Egba va Ngua ittofoqlari nihoyatda murakkab tashkilotlardan iborat bO’lib, asosan zodagonlardan tashkil topgan va uning boshida mahalliy qirol turgan. Sinfiy jamiyat sharoitida erkaklar ittifoqi primitiv davlat (sud qilish, politsiya) vazifalarini bajarganlar. Ular qO’pol kuchga tayanib, din bilan niqoblangan holda har xil xurofiy animistik va sehrgarlik bilan tO’la marosimlar O’tkazib aholini vaximaga solib turganlar soliq tO’lash boylik orttirish, siyosiy dushmanlarni yO’qotishda zur tayanch bO’lgan. Vahimali niqob va kiyimlarda dahshatli arvoh shaklida kutilmaganda paydo bO’lib O’z qora niyatlarini amalga oshirganlar. Mustamlakachilik davrda reaksion mohiyatga ega bO’lgan bunday ittifoqlar mehnatkash ommani ezishda va qul qilishda yaxshi xizmat qilgan.
    Mahfiy ittifoqlarga kirish uchun murakkab, maxsus maktablarni tugatish zarur. Masalan, Liberiyadagi Poro ittifoqiga 12-14 yoshli bolalar qabul qilingan, maxsus ta’lim-tarbiya berib, og’ip sinovdan keyin a’zolikka O’tkazilgan. Bola bir necha oy O’qtilgan, unga jasorat kO’rsatish, sabr-toqat qilishni, har-xil hunar hamda rivoyatlarni O’rgatganlar, turli sinovlardan O’tkazilgan. Qurol ishlatish, ov qilish, baliq tutishni egallagandan keyin O’rmonning eng qalin va uzoq joyida maxsus marosimlar O’tkazib fotiha berganlar. Onda-sonda vahimali niqoblangan ittifoq a’zolari shovqun-suronlar bilan qishloqlarda paydo bO’lib ajdodlarning arvohlariga bag’ishlab diniy marosimlar O’tkazganlar. Liberiya va Sudanda ayollarning ham mahfiy ittifoqi borligi anikdangan. Unda ham maxsus maktablarda keksa ayollar ta’lim-tarbiya berganlar, marosimlar O’tkazganlar.
    Odatda Afrikani ajdodlar ibodatining klassik namunasi deb hisoblaydilar. Bu bejiz emas, chunki butun Afrikada, ayniqsa uning g’arbiy va janubiy qismida ajdodlarga sig’inish nihoyatda keng tarqalgan. Ammo bu yerda islom va xristian dinlari ham muhim O’rinni egallaydi. G’arbiy Afrikaga islom IX-X asrlarda kela boshlagan.Hozir bu yerdagi aholining 32 % (61 mln. dan ortiq kishi) musulmon, taxminan 18 %i (21,4 mln. kishi) xristian dinida (XIX asrda tarqala boshlagan), qolgan mahalliy diniy e’tiqodlarga rioya qiladi.
    Masalan, Liberiyada aholining tO’rtdan uch qismi, Fil Suyagi sohilida uchdan ikki qismi, Yuqori Volta va Ganada tO’rtdan uch qismi, Nigeriya va Gvineya- Bisauda yarimiga yaqin mahalliy an’anaviy dinlarga, ayniqsa ajdodlar arvoxiga sig’inadilar, Sunna mazhabidagi islom G’arbiy Afrikaning asosan shimolida va sohil zonasida, ayniqsa Senegal, Gambiya, Gvineya, Mali, Niger kabi mamlakatlarda hukmron dinga aylangan. Masalan, Nigerda 96 % aholi, Senegal va Gambiyada 80 % aholi musulmon. Mahalliy an’anaviy diniy e’tiqod va ibodatlarga rioya qiluvchilar G’arbiy Afrikada 38 % (52,3 mln. dan ortiq kishi)ni tashkil qiladi. Markaziy Afrikada esa mahalliy dindagilar 14 %dan ortiq aholi (19,2 mln. kishi) ni tashkil qiladi. Bu yerda musulmonlar asosan shimoliy va sharqiy-janubiy qismlarda joylashgan bO’lib, taxminan 5 % aholini tashkil qiladi. Ammo islomga nisbatan xristianlik kO’proq tarqalgan va ancha mustahkam saqlangan. Markaziy Afrika aholisining 20 %idan ortig’i (23,7 mln. kishi) xristian dinida. Bulardan tashqari regionda xristian-afrika aralashma diniy e’tiqodlari ham keng tarqalgan. Bunday sinkretik dinlar ta’siriga G’arbiy Afrikaning 26 % aholisi, Markaziy Afrikaning 17 % aholisi O’tgan.
    G’arbiy va Markaziy Afrika xalqlarining badiy xunarmandchilik san’ati naqadar yuksak bO’lsa, uning og’zakiy ijodi, O’yin va musiqa san’ati ham nihoyatda rivojlangan. Ajoyib arxitektura namunalari, gO’zal kO’shk va saroylar, afsonaviy obrazlar tasviri berilgan haykal va ustunlar, quyma metall va O’yma yog’och san’ati namunalari bilan bir qatorda boy og’zaki adabiy merosni avlodma-avlod saqlab kelgan baxshi(griot)lar, ashulachi va raqqossalar jahon madanyatiga zO’r hissa qO’shib kelmoqdalar. Hozir ham xalq ijodi zaminida paydo bO’lgan professional arxitektorlar va adabiyotchilar, aktyor va raqqosalar, sozanda va ashulachilar, rassom va haykaltaroshlar O’zlarining ajoyib san’atini namoyish qilmoqdalar. Ilgari islom man qilgan tasviriy san’at (jonli narsalarni tasvirlash) yangidan ravnaq topdi, kinomatografiya paydo bO’ldi. KO’p mamlakatlarda tashkil topgan folklor ansamblari O’z san’atini nafaqat Afrikada chet ellarda ham namoyish qilmoqdalar.

    TAYANCH IBORALAR:



    1. G’arbiy Sudan, bantu.

    2. Volf, mandingo, xausa, negriya-pigmey.

    3. Fulbe yoruba, cholvir.

    MAVZUNI MUSTAHKAMLASH UCHUN SAVOLLAR:

    1. G’arbiy-Markazining Afrikaning etnik tuzulishi.

    2. G’arbiy-Markazining Afrikaning xO’jalik.

    3. G’arbiy-Markazining Afrikaning xalqlarining madaniyat va manaviyati.

    ADABIYOTLAR:

    1. И.Жабборов. Жаhон халqлари этнографияси. Т. 1985.

    2. Брун С.И. Население мира. М. 1985.

    3. Этнография. М. 1982.

    4. Народы мира. М. 1988.

    MAVZU: №15 SHARQIY VA JANUBIY AFRIKA XALQLARI.


    REJA:

    1. Sharqiy va Janubiy Afrika xalqlarining geografik joylashuvi.

    2. Sharqiy va Janubiy Afrika xalqlarining etnogenzi va etqik tarixi.

    3. Sharqiy va Janubiy Afrika xalqlarining madaniyati.

    Afrika qit’asining Sharqiy va Janubiy qismida har xil irqdagi O’ziga xos maishiy turmushi va madaniyat yaratgan turli etnoslar yashaydi. Bu yerda O’z mustaqilligini saqlab mustamlaka bO’lmagan yakka davlat-Efiopiya va hozirgacha irqchilik tuzumi va mustamlakachilik zanjirida yashab kelayotgan Janubiy Afrika Respublikasi va Namibiya ham joylashgan. Sharqiy Afrika (Efiopiyadan tashqari) Somali, Jibuti, Keniya, Uganda, Tanzaniya, Ruanda, Burundi, Zambiya, Malavi mamlakatlari kiradi. Qitaning eng janubiy qismida JAR va Namibiyadan tashqari Botsvana, Svazilend, Lesoto davlatlari, Madagaskar, Komor, Seyshel, Reyunyon, Mavrikiy orollaridagi O’lkalar joylashgan.
    Qadimiy irqlardan Sharqiy Afrikadagi efiop, negroid, negril yoki pigmey va bushmen tiplari sO’nggi 12-10 ming yillar muqaddam shaklana boshlagan. Bu yerda dehqonchilik madaniyati Nil vohasiga nisbatan keyinroq eramizdan avvalgi 6 ming yilliklarda neolit davrida yuzaga kelgan. 4-5 ming yillar muqaddam Efiopiya tog’ etaklarida uy hayvonlarini qO’lga O’rgatib, don eka boshlaganlar. Neolitik makonlar, dala va kanallar Sharqiy Afrikaning qurg’oq rayonlarida, Buyuk kO’llar atrofida topilgan. Shimoli-sharqiy qismida kushit tilida gapiradigan qadimiy aborigen aholi, butun sharqda tarqoq holda temir metallurgiyasi bilan tanish, dehqonchilikni bilgan bantu xalqlari («ntu»-odam, «ba»-lar, ya’ni «odamlar» degan ma’noda) yashagan.
    Mustamlakachilar kelish arafasida XVI-XVIII asrlarda bantular yirik ilk feodal davlatlari (Kitara, Karave, Rianda, O’rindi, Buganda, Ankole qabilar) ni yaratganlar. Eramizning I ming yilligi oxirlarida Hind okeani sohillari va orollarida arab madaniyati ta’sirida O’ziga xos suaxil madaniyati paydo bO’ladi. Bu yerda turli elatlar yashaydigan shahar-davlatlar (Pate, Lamu, Mombasa, Kil va h.k.) tashkil topadi. Asli suaxil xalqi bantular bilan kelgindi osiyoliklarning arlashmasidan paydo bO’lgan. Ular islom diniga O’tib O’z madaniy xususiyatlarini saqlab qolganlar. Suaxil xalqi hozir Keniya va Tnazaniyaning sohil rayonlarda, Zanzibar, Pemba va Mafiya orolarida yashaydilar. Sharqiy Afrikaning shaharlariga osiyolik arablar va hindlar kO’plab kelib O’rnashgan.
    Janubiy Afrikaning tub aholisi asosan bushmentlar va guttentotlar. Ular qadim zamonlarda butun janubiy va qisman Sharqiy Afrikaning cheksiz tropik O’rmonlarida keng joylashgan. Hozirgacha ularning ibtidoiy ajdodlari, yaratgan qoyatosh rasmlari, saqlanib qolgan. Ularda yovvoyi hayvonlar, ov qilish, terimchilik va urush manzaralari, turli marosimlar tasvirlangan. Bushmenlar (asli ma’nosi «butazor odamlari», deb yevropaliklar nom bergan) na dehqonchilik, na chorvachilikni bilganlar faqat ovchilik va terimchilik bilan kun kechirganlar. Ular muayyan territoriyasiga ega bO’lgan qabilalarga bO’linib, daydichilikda kichik gruppa bO’lib ovqat izlab kO’chib yurganlar. Erkaklar O’q-yoy, chO’qmor va nayzacha bilan ov qilganlar, ayollar esa oddiy uchi O’tkir tayoq bilan yer kovlab yemishli ildizlar, chuvalchanglarni topib tirikchilik qilganlar.
    Guttentotlar bushmenlarga nisbatan bir oz yuqori madaniyatga ega bO’lgan. Ular faqat bir necha asr muqaddam chorvachilikka O’tganlar, qO’y, echki va qoramollarni boqib kun kechirganlar. Ular ham tropik O’rmon aholisidek uylarini doirasimon qO’ra qilib (kraal tipida) qurganlar va katta patriarxal oilalarga bO’linib joylashganlar. Guttentotlar qO’shni bantu xalqlaridan kulolchilik temir eritish va ishlab chiqarish, temir qurollardan foydalanishni qabul qilganlar.
    Hozir janubiy Afrikaning asosiy aholisi hisoblangan negroid, bantu xalqlari yuqorida kO’rsatilganideq eramizning birinchi ming yillarida shimoldan kO’chib kelib eng serunum yerlarni, sharqiy sohillarni egallab olganlar. Asosiy bantu qabilaviy birikmalaridan kosa, zulu, basuto, tevana, shona, rozvi qabilar mahalliy qabilalarni siqib chiqargan va qisman assimlyatsiya qilingan. 2 ming yillik boshlarida Zambezi va Limpopo daryolari oralig’ida Monomotapa nomli yuqori madaniyatli ilk sinfiy bantu davlati paydo bO’lgan.
    Janubiy Afrika mustamlakasi XVII asrlardan boshlab keng miqyosda tashkil topadi. Dastlab Mozambi va Zimbabve portugallar tomonidan bosib olinadi, XIX asrdan boshlab Janubiy Afrikaga inglizlar, gollandlar kO’plab kela boshlaydi. Bantu qabilaviy birikmalari mustamlakachilarga jiddiy qarshilik kO’rsatganlar. Mustamlakachilik urushlari mahalliy demografik va etnik jarayonga katta putur yetkazgan edi.
    Afrika qit’asining janubiy qismi etnik qiyofasi ancha murakkab. Janubiy Afrika mamlakatlarining beshdan tO’rt qismi (61 mln. kishi) turli etnoslardan quramalashib ketgan afrikaliklardan iborat. Eng kO’pi bantu xalqlari (umumiy aholining 78 %i), bushmen va guttentotlar-0,5 %, yevropaliklarning avlodlari metislar bilan-19 %, kelgindi osiyoliklar va ularning avlodlari-2 %.
    Mazkur territoriyada yashovchi xalqlarning ichida eng birinchi tuzumga qadam tashlagan kO’p sonli (31 mln.) aholiga ega bO’lgan Efiopiya etnik jihatdan alohida O’rinni egallaydi. Bu yerda antiimperialistiq milliy demokratik revolyutsiya 1974 yil sentabrda g’alaba qozonib hokimiyat muvaqqat harbiy administrativ kengash qO’liga O’tgan edi.
    Efiopiya eng qadimiy madaniyat markazlaridan biri. Bu yerda topilgan toshdan yasalgan mehnat qurollari 3 mln. yillar muqaddam paydo bO’lgan. Ibtidoiy makonlardan poleolit va ayniqsa neolit davriga oid obidalar kO’p topilgan. Eramizning boshlarida paydo bO’lgan Aksum podsholigi IV-XI asrlarda eng gullab-yashnagan, Misr, Rim-Vizantiya imperiyasi va Sharq mamlakatlari bilan savdo aloqalari O’rnatilgan.V asrlardan xristian dini tarqalgan edi. Janubiy Arabiston semit tilidagi qabilalarning kO’chib kelib mahalliy aholi bilan aralashishi natijasida Efiopiyada yirik xalqlar (amhara, galla, tirai va h.k.) shakllana boshlagan. O’tgan asrning ikkinchi yarimidan umumiy Efiopiya davlati paydo bO’ladi va Efiopiya xalqlarining birikishiga zamin yaratiladi. Hozir mamlakatda yigirmadan ortiq yirik xalqlar yashaydi. Shulardan eng katta amhar butun aholining yarmini, galla-23 %ini, tigrai-9,2 %ini, somali-7,3 %ini, sidamo-3,2 %ini tashkil qiladi.
    Yevropoid va negroid irqlari O’rtaligida shakllangan Efiop irqiga tegishli xalqlar asosan semit-hamit (Afroosiyo) tillarida gapiradilar. Hozirgi Efiopiyada yashovchi eng katta xalqlar amhara va oroma, janubiy-sharqiy rayonlaridagi somaliylar va boshqa elatlar semit til oilasida. Markaziy qismida va janubda kO’p sonli galla, sadamo, kushit tilida gapiradigan xalqlardir. Bular asosan dehqonchilik bilan shug’ullanadilar.
    Efiopiya eng qadimiy dehqonchilik markazlaridan bO’lib, uning markaziy va g’arbiy-shimoliy qismlaridagi haydaladigan yerlarga asosan g’alla eqilgan. G’arbiy, janubiy qismidagi xududlarda yaylovli chorva xO’jaligi bilan motiga dehqonchiligi birga olib borilgan. Asosiy ekinlardan bug’doyning ayrim turlari, teffa (mayda urug’li don) durra (jO’xori turi), makka, arpa, suli, sholi, loviya turlari, nO’xat, chechevitsa, nut, paxta eqiladi. Efiopiya kofe vatani (kefa provinsiyasi nomi bilan bog’liq), eng katta sevimli ichimlik ham kofedir. Turli sabzovot ekinlari; qalampir, piyoz, sarimsoq karam, bodring, qovoq ham yetishtiriladi. Keyingi vaqtlarda pomidor, lavlagi, rangli karam, sabzi ham keng tarqalgan. Bog’dorchilik rivojlangan, apelsin, limon, mandarin, anor, banan O’stiriladi. Dehqon xO’jaligida qO’l tO’qimachiligining keng tarqalganligi va keyingi davrlarga eksportning kengayishi natijasida paxta eng muhim ekinlardan hisoblanadi. Faqat shimoliy oblastlarda va Eritriyada temir tishli plug bilan yerga ishlov beriladi. Efiopiyaning g’arbida yashovchi galla xalqi 1.5 metr uzun xodaning uchiga tosh bog’lab yerni kovlab ekin eqiladi. Asosan dehqonchilik qurollari ancha primtiv, oddiy argotexnika usullari qO’llaniladi, kO’pincha motiga va yO’nilgan yog’och, O’roq va qO’l omochi ishlatiladi.
    Dehqonlarning asosiy taomlari har xil chuchuk non va patirlar, eng sevimli taom non bilan yog’li va qalampirli loviya qaylasi-shuro. GO’sht kam ishlatiladi. Ammo Efiopiya molning kO’pligi jihatdan eng birinchi O’rinlarda turadi. Masalan, 1978 yili 27 mln. qoramol, 40 mln. qO’y va echki, 15 mln. chO’chqa bO’lgan. Ishchi mol saqlashda ham Efiopiya jahonda birinchi O’rinlardan birini egallaydi. Mamlakatda ot, tuya, eshak juda kO’p. Asalchilik ham keng tarqalgan. Asaldan maxsus vino-teja va sham tayyorlanadi. Daryo va kO’llarda, dengiz sohillarida baliqchilik mavjud.
    Hunarmandchilik nihoyatda rivojlangan. Temir buyumlar ishlab chiqarish, zargarlik birinchi O’rinda turadi. Qadimiy davrlardan efioplar temir buyumlari, bilakuzuq sirg’a va boshqa turli bezaklarni nozik ornamentlar bilan ishlanganlar. Hatto kiyimlar, metall, ayniqsa oltin va kumush buyumlar qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan. O’simlik ornamentlari qadimiy qO’lyozmalarda ham ishlatilgan. Kulolchilikda zO’r mahorat bilan spiral usulida chO’zib ajoyib buyumlar ishlab chiqariladi. Sopol idishlar O’ta pishirib sirlangan. Chorva bilan shug’ullanuvchi aholida kO’nchilik rivojlangan, turli teri mahsulotlari ishlab chiqarilgan.
    Qishloq aholisi xO’jalik xarakteriga qarab joylashgan. Amhara, galla, keffa xalqlari tartibsiz planda qurilgan qishloqlarda yashaydilar. Tigrai xalqida qonu-qarindoshlar mahalla (kvartal) bO’lib joylashgan. Uylari doirasimon sinch yoki devori tO’qima loy bilan urilgan konus shaklidagi tom somon bilan yopilgan. Bunday uylar tukuli deb atalgan va baland devorlar bilan O’ralgan. Tukuli oyna-eshikli, O’rtasida O’choq, bir chekkada yotish uchun supa. Uy jihozlari aossan bambukdan tO’qib ishlangan past stol (xontaxta shaklida), turli chipta va bO’yralar, g’O’ladan yasalgan skameykalar. Don uy ichida qurilgan maxsus g’O’ra (gota)da saqlanadi. Nonni yupqa Xorazm noniga O’xshash qilib injaro deb ataydilar va teffa unidan katta tovada pishiradilar. Taomni dehqonlar baland doira shaklida savat stollarda iste’mol qiladilar. Bunday stollar odatda hovlida saqlanadi. Faqat ovqat vaqtida ichkariga kiritiladi. Uyda sO’qi, turli.qovoq sopol va metall idishlar maxsus kiyim saqlaydigan savatlar mavjud.
    Efiopiyaning shimoliy va sharqiy rayonlarida yashovchi aholi tO’g’ri burchak shaklida mayda tosh va shag’aldan tuproq va tezak aralash loydan qurilgan tekis tomli uylarda yashaydilar. KO’chmanchi chorvador aholi (masalan, somaliyliklar) O’ziga xos panjara sinch devorlar, tuxum shaklida qalin quruq hashak bilan yopilgan, ustiga tuya yoki hO’kiz terisi qoplangan uylarda yashaydilar. Keyingi yillarda kO’chmanchilarning O’troq turmush tarziga O’tayotgan qismi tukuli uylarni tiklamoqdalar.
    Efiopiyada shahar juda kam. Aholining faqat 10 %i shaharlarda yashaydi. Qadimiy yirik shaharlardan Aksum., Gondar, Harar. Mamlakatning poytaxti Addes-Abebada 1,5 mln. (1980 yil) kishi yashaydi xolos. Boshqa shaharlar asli katta qishloqlarga O’xshab ketadi.
    Kiyimlari ananaviy, erkaklar chitdan uzun tik yoqali kO’ylaq tor ishton kiyadilar, ustiga shamma (chopon) yopinadilar, sovuqda kopyushonli jundan tikilgan burnus kiyadilar. Ayollarning kiyimlari ham uzun tor yengli kO’ylaq shamma va burnusdan iborat. Odatda ayol va erkaklar bosh va oyoqyalang yuradilar. Ayollar ba’zan rO’mol yopinadilar. Faqat sahroda qaynoq kunda teri sandal kiyiladi. SO’nggi vaqtlarda Yevropa kiyimlari keng tarqala boshlagan.
    Mamlakatda revolyutsiyasidan ilgari uzoq davrlar feodal-patriarxal munosabatlari hukmron bO’lib kelgan. Rasmiy ravishda butun yer imperator mulki hisoblangan, kapitalizm elementlari paydo bO’la boshlagan. Aholining 95 %i feodal va yarim feodal zulmi ostida edi. Imperator va feodal zodagonlari butun ekonomikani O’z qO’liga olgan va keng ommani har tomonlama ekspluatatsiya qilib kelgan. Jahonda eng koloq mamlakatlardan biri hissoblangan Efiopiya sO’nggi 15 yil ichida O’rtacha har yili ishlab chiqaradigan mahsulotning ichki bozoriga yetkazadigan qismi 2 %dan oshmagan, natural xO’jalik asosiy O’rinni egallagan, ichki bozorga qishloq xO’jalik mahsulotlarinig 20 %i tushgan, qolgani xO’jaliklarda iste’mol qilingan. Feodal mulkchilikning hukmron bO’lganligi tufayli uzoq davrlar feodalizm tartiblari saqlangan. Mamlakatning serunum haydaladigan yerlarining 85 %i imperator, feodallar va cherkovning mulki hissoblangan, bu yerlarda kambag’al qashshoq chorikorlar xizmat qilgan. Shu bilan birga barcha pravinsiyalarda jamoa mulki ham saqlanib kelgan.
    Revolyutsion hokimiyat O’rnatilgandan keyin cotsial iqtisodiy, maishiy va madaniy hayotda zO’r O’zgarishlar rO’y bera boshladi. 1975 yildan keyin barcha yirik korxonalar davlat ixtiyoriga O’tkazilgan, yer reformasi amalga oshirilib feodal mulki tugatilgan, yer ham davlat mulki deb elon kilingan. Davlat sanoatni rivojlantirish, moderinizatsiya qilish va yangi korxonalar qurilish ishlariga katta etibor bermoqda.
    Efiopiya qishloqlarida ananaviy turmush tarzi, moddiy va ma’navi madaniyatning qadimiy xususiyatlari saqlanib kelmoqda. Ayrim shaharlarda va yirik qishloqlarda ananaviy maishiy turmush formalari bilan birga yangi shahar hayoti belgilari sezilmoqda. Ayollarda nozik matolardan burma qilib tikilgan kashtali oq kO’ylaklar, yoshlarda esa yupka va blakuzuklar paydo bO’lmoqda. Bayramlarda hamma oq liboslar (Efiopiyada oq rang sevimli) kiyadilar. Butun hayot ochiq havoda O’tadi. Hovlida ovqat pishiriladi, chit tO’qiladi, ip yigiriladi, non yopiladi va kofe qaynatiladi.
    Amhara, tigrai, oroma, gurage va boshqalar kichik oila bO’lib yashaydilar va mustaqil xO’jalikka ega. Yaqin davrlargacha qizlarni erta 12-13 yoshlarida turmushga berganlar, endi nikoh yoshi ancha yuqori. Markaziy va g’arbiy Efiopiyada monogam oila keng tarqalgan. KO’chmanchi aholi orasida poligam nikoh saqlangan, boy chorva xO’jaliklarida kO’pxotinlik ham uchraydi.
    Imperator zamonasida Efiopiya aholisi mutloqo savodsiz bO’lgan, faqat shahardagi erkaklar O’qish-yozishni bilganlar. Revolyutsiyadan keyin hamma yerda maktablar ochilib, savodsizlikka qarshi hujum boshlangan. 1975-76 yillarda maktab cherkovdan ajratilib shaxsiy O’quv yurtlari davlat ixtiyoriga O’tgan. 1961-yili Addes-Abebada oliy O’quv yurtlari birikib (birinchi oliy kollej 1950 yilda paydo bO’lgan), Milliy universitet tashkil qilingan. Baxr-Dara shahrida pedogogika fanlari Akademiyasi ochilgan. Davlatni boshqarish uchun zarur kadrlarni tayyorlaydigan oliy O’quv yurti Addes-Abebadagi Siyosiy maktab muhim vazifani bajarmoqda.
    Efiopiya xalqlarida folklor, musiqa, raqs va kuylar juda rivojlangan. Turli xalq rivoyatlari, masal va maqollari ertak va ashullalari amhara, tigrai, oroma, va boshqa xalqlarning turmush tarzining turli tomonlari bilan tanishtiradi, cotsial hayotini ochib beradi. Tasviriy san’at, adabiyot, kuy va O’yinlari yana ham ravnaq topmoqda. 1995 yilda poytaxtda birinchi professional (70-yillardan Milliy) teatr paydo bO’lgan. Diniy etiqodlarga qarab xristian va musulmon bayramlari tantanali nishonlanadi. Butun mamlkatda yangi yil (11 sentabr), «Maskal» nomi hosil bayrami (27 sentabr), revolyutsion bayramlar, ayniqsa xalq revolyutsiyasi kuni umumxalq tantanalariga aylangan.
    Ilgari sog’liqni saqlash sistemasi mutlaqo bO’lmagan. Hozir revolyutsion hokimiyati har tomonlama medetsina xizmatini kuchaytirishga katta e’tibor bermoqda. Addes-Abebada va barcha pravinsiyalarida kasalxonalar, klinika va medetsina punktlari tashkil qilingan.
    Aholining 19 mln., ya’ni yarimidan kO’pi (66,5 %) xristian dinidan asosan (anhara, tigrai, qisman oroma, agou va boshqa xalqlarda), qolgani (28%) musulmonlar (somali, afari, chorva, oromo, tigrai, badja, voyta, jabirti kabi xalqlar) va mahalliy ana’naviy dindagi (5%) elatlar va gruppalar Asosan g’arbiy, shimoliy va janubiy g’arbiy rayonlarida) ajdodlarga sig’inish, animizm kabi e’tiqodlari saqlangan.
    Somali yarim orolida yashovchi shu nomdagi aholining (3,5 mln.dan ortiq kishi) tumush tarzi efiopiyaliklarga ancha yaqin. Eramizdan avvalgi 2-ming yilliklarda bu O’lkani qadimgi misrliklar Punt mamlakati deb ataganlar. VII-asrdan boshlab Somali arab madaniyati ta’siriga O’tadi. X-XP asrlarda paydo bO’lgan Adal sultonligi yirik tranzit savdo markaziy aylangan va XP-asrlarga gullab yashnagan. Keyin Somali sohilidagi sultonlik va imomatlar Misrga va Portugaliyaga qaram bO’ladilar. 1869 yilda Suets kanali ochilgandan sO’ng imperialistik davlatlar straregik jihatdan muhim ahamiyatga ega bO’lgan Somalini O’zaro bO’lib olishgan. Faqat ikkinchi jahon urishidan keyin kO’p yillik ozodlik kurashi natijasida 1960 yil iyul oyida bO’lingan mustamlaka birikib mustaqil Somali respublikasi deb e’lon qilingan.
    Mamlakatni 96 % aholisi Efiopiya irqi, somaliyliklar kushit til gruppasiga kiradi. Janubiy g’arbiy qismda negroid irqiga mansub bantu tilidagi vagosha, bajuni qabilalari yashaydi. Ular asosan dehqonchilik, ovchilik va baliqchilik bilan shug’ullanadilar. Yirik port shaharlarida va savdo markazlarida qisman arablar, suaxili, amhara, hindilar va italiyaliklar joylashgan.
    Somalilarning asosiy qismi (janubiy rayonlarida 60% va shimolda 90%) chorva xO’jaliklari bilan hamda ozchiligi dehqonchilik bilan shug’ullanadi. Ayniqsa tuyakashlik keng tarqalgan bO’lib, tuya bilan boylik belgilangan. O’ndan ortiq tuya, bir-ikki yuz qO’y va echkiga ega bO’lgan kishi badavlat hisoblangan. Ayrim boy oilalar bir necha yuz va hatto mingta tuyaga ega. Somalilar gruppalarga bO’linib, kO’pincha qavmu qarindoshlar oilalari birikib kO’chib yurganlar. Uzoq davrga mO’ljallanib qurilgan makon (guri) ni qoldirib, O’spirin va yoshlar tuyakashlik qilib uzoq joylarga kO’chib bir necha oygacha poda bilan yashagan. O’rta holatda aholining faqat uchdan bir qismi yashaydi. Bular asosan vodiylarda joylashgan dehqonlar, xunarmandlar, savdogarlar va sohillardagi baliqchilar.
    KO’chmanchi aholining ijtimoiy tuzumida urug’ qabilaviy munosabatlar, dehqonchilik bilan mashg’ul aholining ijtimoiy tuzumida feodal patriarxal munosabatlari hukmronlik qilgan. Ibtidoiy urug’ qabila munosabatlari qoldiqlari somaliyliklarning ijtimoiy taraqqiyotiga kata g’ov bO’lmoqda. Ammo yirik shaharlarda paydo bO’lgan ishchi sinfi va milliy burjuaziya kam bO’lsada, ba’zi yangiliklarning kurtak ochishiga hissa qO’shmoqda.
    Agar milliy mahsulotning qishloq xO’jalikdagi xajmi 80% ortiq bO’lsa, sanoatda faqat 8 % tashkil qiladi. Butun mamlakatda hozir taxminan Z mln. tuya, Z mln. qora mol, 2,1mln. qO’y va 4,5mln. echki bor. Jonli mol eksportning uchdan ikki qismini egallaydi. Dehqonchilikda faqat xO’jalikka zarur ekinlar (jO’hori, makka, kunjit, araxis, loviya, paxta) eqiladi. Eksport uchun qisman plantatsiyalardan banan, shakar qamish yetishtiriladi. Har yili 110 tonnaga yaqin banan eksport qilinadi.
    Somaliyliklarning kO’chmanchi chova qismi muvaqqat lagerlar tiklab, tuxum shaklidagi qismlarga bO’linib yig’ishtiriladigan O’tov (akal)larda, dehqonlar va baliqchi O’troq aholi silindr shaklidagi tomi somon bilan yopilgan konus (mundulo)larda istiqomat qiladilar. Yirik qishloqda tO’g’ri burchakli chipta devorlardan qurilgan, palma yaproqlari bilan yopilgan nishob tomli uy (arish)lar tiklangan. Kiyimlari qO’shni Efiopiyaliklarnikiday uzun yahlit chitdan butun badanini tupig’igacha O’raydigan sarpo, oyog’iga sandal (das), bO’yinlariga qur’on suralari yozilgan tumor osadilar. Chorva aholisining asosiy taomi sut, qatiq qurut, onda-sonda gO’sht va atala, dehqonlarning taomi non, atala, sariyog’ va sut. Aholining kO’pchiligi diniy e’tiqodga tayanib «harom» hissoblangan baliq, parranda va tuxumni iste’mol qilmaydilar.
    Somali aholisining 99,8% islom dinida. Ular barcha musulmon bayramlarini va navrO’z (somalicha dabishd bayrami)ni tantanali ravishda nishonlaydilar. Mustaqillik e’lon kilingandan keyin revolyutsiya kuni (21-oktabr), 1-may kabi kunlarini ham tantanali nishonlaydigan bO’ldilar.
    Sharqiy Afrikaning yirik mamlakatlaridan Keniya (15,4mln. aholi), Uganda (13,2 mln.), Tanzaniya (17 mln. kishi) ning etnik qiyofasi rang barang. Masalan, Keniyada yashovchi aholining asosiy qismi (95%) negroit irqida, ayniqsa nilot tipi kO’pchilikni tashkil qiladi. Bu yerda bantu, nilot, kusht tillarida gapiradigan turli elatlar yashaydi. Shulardan eng kO’pi (65%) bantu tilidaga etnoslar (kikyuyu, embu, kamba, taraka, luxya, kasiq pokomo, iverine, suaxili va hokazo). Nilot til turkumiga oid xalqlar (aholinig 30%) dan eng kattasi joluo yoki luomlgari kO’chmanchi chorvadorlar bO’lib keng O’troq dehqonchilikka O’tgan. Hozirgacha yarim kO’chmanchilikda yashab kelayotgan nilotlar kO’p. Ularning tasavvurida yerga ishlov berish, ya’ni dehqonchilik qilish kishiga nomunosib kasb. Bunday fikrdan masai, sanburu, turkana, teso nomli chorvador qabilalar hozir ham qadimiy odatlariga binoan ayrim yashaydilar.
    Keniya respubilkasi O’sib kelayotgan kO’p tarmoqli qishloq xO’jalikga ega mustaqil mamlakat. Bu yerda kapitalistik plantatsiya xO’jalik ancha rivojlangan. Ammo xO’jaliklarning tO’rtdan uch qismi yarim natural tipda bO’lib, barcha O’ziga zarur ana’naviy mahsulot ishlab chiqaradi. O’rmon va sovanna qismida yashovchi xalqlarda og’ir sharoitda primitiv qO’l mehnatiga asoslangan jamoatchi dehqon xO’jaliklari saqlangan. Keng tarqalgan ekinlardan makka, jO’xori, monioka, yams va batat, banan. Yemishli ildizlar va bananni un qilib, qotirib yoki pishirib iste’mol qiladilar. Kushit xalqlari molni asosiy boylik deb hisoblaydi va kam sO’yadi, asosan sut iste’mol qiladi. Qon aralashtirilgan sut sevimli taomlaridan.
    Nilot va Kushit xalqlarining kO’pchiligi keyingi asrlarda mustamlakachilik zanjirida va undan oldin davom etib kelgan qul savdosi tufayli O’zining ana’naviy madaniy xususiyatlarini bir oz yO’qotganlar. Bantu, nilot va kushitlar O’ziga xos tarixiy-madaniy oblastlarga bO’linadi.
    Afrika, Arab va Hind madaniyatlarining kO’p asirlik yaqin aloqalari va ular aralashmasidan paydo bO’lgan yorqin va original Suaxili madaniyati xalqaro ahamiyatga va juda kO’p etnoslarga manzur bO’lgan madaniyatga aylangan. Uy qurilishida, kiyimlarida, badiiy xunarmandchilik buyumlarida, ma’naviy madaniyatida nihoyatda gO’zal va rang-barang O’ziga xos xususiyatlarini saqlab kelgan. Keniya xalqlarining sohil qismidagi aholi hozirgacha ajoyib zargar, misgar, yog’och va suyak O’ymakorligi san’ati ananalarini davom ettirmoqdalar. Suaxilliklarning oq xalat (galabey)lari, kumush bilan kashtalangan chiroyli dO’ppilari, ayollarning quyuq kO’k O’ziga xos parda va choyshablari, turli taomlari turli sharqiy-janubiy xosil aholisi oraisda keng tarqalgan.
    Tanzaniyada mahalliy bantu xalqlarining O’troq dehqonchilik madaniyati bilan xunarmandchilik hamda sohildagi suaxilt savdogarlarining madaniy an’analari qadimiy davlardan aralashib shakllanib kelgan va kO’p umumiilikka ega qO’shni Uganda, Burundi, Zambiya xalqlarida ham bu jarayon sezilarli. Zambiyada bir necha O’n qishloqlar birikib-bir jamoa (chifdom) ni tashkil qiladilar. Odatda 5-10 ming kishidan iborat chifdomga an’anaviy oqsoqol boshliq qilib saylanadi. Mazkur jamoalarning soni mamlakatda 400 ga yaqin. Tanzaniyada bola voyaga yetganda, nikoh va kO’mish marosimida qadimiy urf-odatlar saqlanib, ularni kohinlar va folbinlar boshqarib kelgan. Chorva-masai aholisi past ellips shaklidagi xashak va chiviqlardan tiklangan uylardan iborat 20-50 xonadonlik qishloqda jamoa bO’lib yashaydilar. Uganda aholisi yashil banan («metaks») ni boshqa bantular singari qaynatib, dimlab iste’mol qiladilar, suli va jO’xori va kassavadan taomlar pishiradilar, chigirtka va termit (qirchumoli) larni ham qovurib yeydilar.
    Hozirgi Keniyaning 48 % aholisi mahalliy an’anaviy diniy e’tiqod va ibodatlarga amal qiladilar, 30 % xristian dinida, 15 % musulmon. Tanzaniyada mahalliy dinlarga 44 % aholi, islom diniga 25,7 %, xristian diniga 28,8 % aholi itoat qiladi. Uganda aholisining 43,8, %i an’anaviy dinlarga, 47,7, %i xristian, 3-5 %i musulmon, mahalliy din va ibodatga amal qiluvchilar Ruandada kO’proq (55,5 %), qolgani asosan xristianlikka O’tgan. QO’shni Brundida aksincha kO’pchilikni xristianlar (54,7 %), qolgani mahalliy ibtidoiy din ta’sirida. Sharqiy Afrikada ham sinkretik aralash xristian-Afrika cherkovlari va mazhablari paydo bO’lgan.
    Janubiy Afrikaning etnik qiyofasi lingvistik tuzilishi va cotsial tuzumi har xil. Tub aholisi afrikaliklar regionning beshdan tO’rt qismini tashkil qiladi (1980 y. 61 mln.), ammo eng janubda yashovchi elatlar irqchilar tomonidan xaligacha qattiq zulmga hukm qilingan. Bu yerdagi afrikaliklarning kO’pchiligi bantu xalqlari (taxminan umumiy aholining 78 %i) eng qadimiy etnos hisoblangan bushmen va guttentotlar yarim % osiyoliklar-2 %. Irqchilar asosiy serhosil yerlarni egallab mahalliy elat va qabilalarni yashash uchun noqulay bO’lgan joylarga haydab rezervatsiyalarda saqlamoqdalar.
    Turli mahalliy etnoslar regionda Mozambiq Zimbabve, Janubiy Afrika Respublikasi (JAR), Namibiya, Botsvana, Svazilend, Lesot davlatlari, Madagaskar, Komor, Reyunyon, Mavrikiy va Seyshel orollarida tarqoq holda joylashgan. Regiondagi mamlakatlar orasida O’zining ijtimoiy tuzumi va etnik sostavi jihatdan Mozambik xalq respublikasi alohida O’rnini egallaydi.
    Yuqorida kayd qilinganideq Mozambik territoriyasida eramizning V-IX asrlarda paydo bO’lgan dehqonchilik chorvachilik bantu xalqlari mahalliy ovchi va terimchi qabilalarni janub va g’ap6ra siqib chiqarib O’z hukmronligini O’rnatganlar. Ular eramizning II ming yilligi boshlarida Zambezi va Limpopo daryolari oralig’ida O’ziga xos yirik Monomatapa davlotini tashkil qilgan. Ular temir va mis eritishni, metall va sopol buyumlar ishlab chiqarishni bilganlar, kesilgan granit bO’laklardan katta inshoatlar, qO’shni arab, hind va xitoy O’lkalari bilan savdo qilganlar. XV asr oxirlarida Mozambik sohillarida paydo bO’lgan atoqli dengizchi Vasko de Gama boshchiligidagi portugal ekspeditsiyasining qatnashchilari bu yerdagi kemalar, karta va kompaslar yevropaliklarnikidan yuqori turadi, deb ta’kidlaganlar, juda kO’p oltin, mis, temir, fil suyagi buyumlari, munchoq, chinni va metallarni kO’rib hayron qolganlar. Bunday boyliklar mustamlkachilarning kO’plab kelishiga sabab bO’lgan va O’lkani Portugaliyaning mustamlakasiga aylantirilgan. Portugallar to XX asrlargacha Mozambikni talab kelganlar, minglab qullarni zO’rlab olib ketib, Braziliyaga olib borib sotganlar.
    Janubiy Afrikaning nisbatan rivojlangan kO’p tarmoqli xO’jalikka ega bO’lgan mamlakatlaridan hisoblangan Zimbabve xalqlarida an’anaviy turmush tarzi elementlari ancha saqlanib kelgan. Masalan, aholining uchdan ikki qismini tashkil qiluvchi shona xalqi hozirgacha derazasiz doirasimon konus shaklidagi somon tomli uylarda yashaydilar, ularning butun faoliyati va tirikchiligi ochiq hovlida O’tadi. Ovqatlari dondan pishirilgan atala sabzavot qaylasi bilan, gO’shtni faqat oilaviy yoki diniy bayramlarda iste’mol qiladilar. Teridan tikilgan belbog’ yoki etakcha, ba’zan kandirdan tO’qilgan etik kiyadilar. Ularda hozirgacha qadimiy qabilaviy tartiblar saqlangan. Katta etnoterritorial birikmadan iborat qabila jamoasi- «nqika»ni an’anaviy oqsoqollar boshqaradi. Ular muayyan davrda jamoa mulki hisoblangan yerlarni qayta taqsimlash, xashar tashkil qilish, marosimlar O’tkazishga bosh uladilar. Qishloq oilalari har bir oila a’zosi hurmatiga qarab taom iste’mol qilishda O’z O’rnini aniq bilgan. Har kishi dala ishlaridan tashqari uyida bir kasbni bilishi, masalan, chipta savat tO’qishni, sopol idish yasashni, O’ymakorlikni yoki boshqa bir kasbni egallashi shart bO’lgan. Ularning sevimli musiqa asboblari turli nog’oralar, nay va surnaylar, O’ziga xos yog’och, rezinatorga O’rnatilgan tunukali instrument «mbira» juda nozik geometrik naqshlar berigan sopol buyumlar, tO’qimalar, applikatsiya usulida tO’qilgan gilamlar, shona xalqiga xos dekorativ san’at namunalaridir.
    Zimbabve aholisining kO’pchiligida (64 %) an’anaviy diniy e’tiqodlarga, ayniqsa, tabiat kuchlariga, urug’ va qabila ajdodlariga sig’inish saqlanib kelgan. Bu yerda xristian diniga aholining 24,7 %, qurama xristian-Afrika cherkov va mazhabida, 10,7 % bO’lib, dinning ta’siri kuchli. Endigina (1980 yili) mustaqillikka erishgan Zimbabve Respublikasi mustamlakachilikdan qolgan og’ir iqtisodiy-madaniy merosni tugatib, keng taraqqsiyot yO’liga O’ta boshlagan O’lka.
    Etnik jihatdan O’ziga xos Koysan til turkumiga oid bushmenlarning qurol va buyumlari O’q-yoy, O’qdon, yog’och sO’qi va sopi, straus tuxumi qobig’idan va yovvoyi hayvonlarning oshqozinidan ishlangan suv idishlari. Yoy O’qining uchi toshdan yoki qO’shni bantu va guttetotlardan almashib olgan metalldan yasalgan. Ular O’q-yoyni musiqa asbobi sifatida ham ishlata biladilar. Sehrgarlik marosimlarida sozandalar chalqancha yotib kuy ijro etadilar. Bushmenlar ota urug’idagi qavmu-qarindosh guruhlarga birikib, daydilik qilib kO’chib yuradilar. Ularda doimiy uylar bO’lmasdan turargohlarida qumni kavlab yoki yertO’la qilib somon tO’shab yotganlar, ba’zan hashaklardan chayla qurganlar. Okavango vohasida bir necha O’troq bushmenlarning qishlog’i uchraydi. Ular yig’im-terimchilik va ovchilikdan tashqari motiga dehqonchiligi bilan shug’ullanadilar.
    Botsvana aholisining kO’pchiligi hozirgacha qabila boshliklari arvoxlari, tabiatga sig’inish, totemistik tasavvurlar sakdab kelgan. Turli marosimlar, ayniqsa, initsiatsiya bilan bog’liqurf-odatlar keng tarqalgan va juda tantanali ravishda nishonlanadi. Xristian va aralashma (xristian-afrika) dinlar ham muhim O’rinni egallaydi. Savodsizlik ommaviy bO’lganligi tufayli diniy e’tiqod va marosimlarning mustahkam saqlanishiga asosiy zamin yaratgan.
    Mustamlakachilik va irqchilikning oxirgi tayanchi bO’lgan Janubiy Afrika Respublikasi va Namibiya (zO’rlik bilan JAR tomonidan bosib olib, buysundirilgan) mamlakatlarining kO’p aholisi eng fojiali taqdirga ega. JAR juda katta territoriyani egallaydi (1,2 mln. kv.km.), uning aholisi 29, 2 mln. kishidan iborat (1979 yil), Namibiya aholisi 1 mln. dan oshiq (territoriyasi 824, 3 ming kv.km.).
    JAR taraqqiy qilgan kapitalistik mamlakatlar qatoriga kiradi. Unga fashistik tipdagi hokimiyat boshchilik qiladi. Dastlab bu yerga XVII asr O’rtalarida Gollandiyaliklar (bular, ya’ni dehqonlar yoki afrikanerlar) kela boshlaydi. Bular tashkil qilgan fermalarda Osiyo (Yava), Madagaskar va G’arbiy Afrikadan keltirilgan qullarni ishlatganlar, keyinchalik mahalliy guttentotlarni asir qilib ishlata boshlaganlar. XVII-XVIII asrlarda Janubiy Afrikaga Fransuz guttentotlari va nemislar kO’chib kelib, mahalliy aholi (bushmen, guttentot) ning serunum yerlarini bosib olib, O’zlarini kO’plab qirib yuborganlar.
    1910 yili Janubiy Afrika ittifoqi paydo bO’ladi va Brtaniya imperiyasining dominioni, deb e’lon qilinadi. O’sha davrdan boshlab Afrikaliklarni har tomonlama ezish, irqiy kamsitish, cotsial tengsizlik qonuniy darajaga kO’tariladi. Mamlakatning tO’rtdan uch qismini tashkil qiluvchi mahalliy aholining qO’lida 13 % yer qolgan, xolos. Butun serunum yerlarni mustamlakachilar egallab, tub aholi rezervatsiyalarga kO’chirilgan. Qopa tanlilarni barcha huquqlardan mahrum qiluvchi kO’p qonunlar qabul qilingan. Militarizatsiya va bosqinchilik siyosatini amalga oshirayotgan hozirgi Janubiy Afrika Respublikasining hokimiyati qit’aning boshqa mamlakatlariga ham havf keltirmoqda.
    JAR da milliy masala eng murakkab va jiddiy xarakterga ega. Bu yerdagi Yevropalik bO’lmagan barcha xalq va elatlar og’ir jabr zulmga hukm qilinibgina qolmay, tirikchlik uchun eng qiyin ishlarda ishlashga yoki ish axtarib boshqa yerlarga ketishga majbur. Butun aholi rasmiy ravishda 4 gruppaga bO’lingan: afrikaliklar (1979 yil 21, 1 mln. kishi), oq tanlilar (4,7 mln.), metislar yoki «ranglilar» (2,6 mln.) va kelgindi Osiyoliklar (0,8 mln.). Afrikaliklarda eng katta etnik gruppa bantu (aholining 70 %), ayniqsa, zulus, kosa, sutu, tevana va svazi xalqlari O’ziga xos madaniyatni saqlab kelmoqda. Ularning ijtimoiy tuzumida ancha O’zgarishlar paydo bO’lgan, diniy e’tiqodlari ancha O’zgargan, kO’pchilik aholi xristianlashtirilgan (47 %), mahalliy dindagi aholining uchdan bir qismi (35,5 %) da saqlangan, qurama xristian-afrika cherkovi va mazhablari tarafdorlari esa 13,7 % aholini tashkil qiladi. Islom bu yerga dastlab XVIII asrda Indoneziyadan musulmon qullar bilan kelgan va XIX asrning ikkinchi yarmidan ancha kO’paygan. Hozir aholining 1,4 % i musulmon dinida.
    Butun bantu aholisi Afrikada keng tarqalgan doira (qO’ra) shaklida qurilgan qishloqlar (kraal) da katta patriarxal oila bO’lib yashaganlar. Zulus va Kosa xalqlarida ota urug’ining klassik namunasi sO’nggi davrlargacha saqlangan bO’lib, katta oila jamiyatining iqtisodiy xujayrasi hisoblangan. Har bir qabila bir necha urug’larga bO’lingan, har bir urug’ yer mulkiga ega va ayrim saylangan oqsoqol tomonidan boshqarilgan. Yirik qoramol katta patriarxal oilaning mulki hisoblangan. TO’yda qoramol bilan qalin tO’langan. Kuyov bO’lmish qalin tO’lashga urug’doshlaridan mol tO’plagan. Bantu xalqlarida umuman asosiy boylik yirik qoramol hisoblangan. Ularda sut mahsuloti ishlatilgan, gO’shtni kam iste’mol qilganlar. Guttetotlarda chorvachilik bilan ovchilik birga olib borilgan. Bushmenlar esa ovchilik va terimchilik bilan shug’ullaganlar.
    Guttentotlarning uylari egilgan daraxt novlaridan gumbaz shaklida qurilib, ularning ustini terilar bilan qoplagan yoki loy bilan suvagan. Ularning ov qurollari, metall, uchli nayza, O’q-yoy, uzun chO’qmor («kirri») bO’lgan. Janubiy Afrika bantu xalqlarining uylari doyra shaklida qurilib, tomi qamish yoki somon bilan yopilgan, uylar ham. doira qilib tizilgan bO’lib, mol qO’rasi vazifasini bajaradi. Uyga yaqin xO’jalik chaylalari oshxona, gumbaz shaklidan chiviqdan yasalgan don saqlaydigan katta savat. Zulus xalqlarida sharga O’xshash ustunlara O’rnatilgan tO’qima uylarning tashqari va ichkarisi loy bilan suvalgan. Sotto xalqining uylari turli xilda: konus tomli tuxum shaklida yoki tO’g’ri burchakli ikki yoki tO’rt nishabli bO’ladi. Tog’lik, rayonlarda uylar toshdan yoki guvaladan tiklanib ba’zan bezak berilgan. Ayniqsa idebele xalqining uylarini tuxumsimon bir-birlari bilan naqsh berilgan gumbazli va ustunli devorlar bilan yopishgan, devorlari qora, kulrang, qizil, sariq va kO’k rangda geometrik ornamentlar bilan bezatilgan. Uy-rO’zg’or buyumlari yog’ va sut saqlaydigan idishlar, qovoqdan ishlangan suvdonlar, don va gO’sht soladigan savatlar, yerga tO’shaladigan chipta va bO’yralardan iborat.
    Madagaskar Respublikasining aholisi (2001 yilda 16.4 mln. bO’lgan) O’zining etnik tuzilishi va turmushi bilan Afrikaliklardan ajralib turadi. Tub aholi hisoblangan malagasi (malgash) lar tashqi kO’rinishi, tili, moddiy va ma’naviy madaniyati va urf-odatlari bilan Janubiy-sharqiy Osiyo xalqlariga yaqin turadi. Ammo ularning orasida ham mongoloid, ham negroid tiplari uchraydi. Tillari malayya-polineziya oilasiga kiradi. Malagasiylar aholining 97-99 % ini tashkil qiladi.
    Etnogenezi ham O’rganilgan. Aniq ma’lumotlarga qaraganda Madagaskarga eramizdan avvalgi X-XI asrlarda janubiy-sharqiy Osiyo orollaridan mongoloidlar kO’chib kelgan. Ular bu yerga ilgari kelib joylashgan bushmen va guttentotlarga yaqin aholi va keyingi oqim sharqiy Afrikadan kela boshlagan sohil bantulari bilan aralashib hozirgi malagasi xalqining shakllanishiga asosiy zamin yaratgan.
    Moddiy madaniyati jihatidan mazkur aholi Indoneziya xalqiga yaqin. Malagasiylar huddi indoneziyaliklar singari yerga ishlov berib, sholi ekkanlar. Juda O’xshash kiyimlar kiyganlar, temir eritish, pufak qurol ishlatish, balanserli kema ham xuddi indoneziyaliklarniki singari. KO’mish marosimi, sag’ana qurish, qabrlarga, devorlarga qushlarning tasvirlari yoki hayvon shoxlarini O’rnatish kabilar ham hindixitoy, filippin va polineziyaliklarnikiga nihoyatda O’xshab ketadi. Malagasiylarning juda boy rivoyatlarida uzoq O’tmishda ajdodlarining sharqiy mamlakatlar bilan bog’liqekanligi tO’g’risida hikoya qilinadi. Umuman Madagaskar aholisining tarixini asosan og’zaki rivoyatlar, tarixiy solnomalar orqali tiklash mumkin. Xullas, malagasilarning ajdodlari taxminan eramizdan avvalgi I ming yillikda janubiy-sharqiy Osiyodan kelib joylashgan va mahalliy aholi bilan aralashib ketgan.
    Dastlab Madagaskar orolida mustamlakachilar kelishdan oldin paydo bO’lgan. XIV asrda orol markazida Imerin davlati tashkil topadi va uning aholisining kO’pchiligi merina xalqidan iborat bO’lgan. XVI-XVP asrlarda Madagaskarda uchta mustaqil turli etnik gruppalardan tashkil topgan davlatlar paydo bO’ladi. XIX asrga kelib ular birikib, «Madagaskar qirolligi» ga asos soladi va uni Imerin hokimlari boshqaradi. O’tgan asrning 40 yillarida Madagaskar iqtisodi va madaniyati ancha rivojlanib mamlakat ravnaq topadi. 1876 yilda 8-16 yoshgacha bolalarni majburiy O’qitish joriy qilinadi. Savdo-sotiq kuchayadi, sanoat korxonlari paydo bO’ladi, kapitalistik munosabatlar kurtak ota boshlaydi. Malagasiy tilida gazeta va jurnallar chiqa boshlaydi. Mahalliy intelegensiya yuzaga keladi.
    Madagaskarni bosib olish niyati XVII asrlardan boshlab va O’tgan asr oxirlarigacha davom qilgan. Yevropa davlatlarining yovuz niyatlari malagasilarning qattiq qarshiligiga duch kelib, puchga chiqdi. Faqat 1883 yilda boshlangan ikki yillik qonli urushlardan keyin O’ziga bO’ysundiradi. Bir necha yil xalq kO’zg’olonlari davom etib, 1896 yilgi shartnoma asosida Imerin hokimligi tugatiladi, qirolicha mamlakatdan haydalib, yirik davlat arboblari va qirol vakillari qatl etiladi.
    Butun mustamlaka davrida malagasiylarning bosqinchilarga qarshi ozodlik kurashi davom etib kelgan. Bu jasurona kurash 1960 yili mustaqil Malagasiy Respublikasini tashkil etilishiga olib keldi. 1975 yili unga Madagaskar Demokratik Respublikasi deb nom beriladi va yangi hokimiyat Oliy Revolyutsion Sovet mamlakatda cotsializm qurish programmasini va yangi konstitutsiyasini qabul qildi.
    Orolning 98,8 % aholisi malagasiylar. Ular 18 ta etnik gruppalarga bO’lingan. Bularning ichida eng yirik gruppalardan: merina yoki merna (aholining 23, 25 % ini), betsimi-saraka tashkil etadi. Bundan tashqari mamlakata chet elliklardan fransuzlar, hindilar, pokistonliklar, xitoylar, arablar, mukua, suaxil va komorliklar yashaydi. Barcha elatlar G’arbiy Indoneziya shevasidagi bir biriga yaqin dialektlardan iborat malasi tilida gapiradilar. Aholi migrsiyasining orol ichida juda jiddiy bO’lganligi tufayli etnik va til birligi tez suratlar bilan rO’y bergan. Natijada umumiy malagasi xalqning shakllanishiga zamin yaratilgan.
    Hozir Madagaskarda yashovchi aholining 80 % i qishloq xO’jalik bilan band. Asosan mustamlaka davrida ular ham tovar munosabati girdobiga tortilgan. Bunday xO’jaliklarda majburiy ravishda tovar mahsulotlari (vanil, qalampir, shakarqamish) yetishtirilgan. Eksport mahsulotlarini yirik plantatsion xO’jaliklarda ishlab chiqaradilar. Hozirgacha saqlanib kelgan an’anaviy qishloq jamoasi (fukunluna) iqtisodiy hayotida muhim rol O’ynamoqda. Ijtimoiy munosabatlarni boshqarishda territorial tashkilot vazifasini bajaruvchi fukunluna saylangan umumiy kengash 5 yilgacha mahalliy oliy hokimiyat rolini ado etadi.
    Asosiy oziq-ovqat mahsuloti sholi bO’lib, butun sug’oriladigan yerning 95 %
    ini egallaydi. Sholi kO’chatlarini kichik polizlarda yetkazib keyin dalalarga ekkanlar. Ekinzorlarga suvni kanallar, kichik plotinalar orqali yetkazib berganlar. Ba’zan yomg’ir suvlarini ham dalalarga tO’g’onlar qurib ekinga ishlatganlar. Odatda botqoq holatiga kelgan dalalarga zebu (O’rkachli Afrika hO’kizi) podasini yuborib bostirilgan sO’ngra tuproqqa ypug’ sepgan. Orolning janubiy-sharqiy qismida hozirgacha O’rmon (changalzor) larni kesib,quritib, kuydirilgan qumli tuproqa ekin ekkanlar. Yerga uzun dastali, temir uchli motiga (ketmon) bilan ishlov berganlar. Sholini yilning oxirida yomg’ir kO’p yog’adigan paytda ekib, aprelda yig’im-terim boshlanadi. Xosilni qO’lda yig’ib olib toshga urib yoki hirmonda mol haydab yanchiladi. Odatda kuydirilgan yerga ikki yil ekin ekiladi, keyin 8- 10 yil partak qilib qoldiriladi, yangi yer ochiladi.
    Janubiy-g’arbiy rayonlarda makkjO’hori, vodiylarda kartoshka, loviya, jO’hori, manioka, banan, sabzavot, mevali daraxtlar ham ekiladi. Asalari va pilla yetishtiriladi. Markaziy adirlarda shimoliy-sharqiy sohillarda kofe, vanil, qalampir, yog’li ekinlar, shakarqamish kabi tovar mahsulotlari ekiladi. Chorva rayonlarda esa yirik qoramol zebu, chO’chqa, echki, turli parranda boqiladi. Madagaskarni ba’zan «zebu oroli» deb ataydilar, chunki bu yerda 10 mln. ga yaqin zebu boqiladi. Ammo chorva boylikni belgilovchi soha bO’lsada, asosiy rol O’ynamaydi, mol gO’shti kam ishlatiladi, faqat tO’y va marosimlarda mol sO’yiladi.
    Aholining kO’pchilik qismi (90 %) qishloqlarda yashaydi. Uylari tO’g’ri burchakli qilib, qamishdan qurilgan tomlari palma yaproqlari bilan yopilgan devorlari qamishdan tO’qilib loy bilan suvalgan. Markaziy tog’li rayonlarda toshdan va g’ishtdan qurilgan uy jihozlari, yog’ochdan O’yma naqsh berilgan mebellar, chiroyli tO’qilgan chipta va bO’yralar, chipta dasturxon va salfetkalar, turli ornamentli yog’och idishlar, haykalchalar va hokazo. Erkaklarning kiyimi belbog’cha, ayollarda gazlamadan tikilgan yubka. Milliy kiyimlardan ekak va ayol kiyadigan oq yoki gulli chitdan boshdan oyoq O’rama qilib kiyiladigan mata-lamba keng tarqalgan. Qizil ipakdan bichilgan manba kishi O’lganda kafan vazifasini bajargan.
    Madagaskar aholisining yarmidan kO’pi (54 %) mahalliy an’anaviy dinlarga, ayniqsa ajdodlarga sig’inish ibodatiga amal qiladilar. Odamning hayoti tugilishidan to ulimgacha urug’ ibodati marosimlari va odatlari bilan tO’la, hosil tO’plash va molning bolalashi ham turli urf-odatlar bilan nishonlanadi. Malgasiylarning turmushida dafn qilish va xotirlash marosimlari alohida O’rinni egallaydi. Xotira marosimlarida musiqa, retual raqslar, miltiq otishlar, katta harajatli xudoyilar va haftalab davom qiladigan ziyofatlar juda keng tarqalgan. Ayniqsa, qabr ustiga qO’yiladigan yodgorlik ustunlari O’yma naqshlar va hO’kiz shoxlari bilan bezatilib, O’rnatiladi. Qarindoshlarni dafn qilish va ular qabriga borib xotiralash eng muhim odatlardan hisoblanadi. Shuning uchun sohil aholisida qabristonlarni obodonlashtirish, sag’ana va qimmatbaho haykallar qO’yish keng tarqalgan. Malagasiylar O’limni hayotning davomi deb tasavvur qiladilar.
    Orol aholisining 41% i xristian diniga O’tgan bO’lsada, asli qadimiy an’anaviy marosimlarni va urf-odatlarni utkazadilar. Ularning tasavvurida ajdodlarning arvoxlari birga uyda yashaydi, qolgan avlodlarining turmushini, xO’jalikda, kundalik hayotda va diniy marosimlarda an’anaviy udumlarga amal kilishni kO’zatadilar. Taxminan 10 % malagasilar sunna mazxabidagi islom diniga, ozgina qismi esa shia mazxabiga itoat qiladilar.
    Malagasilarning tasvirriy san’ati amaliy xarakterga ega bO’lib, tosh yoki yog’och uymakrligi, sopol idishlari va gazlamlardagi tasvirlar, chipta va savatlardagi naqshlardan iborat. Musiqa asboblaridan bambukdan yasalgan noyob nohinli qO’shimcha, torli instrument, nog’opa va naylar ovozi ba’zan motam munosabati bilan ikki-uch sutka tinmay professional ansambl ijrosida yangraydi. Og’zaki ijod ham ancha rivojlangan.
    QO’shni Komor, Reyunyon, Mavrikiy va Seyshel orollarida etnik gruppalar ham O’ziga xos moddiy va ma’naviy madaniyat yaratganlar. Ularning turmushida kelgindi yevropaliklar bilan malagasilarning ta’siri juda kuchli bO’lgan. Masalan, Komor va Mavrikiy orollarida juda tantanali va rang-barang O’tkaziladigan an’anaviy bayramlarida Afrika raqs O’yinlariga O’xshash jO’shqin temperamentli raqs-shizana, jozibador Mavriki raqsi-sega kishini O’ziga maftun qiladi. Mavriki davlotining yarmisi induistlar, uchdan bir qismi xristianlar, 16 % musulmonlar bO’lsa, Seyshel va Reyunyonning kO’pchilik aholisi (90%) xristianlar, Komorliklar esa aksincha, asosan musulmonlar(99%). Ammo barcha orolliklar orasida hozir keng ma’rifat tarqalmoqda.
    TAYANCH IBORALAR:

    1. Efiop, negroid, negril, pigmey, bushmen.

    2. Spdamo, kushit.

    3. Teffa, durra, nut.

    MAVZUNI MUSTAHKAMLASH UCHUN SAVOLLAR:

    1. Sharqiy va janubiy Afrikaning etnik tarkibi.

    2. Sharqiy va janubiy Afrika xalqining tili va irqi.

    3. Sharqiy va janubiy Afrika xalqining madaniyati.

    ADABIYOTLAR:

    1. И. Жабборов. Жаhон халqлари этнографияси. Т. 1985 й.

    2. Этнография. М. 1988 г.

    3. И. С. Брук. Насиление мира. М. 1986 г.

    4. Народы мира. М. 1988 г.


    Download 0.66 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   25




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling