Семинар 8 соат Мустақил таълим 76 соат mavzu:№ etnologiya faniga muqaddima reja


MAVZU: №10 JANUBIY-SHARQIY OSIYO XALQLARI


Download 0.66 Mb.
bet6/25
Sana01.10.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1690443
TuriСеминар
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
ETNOLOGIYA FANIDAN MAJMUA

MAVZU: №10 JANUBIY-SHARQIY OSIYO XALQLARI


REJA:
Geografik O’rni, tabiati va davlatlarning joylashuvi.
Antoropologik hususiyatlari.
Til oilalari va guruhlari.
Etnogenezi va etnik tarixi
Moddiy va ma’naviy madaniyati.
Yevroosiyo qit’asining janubi-sharqiy qismiga Hindixitoy yarim oroli va Malayya arxipelagidagi orollar kiradi. Bu xududning tabiy sharoiti O’ziga xosligi bilan ajralib turadi. Uning kO’p qismi nam tropik poyasdan iborat bO’lib,tog’lik qismi esa bir oz qurg’oq iqlimni tashkil etadi. Eng uzun daryosi (4500 km) Mekonga bO’lib, u Xitoy, Birma, Loas, Tailand, Kampuchiya va Vyetnam yerlaridan oqib O’tadi. Tibet tog’laridan boshlanib, Xitoy dengiziga quyiladi.
Yer ostki va ustki boyliklarga ham ega: neft, qO’rg’oshin volfram, xromit, uran va boshqalar. Xromit bilan qO’rg’oshin qazib olishda jahonda birinchi O’rinlarda hisoblanadi.
Bu xudud O’simlik dunyosi bilan ham ajralib turadi. Masalan. birgina Kalimantan orolida 1I mingdan ortiq gullaydigan O’simlik turlari mavjud ekan. Vaholanki Afrika qit’asida atigi 13 ming turi bor. Faqatgina bambukning yuzga yaqin turi mavjuddir. Asosan qurilishda foydalaniladi. Hayvonot olami tubdan ajralib turadi. Masalan, maymunlarining turli xili mavjud (orangutan kabi odamsimon maymunlar ham bor) fil, yO’lbars, karkidon, ilon, toshbaqa, timsohlarning turi kO’pdir. Janubi-sharqiy Osiyoda quyidagi davlatlar joylashgan:
Indoneziya Respublikasi-Malayya arxipelagida joylashgan. Malayya arxipelagi 15 mingdan ortiq orollarni O’z ichiga oladi. Uning 2001 yil ma’lumotlariga kO’ra aholisi 206,1 mln, xududi 1 mln 919 ming 400 kv.km. ni tashkil etadi. Poytaxti-Jakarta. Davlat tili-indonez. Dini-musulmonlar (87%), protestantlar (6%), katoliklar (3%), buddistlar (3%). Pul birligi-indoneziya rupiyasi.
Vyetnam Cotsialistik Respublikasi (Hindixitoy yarim orolida joylashgan) 2001 yilgi ma’lumotlarga kO’ra Aholisi 78,7 mln. Poytaxti Xanoy xududi 329,6 ming kv.km. davlat tili-vyetnam. Dini–buddaviylar (55%), majusiylar (23%), daosiylar (12%), katoliklar (10%). Pul birligi–dong.
Fillipin Respublikasi. Poytaxti-Manila 2001 yilgi ma’lumotlarga kO’ra aholisi 77,2 mln. Xududi 299 ming kv.km. davlat tili–filippin. Dini–katolik. Pul birligi–filippin pesosi.
Tailand qirolligi (Pratet-Tai). Poytaxti-Bangkok. 2001 yilgi ma’lumotlarga kO’ra aholisi 62,4 mln. Xududi 62,4 mln kv.km. Davlat tili–tay. Dini–buddaviylik (95%). Pul birligi-bat.
Myanma ittifoqi. (Birma). 1948 4 yanvarda Birma davlatlari federatsiyasi tuzilgan edi. 1989 yili mamlakat Myanma ittifoqi degan yangi nom oldi. Poytaxti-Yangon. 2001 yilgi ma’lumotlarga kO’ra xududi 676 ming km 2 , aholisi 47,8 mln. Davlat tili–birman. Dini–buddaviylik (90%), xristian, induizm, islom. Pul birligi–chja (kyat).
Malayziya. Poytaxti-Kuala-Lumpur. 2001 yilgi ma’lumotlarga kO’ra xududi 332 ming kv.km aholisi 22,7 mln. Davlat tili–Malayya. Dini–islom (50%), buddizm, konfutsiylik, hinduizm, taoizm, xristianlik. Pul birligi–ringit.
Kambodja Qirolligi. 2001 yilgi ma’lumotlarga kO’ra xududi 181 ming kv.km aholisi 13,1 mln. Poytaxti Pnompen. Davlat tili-kxmer. Dini–txerevada (buddaviylik). Pul birligi–riyel.
Laos Xalq Demokratik Respublikasi(LXDR) xududi 236,8 ming kv.km, aholisi 4,8 mln. Poytaxti-Vyentyan. Davlat tili-laos. Dini–buddizm. Pul birligi–kip.
Singapur Respublikasi-xududi 622 kv.km. Aholisi 4,1 mln, poytaxti-Singapur. Davlat tili-ingliz, xitoy (mandarin lahjasi) malay, tamil. Dini–buddaviylik (30%), xristianlik (20%), islom (18%), konfutsiylik (15%), induizm, taoizm. Pul birligi–singapur dollari.
Antropologik jihatdan bu yerda xalqlarning deyarli barchasi mongoloid tipidagi Janubiy Osiyo kichik guruhiga mansubdir. Lekin Paleontropologik tadqiqotlarga qaraganda poleolit va mezolit davrlarida mahalliy aholining bir qismi avstroloid guruhini tashkil qilgan ekan yoki O’ziga xos aralashma tipidan iborat bO’lgang. Hozirda Fillipinda aeta, Malakkada senon va semanga, Sumatra orolarida kubu va qisman sakaya, Kalimantanda punan va bukitlar tirikchiligi tarib-termachlash va mayda hayvonlarni ovlashdan iborat.
Lingvistik jihatdan esa yuzga yaqin xalq mavjud bO’lib, ularning 96% avstroneziya til oilasiga mansubdir. YA’ni, Yavaliklardan; sunda, madur, bug’u, makasara; fillippinliklardan tagal, iloq bikol, visayya va boshqalar. Mon-kxmer til oilasida esa, Kampuchiya, Vetnam Laos va Tailand xalqlari sO’zlashadilar. Xitoy-tibbet til oilasiga burjaliklar va ularga yaqin karen, kaya, kachin va hokazolar kiradi. Indoneziya xalqlari avstroneziya oilasi tarkibidagi osiyo til guruhida sO’zlashadilar.
XX asrning 40-50 yillaridan boshlab, bu xududlarda yirik millatlar shakllana boshlandi va hozirgi etnik qiyofa paydo bO’lgan.
Ma’lumki, bu region odamzod paydo bO’lgan yurtga qaradi. Masalan: Hindixitoy yarim orolida qadimdan Mon-kxmer tilida sO’zlashadigan xalqlar yashab keladi. Indoneziya va Fillipin orollarida esa negro-avstroloid xalqlari joylashgan bO’lib, ular papuas va meloneziya qabilalari bilan chatishib ketgan. Yava va Sumatra orollariga eraning boshlarida Janubiy Osiyodan kelib joylashganlar va siyosiy-madaniy hayotda muhim rol O’ynaganlar. Masalan, induizm va budizm dinlari yozuv va boshqa madaniy an’analarning keng tarqalishiga olib kelgan. VII-VIII va ayniqsa XIV asrlardan Indoneziya Malayziya, va Fillipinga islom dini tarqalgan. XVI asrdan boshlab esa bu yerlarga portugal, golland, ingliz mustamlakachilar kirib kelgan edi. Qadimdan bu yerlarda daydi ovchi va terimchi xalqlar istiqomat qilib kelganlar. Masalan, Malakkadagi semanga va senonlar, Supatrodagi kubu va sakaya, Kalemantan orolida punan va bugunlar, Fillipindagi aeta va Yangi Gvineyadagi papuaslardir. SO’ngi ilmiy ma’lumotlarga qaraganda Tailandning tog’ vodiylarida (arvohlar g’ori) mil.avv. IX-VIII ming yillarda ilk dehqonchilik bO’lganligi aniqdangan.
Janubiy-sharqiy osiyoning serunum tuprog’i, namli vva issiq qilimi qadirmiy davrlardan dehqonchilik xO’jaligini, ayniqsa sholikorlikni keng tarqalishiga sabab bO’ldi.
Sholikorlik bu yerda neolit davrida paydo bO’lib, dastlab uni tay va avstroneziya qabilalari tomonidan O’zlashtirilib, keyinchalik butun joyga tarqalgan. Endi sug’orma omoch dehqonchiligi Janubiy-sharqiy Osiyo aholisining asosiy mashg’uloti bO’lib, ular kO’p joylarda yiligi ikki marta hosil oladilar. Ular sholidan tashqari dukkakli va ildizmeva O’simliklar, makka, bog’dorchilik va sabzovot ekinlarini ekardilar. Texnik ekinlardan kauchuk va kofe daraxtlari kokos palmasi ham ekilgan. Ishlab chiqarish qurollari deyarli bir xil: oddiy yog’och omoch va tishli mola bilan yerga ishlov beradilar. Xaydalgan yerga yog’och bilan kovlab urug’ solib, tayyor kO’chatni ekadilar. Asosiy ekinlardan, masalan Vyetnamda sholi, makka kauchuk, choy va paxta ekiladi. Laosda qizil shilliq sholi, chorvachilik va baliqchilik rivoj topgan. Birmada poliz ekinlari qishloq xO’jaligi asosini tashkil qiladi. Choy, kofe daraxti, shakarqamish, banan ekiladi. Kampuchiyada sholikorlik bilan baliqchilik muhim soha hisoblanadi. Qimmatbaho daraxtlar ham yetishtiriladi. Indoneziya va Filippinda sholi, makka, loviya, sabzavotlar, kofe kabi ekinlar keng tarqalgan. Orollarida esa baliqchilik muhim rol O’ynaydi. Guruch, baliq, yog’ kabi mahsulotlar mahalliy aholining tirikchiligidir. GO’sht asosan bayramlarda iste’mol qilinadi, kO’proq parranda, nomusulmon aholi esa chO’chqa gO’shtini iste’mol qiladi.
KO’p yerlarda motiga dehqonchiligi hozirgacha saqlanib kelmoqda. Janubiy Osiyo singari bu yerda ham O’rmon va butazorlarni chopib, qurigandan sO’ng kuydirib, kuliga urug’ sepadilar. Urug’ni motiga yoki tayoq bilan kovlab, kO’milgan. Ba’zi qabilalar chuqurpchalarga tashlab ketaverganlar (Kalimantandagi dayaklar). Shundan sO’ng bu ekinga boshqa ishlov berilmagan. Oqibatda juda past hosil olingan. Kuydirilib ekiladigan dalalar ikki-uch yildan sO’ng yangilangan.
Ular qO’shimcha ovchilik baliqchilik va terimchilik bilan shug’ullanib kelganlar. Masalan, Ilon ovi ancha daromad keltirgan. Ilon terisi qimmat baholarga sotilgan. O’tgan asrning oxirlariva boshlarida kO’p orollarning botqoq va tog’rli rayonlarida daydi ovchi va terimchi guruhlar yashashgan. Malakkadagi semanga va senonlar, Sumatradagi kubu va qisman sakkayalar, Kalimantandagi punan va bukitlar, Filippindagi aeta va boshqa qabilalar asosiy tirikchiligi O’rmonlardagi yemishli O’simliklarni terib mayda hayvonlar ovlashdan iborat bO’lgan. Nihoyatda og’ir sharoitda yashagan daydi qabilalar siyrak yemishli O’simlik va ildizmevalar, oziq-ovqat axtarib doimo harakatda bO’lganlar. Har bir guruh mayyan xududda kO’chib yurganlar. Ular ovchilik va termachilikdan tashqari uy-rO’zg’or buyumlari, oddiy qurol, bezaklar, chipta va bO’yra ishlab chiqarish bilan shug’ullanganlar. Metallni va kulolchilikni bilmaganlar, ammo qO’shni xalqlardan sovdo-sotiq orqali olganlar. Daydi qabilalar O’z mahsulotlarni muayyan joyga qO’yib ketgan, qarama-qarshi guruh kelib, zarurini olib, O’rniga mahsulotni qoldirgan. Hozir bunday qabilalar kam saqlangan, ancha qismi O’troq turmush tarshiga O’tib ketgan. Ular hozirda motiga dehqonchiligi bilan shug’illanishgan.
Hozirgi kunda kauchuk asosan malayziya va indoneziyada yetishtiriladi. Jahon bozorida yog’ palmasi, shakarqamish, choy, kofe, ziraforlar muhim ahamiyatga ega. Aholining kO’p qismi plantatsiya xO’jaliklarida bant.
Yaylovlar yetishmasligi tufayli Janubiy-sharqiy Osiyoda chorvachilik kam rivojlangan. Ammmo dengiz xO’jaligi hozirgacha muhim soha hisolanadi. Barcha mamlakatlarda O’rmon kO’p bO’lganligidan O’rmonchilik katta daromat beradigan xO’jalik tarmoqlaridan biri dir.
Hunarmandchilik hozirda ham ken tarqalgan. Vyetnamda mehnat qurollari gazlama, badiiy buyumlar, zargar mahsulotlari ishlab chiqarish, chipta, yelpig’ich, shlyapa tO’qish kabi kasb-hunarlar qadimdan mashhur. Birma va kampuchiyada lak, zargarlik metall buyumlar yasash, haykaltaroshlik ancha rivojlangan. Maxsus milliy mato–batik faqat Yavada zO’r mahorat bilan tO’qiladi. Balida O’ymakorlik mashhurdir.
Dehqon xO’jaligidagi taomlari asosan O’simlik mahsuloti (guruch, tariq, makkajO’xori, sabzavot) dan tayyorlanadi. Guruch turli usularda pishiriladai, kata idishlarga suzilib, qayla Bilan tortiladi va qO’l bilan yeyiladi. Hindixitoy aholisi it gO’shti, baliqdan pishirilgan taomlarni iste’mol qiladi. Tailandda qurbaqa, kO’rshapalak, ilon, qisqichbaqa, ipak qurti kabi jonivorlarni ham iste’iol qiladilar. Orolliklar kO’proq O’simlik, baliq, parranda va turli mevalarni iste’mol qiladilar. Nosvoyga O’xshash betelni chekish ken tarqalgan.
KO’l, dengiz, daryo sohillarida joylashgan dehqonchilitk bilan shug’ullanuvchi aholi rejali qurulgan qishloqlarda yashaydi. Hozirgacha aholining bir qismi suvdagi kemalarda istiqomat qiladilar. Tog’ri rayonlarda yashovchi aholi atrofi bambuk yoki tikanli devor bilan O’ralgan kichkina qitshloqlarda joylashgan. KO’p xalqdlarnin uylari uumumiy xarakterda bO’lib, bambuk va xurmo yog’ochlardan tiklangan, lurli yaproqlar bilan yopilgan va yerdan bir muncha kO’tarilgan. Betak, dayak kabi qabilalarda jamoat joylashadigan hashamatli uylar bO’lgan. Uylar asosan polga tO’shalgan chipta, devorlarga osiladigan buyumlar bilan jihozlangan.
Ilgari Janubiy-sharqiy Osiyoliklarda O’rama kiyim keng tarqalgan. Masalan, Vyetnamda ilgari keng shim, kalta kurtka yoki xalat erkaklarning an’anaviy kiyimi bO’lgan bO’lsa, ayollar kO’kragi ochiq kofta, uzun ishton, qishda kurtka yoki xalat, boshiga somon shlyapa, oyog’iga esa sandal kiyganlar. Laosliklar asosan xitoylar kabi kiyinganlar. Tailandliklar keng matoni belga O’rab, uchini butini orasidan O’tkazib ishtonga O’xshatib kiygan, birmaliklarning erkak va ayoli keng matoni yabka qilib O’raganlar.
Uzoq vaqtlar Hindixitoy va Indoneziyada patriarxal oila va turmush munosabatlari saqlanib kelgan. Ayrim qoloq elatlar – ovchi-terimchi qabilalarda urug’-jamoa munosabatlari hali ahm saqlanib qolgan. Batraklarda “uch urug’ ittifoqi” nomli ijtimoiy ittifoq shakli, dayak, naga, taraji kabi qabilalarda urug’ qishloqlari va ibtidoiy dinlar ham saqlanib qolgan.
Qadimdan Vyetnamda turli epik asarlar, Tailandda har xil xalq teatrlari, Kampuchiyada va Birmada balet juda mashhur, turli eposlarga asoslangan xalq tomoshalari, soya teatri (Indoneziyada vayang-purvo deyiladi) katta obrO’ qozongan. An’anaviy xalq tibbiyoti hozirgacha ham O’z ta’sirini yO’qotmagan.
Diniy nuqtaiy nazardan butun Hindixitoy orolida eng kO’p tarqalgan din Buddizmdir. Birmaning 83%, kampuchiyaa laosning 90%, tailandda esa 94% aholi buddist hisoblanadi. Buddistlarning bir necha mazhablari (xinoyana, maxayana) mavjud. Filippinda aholining 90% xristian, Indoneziyada 99% aholi musulmon-islom dini hukmronlik qiladi. KO’p mayda ajralib qolgan orollarda urug’ qabilaviy dinlar uchrab turadi.

TAYANCH IBORALAR.



  1. Malayya arxipelegi.

  2. Mekonga daryosi.

  3. Flora va faunasi.

  4. Antropologii qiyofasi.

  5. Lingvistik tarkibi.

  6. Madaniyati.

MAVZUNI MUSTAHKAMLASH UCHUN SAVOLLAR:

  1. Janubi-Sharqiy Osiyoda joylashgan davlatlarni aniqlang.

  2. Hindixitoy yarim orolida yashaydigan xalqlarni sanab O’ting.

  3. Malayya arxipelagidagi xalqlarning e’tiqodi haqida gapirib bering.

  4. Janubi-Sharqiy Osiyo xalqlarining madaniyati.

ADABIYOTLAR:



  1. «Жаhон халqлари этнографияси» И.Жабборов Т. 1995. 113-121 бетлар.

  2. Этнография. М.1982.

  3. Бурук С.И. Население Мира. М.1986 .

  4. Народы Мира. М 1988.

  5. Жаhон мамлакатлари. Тошкент 2006 йил

MAVZU:№ 11. SHARQIY VA MARKAZIY OSIYO XALQLARI

REJA:


  1. Geografik O’rni, tabiati va davlatlar joylashuvi.

  2. Sharqiy Osiyo xalqlarining etnogenezi va etnik tarixi

  3. Sharqiy va O’rta Osiyo xalqlarining xO’jaligi.

  4. Sharqiy Osiyo xalqlarining moddiy va ma’naviy madaniyati.

Horijiy Osiyo qit’asining eng kO’p sonli xalqlari Sharqiy-Markaziy qismida joylashgan. Juda keng geografik hududni egallagandir. Uning tabiati va iqlimi rang-barang bO’lib, turli hildagi xO’jalik-madaniy sohalarining rivojlanishiga sabab bO’lgan. Hayvonot va O’simlik dunyosi ham O’ziga xosdir. Qisqasi, Markaziy Osiyoning bepoyon qumlik, sahro va dashtlari maxsus etnografik oblastni tashkil etadi. Juda keng hududni egallagan bu regionda Xitoy, Yaponiya, Koreya va Mongoliya joylashgan.


Xitoy Xalq Respublikasi. Hududi 9,597 mln km. kv. 2001 yilgi ma’lumotga kO’ra 1 mlrd. 273 mln aholisi bor. Poytaxti-Pekin shahri. Davlat tili–xitoy tilining mandarin dialekti. Dini–konfutsiylik, daosiylik, buddaviylik, xristianlik, islom. Pul birligi–yuan.
Yaponiya. Hududi (2001 yilgi ma’lumot) 377535 km. kv. 127.1 mln aholisi bor. Poytaxti–Tokio shahri. Davlat tili–yapon. Dini–sintoizm, buddaviylik, xristianlik. Pul birligi–yyena.
Janubiy Koreya (Koreya Respublikasi) (2001 yilgi ma’lumot) Hududi 98480 kv.km. aholisi 48.8 mln. Poytaxti-Seul shahri. Davlat tili–koreys. Dini–xristianlik (48%), buddaviylik (47%). Pul birligi– vona.
Shimoliy Koreya (Koreya Xalq Demokratik Respublikasi) (2001 yilgi ma’lumot) Hududi 120538 kv.km. aholisi 22 mln. Poytaxti-Pxenyan. Davlat tili–koreys. Pul birligi–von.
Mongoliya Respublikasi (2001 yilgi ma’lumot). Hududi 1 mln 566 ming kv.km. aholisi 2 493 615 kishi. Poytaxti Ulan-Bator. Davlat tili–mongol. Pul birligi–tugrik.
Uning tabiati va iqlimi rang-barang bO’lib, turli xO’jalik madaniy tiplarning shakllanishiga sabab bO’lgan. Shimoliy qismi Sibirdagi qahraton sovuqli kontinental iqlimdan janubiy tropik sohillargacha chO’zilgan bu katta hududda juda boy O’similik va hayvonot dunyosi mavjud. Bepoyon qumlik, sahro va dashtlar, sovuq iqlimli tog’li va noyob vodiylarga ega Markaziy Osiyo qismi ham maxsus etnogeorafik hududni tashkil qiladi.
Bu hududlarda qadimdan, ural-oltoy til oilasiga mansub mO’g’ullar bilan turkiy xalqlar (Sinszyan aholisi) va xitoy-tibet tillarida sO’zlashadigan tibetliklar va dungallar ham yashab keladilar. Sharqiy Osiyo aholisi esa asosan xitoy-tibet til oilasiga mansubdir. Yaponlar bilan koreyslar esa O’ziga xos til oilasiga egadirlar. Qolgan turli xalqlar esa mon-kxmer, tay va boshqa til oilalari vakillaridir.
Antropologik jihatdan esa bu yer xalqlarining aksariyati mangoloid irqning tayrim shahobchalariga oiddir.
Bu yer xalqlarining etnogenezi va etnik tarixi ham murakkabdir. SO’nggi yillarda olib borilgan antroplogik va tarixiy-arxeologik tadqiqotlarda ma’lum bO’lishicha mil.avv V-IV ming yilliklarda bu hududlarda bir necha neolit davri madaniy markazlari aniqlangan. Masalan, Singlyangan va Yanshaodir. Qadimdan Xuanxe daryosining bosh shohobchasi Veykxe vodiysida mashhur Yansha oneolit dehqonchilik madaniyati paydo bO’ldi. Mil.avv IV ming yillik O’rtalariga kelib Yansha madaniyati asoschilari ikki qabilalarga bO’linib ketdi. Natijada Fapbiy yanshaolardan tibet-birma xalqlari, Sharqiy yanshaolardan esa Xitoy xalqi shakllangan edi. III ming yilliklarga kelib, Sharqiy yanjaoliklar janubiy qabilalar bilan aralashib ilk Xitoy tiliga asos solganlar. Keyinchalik ilk qabilaviy ittifoqlar (Sya va shan) vujudga keldi. Dastlabki sinfiy jamiyatdagi davlatlar (Shan keyin Chjou) vujudga kelgan. Shan davrida iyeroglif tipidagi yozuv paydo bO’lgan. Keyinchalik bu yozuv Yaponiya va Koreyaga ham tarqalgan. Jez idishlariga yozilgan yozuv namunalari va folbinlar fol ochadigan maxsus suyaklarga yozilgan yozuvlar bizgacha yetib kelgan.
Shunday qilib, mil.avv. I ming yillikning boshlariga kelib O’rta-Xitoy tekisliklarida uzoq davr davom etgan xitoy xalqining shakllanish jarayoni tugaydi va ular O’zlarini “xuasya” deb atay boshlaydilar. Mil .avv III asrga kelib markazlashgan Sin va Xan saltanatlari vujudga kelgan edi.
Yapon xalqining etnogenezi fanda ham aniq yoritilmagan. Yapon tili mustaqil til turkumiga kirmaydi. Lekin ayrim fikrlarga qaraganda, Yapon orollarida ilgari odam yashamagan ekan. Yaponlarning eng qadimgi madaniyati neolit davriga oid umumiy “dzemon” nomi bilan ma’lum bO’lib, kelgindi aholisi–aynlar Indoneziya orolliklari va qit’adan kelgan koreyslar bilan aralashib murakkab etnik guruhni tashkil etgan. Eramizning I asrlarida Yaponiyada jamoa-urug’ tuzimi O’rniga sinfiy jamiyat paydo bO’ladi va VII asrga kelib, yagona davlat tashkil topadi. O’sha paytlarda Xitoylarning ta’siri juda kuchli bO’lgan, yozuvi va madaniy belgilari ta’sir qilgan. Asli yapon va koreys xalqi mustaqil millat sifatida VII-XII asrlarda shakllangan.
Koreyslarning ajdodlari mil.avv II ming yillika kelib joylashganlar. Ular janubiy Manchjuriya va Shimoliy Xitoydan quruqlik va dengiz bO’ylab kelganlar. Eramiz boshlaridan boshlab har xil qabila O’zaro urushlar olib borib, oxiri X asrga kelib Choson davlati g’olib bO’ldi. Bunda Ko-Ryo sulosasi hukmronlik qilar edi. Ularga xitoylarning ta’siri juda kuchli bO’lib, xitoy yozuvi at’sirida O’z alifbolarini yaratganlar. XIII asrlarda Xitoy va Koreya yerlari ham mO’g’ullar tomonidan talangan. (Faqat yaponlar bundan saqlanib qolgan). Yaponlar turli istilochilarning yurishlaridan omon qolganliklari uchun bu millat taraqqiyotga tez chiqib oldi.
MO’g’ullar ancha keyin paydo bO’lgan. Ularning ajdodlari–kidonlar eramizning I-II ming yillikda Markaziy Osiyoda O’z imperiyasini O’rnatigan va O’z ichiga hozirgi MO’g’uliston va Shimoliy Xitoyni qamrab olgan. Ularning etnogenezlarida mil.avv. I ming yillikda yashagan xunn, syanbiy qabillari ham ishtirok etganlar. XII asrda MO’g’iliston chO’llarida tatar, nayman, merkit kabi mO’g’ul qabilalari ittifoqi tarkib topdi. XIII asrlarda mazkur ittifoq Temuchin (Chingizxon) rahbarligida mO’g’ul xalqiga asos soladilar. XVII asrlarda mO’g’ullar manjur-xitoy feodallariga bO’ysunadilar va 1911 yili qahramona kurashlari natijasidagiga ozod bO’ladilar.
Ushbu hududdagi eng qadimgi xO’jalik-madaniy tiplaridan ovchi, baliqchi va terimchi guruhlar mezolit davrida paydo bO’lib, sof holatda saqlanmagan. O’rmon terimchilari va ovchilari Xitoyda mon-kxmer xalqlarida qisman (kava, bandun, bulan) saqlangan. Xitoyda yashovchi tungus-manchjur xalqlarida tayga ovchilik-xO’jalik madaniy xususiyatlari saqlanib qolgan. Ikkinchi xO’jalik tipi qO’l yoki motiga dehqonchiligi O’rta-Xitoy tekisliklarida eramizdan avvalgi V ming yilliklarning oxirida paydo bO’lgan. Ular chumiza va tariq kabi ekinlar ekib, tosh yoki sopol pichoqlar yordamida O’rib olganlar. CHO’chqa va it boqqanlar. Mazkur xO’jalik tipi an’analari hozirgacha Tayvan gaoshanlarida, Xaynandagi li, qisman myao, va yao elatlarida saqlangan. Itszu va Tibet xalqlarida baland tog’li yerlarga moslashgan qO’l dehqonchilik-xO’jalik madaniy tipi mavjud, ular asosan arpa, suli va qorabug’doy (grekcha) ekib kun kO’rganlar. Temirdan mehnat qurollarining paydo bO’lishi mil.avv. I ming yillikning O’rtalariga kelib uchinchi xO’jalik-madaniy tipi shudgor dehqonchiligining paydo bO’lishiga zamin yaratildi. Dastlab bu madaniyat tipi shimoliy Xitoyda vujudga keldi. TO’rtinchi xO’jalik-madaniy tipi chorvachilik bilan bog’liq bO’lib, asosan mO’g’ul, turkiy va qisman tungus-manjur xalqlarida tarqalgan. Bu tip mil.avv. I ming yilliklarda hozirgi MO’g’ulistonning mO’’tadil iqlimli zonasida paydo bO’lgan. Xitoyning Shimoli-sharqiy qismida (Katta Xingan rayonida) O’ziga hos tayga bug’uchiligi xO’jalik-madaniy tipi (orogon, evenk kabi etnik guruhlarda) ham muhim ahamiyatga ega.
Xitoylarning asosiy mashg’uloti qadimdan dehqonchilik bO’lib, mil.avv. III ming yillikda paydo bO’lgan va yuqorida ta’kinlangan yanshao madaniyati bilan bog’liq. Shu bilan birga chorvachilik ham dehqonchilikka qO’shimcha sifatida rivojlangan. Hunarmandchilikda ipak qog’oz, chinni, bOyoq, metall buyumlar ishlab chiqarilgan. Ikki g’ildirakli odam tashiydigan kolyaska–rishka, yelkanli qayiq (jO’nka) ularning asosiy transport vositalari bO’lgan.
MO’g’ullar asrlar davomida chorvachilik bilan shug’ullanib kelganlar. Eski jamoa tuzumi–xoton hozirda yangicha ma’no-mohiyatga ega. Qadimdan erkaklarning sevimli mashg’uloti ov hisoblangan.
Koreyslarning asosiy kasbi dehqonchilik bO’lib, bug’doy, sholi, arpa, gaolyan, loviya va yog’ ekinlari, kartoshka va batat ekadilar. Chorvachilik kam rivojlangan.
Iqtisodiy va madaniy jihatdan taraqqiy qilgan yaponlarning yarim aholisi qishloq xO’jaligida band bO’lgan. Xokkaydo orolida ot, yirik shoxli mol, chO’chqa boqiladi. Baliqchilik eng yirik xO’jalik hisoblanadi. Shuningdek, Yaponiyada marvarid ovlash ham ancha keng rivojlangan. Bu bilan asosan ayollar shug’ullanadilar.
Xitoylarda erkak va ayollarining an’anaviy kiyimlari kam farq qilgan. Asosan keng shim, yaxtak kO’ylak va yengsiz kamzul kiyganlar. Koreyslarda erkaklar keng shim, kalta kurtka, oyog’laria sandal, boshalriga somon shlyapa kiyganlar. MO’g’ullarda asosan uzun xalat va teri etik kiyganlar. Yaponlarning asosiy kiyimi uzun, keng yengli, belbg’li xalat-kimanodan iborat. KO’pincha boshyalang yuradilar.
Sharqiy va Markaziy Osiyo xalqlarining taomlari O’troq dehqon aholi bilan kO’chmanchi chorvador aholi keskin farq qilgan. Xitoylarda qadimda taomlar ham ijtimoiy xarakterga ega bO’lgan, ya’ni boylar va kambag’alarning taomi bir-biridan farq qilgan. Xitoy taomlari ikki qismga bO’lingan: chjushi (asosiy taom) va fushi (ikkinchi darajali taom).

TAYANCH IBORALAR.



  1. Flora va faunasi.

  2. Lingvistika

  3. Antropoliya

  4. Enogenez

  5. Singyanlangan, Yanshao

  6. Choson.

MAVZUNI MUSTAHKAMLASH UCHUN SAVOLLAR

  1. Markaziy va sharqiy Osiyoda joylashgan davlatlarini aniqlang

  2. Markaziy va Sharqiy Osiyo xalqlarini etnogenezi va etnik tarixi.

  3. Madaniyati.

ADABIYOTLAR

  1. Jabborov I. «Jahon xalqlari etnografiyasi» T.1995 121 bet.

  2. Nasileniye Mira S.I.Bruk M 1986 y.

  3. Narodi Mira. Moskva 1988 y.

  4. Jahon mamlakatlari. Toshkent 2006 yil.




Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling