Семинар 8 соат Мустақил таълим 76 соат mavzu:№ etnologiya faniga muqaddima reja


Download 0.66 Mb.
bet3/25
Sana01.10.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1690443
TuriСеминар
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
ETNOLOGIYA FANIDAN MAJMUA

MAVZU: № 7. OSIYO XALQLARI
REJA:

  1. Osiyoning geografik O’rni, tabiati va aholisi hamda tarixiy-etnologik qismlarga bO’linishi.

  2. Osiyo xalqlarining etnogenezi va etnik tarixi.

  3. Osiyoning etnolingvistik qiyofasi.

  4. Osiyo xalqlarining madaniyati.

Osiyo qit’asi 1995 yilgi ma’lumotlarga qaraganda jahonda eng katta hududga ega, ya’ni qariyb 31,5 mln. kv.km. aholisi 3451 mln. ortiq. 2025 yilga borib aholisi 4 939 mln. bO’lishi mumkin. Rossiyadan tashqari (148 m). Fanda qit’ani tO’rt qismga bO’lib O’rganiladi. G’arbiy yoki Old Osiyo xalqlari, Markaziy Janubiy Osiyo xalqlari, Janubiy-sharqiy Osiyo xalqlari va Sharqiy Osiyo xalqlari.
Tabiiy geografik jihatdan esa Osiyo qit’asi nihoyatda notekis va xilma-xildir. Uni uch okean suvlari O’rab turadi. Tinch, Hind va Atlantika va Shimoliy Amerika bilan Bering bO’g’ozini hisobga olgan holda Shimoliy MO’z okeanini ham qO’shib aytamiz. Yevropadan Bosfor va Dardanell bO’g’ozlari, Afrikadan esa Suvaysh kanallari ajratib turadi. Osiyoda jahondagi eng baland tog’lar-Qora qurum va Ximolay tog’lari bO’lib ular, O’rta Osiyo, Hindiston va Xitoydagi tog’ sistemasi bO’lib shimolida Pomir, janubida Himolay tog’lari bilan O’ralgan. Uzunligi 800 km, balandligi 8611 metr, (eng baland chO’qqisi-Himolayda-Jamolungma-8848 m.) Eng baland nuqtasi Xitoydagi Kongur tog’i 7719 metr,O’rta Osiyodagi tog’ tizmasining eng baland chO’qqisi 7495 metr. Quruqlikning eng quyi joyi-O’lik dengiz bO’lib O’rta dengiz sathidan 392 m. pastlikda joylashgan. (O’lik dengiz-Yaqin sharqdagi berk kO’l (Iordaniya va Isroil) 1050 kv.km. uzunligi 76 km. Organik hayot yO’q. Kaliy tO’zi qazib olinadi.
Eng katta daryolardan Tigr, Yefrat, Hind, Ganga, Braxmaputra, Xuanxe, Yanszi, Mekonga va boshqalar, Ular ichida suvini sig’imi va uzunligi bilan Yanszi ajralib turadi. (5800 km.) Nil esa 6671 km. O’simlik va hayvonot dunyosi ham boydir. Masalan, 20 mingdan ortiq turi mavjud. Birgina Bambua va Palma daraxtlaridan juda kO’p mahsulotlar ishlab chiqariladi.
Bu yerda jahon dehqonchilik markazining 10/6 qismi joylashgandir. Bu yerda Hayvonot dunyosining jahondagi eng qadimiy vakillari saqlangan. Fil, arangutan, gibbon, tovus, kobra, turli uchadigan kaltakesaklar va hokazo. Bu hududda eng qadimiy ibtidoiy odam ajdodlari yashaganlar. Masalan, Yavadan- Pitekantrop, Xitoydan- sinantrop, O’zbekistondan-fergantrop, va boshqalar. Antropologik qiyofalarga kelsak, Yevropeoid irqining Old Osiyo va hind-pomir guruhlari qatoriga Janubiy-g’arbiy va Janubiy Osiyo Araviya yarim oroli va Turkiyadan tortib to Afg’oniston, Pokiston, Shimoli y Hindiston va Bangladesh xaqlarigacha kiradi. Maxsus armanoid gruppasiga O’zining katta burni va badanining serjunligi bilan ajralib turadigan Osiyo arablari, yahudiylar, armanlar, turklar, kurdlar va greklar kiradi. Yamanda armanoidlar Bilan Afrikadan kelgan negroidlar aralashib, O’ziga xos guruhni tashkil qilgan.Hind-pomir gruppasiga esa eronliklar, ozarbayjonlar, pushtunlar va Afg’oniston, Pokiston, Shimoliy Hindiston xalqlari kiradi. Janubiy Hindiston va Shri-Lankadagi ayrim etnoslar Yevropeoid bilan avstraloid irqining oralig’ida paydo bO’lgan “janubiy-hind” yoki “dekan” irqiy tipiga kiradi. Janubiy Yevropeoid bilan mongoloidlarning aralashuvi natijasida esa uyg’urlar, xitoy musulmonlari xuey (dungan)lar va boshqa turkiy elatlar kiradi. Avstraloid irqining maxsus gruppasi Shri Lanka veddalari, Hindixitoy, Indoneziya va Janubiy Xitoyning ayrim mayda elatlari, past bO’yli negritoslar (andamanliklar, malakkadagi semanglar va Filippindagi aetolar) tashkil etadi. Yaponlarning qadimiy aholisi hisoblangan aynlar esa O’ziga xos tip hisoblanadi. Qolganlarini barchasi mongoloidlar guruhlariga kiradi. Etnolingvistik jihatdan qiyofasi esa bu xududda mil.avv. I ming yilliklardan boshlab shakllana boshlagan. Masalan, O’sha davrda Kichik Osiyoning g’arbida ellin tillari, sharqida kartvel va armon tillari, O’rta yer dengizi sharqida esa aramey tillari hukmronlik qilgan. Shimoliy Hindistonga O’rta Osiyodan kelgan hindariy xalqlari mahalliy dravid va munda tillarida sO’zlovchi xalqqlarni siqib chiqarib yangi til guruhlariga asos solganlar. Eroniy tildagi xalqlar esa O’rta Osiyolik etnoslarga ya’ni hindariy xalqlariga aralashib, butun Eron va Afg’onistonda, g’arbda Mesopotamiyagacha va sharqda Shimoliy Hindistongacha tarqalgandir. Xuanxe vohasida esa dastlabki davlat yaratgan qabilalar In va Chjou qabilalari janub tomon siljib, mahalliy tan va indoneziya qabilalari bilan aralashib qadimiy Xitoy xalqining shakllanishiga olib kelgandir.
Shunday qilib, milodiy asr boshlarida Janubiy va Sharqiy Osiyoda eng yirik etnolingvistik gruppalar-semit, eron, hindariy, dravid, munda, mon-kxmer tillaridagi, qabila va elatlar, xitoy, Vyetnam, qadimiy koreya va yapon xalqlari shakllana boshladi. VII asrdan esa arablarning keng xududlarga joylanishi va islom dinining tarqalishi bilan semit xalqlari arab tiliga O’tgan. O’rta Osiyo dashtlaridan g’arbga va janubi-g’arb tomon turk qabilalarini kO’chishi natijasida mahalliy aholi bilan aralashib ketib, kelgindi qabilalarda turkiylashish hodisasi yuz berdi. O’rta Osiyoga esa mugul qabilalarini kuchishlari bO’lgan. Hozirgi Osiyoda etnik taraqqiyot jihatidan turli darajada turgan 2 mingdan ortiq xalqlar yashaydi. Ular til oilasi va guruhlariga bO’linib, son jihatdan ham bir-birlaridan farq qiladi. Masalan, jahondagi eng kO’p sonli 100 mln.dan ortiq aholiga ega 4 ta xalq–Xitoy, Hind, Bengal, va Yaponlar yashaydi. 1 mln.dan ortiq 90 xalq bO’lib, bular Osiyo aholisining 97,4 %ini tashkil etadi. Eng kO’p sonli bir tilda sO’zlashadigan etnoslar (Xitoy, Hind, Yapon, Bengal, arab, koreys va forslar) Til oilalaridan: xitoy-tibet, hind-yevropa, avstroneziya, dravid, yapon, avstroosiyo, oltoy, semit-hamit, tay, koreys va kavkaz, papuas, andamandir. Osiyo mamlakatlarini milliy tO’zulishiga qarab 4 gruppaga bO’lish mumkin.
1-guruh. Milliy jihatdan bir hil bO’lib, tub xalqi umumiy aholining 95 % ini tashkil etadigan Yaponiya, Koreya, Bangladesh va kO’pchilik arab mamlakatlari.
2-guruh. Tub aholi butun aholiga nisbatan 70 % tashkil etadigan Vyetnam, Birma, Kampuchiya, Turkiya, Suriya, Iroq, Xitoy, Shri Lanka va Singapur.
3-guruh. Aholisining yarmidan kO’pi tub xalq, qolgani boshqa turli etnoslardan iborat davlatlar: Eron, Afg’oniston, Pokiston, Malayya va Laos.
4-guruh. KO’p millatli mamlakatlar: Hindiston, Indoneziya (150 dan ortiq), Filippin 100 ga yaqin turli xalq va elatlar yashaydi.
Ayrim xalqlar borki, ular bir nechta davlatlarda yashaydilar Masalan, kurdlar-Turkiya, Eron, Iroq va Suriyada; belujiylar-Afg’oniston, Eron va Pokistonda; panjobliklar-Pokiston va Hindistonda yashaydilar. Butun janubiy-sharqiy Osiyo mamlakatlarida Xitoy immigrantlari joylashgan.
Osiyoda eng qadimgi til oilalari: dravid, munda mon-kxmer, xitoy-tibet, avstroneziya va malayya tillar shakllanib kelgan. Oltoy til oilasi esa hozirgi Mangoliya va Shimoliy Xitoyda paydo bO’lgan. III-II ming yilliklarda esa bu yerga hind-yevropa tillari kirib kelib mahalliy tillar bilan aralashib ketgan.
Osiyoning madaniy-xO’jalik tiplari ham juda qadim–tosh asridayoq paydo bO’lib, tabiiy sharoitga moslashgan. Tog’li va tog’ etaklaridagi aholi yuqori poleolit davridan mayda hayovonlarni ovlashga va yemishli O’simliklarni, ildizmevalarni terib-termachlashga O’tdilar. Taxminan 10 ming yillar muqaddam janubiy-g’arbiy Osiyo tog’ etaklarida qadimiy dehqonchilik paydo bO’lgan. Mil. Avv. VII-V ming yilliklarda Eron, O’rta yer dengizi, Hindiston, Shimoliy-Sharqiy Osiyo, Indoneziyada dehqonchilik O’choqlari paydo bO’ldi. Mil. avv. IV-III ming yilliklarda Mesopotamiyada shudgor dehqonchiligi shakllandi. Mil.avv. II ming yilliklar ohiriga kelib Osiyoda yirik mehnat taqsimoti natijasida, uch xil xO’jalik-madaniy tip:
Ovchilar, terib-termalovchilar, baliqchilar
Motiga dehqonchiligi va chorva
Uy hayvonlari kuchidan foydalanib yerni shudgorlash (omoch yordamida) dehqonchiligi shakllandi.
Hozirgi davrgacha birinchi tipga oid issiq iqlimli mintaqada yashovchi O’rmon terimchi va ovchilari-Shri Lanka vedda-veddalari, Hindistondagi chenchu, mudugar, birxor kabi mayda elatlar, Malakkadagi semangi va senoilar, Sumatradagi kubu, Kalimantandagi panan va Filippin orollaridagi aeta etnoslari kiradi.
Ikkinchi gruppa-motiga dehqonchiligi tipiga Indoneziya, Filippin, Hindixitoy va Hindistonning ayrim mayda xalqlari kiradi.
Uchinchi madaniy-xO’jalik tipiga Tigr va Yevfrat, keyinchalik Hind, Yanszi va Xuanxe vodiylari aholisi kiradi. Bu hududda rivojlangan sug’orma dehqonchiligi asosidagi yirik shoxli qora mol kuchidan foydalanib dastlabki shudgor qilish usuli kashf qilingan.
Dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik va savdo-sotiqni rivojlanishi natijasida mulkiy tengsizlik paydo bO’ldi. Mil.avv. VII-VI ming yilliklarda Janubiy Osiyo, Hindixitoy. Xitoyda dehqonchilik va chorvachilik mustaqil xO’jalik sohasiga aylanib, sun’iy sug’orish, metallurgiya va savdo-sotiq rivojlana boshlab, sinfiy jamiyatlar paydo bula boshlaydi. Mil.avv IV-II ming yilliklarda bu yerlarda quldorlik tuzumiga asoslangan ilk davlatlar paydo bO’ldi, ilm-fan, yozuv, badiiy hunarmandchilik, qurilish, san’atning turli sohalari rivojlandi. Ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi, ayniqsa sun’iy sug’orishga asoslangan dehqonchilikning takomillashuvi har tomonlama ravnaq topa boshlagan shahar-davlatlarning paydo bO’lishiga olib keldi. Bu esa Osiyo qit’asini jahonning qadimiy madaniyat O’choqlaridan biriga aylantirdi.
Mazkur madaniyat markazlari antik davrda paydo bO’lib hozirgacha saqlanib kyolmokda. Masalan:-Iroqdagi Bobil harobalari, Hindistondagi Adjanta va Ellora ibodatxonalari keyingi yillarda kashf etilgan Maxendjodaro va Harappa madaniyati Suriyadagi palmira vayronalari, Iordaniyadagi monolit tog’ qoyalariga O’yib qurilgan hashamatli Petro inshootlari, Kampuchiya changalzorlaridagi afsonaviy Angkor-Vata ibodatxonalari Nepaldagi gumbazli Svayambunaxt va Bodnaxt budda inshootlari va boshqalar. Osiyo aholisining hozirgi diniy qiyofasi qadimiy davrlardan, ayniqsa O’rta asrlarda shakllandi. Hozirgi davrgacha yetib kelgan dinlarning kO’pchiligi (iudaizm yoki yahudiylik, zoroastrizm, induizm, buddizm, daosizm, konfutsiylik, xristianlik, sintoizm, islom, sikxizm) Osiyoda paydo bO’lib keyinchalik butun dunyoga tarqalgan.
TAYANCH IBORALAR:

  1. Flora-Fauna Pitekantrop

  2. Sinantrop Fergantrop

  3. Neandertal Yevropeoid

  4. Mongoloid Avstroloid

  5. Etnolingvistika

MAVZUNI MUSTAHKAMLASH UCHUN SAVOLLAR:

  1. Osiyo qit’asini geografik joylanishini aniqlang.

  2. Osiyo xalqlarining etnik tarkibini topib bering.

  3. Osiyo xalqlarini antropologik qiyofasini bayon qiling

  4. Osiyo xalqlarining madaniyati haqida.

ADABIYOTLAR:

  1. I.Jabborov. Etnografiya va jahonning etnik qiyofasi. T.Fan 1982

  2. I.Jabborov. Jahon xalqlari etnografiyasi. T. 1985

  3. Nestrux M.F. Odamzod irqlari. T.1976

  4. Malke Narodi Yujnoy Azii. M.1978

  5. Markov G.YE. Kochevniki Azii. M.1976

MAVZU: № 8. FAPBIY OSIYO XALQLARI


REJA.

  1. Geografik O’rni, tabiati va bu yerda joylashgan davlatlar.

  2. Antropologik va lingvistik qiyofasi.

  3. Etnogenezi va etnik tarixi.

  4. XO’jalik mashg’ulotlari.

  5. Moddiy va ma’naviy madaniyati.


Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling