Семинар 8 соат Мустақил таълим 76 соат mavzu:№ etnologiya faniga muqaddima reja


Download 0.66 Mb.
bet7/25
Sana01.10.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1690443
TuriСеминар
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   25
Bog'liq
ETNOLOGIYA FANIDAN MAJMUA

MAVZU: №12 AFRIKA XALQLARI
Muqaddima

REJA:
Afrikaning geografik O’rni, tabiati va aholisi.


Afrika aholisining antropologik qiyofasi.
Afrika aholisining lingvistik qiyofasi.
Afrika xalqlarining etnogenezi va etnik tarixi
Afrika xalqlarining madaniyati.
Afrikani ilmiy va siyosiy adabiyotlarda kO’proq «Qora qit’a» deb ataydilar. Aslida esa bu qit’ada turli irq va elatlar joylashgan bO’lib O’zining tabiati va iqlimi hamda O’simlik va hayvonot dunyosi bilan rang-barangdir. Afrika qit’asi kattaligi jihatdan Osiyodan sO’ng ikkinchi O’rinda turadi. Uning xududi 30mln kv.km ni tashkil etib, Yevropadan uch marta kattadir.
Afrikaning deyarli O’rta qismidan ekvator chizig’i O’tgan. Shimoldan janubga tomon qaryib 8 ming km.ga chO’zilgan. Shimoliy qismning eni 7500 km., janubiy qismning eni 3100 km. Shimolda O’rta yer dengizi, g’arbda Atlantika okeani, sharqda Hind okeani va Qizil dengiz bilan O’ralgan Kambar (120 km) Quvayt burni orqali Osiyo bilan tutashgan, Yevropadan Afrikani Gibraltar bO’g’ozi ajratib turadi (eng tor joyi 13 km.).
Afrikaga bir necha orollar kiradi. Sharqda Madagaskar, Zanjibar, Sakatra, Mafiya, Pemba, Komor, Maskaren, Amirant va Seyshel orollari: G’arbda Madeyra, Kanar, Yashil Burun orollari: Gvineya qO’ltig’ida Annoban, San-Tome-Prinsipi, Fernando-Po va uzoqroqdagi Voznesniy, San-Yelena, Tristanda-Kunya orollari va boshqalar.
Qit’aning eng Janubiy va eng shimoliy qismlari Subtropik iqlimi, serunum, kishi yashashga qulay joylar. Asli Afrikaning relyefi katta yassi tog’ shaklida bO’lib, atroflarida baland tog’lap mavjud. Uning shimol Atlas, sharqida Abissin va Sharqiy Afrika tog’ tizimlari joylashgan. Qitaning 30 % xududi baland bO’yli O’tlar va kam uchraydigan O’ziga xos O’simliklardan iborat savanna, qolgani changalzor, tropik O’rmon va bepoyon sahrodir. Eng katta daryolardan Nil, Niger, Kongo, Zambezi sohillariga yaqin joylashgan baland tizimlaridan boshlanib qitaning ichki qismiga katta-kichik irmoqlarini yoygan. KO’llar asosan sharqiy qismida joylashgan bO’lib, eng kattalari-Viktoriya, Tangonika, Nyasa, Mveru va Markazdagi Chad kO’li. Boshqa kO’llar yozda jaziramada qurib qoladi. Eng katta sahrolardan Shimoliy Afrikada Sahroi Kabir, Janubda Kalahari va Namib dashtlari.
O’simlik dunyosi ham O’ziga hosdir. Kongo vohasida va Gvineya bO’g’ozi sohillarida tropik O’rmonlar O’smoqda. Savanna dashtlarini ham tropik O’rmonlar shimol, janub va sharq tomonidan O’rab olgan. Tropik iqlimli joylarda Janubiy Amerikadan keltirilgan kakao, Sharqiy sohillarida kokos palmasi, Shimolda qimmatbaho pO’kak daraxti, Nil vohasida paxta ekiladi. Afrika asli banan, yemishli yams ildizi, yer yong’og’i (araxis) va yer loviyasi, xurmo, yog’ palmasi, xabashi noni (teffa), kofe va kauchuk daraxtining (landolfiya) vatanidir. Chorvachilikka qulay yem-xashakkka boy savannada qoramolning ashaddiy dushmani setse chivinining kO’pligi sababli bu soha kam rivojlangan. Hayvonot olami ham boy, turli katta-kichik qushlar, fil, karkidon, ohu, gippopotam va boshqa hayvonlar, yO’lbars, arslon, kabi katta yirtqichlar, kO’p xil maymunlar, turli kemiruvchi va sudralib yuruvchilar kO’p uchraydi. Afrika eng boy olmos, oltin, platina, uran, temir rudasi, miss, alyumin, kobalt, fosforit, nef, kO’mir kabi qazilma boyliklariga ega.
Afrikaning aholisi, 1995 yilgi ma’lumotga kO’ra 720 mln kishidan iborat (2025 yilga borib 1 mlrd 510 mln bO’lishi mumkin.). Bu yerda kO’p millionli millatlar yani misrliklar, jazoirliklar, marokashlar,amhara va boshqalar, katta xalq va ellatlardan esa xausa, fulbe kabilar bilan birga mayda terib-termachilik va ovchilik bilan kun kechiruvchi daydi ibtidoiy qabilalar ham yashab kelmoqda.
Hozir Afrikada taxminan 200-250 xalq mavjud bO’lib, ulardan 83 tasi 1 mln. kishidan ortiq aholiga ega bO’lib butun qita aholisining 86,2 %ni tashkil etadi. Ularning etnik qiyofasi, joylashi va zichligi ham turli-tuman dir. Masalan, Nil vodiysida 1 kv. km. xududiga 700 kishi tO’g’ri kelsa, qitaning boshqa qismida O’rtacha 2-10 kishini, Sahroi Kabir yerlarida esa 0,3 kishi tO’g’ri keladi.
Afrika aholisi antropologik jihatdan uchta yirik irq O’rta va aralash tiplaridan iboratdir. Qit’aning shimolidan Sahroi Kabirning janubigacha yevropoid irqiga oid kora kO’z, tO’lqinsimon qora soch bug’doy rang tanli, uzunchoq yuzli, bir oz burgutsimon qirra burunli arablar, barbarlar yashaydi. Efiopiya va Somali yarim orolida O’rta irq hisoblangan, tana terisi bir oz qoramtirroq, yuzi kichikroq, labi qalinroq O’rta yoki novcha bO’yli amhara, galla, tigre va boshqa xalqlar joylashgan. Afrikaning asosiy aholisi hisoblangan negroidlar Sahroi Kabirdan tortib Janubda G’arbiy va Markaziy Suyadan, Nilning yuqori qismi, Kongo vohasi, Sharqiy tropik Afrika va qitaning janubiga qadar tarqalgan. Ular qop-qora tanasi, qora kO’zi va spiral (burama) sochlari, iyagi biroz oldinga chO’zilgan (pragmatizm), qalin labi, keng va puchuq, burni, soqol va kam muyli belgilari bilan ajralib turadilar. Katta negroid irq ichida uzun bO’yli (180 sm. ga yaqin) va tanasi nihoyatda qora nilotlar tipi Nil daryosi yuqori oqimlarida va Buyuk kO’llar atrofida uchraydi. Kongo vohasining tropik O’rmonlaridagi pakana bO’yli (O’rtacha 141-142 sm.) bir oz qoramtirroq tanli, sersoqolli, puchuq keng burunli, labi kichikroq pigmeylar ham farq qiladi. Jismoniy tuzulishi jihatdan Afrikaning eng janubiy qismida yashayotgan bushmenlar va gottentotlar maxsus antropologik tipni tashkil qiladilar. Ular asli negroid belgilaridan tashqari bazi mongoloid belgilari (yalpoq yuzli, sarg’ish tanli) va steatopigiya (sag’riga kO’proq yog’ tO’planganligidan osilib turishi) kO’rinishi, badan va yuziga ajin erta tushishi bilan boshqa irqlardan ajralib turadilar. Madagaskar aholisi ham negroid va mongoloid irqlari aralashmasidan paydo bO’lgan maxsus tiplardan iborat.
Afrika qitasi til jihatdan kam O’rganilganligi tufayli hozirda bir nechta sistema va klassifikatsiyalar mavjud. Afrika tillari tO’rtta katta til oilasi:


  1. Download 0.66 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling