Семинар 8 соат Мустақил таълим 76 соат mavzu:№ etnologiya faniga muqaddima reja
Download 0.66 Mb.
|
ETNOLOGIYA FANIDAN MAJMUA
ADABIYOTLAR:
I.Jabborov. Jahon xalqlari etnografiyasi. T.1985 y. Etnografiya. M.1986 yil. S.I.Bruk. Naseleniye mira. M.1986 yil. MAVZU: № 9 MARKAZIY VA JANUBIY OSIYO XALQLARI REJA:
Antropologik va lingvistik klassifikatsiyasi. Etnogenezi va etnik tarixi. HO’jaligi va ijtimoiy tuzumi. Moddiy va ma’naviy madaniyati. Markaziy va janubiy Osiyo O’zinnig tabiiy-geografik va tarixiy etnografik jihatlari bilan yer kurrasining boshqa yerlarida tubdan farq qiladi. Mazkur xudud Hindiston yarim orolidan iborat bO’lib, shimolda Himolay-Hindiqush tog’ sistemasi, janubda Hind okeani, g’arbda Dekan yassi tog’liklari, sharqda esa Aravalli tog’ tizmalari O’rab turadi. (Harita asosida kO’rish kerak) Tabiatini qiziqligi shundaki, Assam bilan Himolay tog’larini janubi jahondagi eng sernam rayon bO’lsa, Sind dashtlarida esa bir tomchi ham yomg’ir yog’mas ekan. Biroq, Braxmaputra, Hind, Ganga, kabi buyuk Osiyo daryolari, hamda Jamna, Maxanadi, Kistna, Godovori kabi daryolarning bO’lishi qadimdan sug’orma dehqonchilik bO’lishi uchun qulay sharoit yaratadi. O’simlik va hayvonot dunyosi ham juda boy bO’lib, keng hududni egallagan. Lekin hozirgi davrga kelib qisman bu jarayonlar inson amri bilan O’zgartirib yuborilgan. Shri Lankaning ham tabiati, Flora va faunasi O’ziga hosdir. Hindiston yarim orolidan kichkina bO’g’oz bilan ajratib turgan orolning 5/4 qismida uncha baland bO’lmagan tog’liklar O’rab turadi. Iqlimi ekvatorial mussonlidir. Hozirda Markaziy va Janubiy Osiyo xududi 10,40I ming kv.km va aholisi 1,355 mln.ni tashkil etadi. Shulardan eng kO’pi Hindistonda bO’lib-uning hududi 2,972 ming kv.km. Aholisi-1995 yilgi ma’lumotga kO’ra 930 mln.ga yaqin. Poytaxti-Dehli (poytaxt aholisi 10 mln). Davlat tili-hind tili va vaqtincha ingliz tili. Aholisi 85 % induizm, 11 % musulmon. Pokiston.Hududi-796 ming kv.km. Aholisi 145 mln. Poytaxti-Islomobod (aholisi 500 ming) Davlat tili-urdu (rasmiy til-ingliz tili) dini-islom. O’zbekiston Respublikasi-Markaziy Osiyda joylashgan xududi 447,4 ming kv.km., aholisi 26 mln, 130 dan ortiq millat va elat yashaydi. Asosan O’zbeklar. Poytaxti–Toshkent. Nepal Qirolligi-O’rta Osiyoda joylashgan. Xududi 147 mln kv.km. Aholisi 23,5 mln. Poytaxti-Katmandu. Tili-neapol, dini-induizm. Afg’oniston Respublikasi-Janubiy G’arbiy Osiyoda joylashgan. Xududi 652 ming kv. km, aholisi 21,2 mln. Asosan pushtunlar, tojiklar, xazarlar, taraymonlar, O’zbekdar, turkalar va boshqalar yashaydi. Poytaxti- Qobul. Tili-pushtu va doriy, dini-islom dinining sunniy mashabi. Qozog’iston-Xududi-2,717 ming kv.km., aholisi 14,8 mln, Poytaxti- Ostona edi. Tili qozoq va ikkinchisi rus tillari. Dini-islom. Lekin shimolda xristianlar ham mavjud. Tub aholisi 50 % ni ham tashkil etmaydi. Tojikiston-hududi 143 ming kv.km, aholisi-6,2 mln, Poytaxti-Dushanbe, asosan tojiq shimolda O’zbeklar ham bor edi. Turkmaniston-hududi 488 ming kv.km, aholisi-5,5 mln. Poytaxti-Ashxabad, asosan turkmanlar, dini-islom, davlat tili-turkman tili. Qirg’iziston-hududi 198 ming kv.km, aholisi 5 mln. Poytaxti-Bishkek (Oldin Frunze edi) Aholisi-qirg’izlar, O’shda O’zbeklar. Davlat tili-qirg’iz va rus tili. Dini-islom va shimolda xristian. Butan Qirolligi hududi 47 mln kv.km. Aholisi 900 ming. 2025 yilga borib 1.5 mln.ga borishi mumkin. Poytaxti-Tximpxu shahri. Tili-Dozong-ke yoki Boxotiya (Tibet- Birma gruppasi) Dini-buddizm. Malvid Respublikasi (Shri Lankadan 640 km janubi-g’arbda joylashgan) Arxipelag 1196 ta orolni birlashtiruvchi 19 ta oroldan iborat. Shulardan 200 tasida odam yashaydi. Xududi 298 kv.km. Aholisi-0,3 mln. Poytaxti-Male(aholisi 40-60 ming). Davlat tili Divexi (Maldiv) Dini-islom. Bundan tashqari bu regionda Bengal bO’g’ozidagi Andaman va Naxobar orollari ham kiradi. Antropologik jihatdan Janubiy Osiyo xalqlari asosan yevropoid irqiga mansub bO’lib, uning janubiy irmog’ini tashkil etadi. Masalan, ular qora qO’ng’iroq soch, qO’y kO’z, qirra burun, chO’ziq yuzlilarni tashkil etadilar. Bundan tashqari bu yerda negroid va boshqa mongoloid irqi aralashmasi, janubiy Hindiston va Shri Lankada esa veddioid, dravid va hatto avstraloid-negritos tiplari ham mavjud. Andamanliklar esa O’zlarining past bO’yliligi, pigmey tillari bilan ham ajralib turadi. Janubiy Osiyo xalqlarining etno-lingvistik tuzilishi ham nihoyatda murakkab, ya’ni kO’p tillar, yuzlab shevalar uchraydi. SO’nggi ma’lumotlarga qaraganda, Janubiy Osiyoda 200 ga yaqin xalq bO’lib, ularning kO’pchiligi son jihatidan ozchilikni tashkil etadi. Masalan, faqat Hindistonda 187 til mavjud bO’lib, ulardan 23 tasida aholisining 97%i gaplashadi. Shulardan eng asosiysi hindariy gruppasi bO’lib, unga: Hindistonliklar, bengalliklar, panjobliklar, beharlar, martxlar, gujarotlar, rajayxonlar, sindxilar, shri-lankalik singallar, nepalliklar va xokazolar kiradi.Qolgani, Xitoy-tibet-birma, dravid, eroniy tillarda sO’zlashadigan xalqlarni tashkil etadi. Hozirgi kunda Janubiy Osiyo xududidagi davlatarning aksaryati hind-yevropa til oilasiga taalluqlidir. Masalan, hindi, urdu, bengal, neopal, singal va boshqa. Ijtimoiy-iqtsodiy taraqqiyot jihatdan ham Janubiy Osiyo xalqlari bir-birlaridan tubdan farq qiladilar. Masalan, ayrimlari kapitalistik munosabatlar darajasida bO’lsa, ayrimlari esa hali ibtidoiy jamoa tuzumi darajasida turganini kO’ramiz. Masalan, shahar aholisi bilan chetdagi qabila aholilarni Janubiy Osiyo xalqlarining etnogeniziga e’tibor bersaq avvalo bu yerda gominidlar qoldiqlari topilmagan bO’lsa ham lekin sO’nggi ilmiy tadqiqotlar analizi bu yerda odamlar 1 mln yil muqaddam yashaganligini ma’lum qildi. Ular dastlab, ovchilikka terib-termachilik bilan kun kechirganlar. Mil.avv SH-II ming yillikarda bu yerda munda va dravid tillarida sO’zlashuvchi etnik gruppalar paydo bO’lgan va yuksak madaniyatga ega bO’lganlar. Ilmiy tadqiqotlarni ma’lum qilishicha, davrid va munda qabilalarining mahalliy veddoidlar bilan aralashmasidan hozirgi Janubiy hind dravidoid irqiy gruppasi paydo bO’lgan yoki avstraloid bilan mongoloid irqlarini aralashmasi bO’lgan munda qabilalarni veddioid aholi bilan aralashmasidan Markaziy Hindistonning munda xalqlari shakllandi. Ajododlarining xotirasi faqat O’lik tillar yozuvi–vedda va sanskrit tillarida saqlanib qolgan. Mil.avv II ming yillikning O’rtalarida bu yerlarga O’rta Osiyo va Eron yerlaridan oriy qabilalari kirib keladi. Ular Panjob viloyatiga O’rnashib, chorvachilik, keyinchalik esa O’troq dehqonchilik bilan mashg’ul bO’lib, mahalliy aholisi bilan aralashib ketdilar. Mil.avv I ming yillarda Shimoliy Hindistonla dastlab bir necha quldorlik davlatlar paydo bO’ladi. Shu bilan bir qatorda ayrim shahar-davlatlar ham vujudga kela boshladi. Masalan, Moxenjadaro va Harappa. Mil.avv SH-P asrlarga kelib Chandragupta II rahbarligida Mauriya quldorlik davlati tashkil etilib, butun Hindistonni birlashtiradi. Milodiy I asrlarida mamlakatning Kushonlar saltanati qO’l ostiga O’tadi. XI asrlarda turkiy qabilalar bostirib kela boshlaydi (Mahmud G’aznaviy-Huroson hukmdori). XIII asr boshlarida Dehli sultonligini O’rnatadilar. XVI-XIX asrlarda Buyuk mO’g’ullar imperiyasi (Boburiylar sulolasi) qO’l ostida bO’lgan davrlarda turli xil xalqlar (forslar, tohariylar, tojiklar, turkiy xalqlar) kirib kela boshlaydi. Xuddi shu davrlarda Yevropa ta’sirida ham bO’lgan. Masalan, portugal, golland va inglizlar. Inglizlar 350 yildan kO’proq mustamlaka siyosatini olib boradi va nihoyat II jahon urushidan sO’ng ya’ni 1947 yili Hindiston mustaqillikka erishib, oqibatda Pokiston Islom Respublikasi ham ajralib chiqadi. Shiri Lanka orolida aholi mil.avv I ming yillik O’rtalarida paydo bO’lgan. Ular hindariy tillarida sO’zlashadigan hozirgi singallar va tamillarning ajdodlaridir. Shri Lanka (Seylon) ham dastlab, portugal, golland va ingliz mustamlakasiga aylanib, 1948 yili mustaqillikka erishadi. Ammo iqtisodiy jihatdan Angiliya ta’sirida qoladi. Bularning barisi albatta etnik jarayonlarga katta ta’sir qilgan. Baribir bu yerlarda ikkinchi davlat tili ingliz tilidir. Janubiy Osiyo xalqlarining taxminan 80% qishloq xO’jalik bilan shug’ullanadilar. Bu yerlarda asosan bug’doy, tariq, arpa, sholi, makka, kunjut, paxta, dunyoga mashxur choy va kofe, xurmo (palma) daraxtlari eqiladi. Hindistonada hosil ikki marta olinadi. Uy hayvonlari saqlashda (yirik va mayda shoxli mol) Hindiston jahonda 1-O’rinda turadi. Bu diniy e’tiqod bilan bog’liq. Diniy e’tiqodga kO’ra ular mol gO’shtini yemasdan, uni kuchi va suti uchun parvarish qiladilar. (Induizm dinida shunday) Musulmon yurtlarda aksinchadir. Butun Janubiy Osiyoda qadimdan hunarmandchilik nihoyatda rivojlanagan. Hindistonda hunarmandchilikda, ayniqsa ip gazlama ishlab chiqarishda dunyoda birinchi O’rinda turgan. Hindiston mustamlakachilik davrida Angliyaning katta bozori va hom ashyo bazasi vazifasini bajargan edi. Qisqasi, bu yerda qishloq xO’jaligi, ijtimoiy-cotsial, oilaviy maishiy turmushda feodal-patrialxal va kastachilik munosabatlari hali ham hukmronlik qiladi. Masalan oila qurishda, uy-joy bino etishda, kiyim-kechak tiktirib kiyinishda va boshqa ta’siri kuchlidir.Nikohlash 2-4 yoshda, uylanish marosimi 6-8 yoshda belgilanadi. Janubiy Osiy xalqlarining kiyimlarin ikki turga bO’lish mumkin: tikilgan va O’rama. Erkaklarida dxoti va ayollarida sari asosiy kiyim vazifasini bajaradi. Taomlari ham turlicha bO’lib, asosan hamir mahsulotlaridan turli pishiriqlar tayyorlanadi. Har xil ziravorlardan foydalanish shu yerda qadimdan tartibga qO’yilgandir. Masalan: -Choyni sut bilan shirchoy qilib ichiladi; -GO’sht va mol yog’i iste’mol qilinmaydi; -Ayol va erkak alohida bO’lib qO’lda ovqatlanadi; -TO’ylarda sopol idishlar bir marta foydalanib, keyin tashlab yuboriladi... Eng qadimgi dostonlar Hindistonda mavjud. Masalan, «Maxabxarata» va «Ramayana», “Panchatantra” masallari, “Katakali” nomli teatrlashgan tomoshalari mahshurdir. Lekin hozirda aholi O’rtasida savodsizlik juda yuqori. Masalan, Pokiston, Bangladesh va boshqa yerlarda 80%ga yaqin aholi yozish va O’qishni bilmaydilar. Buning sababi mustamlakachilik siyosatining oqibatidir. Bu yerlardagi aholining diniy e’tiqodi ham turlichadir. Eng yirik dinlar induizm, islom va buddizmdir. Masalan, Hindistonda 83% indust, 11% musulmon, 3% xristian, 2 % sikxalar qolganlari buddist va jaynistlar. Braxmanizm hindlarning eng qadimiy diniy e’tiqodlari bO’lib mil.avv. IX-VIII asrlarda vujudga kelgan. Bunda xudo Braxma olamni va odamni yaratgan va u quyidagicha kastaga bO’lingan:Og’zidan Braxman (Kohinlar), QO’lidan Kshatriyalar (Harbiylar), Qovurg’asidan Leyshlar (Dehqon va hunarmandlar), Tovonidan Shudralar (Xizmatkorlar va boshqalar. Buddizm ham Hindistonda paydo bO’lgan bO’lib (asoschisi Gautama) mil.avv. VI-V asrlarda tashkil topgan. U braxmanizm ta’limotiga qarama-qarshi g’oyani, ya’ni yer yuzida barcha insonlar teng huquqlidir, degan g’oyani ilgari surgan. TAYANCH IBORALAR: Flora va Fauna. Veddioid, Dravid, Avstraloid. Etnolingvistik tasnifi. Madaniyat. MAVZUNI MUSTAHKAMLASH UCHUN SAVOLLAR: .Markaziy va Janubiy Osiyoda joylashgan davlatlarni kO’rsating. Markaziy va Janubiy Osiyo xalqlari etnik jarayonni taxlili. Markaziy va Janubiyo Osiyo xalqlarining tili irqini bayon qiling. Markaziy va Janubiy Osiyo xalqlarining madaniyati haqida. ADABIYOTLAR: И.Жабборов. Жаhон халqлари этнографияси. Т.1995 й. Этнография. М.1982 й. С.И.Брук. Население мира. М 1986 й. Народы мира. М.1988 й. Download 0.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling