Семинар 8 соат Мустақил таълим 76 соат mavzu:№ etnologiya faniga muqaddima reja
Download 0.66 Mb.
|
ETNOLOGIYA FANIDAN MAJMUA
Shimoli-g’arbiy sohil indeyslari
Shimolda Beringol bO’g’ozidan to Janubda Xuande-Fuka bO’g’ozigacha Tinch okeani sohillarida kO’p asrlar davomida indeislarning O’ziga xos baliqchi va ovchi madaniyati shakllanib kelgan. Juda nam va yumshoq iqlimli, nihoyatda boy O’simliklarga, faunaga ega bO’lgan bu territoriya inson yashashi uchun ancha qulay bO’lgan. Bu yerda asosan tlenkitlar, kvakuitli, xayda, kaluza indeyslari yashagan va ularning tirikchiligi dengizda va daryoning quyi oqimida baliq ovlashdan iborat bO’lgan. Ular ba’zan tog’ echkilari, bug’ular, dengiz hayvonlari, qushlarni ov qilganlar, yovvoyi O’rmon mevalari va dengiz kO’katlarini ham terganlar. Ammo losos va shanbaliq asosiy ov mahsuloti hisoblangan. Tlinkitlar dehqonchilik va chorvachilikni bilmaganlar, lekin ovda O’rgatilgan itdan foydalanganlar. Mahalliy indeislarning ovchilik san’ati ancha rivojlangan. Ayniqsa baliqchilikda turli texnika va takomillashgan qurollar ishlatganlar. Ular 3-4 tadan to 100 tagacha kishi sig’adigan yaxlit yog’ochdan O’yib kema yasaganlar va bu kemalarda sayohatga va ovga chiqqanlar. Baliqni tosh, suyak, yog’ochdan va uning tolalaridan yasalgan har xil qarmoq, sanchqi, nayza, tur, savatlar bilan turli tO’g’onlar qurib ovlaganlar. Metalldan faqat misni bilganlar. Undan ba’zi qurollar va bezaklar yasaganlar, pul O’rnida ishlatganlar. Ovqatni yog’och idishlarda O’tda qizdirilgan tosh solib pishirganlar. Indeyslarda tO’quv stanogi (dO’koni) bO’lgan. Ular yovvoyi qO’y va echkilarni maxsus xaydab qamab olib junini qirqib keyin bO’shatib yuborganlar, ipidan naqqoshlik plash tO’qiganlar, kO’ylak tikkanlar. Matoni O’simlik tolalaridan ham tO’qiganlar, teridan pO’stin ham kiyganlar, yog’ochdan naqsh berilgan sovut yasaganlar, kedr daraxti tolasidan keng etakli shlyapalar tO’qiganlar. XO’jalik va savdoning rivojlanishi natijasdan mehnat taqsimoti ham paydo bO’lgan: kema yasash, kiyim tikish, uy-rO’zg’or va boshqa buyumlar ishlab chiqarish ayrim kasb hisoblangan. 15-20 metr balandlikdagi totem ustunlari zO’r mahorat bilan O’yib bezatadigan ustalar bO’lgan. Mahalliy indeyslar O’troq turmush kechirganlari uchun yog’ochdan tiklangan uylardan iborat qishloqlarda istiqomat qilganlar. Uylari oynasiz, tuynukli va kichkina eshikli, uzunasiga katta jamoa oynasiga mO’ljallanib, tosh qurollar bilan yO’nilgan yog’ochlardan qurilgan. Yoz faslida baliq ovlab daryolarning yuqori oqimiga kO’chib vaqtinchalik chaylalar qurganlar. Qishda qishloqlarga qaytganlar. Baliqchilikda nihoyatda zO’r mahoratga ega bO’lgan tlinkitlar losos baliqlardan tejamkorlik bilan foydalanib zarur mahsulotlarni g’amlaganlar. QO’shimcha mahsulotni bozorga chiqarish natijasida savdo-sotiq ancha rivojlangan. Oqibatda boylik tO’planib sinfiy tengsizlik paydo bO’la boshlagan. XVIII asr oxirlariga kelib ona urug’i O’rniga ota urug’i tashkil topa boshlagan. Patriarxal tipidagi katta oila jamoasi dual xarakterga ega bO’lib hususiy mulkka tayangan. Patriarxal nikoh tartiblari bilan birga turli ona urug’i tartiblari ham saqlanib kelgan. Ammo urug’ hisobi va meroslik ota urug’iga O’tgan. Dehqonchilik xO’jaliklarida qishloq jamoasiga O’xshash patriarxal tipdagi kO’p urug’li qishloq jamoasi paydo bO’lgan. Hususiy mulk paydo bO’lsa ham asosiy ishlab chiqarish vositasi bO’lgan yer jamoa mulki hisoblangan. Hususiy va umumiy mulk tO’liq ajratilmagan, ular urug’ va qabila boshliqlari ixtiyorida bO’lgan. Mustamlaka davrigacha savdo-sotiq va boylik natijasida patriarxal qullik ham paydo bO’lgan. Qullar asosan urushlarda qO’lga tushganlar. Ulardan baliq ovlashga, xO’jalik ishlarida foydalanilgan. Qullar O’z egalariga ancha foyda keltirganlar. Upyg’ boshliqlari qullaridan tashqari O’z urug’doshlarini ham ekspluatatsiya qilganlar. Qabilalar fratriy va urug’larga bO’lingan, ular totem nomi bilan atalgan. Maxsus totem tasvirlangan yog’och ustunlar O’rnatilgan. Masalan, tlinkit fratriy gruppalar Qapg’a va BO’ri nomi bilan atalgan va ular orasidagi munosabatlar ekzogam nikoh bilan belgilangan. Undan tashqari fratriylar territorial jihatdan ham bO’linishgan. Matrilokal tipdagi katta oila iqtisodiy jihatdan (10-40 kishidan iborat) bir xO’jalik bO’lib, O’z totem nomiga ega bO’lgan uyda yashaganlar. Masalan, Ayiq nomli urug’ga tegishli oila har qishloqda shu nom bilan uy qurgan. Urug’ning muayyan territoriyaga ega ekanligi rivoyatlar bilan tasdiqlangan. Asosiy diniy tasavvurlar totemizm bilan bog’liq bO’lganligi tufayli totem simvollaridan tashqari har xil diniy marosim va bayramlar O’tkazilgan. Ularni O’tkazish shaman va urug’ boshliqlari ixtiyorida bO’lgan. Shimoliy G’arbiy sohil indeyslarning hayotida potlach («O’yinchoq») nomi murakkab marosim muhim rol O’ynaydi. Asli katta bazm sifatida bir necha kun ba’zan oylab O’tkaziladigan potlach marosimida boy jamoa a’zolari va urug’ boshliqlari O’z boyliklarini tarqatib berganlar hatto qullarini qurbon qilganlar. O’z navbatida jamoa a’zolari ham bazm egasiga katta sovg’alar qilishlari shart bO’lgan. Umuman urug’ boshliqlariga urug’doshlari tomonidan har xil sovg’alar berib turish majburiy odat tusiga aylangan bO’lib, urug’chilik ichida dastlabki soliq (renta) shaklida namoyon bO’ladi. Shu yO’l bilan erkin jamoa a’zolarining O’ziga qaram va ekspluatatsiya qilishning iqtisodiy zamini yaratilgan. Potlach marosimida sarflangan harajat va tarqatilgan boylik O’rnini sovg’alar orqali yana tO’ldirilgan. Kim bazm va bayramni zO’r O’tkazsa, shu katta nom qozongan. Aslida potlach ibtidoiy jamoa tuzumidan sinfiy jamiyatga O’tish davriga xos marosim bO’lib, endi kurtak otayotgan iqtisodiy va ijtimoiy tengsizlik, boyliy va kambag’allikni ijtimoiy hodisa sifatida paydo bO’lganligini ifodalovchi marosimdir. Mustamlaka davrida savdo-sotiq yana ham rivojlanib ijtimoiy munosabatlar chuqurlasha boshlaydi. AQSH hukmronligi O’rnatilgandan keyin mahalliy aholining asosiy tirikchilik manbai hisoblangan baliqchilik mustamlakachilar qO’liga O’tib, O’z yerlaridan haydalib rezerovatsiyalarga kO’chirilgan. Indeyslar qashshoqlashib yollanma ishchi kuchiga aylanganlar. Hozir ular qattiq ezilib, irqiy jihatdan ham quvg’in qilinmoqdalar. Download 0.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling