Семинар 8 соат Мустақил таълим 76 соат mavzu:№ etnologiya faniga muqaddima reja


Download 0.66 Mb.
bet13/25
Sana01.10.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1690443
TuriСеминар
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   25
Bog'liq
ETNOLOGIYA FANIDAN MAJMUA

O’rmon ovchi qabilalari
Shimoliy Amerikaning sharqiy qismidagi subarktika O’rmonlarida Alyaskaning ichki rayonlari va Kanadaning tayga zonasida algonkin va atapask til oilalariga oid ovchi, baliqchi va terib termachlovchi qabilalar yashaganlar. Ular, asosan yovvoyi bug’u, (karibu), los, ayiq, yovvoyi qO’y va buqa (bizon), tyulen, kit va boshqa O’rmon ham dengiz hayvonlarini ovlaganlar, O’rmonlarda har xil meva va etildizli O’simliklarni terib kun kechirganlar.
Jonivorlarni ovlashda asosan suyak yoki uchli tosh O’q-yoy va nayza, pichoq, palaxmon, turli tuzoq, qopqon hamda tO’rlardan foydalanganlar. Baliq ovida karmoq, teri va O’simlik tolasidan tO’qilgan tO’r va savatlar ishlatilgan. Qishda tennis raketkasiga O’xshash chang’i va it qO’shilgan yog’och chanalar bilan kO’chib ov qilganlar. KO’chmanchi indeyslar qishda teri qoplangan konus shaklidagi, yozda esa yog’och qobig’i bilan qoplangan kO’chishga qulay chaylalarda yashaganlar. Ayrim atapask qabilalari qishda yertO’lalarda istiqomat qilganlar. Daraxt qobig’idan uy-rO’zg’or buyumlari va hatto kemalar ham yasaganlar.
Karibu va los terisidan ayollar kiyimlari, maxsi (mokasin) va qO’lqoplar tikkanlar, mayda jonivorlarning terisi va juni bilan kiyimlarni bezatganlar, bosh kiyimi tO’qiganlar. Ba’zan ishlab chiqarish qurollari va uy-rO’zg’or buyumlariga naqsh berilgan. Erkak va ayollar asosan bir xilda yengi uzun kO’ylaklar kiyganlar, qishda kapyushonli pO’stin yopinganlar.
Shimoliy O’rmon indeyslari mustamlaka arafasida urug’chilik munosabatlarini saqlab jamoa bO’lib yashaganlar va ov qilganlar. Qishda ular ayrim gruppalarga bO’linib, kO’chib yurganlar, yozda odatda daryo bO’ylaridagi qarorgohlarga tO’planishib savdo qila boshlaganlar. XVII asrlardan boshlab mustamlakachilar bilan yaqin aloqalar O’rnatilib, mO’ynachilik maxsus sohaga aylanadi va mO’yna savdosi tovar ayriboshlashni kuchaytiradi. Subarktika ovchilari boshqa indeyslar singari yevropaliklar tomonidan zO’rlik bilan O’z yerlaridan haydalmagan va qirilmagan. Chunki Shimoliy Amerika O’rmonlari chorvachilik va dehqonchilikka noqulay bO’lganligi tufayli mustamlakachilar bu yerga bostirib kirmaganlar. Ular aksincha qimmatbaho mO’ynaga muhtoj bO’lib, mO’ynachilikni rivojlantirish maqsadida ovchi indeys qabilalarini har tomonlama qO’llab quvvatlaganlar. Yevropaliklar keltirgan temir qurollar (pichoq bolta, iskana keyin miltiq va h.k.) indeyslarning og’ir mehnatini ancha yengillashtirdi. Shuning uchun dastlab mO’yna savdosi yevropaliklar bilan indeyslar orasidagi munosabatlarni asosan katta fojiasiz rivojlanishiga sabab bO’lgan edi. XVII asrning 30-yillaridan boshlab, missionerchilikning kuchayishi bu munosabatlarni yana ham mustahkamladi. Mahalliy atapask, kri qabilalari bilan kelgindi Kanadalik fransuzlar va shotlandlar orasidagi nikohlar natijasida 1-2 asr ichida yangi etnik gruppa-metislar ham paydo bO’la boshlaydi.
Hozirgacha algonkin va atapask qabilalarida ham matrilokal, ham patrilokal nikoh tartiblari saqlanib kelgan. Bir necha juft oilalardan tashkil topgan kichkina urug’ jamoa kO’chib yurishga odatlangan. Ayrim vaqtlarda bayram yoki diniy marosim munosabati bilan bir muayyan joyda bir necha nikohdagi gruppalar tO’planishgan. Odat bO’yicha, nikohdan keyin ma’lum davr kuyov xotin urug’ida yashab, kelin haqi uchun xizmat qilgan. Jamoa ekzogamiya tadbirlariga rioya qilishi shart bO’lgan. Barcha qabilalarda muhim masalalarni muhokama va hal qilishda hamma teng huquqqa ega bO’lgan. Ammo eng keksa donishmand kishilar rahbarlik qilganlar. Ichki jamoa munosabatlarida «har kim O’ziga O’zi hO’jayin» degan ahloq normasiga rioya qilinadi.
Shimoliy O’rmon ovchi qabilalarida ibtidoiy din formalari-totemizm, shamanizm, sehrgarlik, arvohlarga sig’inish keng tarqalgan. Bular arvohlar kishilarga «kuch-quvvat», kasalliklarni davolashga, ov qilishga yordam beradi, deb ishonganlar. Algonkin qabilalarida odamsimon xudolar va odamxO’r Vindigo nomlig bahaybat mahluq tO’g’risida tasavvurlar, murakkab marosimlar, ayiqqa sig’inish e’tiqodi muhim O’rin egallagan. KO’p asrlar missionerlarning diniy tashviqoti ham zoye ketmagan. Mahalliy indeyslar orasida xristian dini ham tarqalgan. Xristianlik ayniqsa nikoh munosabatlariga zO’r ta’sir qilib, hozir indeyslarda monoga nikoh O’rnatilishiga sabab bO’lgan. Atapask qabilalarida indeys va xristian diniy tasavvurlari, odat va odat normalari aralashmasidan tashkil topgan diniy harakatlar ham paydo bO’la boshlagan.
Mustamlakachilik siyosatining amalga oshirilishi natijasida, ayniqsa shaharlarga kO’chirilgan indeyslar orasida salbiy cotsial oqibatlar rO’y bermokda. Masalan, ovchi qarorgohlarini tashlab shaharga kO’chgan chinppevayya qabila jamoasi sO’nggi 15 yil ichida nihoyatda og’ir ijtimoiy sharoitda ruhsizlik ichkilikbozlik, avlodlar adovati, mayda hiyonat va qashshoqlik, savodsizlik va hurofot kabi fojiali ahvolni boshdan kechirmoqda.



Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling