Семинар 8 соат Мустақил таълим 76 соат mavzu:№ etnologiya faniga muqaddima reja
Tropik O’rmon zonasidagi indeys qabilalari
Download 0.66 Mb.
|
ETNOLOGIYA FANIDAN MAJMUA
Tropik O’rmon zonasidagi indeys qabilalari
Janubiy Amerikaning shimoliy-sharqiy va markaziy qismlarida mustamlaka arafasida aravak, tupi-guarani va karib til oilasiga mansub turli qabilalar yashagan. Ular nihoyatda qoloq ibtidoiy jamiyat darajasidagi O’troq elatlardir. Asosiy kasbi tropik dehqonchilik bO’lib, mayda butazorlarni tosh boltalar bilan qirqib, kuydirib, kul aralash tuproqni yog’och tayoq bilan kovlab makka, batata, loviya, tamaki va paxta ekkanlar. Amazonka vaOrinoko daryolarining tropik O’rmonlarida ov qilganlar, daryo va kO’llarda baliq tutganlar. Tosh boltalar ham qurol, ham savdo vositasi rolini O’ynagan. Ovda parli O’q-yoy, suyak, chig’anoq va yog’ochdan yasalgan turli qurollar ishlatilgan. Maymun va qushlarni ovlashda uchi kurara nomli O’simlik zahari surtilgan bambukdan yasalgan pufak naycha qurol (sarbakan) ishlatilgan. Umuman mahalliy indeislar zO’r mag’orat bilan O’simlik zaharlaridan foydalanganlar. Baliq ovida turli tO’r va savat ishlatilgan, yog’ochdan kichik kemalar yasaganlar. Baliqni O’q-yoy va sanchqi bilan ham ovlaganlar. TO’r tO’qishda tropik O’rmon indeyslari zO’r mahorat kO’rsatganlar. Yog’ochga osib qO’yadigan karavot-gamakni kashf qilib butun dunyoga nom taratganlar, bezgak kasalini davolashda eng zarur darmon-xinin daraxtini kashf qilgan ham indeyslardir. Ular doirasimon yoki tO’rtburchakli palma yaprog’i va butoqlari bilan yopilgan uylarda yashaganlar. Devorlari ham butoqlar bilan tO’qilgan yoki bO’yra bilan berkitib ustini loy bilan suvaganlar. Amazonka va Orinoko vohalaridagi indeislar urug’ jamoa bO’lib yashaganlar va umumiy xO’jalikka ega bO’lganlar. Oilalar matrilokal tipidagi juft nikoh tartibida bO’lsa ham gruppa nikoh qoldiqlari saqlangan. Ov qiladigan va baliq tutadigan umumiy territoriya jamoa mulki hisoblangan, ovlagan narsalarni teng taqsim qilganlar. Har bir qishloq O’z-O’zini boshqaruvchi jamoaga ega bO’lib unga oqsoqol rahbarlik qilgan. Hap bir qabilada erkaklar ittifoqi mavjud. Qabilalararo aloqalar tabiiy sharoit tufayli uncha mustahkam bO’lmagan. Diniy tasavvurlari ham moddiy sharoitga bog’liqbO’lgan. Tevarak atrofdagi tabiat yaxshi va yomon arvohlar bilan tO’la, ularni yumshatish uchun xudoyilar qilib turish zarur bO’lgan. Shamanizm keng tarqalgan, shamanlar arvohlar bilan vositachi bO’libgina qolmay, tabiblik ham qilganlar. Diniy marosimlar va bayramlarda oddiy musiqa asboblari (shox, nay) jO’rligida turli O’yinlarga tushganlar, badanlarini bO’yaganlar, qush pati, yong’oq, tish va boshqa buyumlar bilan bezaganlar. Yevropaliklar kelishi bilan tropik O’rmon indeyslari ovga qulay joylarini tashlab changalzor O’rmonlarning ichkarisiga chekinishga majbur bO’lganlar. Hozir ham mustamlakachilar paydo bO’lgan joyda jabr-zulm, kasalliklar va qirg’in keltirmoqdalar. Download 0.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling