Семинар 8 соат Мустақил таълим 76 соат mavzu:№ etnologiya faniga muqaddima reja
Sharqiy va Janubiy Braziliya indeyslari
Download 0.66 Mb.
|
ETNOLOGIYA FANIDAN MAJMUA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Pampa indeyslari va Oloovli yerliklar
Sharqiy va Janubiy Braziliya indeyslari
Braziliyaning qalin O’rmonlarida va qurg’oq yassi tog’liklarida botokuda, jes va boshqa til turkumiga oid turli qabilalar yashagan. Ular dehqonchilikdan xabardor bO’lsa ham, asosan terimchilik, ovchilik va baliqchilik bilan kun kechirganlar. Bir necha katta oilalardan tashkil topgan lokal gruppalar qirlarda kichkina yerlarda manioka, botata ekib hosilni yig’ib-terib olgandan keyin boshqa joylarga kO’chib terimchilik qilganlar.ularning asosiy qurollari O’q-yoy va nayza bO’lgan, ayollar oddiy yog’och bilan kovlab yemishli ildizlar, urug’ va mevalarni terganlar, erkaklar 6yg’y, straus va boshqa hap xil mayda hayvon va qushlarni ovlaganlar, sanchqi va tO’r bilan baliq tutganlar, ularda toshdan yasalgan bolta va pichoqlar ham bO’lgan. Botokuda qabilalari qarorgohlarida butun gruppaga mO’ljallangan palma yaproqlari bilan yopilgan katta chaylalar tiklaganlar. Ularda suv saqlaydigan savatlar, maxsus uy-rO’zg’or buyumlari bO’lgan. Ular kiyimni bilmaganlar, badanlarini bO’yab bezaganlar, qulog’iga zirak, labiga yog’och xalqa taqqanlar. Ijtimoiy tuzum kam O’rganilgan bO’lsa-da, mazkur qabilalarni urug’chilik tuzumida yashaganligi aniq, ular dual tashkilotga ega bO’lganlar, gruppa nikohi va ekzogomiya, jamoada esa ona urug’i tartiblari saqlangan, ammo erkaklar ittifoqi ijtimoiy hayotda muhim rol O’ynagan. Ular qO’shni tropik indeyslaridek tabiiy kuchlarga sig’inganlar. XVIII-XIX asrlarda braziliyalik O’rmon indeys qabilalari portugallar tomonidan qirilgan, rezervatsiyalarga kO’chirilib, ochlik va kasalliklarga chidamay O’lib ketganlar. Ikkinchi jahon urushi arafasida botokuda qabilalarida bir necha O’nlab kishi qolgan bO’lsa, jes til oilasiga oid qabilalardan hech kim qolmagan. Pampa indeyslari va Oloovli yerliklar Janubiy Amerikaning janubidagi keng dasht rayonlarni odatda patagoniya, bepayon tekisliklarni pampa deb ataydilar. Bu territoriyada har xil tilda gapiradigan ovchi qabilalar (asosan chon, araukan, texuelche) yashaganlar. Ular dastlab piyoda, yevropaliklar kelgandan keyin otda guanaka (lamaning yovvoyi bir turi) ga ov qilganlar. Ov qurollari O’q-yoy, bO’la (teri xaltaga tosh solib 2-Ztasini arqon uchiga bog’lab poloxmonga O’xshatib hayvonga otganlar, oyog’i yoki bO’yniga O’ralgan bO’la uni qO’lga tushirgan) bilan tez yugiradigan guanakani, straus va bug’ularni ovlaganlar. Ular turli O’simlik, urug’ va ildizlarni terib-termachlaganlar. Pampa ovchilari bekitma yoki guanaka terisi bilan qoplangan chaylalarda yashaganlar. Terilarga ishlov berganlar belbog’li plash kiyganlar otni yoki guanaka terisini shilib homligicha maxsiga O’xshash poyabzal qilib, sovuq va yomg’ir paytlarida ustidan teri kovush kiyganlar. Shunga qarab ispanlar pampa ovchilarini «patagonlik» (katta oyoqli)lar deb ataganlar. Patagonliklar 30-40 oiladan iborat qavm-qarindoshlar gruppasini tashkil qilgan. Gruppa boshida oqsoqol turgan va jamoaviy O’tkaziladigan ovni boshqargan. Qarorgohlar patrilokal tipda bO’lib, kelin uchun qalin tO’plangan. Asosiy mulki ot va quroldan iborat bO’lib, erkaklarga mansubdir, uy-rO’zg’or buyumlari yengil yog’och va teridan yasalgan. Eri O’lgan beva xotinga meros qolmagan, O’likdan qolgan barcha buyumlar tarqatib yuborilgan. Initsiatsiya marosimlari juda tantanali bayram kiyimlarida (bO’yalgan teri, par, hayvon suyagi va shoxlari bilan), chaylalarni bezatib va turli raqslar, nog’opa va surnaylar bilan O’tkazilgan. Diniy tasavvurlar totemiz va anemizm bilan bog’liq. Shamaniylik ham ma’lum, shamanlar vazifasini xotinlar bajargan, erkak shamanlar xotincha kiyinishi shart bO’lgan. Avlodlar arvohlariga sig’inish kuchli bO’lgan. XVIII asr oxirlarida mustamlakachilar Argentina janubidagi serhasham dashtlarni egallashga kirishib pampa indeyslarini qirish siyosatini amalga oshira boshlagan. 1878-1883 yillarda Argentina hokimiyati O’tgazgan «janub kompaniyasi»da indeyslarnining kO’pchiligi qirilib ketgan, qolgan ozgina qismini Patagoniyaning eng janubiga haydaganlar. Asrimizning boshlarida bir necha O’n araukan va puelche vakillari qolgan, xolos. O’tgan asrning O’rtalarigacha Olovli Yer arxipelagida O’na, alakuluf va yamana nomli qabilalar ibtidoiy turmush tarzini saqlab qolganlar. Nihoyatda Og’ir tabiiy sharoitda yashagan mazkur qabilalar daydichilikda guanaka, tyulen, baliq va qushlarni ovlab, har xil O’tlar va mollyuskalarni terib kun kechirganlar. Ular qarorgohlarda, vaqtincha teri va daraxt qobig’i bilan qoplagan bekitma va chaylalarda istiqomat qilganlar, hayvon terisi bilan yopinganlar, olovdan foydalanganlar. Ovchilik quroli O’q-yoy va sanchqi, daraxt qobig’idan yasalgan kichkina qayiq bO’lgan. Yamana qabilalarida qavm-qarindoshlar gruppasi bir jamoa (urug’) hisoblangan va uni «ukur» deb ataganlar. Jamoa boshliqlari jamoaviy ov tashkil qilganlar, qO’shni qabilalar bilan munozara yurgizganlar. qabilalar ekzogam urug’ gruppalariga bO’linib, urug’ hisobi ham ona, ham ota tomonidan belgilangan juft oila hukmronlik qilsa-da, poligam nikoh tartiblari saqlanib qolgan. Tabiblar muhim rol O’ynagan, ular kasallarni davolagan, ob-havoni aytib berganlar. Totemizm va sehrgarlik, ibodat va arvoxlarga sig’inish keng tarqalgan. O’tgan asrning ikkinchi yarmida, ayniqsa 1870 yillarda mustamlakachi-chorvador yevropaliklar kO’plab kela boshlagan. Olovli Yer nam, yumshoq tabiati bilan qO’ychilikka qulay bO’lgan, mustamlakachilik tez vaqt ichida qO’ychilikni rivojlantirgan. Jamoa tartiblariga O’rgangan ibtidoiy qabilalar qO’yga va ov qila boshlaganlar. Mustamlakachilar O’z navbatida indeyslarni chinakam ovlashaga O’tib, har bir O’ldirilgan indeys kallasiga besh funt sterling haq tO’laganlar, Chilida esa bir funt tO’langan. Bunday vahshiylik siyosati tub aholining qisqa muddat ichida qirilib ketishiga sabab bO’lgan. ADABIYOTLAR: И. Жабборов «Жаhон халqлари этнографияси». Т.1985. Брук С.И. «Население мира» М. 1986. Народы мира. М. 1988. Этнография. М. 1982 TAYANCH IBORALAR: «Jahonning hazinasi». Almek va sapotek madaniyati. «Xalach-viniki»–buyuk odam. «El-dorado»–oltin odam. «Inka dalasi», «quyosh dalasi». MAVZUNI MUSTAHKAMLASH UCHUN SAVOLLAR: Markaziy va Janubiy Amerika xalqlarinin etnik tartibini aniqlang. Mesikaning tub aholisi. Mayya davlati. Chibcha-muisklar davlati. Inklar davlati. Tropik O’rmon zonasidagi indeys qabilalari. Sharqiy va Janubiy Braziliya indeyslari. Pampa indeyslari va Olovli Yerliklar. Download 0.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling