Семинар 8 соат Мустақил таълим 76 соат mavzu:№ etnologiya faniga muqaddima reja
Download 0.66 Mb.
|
ETNOLOGIYA FANIDAN MAJMUA
Chibcha-Muisklar davlati
Mayya davlatining janubida hozirgi Kolumbiyaning kO’pgina qismida chibcha til oilasiga oid yuqori madaniyatli qabila va elatlar yashagan. Ularning eng qudratlisi chibcha-muisk xalqi mustamlakachilar kelish arafasida sinfiy jamiyatga O’ta boshlagan, rivojlangan madaniyatga ega bO’lgan Muisklar tropik dehqonchilik bilan shug’ullanganlar. Manioka va batata ekinlarini ekkanlar, koko daraxtini O’stirib mevasi va yaprog’idan narkotik ichimlik (nasha) tayyorlaganlar. GO’sht topishi uchun ovchilik qilganlar. Uy hayvonlaridan faqat it saqlaganlar. Ekinlardan makka, kartoshka, loviya, pomidor, paxta va mevali daraxtlar ekkanlar. Ishlab chiqarish qurollari tosh va yog’ochdan yasalgan motiga, 1,2-2 metr uzunlikdagi nayza, palaxmon, bolta va pichoq. Ular mis quyishni bilganlar, mis bilan oltin qorishmasidan turli bezaklar va badiiy buyumlar yasaganlar. Kulolchilik, yigiruv va mato tO’qishni bilganlar. Matodan etakli belbog’, plashlar tikkanlar. TO’p gazlama va oltin tangacha pul vazifasini bajargan. Savdo rivojlangan. Ijtimoiy munosabatlarda ota urug’i hukmronlik qilgan, ammo matriarxat qoldiqlari saqlangan. Ular jamoa bO’lib joylashganlar va katta oilalarga bO’linganlar. Poligamiya keng tarqalgan, zodagonlar O’nlab xotin va chO’rilarga ega bO’lganlar. Qullar paydo bO’lgan va sinfiy munosabatlar O’rnatilgan. Boy tabaqalar bezatilgan kO’shklarda, oddiy jamoa a’zolari loy bilan suvalgan tO’qima kulbalarda yashaganlar. Bezaklarni faqat zadogonlar taqishga muyassar bO’lganlar. Ayniqsa bosh hokimga itoat qilganlar, unga turli covg’a-salomlar keltirib xuzuriga kirganlar. Hokimni saylash marosimi turli afsonalar bilan bog’liq. Hokim smola surtilgan badaniga oltin qum sepib, solga tushib kO’lning O’rtasiga suzib borib chO’milar emish. U xudoga atab oltin va zumraddan yasalgan haykalchalarni suvga tashlar ekan. Bunday rivoyatlar muisk davlatini «El-dorado» (ispancha «zarhallangan» yoki «oltin odam») deb nom chiqarishga va mustamlakachilarni «oltinga boy» O’lkaga kO’plab kelishiga sabab bO’lgan. Chipcha xalqlarining dinlari dehqonchilik bilan bog’liqquyosh, oy va yer xudolariga, ajdodlarining arvohlariga sig’inishdan iborat. Boylarning jasadlari mO’miyolangan, xotinlari va qullari qatl qilinib birga dafn qilingan, qabriga qurol, qimmatbaho buyumlar qO’yilgan. Koxinlar boy tabaqalardan tayinlangan. Tabiblar davolaganlar va folbinlik qilganlar. Ispnaiya istilochilari tarqoq chipcha knyazliklarini XVI asrning 1 yarmida bosib olib, O’ziga tO’liq buysundirganlar. Download 0.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling