Seminar mashg’ulotlari bo’yicha o’quv materiallari Mustaqil ta’lim mashg’ulotlari Glossariy Ilova


Download 446.76 Kb.
bet53/66
Sana02.02.2023
Hajmi446.76 Kb.
#1147910
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   66
Bog'liq
Seminar mashg’ulotlari bo’yicha o’quv materiallari Mustaqil ta’l

Diqqatning vujudga kelishi
(1-vaziyat)
Inson ongining muayyan ob’ektga yo‘naltirilishi va to‘planishi diqqat deyiladi. Diqqat ongning bir nuqtaga to‘planishi ong doirasining torayishidan iboratdir. Ana shunday torayish va tormozlanish tufayli ong doirasi juda ham yorqinlashadi. Ongning eng mujassamlashgan va eng yorqin nuqtasi diqqatning fokusi (ya’ni markazi) deb ataladi. Ana shu fokusga tushgan barcha narsalar (idrok qilinayotgan predmetlar, tasavvurlar, fikrlar) juda to‘la, yorqin hamda juda aniq aks ettiriladi.
Biz o‘z faoliyatimiz jarayonida idrok va tasavvur qiladigan har bir narsa, har bir hodisa, o‘zimizning qilgan ishlarimiz, o‘y va fikrlarimiz diqqatning ob’ekti bo‘la oladi.
Diqqatning fiziologik asosini bosh miya po‘sti qismidagi «optimal qo‘zg‘alish nuqtasi» tashkil qiladi. Bu nuqtani A.P.Pavlov “Bu nima”-orientir refleksi deb, Uxtomskiy “Dominanta prinsipi” deb ko‘rsatadi.
Sub’ektning ehtiyojlariga, uning faoliyati maqsadlari va vazifalariga mos keladigan ob’ektlarning ixtiyoriy yoki ixtiyorsiz tanlash diqqatning yo‘naltirilganligi deyiladi.


Diqqat va boshqa jarayonlar
(2-vaziyat)
Diqqat – idrok, xotira, xayol, tafakkur va nutq singari alohida psi­xik protsess emas. Diqqat hamma psixik jarayonlarda ko‘rinadi. Biz «shunchaki» diqqatli bo‘la olmaymiz, balki biz diqqat bilan idrok qilamiz (qaraymiz, eshitamiz), diqqat bilan esda olib qolamiz, o‘ylaymiz, diqqat bilan muhokama yuritamiz, gaplashamiz. Diqqat aqliy jarayonlarning sifatini ta’minlaydigan ichki faollikdir. Diqqat har qanday faoliyatning zaruriy shartidir.

Muammoli vaziyat” jadvali



Muammoli vaziyat

Muammoli vaziyatning kelib
chiqish sabablari

Vaziyatdan chiqib
ketish harakatlari

Inson diqqati qanday qilib ob’ektga yo‘naladi va to‘planadi?



Inson atrofidagi narsa va hodisalarni tanlab, ularga diqqatini yo‘naltiradi va to‘playdi.

K.D.Ushinskiyning aytishicha: «Diqqat ruhiy hayotimizning, shunday yagona bir eshigidirki, ongimizga kiradigan narsalarning barchasi shu eshik orqali o‘tib kiradi».
Subyektning ehtiyojlariga, uning faoliyati maqsadlari va vazifalariga mos keladigan ob’ektlarning ixtiyoriy yoki ixtiyorsiz tanlash diqqatning yo‘naltirilganligi deyiladi.


Download 446.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling