Seminar mashg’ulotlari bo’yicha o’quv materiallari Mustaqil ta’lim mashg’ulotlari Glossariy Ilova
Download 446.76 Kb.
|
Seminar mashg’ulotlari bo’yicha o’quv materiallari Mustaqil ta’l
- Bu sahifa navigatsiya:
- Toifalash jadvali 2-variant
- FSMU texnologiyasi
- MUSTAQIL TA’LIM MASHG’ULOTLARI
Toifalash jadvali
1-variant
Toifalash jadvali 2-variant
FSMU texnologiyasi
FSMU texnologiyasi
MUSTAQIL TA’LIM MASHG’ULOTLARI
Mustaqil o’zlashtiriladigan mavzular bo’yicha talabalar referat tayyorlaydi, adabiyotlardan konspekt qiladi, yozma ish yozadilar, og’zaki savol-javob qilinadi, nazariy materiallar tayyorlaydilar va taqdimot qiladilar. GLOSSARIY Bevosita qiziqish – непосредственный интерес – directly interest - faoliyat jarayoniga, xatti-harakatlarning o‘ziga, ish uslublariga qaratilgan qiziqish. Bilvosita qiziqish – опосредственный интерес – indirectly interest - faoliyatning maqsadga, uning natijasiga yo‘naltirilgan qiziqish Vigillik – чуткость – sensitive - ( lat. vigil –xushyor, sinchkov)-ziyraklik; diqqatni yangi ob’ektlarga, ayniqsa sub’ektiv taassurotlarga tez to‘play olish qobiliyati. Diqqat – внимание – attention – ongni bir nuqtaga to‘plab, muayyan bir ob’ektga aktiv (faol) qaratilishi Diqqat fokusi – фокус внимания – focus (center) of attention – diqqat markazi, ya’ni ongning eng toraygan va tig‘izlashgan nuqtasi. Diqqatning hajmi – объём внимания – capacity of attention - diqqatning bir vaqtning o‘zida qamrab olishi mumkin bo‘lgan mustaqil ob’ektlar miqdori bilan belgilanadigan xususiyati. Diqqatning hajmi eksperimental sharoitda 2-6 mustaqil ob’ektga tengdir. Diqqatning ob’ektlari o‘rtasida qanchalik yaqin bog‘lanishlar mavjud bo‘lsa, uning hajmi shunchalik kengdir va aksincha. Diqqatning ko‘chuvchanligi – переключаемость внимания – change of attention - faoliyat jarayonida diqqatning ongli ravishda bir ob’ektdan ikkinchi ob’ektga ko‘chirilishi. Diqqatning ko‘chuvchanligi har qanday faoliyatda, ayniqsa pult boshqaruvidagi alohida ahamiyatga egadir. Diqqatning taqsimlanishi – распределение внимания - assighment attention - diqqatning bir vaqtning o‘zida bir qancha ob’ektlarga qaratilishidan iborat xususiyati. Diqqatning taqsimlanishi murakkab faoliyat jarayonini amalga oshirishda alohida ahamiyatga egadir. Masalan: shoferning, o‘qituvchining ish jarayonidagi diqqati taqsimlangan diqqatdir. Diqqatning barqarorligi – устойчивость внимания – steady attention - diqqatning o‘z ob’ektiga kuchli yo‘naltirilishi va faol to‘planishidan iborat ijobiy xususiyati. Diqqatning to‘planishi – сосредоточенность внимания - rapt attention – bir vaqtning o‘zida barqaror ravishda ma’lum bir ob’ektga diqqatning qaratilishi. Diqqatning chalg‘ishi – отвлечение внимания – distracted attention – ma’lum bir faoliyat jarayonida diqqatning bir ob’ektdan boshqa bir ob’ektga ixtiyorsiz ravishda o‘tib turishidan iborat salbiy xususiyati. Diqqatsizlik – невнимательность – inattention - diqqatni ob’ektga yo‘naltira va to‘play olmaslik, atrofdagi kishilarga nisbatan e’tiborsizlik yoki iltifotsizlikdan iborat salbiy xarakter xislati. Diqqat depressiyasi – депрессивность внимания – depression of attention - (lat. depresio –pasayish)-turli tashqi va ichki omillarga ko‘ra ob’ektda to‘planish va mustahkamlanishning kuchsizlanishi va buzilishi. Diqqat korreksiyasi –коррекция внимания – correct of attention - (lat. Correctio - tuzatish) - insonda diqqat patologik holatga (buzilishga) uchraganda maxsus usul va uslublardan foydalanib tuzatish. Dominanta – доминанта – dominate - (lat. dominans–hukmronlik qiluvchi) –muayyan nerv uchastkasidagi kuchli qo‘zg‘atuvchanlik qobiliyatiga ega bo‘lgan qo‘zg‘alish markazi. Dominanta mavjudligida undan boshqa nerv markazlari tormozlangan bo‘ladi. Dominanta markaziy nerv tizimiga kelgan har qanday qo‘zg‘alish, impulslarni qabul qilib, ularga tegishli javob qaytaradi-da, shu tariqa boshqa markazlarni tormozlash evaziga o‘z faoliyatini yana kuchaytiradi. Dominanta tushunchasi fiziologiya faniga A. A. Uxtomskiy tomonidan kiritilgan. Uning isbotlashicha, dominanta orqa miyadan tortib to bosh nerv markazlarini ishlash prinsipini tashkil qiladi. Dominanta diqqatning fiziologik asosidir. Ijtimoiylashgan diqqat – социально-обусловленное внимание – social attention - esa hayot davomida ta’lim va tarbiya natijasida irodaviy aktni nazorat qilish bilan bog‘liq ravishda namoyon bo‘ladi. Ixtiyoriy diqqat – произвольное внимание – arbitrarily attention - ongning oldindan belgilangan maqsadga muvofiq irodaviy va asabiy faollik ko‘rsatgan holda muayyan ob’ektga yo‘nalishi va unga to‘planishdan iborat diqqat turi. Ixtiyorsiz diqqat – непроизвольное внимание – involuntary attention - ongimizning oldindan belgilangan maqsadsiz ravishda muayyan ob’ektga yo‘naltirilishi va unga to‘planishidan iborat diqqat turi. Ixtiyorsiz diqqat ob’ektlari narsa va hodisalarning odatdan tashqari holati, belgisi, sifati va boshqalardir. Ichki diqqat – внутреннее внимание – inherent attention - ongimizning o‘z sub’ektiv taassurotlarimiz, his-tuyg‘ularimiz va intilishlarimizga qaratilishidan iborat diqqat turi. Kasbga xos diqqat – профессиональное внимание – professional attention - ma’lum bir kasbda ko‘p yil ishlash natijasida shu kasbning talabalari va ob’ektiv xususiyatlariga mos ravishda tarkib topgan diqqat turi. Masalan: chorrahada ko‘cha harakatini boshqaruvchining diqqati bilan mikroskop yordamida ilmiy kuzatish olib boradigan olimning diqqati bir-biridan keskin tafovut qiladi. Birinchisi diqqatning taqsimlanishini, ikkinchisi esa markazlashuv xususiyatlarini talab qiladi. Nerv jarayonlarining induksiyasi – индукция нервной системы - induction of nervous system - oliy nerv faoliyatining qo‘zg‘alish va tormozlanish jarayonlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabat: MNSining biror markazida qo‘zg‘alish paydo bo‘lsa, u boshqa markazlarda tormozlanishning kelib chiqishiga, tormozlanish esa qo‘zg‘alishning kelib chiqishiga sabab bo‘lishdan iborat qonuniyat. Nerv tizimi jarayonlarning konsentratsiyasi – концентрация нервной системы – concentration of nervous system - markaziy nerv tizimidagi qo‘zg‘alish yoki tormozlanish jarayonlarining vaqt o‘tishi bilan dastlabki paydo bo‘lgan uchastkasiga to‘planish qonuni. Parishonlik – рассеянность – absent-mindedness - diqqatni ma’lum bir ob’ektga qarata olmaslikdan iborat salbiy xususiyat. Parishonlik vaqtincha holat bo‘lishi ham, shaxsning nisbatan barqaror xislati sifatida gavdalanishi ham mumkin. Parishonlikning ikki turi mavjud bo‘lib, biri diqqatni umuman hech narsaga qarata olmaslik hisoblansa, ikkinchisi diqqatning muayyan ob’ekt ustiga kuchli to‘plantirib, boshqa narsalarga qaratilmasligidir. Parishonlik psixopatologik sabablarga ko‘ra kelib chiqishi ham mumkin. Retikulyar formatsiya – ретикулярная формация – reticular formation - bosh miya tepa qismidagi (uzunchoq miya, Voroliev ko‘prigi, o‘rta miya) nerv hujayralari bo‘lib, ular o‘z tuzilishiga ko‘ra, qalin to‘rni eslatadigan o‘simtalarga egadir. Ko‘zg‘ovchilar ta’sir ostida turli retseptorlardan bosh miyaga signallar olib boradigan sezuvchi nervlarning o‘simtalari. R. F. ga tutashgan bo‘lib, mavjud singal R. F. ni ham qo‘zg‘aydi. R. F. da xos bo‘lgan qo‘zg‘alish, o‘z navbatida, bosh miya qobig‘idagi turli markazlarni qo‘zg‘aydi. Bosh miyadagi qo‘zg‘alish esa R. F. ning faoliyatini yo kuchaytiradi, susaytiradi. Demak, R. F. ning har bir hujayrasi sezgi organidan ko‘p signallar qabul qilib olib, bosh miya va orqa miya faoliyatiga umumiy holda ta’sir ko‘rsatib turadi. Tabiiy diqqat – природное внимание – natural attention - insonga tug‘ilishidan tabiat tomonidan tug‘ma qobiliyat sifatida in’om etiladi. U orqali inson tanlovchanlik asosida u yoki bu tashqi hamda ichki stimullarga o‘z ta’sirini ifodalaydi. Tashqi diqqat – внешнее внимание – external attention - ongimizning ob’ektiv voqelikdagi narsa va hodisalarga, ularning ayrim belgi va xususiyatlariga yo‘naltirilish, ularda faol to‘planadigan diqqat turi. Ergograf – эргограф – ergograph - (yunon. ergon) –mushaklarning ishini grafik usulda ifodalashda qo‘llaniladigan, ayniqsa, toliqish jarayonini o‘rganishda qo‘llaniladigan asbob. Amneziya – амнезия – amnesia - (yunon. a-inkor yuklama, mnema-xotira) amneziya; xotira faoliyatining qisman buzilishi yoki to‘liq yo‘qolishidan iborat ruhiy nuqson. Amneziya (xotira nuqsoni) holatida kishi ba’zan hatto o‘z ismi sharifini unutib qo‘yishi ham mumkin. Amneziya holati turli kasalliklarda (mas. meningit) yoki bosh miya qobig‘ining zararlanishi natijasida sodir bo‘ladi. Assotsiatsiya – ассоциация – association - (lotincha associstio-birlashish, qo‘shilish) birlashish, uyushish ongimizdagi avvalgi turmush tajribalari bilan belgilanadigan tasavvurlar bog‘lanishi, shu bog‘lanishlar tufayli ongimizda paydo bo‘ladigan muayyan tasavvurlar o‘xshashlik, yondoshlik va qarama-qarshilik belgilariga ko‘ra, shunga bog‘liq bo‘lgan boshqa tasavvurlarni hosil qiladi. Induksiya - индукция - induction - (lotincha inductio - keltirib chiqarish)-induksiya; juz’iy, xususiy, yakka hollardan umumiylikka o‘tish jarayonidir. Asab jarayonlarining induksiyasi oliy asab faoliyatining qo‘zg‘alish va tormozlanish jarayonlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabat; markaziy asab tizimida qo‘zg‘alish paydo bo‘lsa, u boshqa markazlarda tormozlanishni keltirib chiqaradi yoki aksincha. Ixtiyorsiz esda qoldirish – непроизвольное запоминание – involuntary encoding - idrok qilingan narsa va hodisalarni, ularning ayrim belgilari va xususiyatlarini, ular haqidagi fikr hamda tushunchalarni oldindan aniq maqsad qo‘ymagan holda esda qoldirishdan iborat xotira jarayoni. I. P. Pavlovning fikricha, ixtiyorsiz esda qoldirish bosh miya yarim sharlari qobig‘ining ma’lum darajada tormozlangan uchastkalari orqali ro‘y beradi. Sрuning uchun ham ixtiyorsiz esda qoldirilgan narsalarni biz keyin payqab qolamiz. Ixtiyoriy esda qoldirish – произвольное запоминание - voluntary encoding - idrok materialini maqsadga muvofiq, uning muhimligini anglangan holda, irodaviy va asabiy kuch sarflab esda qoldirishdan iborat xotira jarayoni. Kasbiy xotira – профессиональная память – professional memory - bevosita o‘z kasbiga doir narsa va hodisalarni, fikr, mulohaza, hissiyot, harakatlarni esda qoldirish, mustahkamlash va esga tushirishdan iborat xotira turi. Letargiya – летаргия – lethargic stupor - (yunon. letargia-unitish, esdan chiqarish); soatlab, bir necha kunlab, hatto, ba’zan oylab davom etadigan ruhiy kasallikdagi uyqu. Letargiya holatida insonning nafas olishi, tomir urishi deyarli bilinmaydi, tana qismlari harakatsiz, faoliyatsiz, sust bo‘lib qoladi. Ma’nosiga tushunmay (mexanik) esda qoldirish – механическое запоминание – automatic encoding - muayyan materialni uning mazmuniga, mohiyatiga tushunmasdan, quruq yodlash asosida esda qoldirish. Unday esda qoldirishning asosiy sharti materialning ko‘p marta takrorlanishidir. Mantiqiy esda qoldirish – logicheskoe zapominanie – semantic encoding - materialning ma’nosiga tushunib, uning alohida qismlari o‘rtasida mantiqiy bog‘lanishlar hosil qilgan holda esda qoldirishdan iborat xotira jarayoni. Mantiqiy esda qoldirish esda qoldirishning eng tejamli hamda mahsuldor turidir. Mantiq xotirasi – логическая память – thinking memory - ma’lum g‘oyalar, fikrlar, hamda ular o‘rtasidagi mantiqiy bog‘lanishlarni esda qoldirish, mustahkamlash va zarur paytlarda esga tushirishdan iborat bo‘lgan xotira turi. Mexanik xotira – механическая память – automatic memory - muayyan materialni uning mazmuni, mohiyati, ichki mantiqiy bog‘lanishlariga tushunmagan holda, faqat muhim bo‘lmagan tashqi belgilariga asoslanib esda qoldirish, mustahkamlash va esga tushirishdan iborat xotira turi. Mnemonika – мнемоника – mnemonics - esda qoldirishni engillashtirish maqsadida sun’iy ravishda maxsus chizmalari, shartli belgilar tariqasida qo‘llaniladigan usullar yig‘indisi. Mnemonika ko‘proq assotsiativ (o‘xshashlik, yondoshlik va qarama-qarshilik) qonunlarga asoslangan bo‘lib, faqat o‘zaro bog‘langan ma’lumot va materiallarni esda qoldirish uchun qo‘llaniladigan yordamchi usullar yig‘indisi. Obraz xotirasi – образная память – imagery memory - yaqqol mazmunni, ya’ni narsa va hodisalarning aniq obrazlarini, ularning yorqin xususiyati va bog‘lanishlarini esda qoldirish, mustahkamlash hamda esga tushirishdan iborat xotira turi. Proaktiv tormozlanish – проактивное торможение – proactive interference - (lotincha pro olg‘a, activus faol); avvalgi faoliyatning undan keyingi materiallarni esda qoldirish yoki esga tushirishga salbiy ta’sir ko‘rsatishdan iborat xotira qonuni. Paramneziya – парамнезия – paramnesia - (yunon. para oldida, yonida, mnesis eslash)-paramneziya; sodir bo‘layotgan voqelikning qachonlardir boshdan kechirilgandek bo‘lib tuyulishidan iborat xotira kasalligi; yolg‘on esdaliklar yoki xotiraning aks etishi (illyuziyasi). Retroaktiv tormozlanish – ретроактивное торможение – retroactive interference - (lotincha retro qaytadan, orqaga, activus faol, harakatchan); muayyan materialni esda qoldirish yoki esga tushirish jarayoniga undan keyingi faoliyatning salbiy ta’siri. Retroaktiv tormozlanish oldingi faoliyatga o‘xshash materiallardan birontasini esda qoldirish yoki esga tushirishda ayniqsa yaqqol ko‘rinib, uning fiziologik sababi asab jarayonlarining salbiy induksiyasidir (keltirib chiqaruvchisidir). Retrograd amneziya – ретроградная амнезия – retrograde amnesia - (lotincha retrogradis orqaga ketuvchi, a-inkor yuklamasi, mnema-xotira); Ilgari yuz bergan voqea va hodisalarni esda saqlashdan, hozir sodir bo‘lgan voqea va hodisalarni unitishdan iborat xotiraning kasallanishi yoki shikastlanishi (nuqsoni). Xotiraning tiklanishi esa unutish jarayoniga teskari ravishda ro‘y beradi; keyinchalik unutilgan oldin, oldin unutilganlar keyin esga tushiriladi. Reproduksiya – репродукция – repression - (lotincha re - qaytadan, pradicjo esga tushirish)-reproduksiya; ongda mavjud narsalarni qayta tiklash yoki esga tushirishdan iborat xotira jarayoni. Tanish – узнавание – recognition - tevarak- atrofdagi narsa va hodisalarni inson tomonidan qayta idrok qilish sharoitida esga tushirish. Tezkor – оперативная память – chunking memory - (operativ. lot. operativ-tezkor) xotira inson tomonidan bevosita amalga oshiriladigan ko‘z harakatlari, aqliy harakatlar uchun xizmat qiluvchi xotira jarayonidan iboratdir. Masalan, matematik amalni bajarishga kirishar ekanmiz, biz uni bo‘laklarga ajratib bajarishga kirishamiz; oraliq natijalarini esimizda saqlab turamiz: faoliyatimiz nihoyasiga yaqinlashgan sari ayrim materiallar esdan chiqa boshlaydi. Bunday holatni matnni o‘qishda, uni ko‘chirib yozishda, murakkabroq aqliy mehnatni amalga oshirishda kuzatish mumkin. Mazkur ko‘z tez ilg‘ovchi birliklarning (bo‘laklarning) hajmi yoki bu faoliyatni muvaffaqiyatli yakunlanishi uchun ta’sir qiladi. Xotiraning ko‘z tez ilg‘ovchi birliklarining vujudga kelishida mana shu qismlarning ahamiyati kattadir. Uzoq muddatli xotira – долговременная память – long-term memory - ko‘p martalab takrorlash va qayta tiklashlar orqali uzoq vaqt, muddat esda olib qolishga mo‘ljallangan xotira turi. Unutish – забывание – forgetting – esda olib qolingan materialni yoki narsa-hodisani unutish, shaxs uchun ahamiyatsiz, keraksiz bo‘lgan ma’lumotlarning izlarini yo‘qotish jarayoni. Fenomenal (gr. – noyob) xotira – феноменальная память – phenomenal memory - idrok qilingan narsa va hodisalarni, ularning bog‘lanishi munosabatlarini favqulodda tez hamda aniq esda qoldirish va esga tushirishga qaratilgan nodir qobiliyati. Xotira – память – memory - atrof-muhitdagi voqelik(narsa)ni bevosita va bilvosita, ixtiyoriy va ixtiyorsiz ravishda, passiv va aktiv (faol) holda reproduktiv va produktiv tarzda, verbal va noverbal shaklda, mantiqiy va mexanik yo‘l bilan aks ettiruvchi esda olib qolish, esda saqlash, qaytadan esga tushirish, unitish hamda tanish, eslashdan iborat ruhiy jarayon alohida va umumiy namoyon qiluvchi hodisa, barcha taassurotlarni ijodiy qayta ishlashga yo‘naltirilgan mnemik (yunoncha mnema-xotira) faoliyatdir. Esda saqlash – сохранение – storage – esda olib qolingan ma’lumotlarni uzoq muddatli xotira asosida izlarining mustahkamlanib saqlanish jarayoni. Esga tushirish – воспроизведение – retrieval - uzoq muddatli xotira tizimida avval mustahkamlangan turli xususiyatli materiallar va taassurotlarni operativ (tezkor) xotira jabhasiga ko‘chirishning faollashuvi. Eslash – воспоминание – recall - xotira ixtiyoriy yoki ixtiyorsiz holatda esga tushirish. Eshitish xotirasi – слуховая память – acoustics memory - tovush qo‘zg‘atuvchilarini sezish, idrok qilish natijasida hosil bo‘lgan eshitish obrazlarini esda qoldirish, mustahkamlash va esga tushirishdan iborat xotira turi. Eshitish xotirasi asosan ko‘zi ojiz kishilarga va musiqachilarda kuchli rivojlangan bo‘ladi. Esda olib qolish – запоминание – encoding - idrok qilingan materiallarni, narsa va hodisalarni ongimizda qoldirishdan iborat xotira jarayoni. Eydetizm - эйдетизм - iconic memory - (yunon. eidos obraz) eydetizm; avval idrok qilingan narsa va hodisalarning obrazlarini (timsollarini, tasvirlarini) ongda aniq, to‘liq va yorqin holda uzoq vaqt saqlab qola olish qobiliyatida ifodalaydigan ruhiy hodisa. Qisqa muddatli xotira – кратковременная память – working/short-term memory - bir marta, shuningdek, qisqa vaqt oralig‘ida idrok qilish hamda shu kezdayoq qayta tiklashdan iborat bo‘lib, qisqa muddatli esda olib qolish bilan tavsiflanadi. Harakat xotirasi – двигательная память – movement memory - turli harakatlarni, ularning bajarilish tartibi, tezligi, sur’ati, izchilligi va boshqa sifatlarini esda qoldirish, mustahkamlash hamda esga tushirishdan iborat turi. Harakatni esga tushirish shu harakatni bevosita bajarish yoki tasavvur qilish orqali sodir bo‘ladi. His-tuyg‘u xotirasi – эмоциональная память – sensory memory - voqelikdagi narsa va hodisalardan, o‘z-o‘zimizga bo‘lgan munosabatlarimizdan kelib chiqadigan yoqimli hamda yoqimsiz kechinmalarni esda qoldirish va esga tushirishdan iborat xotira turi. His-tuyg‘u yoki hissiy xotira odamlarning ilgari o‘z boshidan kechirgan his-tuyg‘ularni hissiy holatlarini esda olib qolishdir. Abstrakt tafakkur- narsalarning mohiyatini aks ettiruvchi va so’zlarda ifodalovchi tushunchalarga tayanib fikr yuritish Abstraktsiya (lot. Abstractio mavxumlashtirish) – narsalarnnng o’ziga xos belgi va xususiyatlarini, ular o’rtasidagi bog’lanishlarni, narsalarning muhim belgi va xususiyatlarini ajratib olishga qaratilgan fikrlash operatsiyasi. Avtoritar tafakkur -muayyan fikrni chin yoki yolg’onligini ob’ektiv dalillar bilan isbotlash o’rniga, inson shaxsining ijobiy yoki salbiy sifatlari bilangina cheklanib qolishdan iborat tafakkur turi Ayruvchi hukm - narsalar va hodisalar bir necha belgiga nisbatan berilib, shu belgilardan farqi bitta unga tegishli bo’ladi Amaliy tafakkur – ko’pincha vaqt tanqisligi sharoitida yuzaga keladigan va hatti - harakatlarning maqsadini aniqlash, reja loyihalarni ishlab chiqish bilan bogliq. Analiz – shunday bir tafakkur operatsiyasidirki uning yordami bilan biz narsa va hodisalarni fikran yoki amaliy jihatdan xususiyatlarini tahlil qilamiz. Analogiya - ikki predmetning ba’zi bir belgilari o’xshashligiga qarab, bu predmetlarning boshqa belgilarining o’xshashligi to’g’risida xulosa chiqarish Autistik tafakkur- insonning hohish va istaklarini amalga oshirish bilan bog’liq ravishda sodir bo’ladi. Vizual tafakkur- masala yechimini qabul qilishga va informatsion tayyorgarlik ko’rishga qaratilgan fikr yuritish Deduktsiya (lot. deductio - keltirib chiqarish) – umumiy hukmlardan yakka hukmlarga qarata borish orqali mantiqiy hulosa chiqarishdan iborat tafakkur shakli. Diskursiv tafakkur- bir-birlari bilan uzviy ravishda bog’langan mulohaza yuritishdan iborat tafakkur jarayoni Juz’iy hukm- belgining biror turkumigagina taalluqliligini tasdiqlovchi yoki inkor qiluvchi hukm Ijodiy tafakkur – murakkab bilish faoliyatidan biri bo’lib, dastavval savollar tug’iladi, vazifa aniqlanadi, masalani yechish va savollarga javob qidirish jarayoni vujudga keladi. Induktsiya – (log. inductio – keltirib chiqarish) – juz’iy yoki yakka hollardan umumiyga, ayrim dalillardan umumlashmalarga qarab boradigan, induktiv xulosa chiqarishga asoslangan mantiqiy bilish metodi, tafakkur shakli. Intuitsiya (lot. intueri – yaxshilab, diqqat bilan qaramoq) voqelikni bilishning bevosita haqiqatga aylanishi bilan amalga oshiriladigan alohida usul bo’lib, uning yordamida muammoli vaziyatlar yechimini topish mumkin, u ijodiy faoliyat mexanizmi sifatida tushuntiriladi. Klassifikatsiyalash – bir turkum ichidagi narsalarning bir-biriga o’xshashligiga va boshqa turkumdagi narsalardan farq qilishiga qarab narsalarni turkumlarga ajratish tizimidir. Konkretlashtirish – hodisalarni ichki bog’lanish va munosabatlardan qat’iy nazar bir tomonlama ta’kidlashdan iborat fikr yuritish operatsiyasidir Konkret tafakkur- fikr yuritilishi lozim bo’lgan narsa-hodisalarni idrok yoki tasavvur qilish mumkin bo’lgan tafakkur turi Ko’rgazmali obrazli tafakkur – tafakkur turlaridan biri, bu tasavvur qilinayotgan narsa va hodisalar haqida fikrlashni xarakterlab beradi. Ko’rgazmali harakat tafakkuri – tafakkur turlaridan biri, narsa va xodisalar bilan ishlash jarayonida ularni bevosita idrok qilishda namoyon bo’ladi. Nazariy tafakkur – tafakkur turlaridan biri, u ob’ektlarning xususiyatlarini, qonuniyatlarini ochishga qaratilgan bo’ladi. Produktiv tafakkur- qisqa vaqt birligi ichida yangi original fikrlar yaratish yoki muhim ilmiy, amaliy masalalarni hal qilish bilan belgilanadigan tafakkur Realistik tafakkur qurshab olgan atrof-muhitni o’rganishga, aks ettirishga qaratilgan fikr yuritish bo’lib, u mantiqiy qonun va qoidalar yordami bilan voqelikni in’ikos qiladi Reproduktiv tafakkur - passiv, tayyor mulohazalarni o’zlashtirib olishga va “tayyor holda” undan foydalanishga qaratilgan insonning bilish faoliyati ko’rinishi Sintez – (yunon. sintbasis – birikish, qo’shilish) – tafakkurning yagona analitik – sintetik jarayonida yakka hodisalarni umumiylashtirishga qaratilgan fikr yuritish operatsiyasi. Sistemalashtirish – tizimga solish shundan iboratki, bunda ayrim narsalar, faktlar, hodisa va fikrlar muayyan tartibda makondagi, vaqtdagi tutgan o’rniga yoki mantiqiy tartibda joylashtiriladi. So’z – mantiqiy tafakkur – tafakkur turlaridan, bu mantiqiy operatsiyalar, omillar yordamida tushunchalar orqali ifodalanadi. Taqqoslash – narsa va hodisalar o’rtasidagi o’xshashlik va tafovutlarni aniqlashga asoslangan fikrlash operatsiyasi. Tafakkur – inson aqliy faoliyatining yuksak shakli. Sezgi idrok va tasavvurlar orqali bevosita bilib bo’lmaydigan narsa va hodisalar tafakkurda ongli ravishda aks etadi. Tahlil – tafakkur qilish usuli, bunda murakkab ob’ektlar qismlarga bo’lib o’rganiladi. Tushuncha – voqelikdagi narsa va hodisalarning muhim belgi va xususiyatlarini bitta so’z yoki so’zlar guruhi bilan ifodalashdan iborat tafakkurning mantiqiy shakli. To’planma tushuncha- bir jinsda bo’lgan narsa va hodisalar to’plami haqida yaxlit fikr yuritiladigan tushunchadir. Umumiy tushuncha- bir jinsda bo’lgan ko’p narsa va hodisalar gavdalantiriladi. Umumiy hukm bir turkumdagi narsa va hodisalarning hammasi to’g’risida tasdiqlab, yoki inkor qilib aytilgan hukm Umumlashtirish – voqelikdagi narsa va hodisalarni umumiy va muhim belgilariga qarab fikran birlashtirishdan iborat tafakkur jarayoni. Xulosa chiqarish – tafakkurning mantiqiy shakllaridan, bunda bir qayta hukmlar asosida ma’lum xulosa chiqariladi. Shartli hukm -narsa va hodisa belgisining borligini muayyan sharoitlarda tasdiqlab yoki inkor qilib aytilgan hukm Yakka tushuncha- yakka narsa va hodisalar haqidagi tushuncha Yakka hukm - yakka, yolg’iz narsa va hodisa to’g’risidagi hukm Yaqqol-obrazli tafakkur- fikr yuritilayotgan narsa va hodisalar faqat tasavvur qilinadi. Yaqqol-predmetli tafakkur- fikr yuritish obyekti bevosita idrok qilinadi. Yaqqol harakatli tafakkur – tafakkur turlaridan, u narsalar bilan ishlash jarayonida ularni bevosita idrok qilishda ifodalanadi. Hukm – tafakkur – usullaridan, u narsa va hodisalar o’rtasida o’zapo biron-bir bog’lanishlarning borligini tasdiqlash yoki inkor qilinishda ifodalanadi. Download 446.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling