Serifikatlashtirish asoslari


-mavzu. SIFAT MENEJMENTI TIZIMINI SERTIFIKATLASHTIRISH


Download 0.61 Mb.
bet57/76
Sana02.06.2024
Hajmi0.61 Mb.
#1837777
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   76
Bog'liq
SERTIFIKATLASHTIRISH ma\'ruza (1)

17-mavzu. SIFAT MENEJMENTI TIZIMINI SERTIFIKATLASHTIRISH


Sifat menejmenti tizimida ko‘rib chiqilayotgan modelni ishlashida mahsulot, xizmatlarni hamda sifat menejmenti tizimi sertifikatlash­tirishda sertifikatlashtirish eng muhim va ahamiyatli o‘rinni egallaydi. Muvofiqlikni sertifikatlashtirish sertifikatlashtirish idorasi tomonidan amalga oshiriladi.


Sifat menejmenti tizimini (bundan keyin SMT) sertifikatlashtirish natijasida tekshirilayotgan tashkilotni O‘z DSt ISO 9001:2009 talablariga muvofiqlik darajasi va SMT natijaviyligi aniqlanadi.
Sertifikatlashtirishni o‘tkazish sharoitiga qo‘yiladigan talabalar:

  • SMT sertifikatlashtirish bo‘yicha ishlar ISO/IEC 62#S, O‘z DSt ISO 19011:2004 va sifat tizimini sertifikatlashtirish standarti, Sertifikatlashtirish milliy tizimida akkreditlangan sifat tizimini sertifikatlashtirish idoralari o‘tkazadi.

  • Sertifikatlashtirishni o‘tkazish sharoitida SMT mavjud bo‘lgan va rasmiy joriy qilingan hujjatlashtirilgan korxonalarda o‘tkaziladi.

  • SMT sertifikatlashtirish bo‘yicha ishlarda sifat tizimini sertifikatlashtirish bo‘yicha ekspertlar (auditorlar), ro‘yxatga olingan sertifikatlashtirish bo‘yicha xodimlar va zaruriy hollarda texnik ekspertlari jalb qilinadi.

  • Buyurtmachi SMT qo‘llanish sohasini aniqlab, murojaati va audit natijalari bo‘yicha sertifikatlashtirish idorasi SMT sertifikatlashtirish sohasini aniqlaydi.

SMT sertifikatlashtirishda audit ob’ektlari sifatida quyidagilar hisoblanadi:

  • SMT qo‘llanish sohasi;

  • iste’molchi talablariga mahsulot sifatini muvofiqligi va ushbu mahsulotga bo‘lgan majburiy talablar;

  • SMT da hujjatlashtirish O‘z DSt ISO 9001:2009 talablarining to‘liq va aniq mavjudligi;

  • SMT jarayonlarining ishchi holati, tizim hujjatlari talablarini bajarilishini haqqoniy munosabati va SMT natijaviyligini ta’minlash.


Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling