Servis faoliyati asoslari
Gidning optimistligi(nekbinligi)
Download 322.53 Kb.
|
MAVZU Xizmat ko’rsatuvchi mutaxasisning kasbiy tayyorgarligi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Gidning individualligi.
- Gidning obro‘yi
Gidning optimistligi(nekbinligi). Insonning zaruriy fazilatlariga quyidagilarni kiritish mumkin: optimistlik, hayotdan zavqlanish, tetiklik, atrofdagi yaxshi va ijobiy narsalarni ko‘ra olish va sh.k. Gidning optimistligi uning mehmondo‘stligi, xushmuomilaligi, tabassumi, atrofdagi insonlarga e’tibori, guruhda yaxshi muhit yaratishi, kayfiyatini ko‘tara olishida namoyon bo‘ladi.
Ekskursiya xizmatida hikoyaning ohangi, berilayotgan bilimlarning ishonarliligi, ekskursiyani yaxshi o‘tishiga ishonishi, o‘z o‘rnida hazillashishi, bularning barchasi gidning optimistligidan dalolat beradi. Gidning individualligi. Har bir inson uni boshqalardan ajratib turuvchi o‘ziga xos xususiyatlarga ega (nutqi, ma’lumotni yetkazishi, imo-ishoralari va sh.k.). Marshrutda gidning hikoyasini eshitib, shuni anglash mumkinki, u ba’zi detallarni o‘zicha bayon qiladi, fikrlar qo‘shadi, imo-ishoralar, tabassumidan foydalanadi. Bir gid yozma manbalarga murojaat qilsa, boshqasi mavzuni boyituvchi she’rlar o‘qiydi, uchinchisi hujjat ma’lumotlaridan foydalansa, boshqasi tanaffusni to‘g‘ri belgilaydi. Ko‘p yillik ish tajribasiga ega gidlarda ekskursiyani olib borishning individual yondashuvi shakllangan bo‘ladi va yillar davomida qo‘llab kelayotgan usullarni o‘z o‘rnida boshqa usullar bilan uyg‘unlashtirib ishlatishadi. Gidning obro‘yi (avtoriteti) bevosita shaxsiyat muammosiga tegishlidir. Gidning obro‘yi uning bilimi, malakasi, ko‘nikmasi, mafkurasi, tajribasiga asoslanadi. Bu obro‘y bir necha omillar majmuasi, yig‘indisidan kelib chiqadi: a) holat obro‘yi, bu gidning ekskursiya rahbari, ekskursantlarni boshqarishi faoliyatini nazorat qilishi bilan belgilanadi; b) bilimliligi obro‘yi, ekskursiya mavzusini ekskursantlardan ko‘ra chuqurroq bilishi gid obro‘yini mustahkamlaydi; d) malakaviylik obro‘yi, ekskursiyalarni o‘tkazish tajribasining mavjudligi malakaviylik obro‘yini shakllantiradi (ekskursiyani o‘tkazishning uslubi va texnikasini qo‘llash ko‘nikmasi); e) gid obro‘yining muhim negizi bu- uning nutq madaniyati va noverbal vositalarni qo‘llay olishidir; g) ekskursantlar bilan o‘zaro munosabati, guruhda zaruriy muhitni yaratish. Bunda uning o‘zini tutishi madaniyati va nutqi gid obro‘yining negizi hisoblanadi. Gid kasbiy mahoratining asosini uning malaka va ko‘nikmasi tashkil etadi. Malaka- bu insonning egallagan bilim va ko‘nikmalari yordamida ma’lum harakatlarni bajarishdir. Malaka – ongli, hatti-harakatning avtomatlashtirilgan tarkibiy qismi. Malaka – faoliyat jarayonida uning biror-bir elementini (ongning eng kam nazorati ostida) bajarish qobiliyatidir. Ko‘nikma, malakalar maqsadga yo‘naltirilgan faoliyat jarayonida shakllanadi. Kasbiy mahoratni shakllantirish uchun chuqur bilim va uslubiy vositalardan foydalanish malakasi zarurdir. Gid mahoratini egallashning quyidagi yo‘llari mavjud: boshqa gidlar tajribasini qo‘llash, o‘quv mashqlarini bajarish, ekskursiyalarga qatnashib ko‘rish va sh.k. Gidning muhim mahoratlaridan biri auditoriya uchun bilimlarni qulay moslashtirishdir. Download 322.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling