Servis faoliyati asoslari


Ushbu ko'nikmalar yana qanday ishlarda ishlatilishi mumkin?


Download 322.53 Kb.
bet8/25
Sana26.06.2023
Hajmi322.53 Kb.
#1656220
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   25
Bog'liq
MAVZU Xizmat ko’rsatuvchi mutaxasisning kasbiy tayyorgarligi

Ushbu ko'nikmalar yana qanday ishlarda ishlatilishi mumkin?
Yuqorida sanab o'tilgan ko'nikmalar o'tkaziladigan qobiliyatlar deb ataladi - turli xil hayotiy tajribalar davomida siz ishlab chiqqan ko'nikma va qobiliyatlar, ular bir ishdan ikkinchisiga o'tkazilishi mumkin. Turizmda ishlash natijasida olingan ko'nikmalar bir qator boshqa ishlarda qo'llanilishi mumkin, jumladan:

  1. Ma'muriyat xodimi

  2. Aloqa markazi xodimi

  3. Kuryer/etkazib berish agenti

  4. Pochta va posilkalarni saralash

  5. Shaxsiy yordamchi

  6. Ko'chmas mulk agenti

  7. Savdo bo'yicha menejer

  8. Yordamchi ishchi

  9. Do'kon xodimi .

1.2. Xizmat ko’rsatishda ekskursiya rahbari – gidga qo‘yilgan talablar
Har bir kasb mehnat faoliyati bo‘lib, insondan aniq bilim va mehnat ko‘nikmalarini talab qiladi. Bu bilim va ko‘nikmalar umumiy va maxsus ta’lim hamda ishchining kunlik amaliy faoliyati jarayonidan olinadi.
Gidning ishi yaqin o‘tmishgacha kasb sifatida qaralmagan, u havaskor guruh uchun qiziqarli mashg‘ulot bo‘lgan, xolos. Gid ishini turli soha mutaxassislari o‘zlarining asosiy faoliyatlaridan ajralmagan holda bajarishgan (pedagoglar, muzey ilmiy xodimlari, institut ilmiy xodimlari va h.k.). Faqatgina bir necha ekskursiya muassasasi va alohida muzeylar shtatida gidlar mavjud bo‘lgan, xolos. Ammo o‘sha paytlarda bu faoliyat kasbiy xususiyatlarga ega bo‘la boshlagan.
Ekskursiya xizmati funksiyasining o‘zgarishi, uning dam olish shaklidan mehnat jamoalarida madaniy-tarbiyaviy ishlarning tashkiliy shakliga aylanishi, aholiga xizmat ko‘rsatuvchi tarmoqqa aylanishi, yangi mutaxassislik, ya’ni gid rolining oshishiga olib keldi.
O‘zbekiston Respublikasining «Turizm to‘g‘risida»gi Qonunining 3-moddasiga turistik guruh rahbari (turlider) va gid (ekskursiya yetakchisi) tushunchalari kiritilgan. Unga ko‘ra «turistik guruh rahbari - turistik faoliyat sub’ektlarining vakili bo‘lgan va uning nomidan ish ko‘rib, turistlarga xizmat ko‘rsatish shartnomasi shartlarining bajarilishini ta’minlovchi jismoniy shaxs», «Gid (ekskursiya yetakchisi) - tur qatnashchilariga turistik xizmatlar ko‘rsatish shartnomasi doirasida ekskursiya-axborot, tashkiliy yo‘sindagi xizmatlar va malakali yordam ko‘rsatuvchi jismoniy shaxs»2-degan ta’riflar kiritilgan.
Gid kasbining shakllanishi murakkab va ko‘pqirralidir. Unda quyidagi 4 ta bosqichni ajratish mumkin:
1.2.1-jadval

Download 322.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling