Servis sohasi iqtisodiyoti kafedrasi «Tarmoqlar va sohalar marketingi» fanidan


-jadval Xizmatlarni turkumlash asoslari


Download 69.05 Kb.
bet10/16
Sana03.02.2023
Hajmi69.05 Kb.
#1148926
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
Bog'liq
G\'aybulloyev Farmon kurs ishi [1].docx 25.01.2023

1.3-jadval
Xizmatlarni turkumlash asoslari

(jadval rasmi)


Agar «noishlab chiqarish sohasi» atamasini «ijtimoiy soha» va «institutsional soha» atamalari bilan almashtirilsa, shuni ko‘rish mumkinki, xizmatlar sohasi katta yoki kichik darajada inson xayot faoliyatining barcha sohalarini qamrab oladi.
Shunday qilib, xizmatlar sohasini turli tuman xizmatlarni ishlab chiqish bilan band bo‘lgan korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va faoliyat turlari majmuasi sifatida aniqlash mumkin. Bozor iqtisodiyotida xizmatlar sohasi bozor va nobozor sohalarini o‘z ichiga oladi. Xizmatlar sohasining bozor sohasini xizmatlar bozori tashkil etadi. Xizmatlar sohasining nobozor sohasini aholiga davlat va notijorat xizmatlari ko‘rsatish tizimi tashkil etadi.
Xizmatlar marketingi – mijozlarning o‘ziga xos ehtiyojlarini aniqlashga yo‘naltirilgan xizmatlarni ishlab chiqish, ilgari surish va amalga oshirish jarayonidir. U mijozlarga servis firmasi xizmatlarini baholash va to‘g‘ri tanlovni amalga oshirishga yordam berishi ko‘da tutilgan. Mijozga moddiy shaklga ega bo‘lmagan bir narsa beriladi, mijoz esa bundan naf va foyda olishi lozim bo‘ladi.
Xizmatlar marketingida taqdim etishda xizmatlar ustunlik qiladi, tovarlar esa ularni to‘ldiradi. Masalan, soch olish bahosining asosiy qismini sartarosh foydalanayotgan uskuna emas, u sarflayotgan vaqt tashkil etadi.
Xizmatlar marketingi – mijozlarning o‘ziga xos ehtiyojlarini aniqlashga yo‘naltirilgan xizmatlarni ishlab chiqish, ilgari surish va amalga oshirish jarayonidir. U mijozlarga servis firmasi xizmatlarini baholash va to‘g‘ri tanlovni amalga oshirishga yordam berishi ko‘da tutilgan.
Xizmatlar marketingi – ular tufayli har qanday xo‘jalik yurituvchi sub’ekt xizmatlari mijozlargacha yetib boradigan harakatlar. Xizmatlar marketingida taqdim etishda xizmatlar ustunlik qiladi, tovarlar esa ularni to‘ldiradi.
Xizmatlar marketingiga xizmatlar turlanishi, iqtisodiyotda xizmatlar o‘rni va servis firmalarnning marketingdan foydalanishi nuqtai nazaridan qarab chiqish mumkin.
Xizmat qiluvchi xodim sotish va xizmat ko‘rsatish, to‘lovlarni uddalash va ta’mirlangan tovarlarni yetkazib berish singari turli vaziyatlarda mijozlar bilan hamkorlik qilish uchun tayyorlangan bo‘lishi lozim.
Servis marketingining bazaviy qoidalari amerikalik tadbirkor Sayers Makkornik tomonidan ifoadalab berilgan. U birinchi kombayn loyihasini tuzgan va faqat texnika sohasida ma’lumotga ega bo‘lgan holda zamonaviy marketingning bozorni o‘rganish va tahlil qilish, servis xizmatlari ko‘rsatish va narx siyosatini tanlashning asosiy tamoyillari kabi asosiy yo‘nalishlarini ifodalab bergan.
Xizmatni iste’molchi iste’mol qiladi, ammo odatda xizmat xodim tomonidan ko‘rsatiladi. Bu hol adabiyotlarda “marketing menejeri” deb qayt etiladi. Marketing menejeri xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarni boshqarishi va yo‘naltirishi lozim bo‘ladi.
Natijada marketing menejeri bir vaqtda ikkita vazifani bajarishga, ya’ni marketing boshqaruvini va aloqadagi xodimlarni boshqarishga to‘g‘ri keladi.
Xizmatlar sohasining ahamiyatini yanada oshib borishi va xalqaro ahamiyatga ega bo‘lishini tushunish uchun xo‘jalik xayotida muhim rol o‘ynaydigan xizmatlarning o‘z mohiyatini chuqur o‘rganish lozim. Xizmatlar sohasini turli tuman xizmatlarni ishlab chiqish bilan band bo‘lgan korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va faoliyat turlari majmuasi sifatida aniqlash mumkin. Bozor iqtisodiyotida xizmatlar sohasi bozor va nobozor sohalarini o‘z ichiga oladi. Xizmatlar sohasining bozor sohasini xizmatlar bozori tashkil etadi. Xizmatlar sohasining nobozor tarmog‘i aholiga davlat va notijorat xizmatlari ko‘rsatish tizimi tashkil etadi va uning infartuzilmasini doimo takomillashtirish talab etiladi.



Download 69.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling