Servis sohasi iqtisodiyoti kafedrasi «Tarmoqlar va sohalar marketingi» fanidan
Mavzu: Xizmatlar sohasi marketingining oʻziga xos xususiyatlari
Download 69.05 Kb.
|
G\'aybulloyev Farmon kurs ishi [1].docx 25.01.2023
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kirish Men bu kurs ishimda O’zbekistonda xizmatlar sohasining rivojlanishi va xizmatlar marketingining tashkil etilishi haqida ma’lumotlarni taqdim etaman. Mavzuning dolzarbligi
Mavzu: Xizmatlar sohasi marketingining oʻziga xos xususiyatlari
MUNDARIJA: Kirish....................................................................................................................... 4 1-bob. Oʻzbekistonda xizmatlar sohasining rivojlanishi va xizmatlar marketingining tashkil etilishi ………………………………………………..6 1.1 Xizmatlar sohasi, uning tarkibi va oʻziga xos rivojlanish yoʻllari………..6 1.2 Xizmatlar marketingini tuzishning oʻziga xos yoʻllari……....................... 1.3 Xaridorlar nazariyasi va oldi sotdi harakatlari strategiyasi……………..... 2-bob. "Buxoro Davlat universiteti" misolida Oliy Taʼlim marketing faoliyatini tashkil etilishi va yuritilishi……………………………………………………. 2.1 BuxDU da marketing boʻlimi tashkil etilishi va yuritilishi………………... 2.2 BuxDU misolida talabalar va amaliyot boʻlimi faoliyati…………………. 2.3 BuxDU misolida xodimlar almashinuvi marketingini tashkil etilishi va yuritilishi……………………………………………………………………….. Xulosa................................................................................................................. Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati...................................................................... Tayanch iboralar izohi ………………………………………………………… Kirish Men bu kurs ishimda O’zbekistonda xizmatlar sohasining rivojlanishi va xizmatlar marketingining tashkil etilishi haqida ma’lumotlarni taqdim etaman. Mavzuning dolzarbligi: Xizmatlar iqtisodiyot tarmoqlarining tez rivojlanayotgan eng istiqbolli sohalaridan biri hisoblanadi. U faoliyatning keng qamrovli sohalariga ega, ya’ni savdodan, transportdan moliyagacha, sug‘urtadan va turli hil vositachilikdan iborat. Amaliyotda deyarli barcha korxona va tashkilotlar, u yoki bu darajada xizmatlar ko‘rsatadi. Rivojlangan mamlakatlarning amaliyoti shuni ko‘rsatmoqdaki, ishlab chiqarishni murakkablashuvi hamda bozorni tovarlar bilan to‘ldirish natijasida xizmatlarga bo‘lgan talaba ham oshib bormoqda. Bizning mamlakatimizda ham xizmatlarni turli yangi hillari paydo bo‘lishi natijasida xizmatlar sohasi ishlab chiqarish soxasiga nisbatan tez sur’atlar bilan rivojlanmoqda. Bugungi kunga kelib, xizmatlar sohasini juda rivojlanib ketganligiga qaramay, xizmat tushunchasi haqida yagona bir yondashuv yo‘qdir. Xizmat ko‘rsatish orqali biron bir narsa yaratilmaydi, ya’ni xizmat orqali faoliyat ko‘rsatiladi. Xizmatlarga ko‘pincha foydali faoliyatning barcha turlari kiritiladi. Xizmat bu – xizmat ko‘rsatuvchi va iste’molchini bevosita o‘zaro faoliyatining natijasidir, shuningdek, xizmat ko‘rsatuvchini iste’molchi extiyojini qondirish bo‘yicha faoliyatidir. Xizmatlar bozori ikki sababalarga ko‘ra boshqa bozorlarga umuman o‘hshamaydi. Birinchidan, xizmatlar to u ko‘rsatilmaguncha mavjud bo‘lmaydi. Bu esa uni ko‘rsatilmaguncha taqqoslashni va baholashni amalga oshirib bo‘lmasligini bildiradi. Ikkinchidan, xizmatlarga yuqori darajadagi mavxumlik mavjuddir, bu esa mijozni noqulay xolatga tushuradi, xizmatni ko‘rsatuvchilar esa o‘z xizmatlarini bozorga yo‘naltirishda qiynaladi. Xizmatlar bozorini ushbu o‘ziga xos xususiyatlari, shuningdek, ularni ko‘rib bo‘lmaslik, ushlab bo‘lmaslik, saqlab bo‘lmasliq, sifatini tez-tez o‘zgarib turishi ishlab chiqarishni va iste’molni bir-biridan ajratib bo‘lmaslik xizmatlar marketingin o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlab beradi. Xizmatlar marketingi – mijozlarning o‘ziga xos ehtiyojlarini aniqlashga yo‘naltirilgan xizmatlarni ishlab chiqish, ilgari surish va amalga oshirish jarayonidir. U mijozlarga servis firmasi xizmatlarini baholash va to‘g‘ri tanlovni amalga oshirishga yordam berishi ko‘da tutilgan. Mijozga moddiy shaklga ega bo‘lmagan bir narsa beriladi, mijoz esa bundan naf va foyda olishi lozim bo‘ladi. Xizmatlar marketingida taqdim etishda xizmatlar ustunlik qiladi, tovarlar esa ularni to‘ldiradi. Masalan, soch olish bahosining asosiy qismini sartarosh foydalanayotgan uskuna emas, u sarflayotgan vaqt tashkil etadi. Xizmatlar marketingi – mijozlarning o‘ziga xos ehtiyojlarini aniqlashga yo‘naltirilgan xizmatlarni ishlab chiqish, ilgari surish va amalga oshirish jarayonidir. U mijozlarga servis firmasi xizmatlarini baholash va to‘g‘ri tanlovni amalga oshirishga yordam berishi ko‘da tutilgan. Xizmatlar marketingi – ular tufayli har qanday xo‘jalik yurituvchi sub’ekt xizmatlari mijozlargacha yetib boradigan harakatlar. Xizmatlar marketingida taqdim etishda xizmatlar ustunlik qiladi, tovarlar esa ularni to‘ldiradi. Xizmatlar marketingiga xizmatlar turlanishi, iqtisodiyotda xizmatlar o‘rni va servis firmalarnning marketingdan foydalanishi nuqtai nazaridan qarab chiqish mumkin. Xizmat qiluvchi xodim sotish va xizmat ko‘rsatish, to‘lovlarni uddalash va ta’mirlangan tovarlarni yetkazib berish singari turli vaziyatlarda mijozlar bilan hamkorlik qilish uchun tayyorlangan bo‘lishi lozim. Servis marketingining bazaviy qoidalari amerikalik tadbirkor Sayers Makkornik tomonidan ifoadalab berilgan. U birinchi kombayn loyihasini tuzgan va faqat texnika sohasida ma’lumotga ega bo‘lgan holda zamonaviy marketingning bozorni o‘rganish va tahlil qilish, servis xizmatlari ko‘rsatish va narx siyosatini tanlashning asosiy tamoyillari kabi asosiy yo‘nalishlarini ifodalab bergan. Xizmatni iste’molchi iste’mol qiladi, ammo odatda xizmat xodim tomonidan ko‘rsatiladi. Bu hol adabiyotlarda “marketing menejeri” deb qayt etiladi. Marketing menejeri xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarni boshqarishi va yo‘naltirishi lozim bo‘ladi. Natijada marketing menejeri bir vaqtda ikkita vazifani bajarishga, ya’ni marketing boshqaruvini va aloqadagi xodimlarni boshqarishga to‘g‘ri keladi. Xizmatlar sohasining ahamiyatini yanada oshib borishi va xalqaro ahamiyatga ega bo‘lishini tushunish uchun xo‘jalik xayotida muhim rol o‘ynaydigan xizmatlarning o‘z mohiyatini chuqur o‘rganish lozim. Xizmatlar sohasini turli tuman xizmatlarni ishlab chiqish bilan band bo‘lgan korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va faoliyat turlari majmuasi sifatida aniqlash mumkin. Bozor iqtisodiyotida xizmatlar sohasi bozor va nobozor sohalarini o‘z ichiga oladi. Xizmatlar sohasining bozor sohasini xizmatlar bozori tashkil etadi. Xizmatlar sohasining nobozor tarmog‘i aholiga davlat va notijorat xizmatlari ko‘rsatish tizimi tashkil etadi va uning infartuzilmasini doimo takomillashtirish talab etiladi. Download 69.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling