Servis sohasi iqtisodiyoti kafedrasi «Tarmoqlar va sohalar marketingi» fanidan


Download 69.05 Kb.
bet3/16
Sana03.02.2023
Hajmi69.05 Kb.
#1148926
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
G\'aybulloyev Farmon kurs ishi [1].docx 25.01.2023

Kurs ishining obyekti: Xizmatlar sohasi haqida ma’lumot beramiz.
Kurs ishining predmeti:O’zbekistonda xizmatlar sohasi nimaga kerak, uni qanday rivojlantirish va uning yaxshi va yomon tomonlarini o’rganish.
Oʻzbekistonda xizmatlar sohasining rivojlanishi va xizmatlar marketingining tashkil etilishi deb nomlangan 1-bobda xizmatlar sohasi, uning tarkibi va oʻziga xos rivojlanish yoʻllari, xizmatlar marketingini tuzishning oʻziga xos yoʻllari ,xaridorlar nazariyasi va oldi sotdi harakatlari strategiyasi kabi masalalar o’rganiladi.
"Buxoro Davlat universiteti" misolida Oliy Taʼlim marketing faoliyatini tashkil etilishi va yuritilishi deb nomlangan 2-bobda BuxDU da marketing boʻlimi tashkil etilishi va yuritilishi,BuxDU misolida talabalar va amaliyot boʻlimi faoliyati,BuxDU misolida xodimlar almashinuvi marketingini tashkil etilishi va yuritilishi o’rganiladi.
Kusr ishining yakuniy qismida xulosa va takliflar bayon etilgan. Shuningdek, mavzuni yoritishda foydanilgan adabiyotlar ro’yxati va tayach iboralar keltirilib o’tilgan.
1-bob. Oʻzbekistonda xizmatlar sohasining rivojlanishi va xizmatlar marketingining tashkil etilishi.
1.1 Xizmatlar sohasi, uning tarkibi va oʻziga xos rivojlanish yoʻllari.
Xizmatlar iqtisodiyot tarmoqlarining tez rivojlanayotgan eng istiqbolli sohalaridan biri hisoblanadi. U faoliyatning keng qamrovli sohalariga ega, ya’ni savdodan, transportdan moliyagacha, sug‘urtadan va turli hil vositachilikdan iborat. Amaliyotda deyarli barcha korxona va tashkilotlar, u yoki bu darajada xizmatlar ko‘rsatadi.
Rivojlangan mamlakatlarning amaliyoti shuni ko‘rsatmoqdaki, ishlab chiqarishni murakkablashuvi hamda bozorni tovarlar bilan to‘ldirish natijasida xizmatlarga bo‘lgan talaba ham oshib bormoqda. Bizning mamlakatimizda ham xizmatlarni turli yangi hillari paydo bo‘lishi natijasida xizmatlar sohasi ishlab chiqarish soxasiga nisbatan tez sur’atlar bilan rivojlanmoqda. Bugungi kunga kelib, xizmatlar sohasini juda rivojlanib ketganligiga qaramay, xizmat tushunchasi haqida yagona bir yondashuv yo‘qdir. Xizmat ko‘rsatish orqali biron bir narsa yaratilmaydi, ya’ni xizmat orqali faoliyat ko‘rsatiladi. Xizmatlarga ko‘pincha foydali faoliyatning barcha turlari kiritiladi.
Xizmat bu – xizmat ko‘rsatuvchi va iste’molchini bevosita o‘zaro faoliyatining natijasidir, shuningdek, xizmat ko‘rsatuvchini iste’molchi extiyojini qondirish bo‘yicha faoliyatidir.
Xizmatlar bozori ikki sababalarga ko‘ra boshqa bozorlarga umuman o‘hshamaydi. Birinchidan, xizmatlar to u ko‘rsatilmaguncha mavjud bo‘lmaydi. Bu esa uni ko‘rsatilmaguncha taqqoslashni va baholashni amalga oshirib bo‘lmasligini bildiradi.
Ikkinchidan, xizmatlarga yuqori darajadagi mavxumlik mavjuddir, bu esa mijozni noqulay xolatga tushuradi, xizmatni ko‘rsatuvchilar esa o‘z xizmatlarini bozorga yo‘naltirishda qiynaladi.
Xizmatlar bozorini ushbu o‘ziga xos xususiyatlari, shuningdek, ularni ko‘rib bo‘lmaslik, ushlab bo‘lmaslik, saqlab bo‘lmasliq, sifatini tez-tez o‘zgarib turishi ishlab chiqarishni va iste’molni bir-biridan ajratib bo‘lmaslik xizmatlar marketingin o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlab beradi (1-rasm). 1.1-rasm.

Download 69.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling