Sezgiga nisbatan murakkab va mazmundor psixik jarayon
Download 495.93 Kb.
|
idrok sezgiga nisbatan murakkab va mazmundor psixik jarayon
- Bu sahifa navigatsiya:
- Idrok va uning Muhandis xodimlar faoliyatida tutgan o‘rni.
idrok sezgiga nisbatan murakkab va mazmundor psixik jarayon hisoblanganligi sababli barcha ruhiy holatlar, hodisalar, xususiyatlar, xossalar va inson ongining yaxlit mazmuni, egallangan bilimlar, tajribalar, ko‘nikmalar bir davrning o‘zida namoyon bo‘ladi, aks ettirishda ishtirok etadi. narsa yoki hodisalarning sezgi a’zolariga bevosita ta’siri jarayonida kishi ongida uning aks etishi idrok deb ataladi. idrok etish jarayonida alohida holdagi sezgilarning tartibga solinishi hamda narsa va voqea-hodisalarning yaxlit obrazlarga birlashuvi yuz beradi. qo‘zg‘atuvchining alohida xususiyatlari aks etadigan sezgilardan farqli o‘laroq, idrok narsalarni uning hamma xususiyatlari bilan birgalikda aks ettiradi. bunda idrok alohida sezgilar yig‘indisi tarzida emas, balki hissiy bilishning o‘ziga xos xususiyatlari bilan sifat jihatidan yuqori bosqichi sifatida tasavvur qilinadi. idrok qilish prinsiplari quyidagilar: – bilish zarur bo‘lgan holat yuzasidan miyada aniq aqliy zanjir tuzish; – sezgi a’zolarining imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish; – o‘rganilayotgan obyektga nisbatan qiziqish uyg‘otish; idrok qilish prinsiplari asosida xodim turli nuqtai nazarlarni, masofadan, vaziyatdan, holatning yoritilish darajasi, sharoitdan kelib chiqib, obyektdan olgan taassurotlarni tahlil qiladi. Idrok va uning Muhandis xodimlar faoliyatida tutgan o‘rni. Idrok sezgiga nisbatan murakkab va mazmundor psixik jarayon hisoblanganligi sababli barcha ruhiy holatlar, hodisalar, xususiyatlar, xossalar va inson ongining yaxlit mazmuni, egallangan bilimlar, tajribalar, ko‘nikmalar bir davrning o‘zida namoyon bo‘ladi, aks ettirishda ishtirok etadi. Narsa yoki hodisalarning sezgi a’zolariga bevosita ta’siri jarayonida kishi ongida uning aks etishi idrok deb ataladi. Idrok etish jarayonida alohida holdagi sezgilarning tartibga solinishi hamda narsa va voqea-hodisalarning yaxlit obrazlarga birlashuvi yo’z beradi. Qo‘zg‘atuvchining alohida xususiyatlari aks etadigan sezgilardan farqli o‘laroq, idrok narsalarni uning hamma xususiyatlari bilan birgalikda aks ettiradi. Bunda idrok alohida sezgilar yig‘indisi tarzida emas, balki hissiy bilishning o‘ziga xos xususiyatlari bilan sifat jihatidan yuqori bosqichi sifatida tasavvur qilinadi. Muhandis xodimlar faoliyatida idrok kasbiy faoliyat uchun muhim ahamiyat kasb etadigan hodisa, holat, ob’ekt- lardan predmetli ravishda kerakli narsalarni ajratib olib, yaxlit holda ongida aks ettirish, oddiy Shaxs ko‘ra olmaydigan holatlardagi narsalarni tez va oson ilg‘ash jarayonidir. YAxshi rivojlanmagan kasbiy idrok xodimda illyo’zion (noto‘g‘ri) idrok qilish xususiyatini shakllantiradi. Shu nuqtai nazardan idrok Muhandis xodimlarining kasbiy faoliyatida muayyan o‘ziga xos xususiyatlarni namoyon etadi. YA’ni, Muhandis xodim aniq ma’lumot olish uchun guvoh, jabrlanuvchi, gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchini ko’zatayotganda o‘rganilayotgan ob’ekt to‘g‘risida turli ko‘rinishlarda olingan tasavvur va tushunchalarni yaxlit holatda idrok qiladi. Muhandis xodimlar voqelikni to‘g‘ri idrok etishlari uchun uning printsiplariga rioya qilishlari zarur. Idrok qilish tamoyillari quyidagilar: – bilish zarur bo‘lgan holat yo’zasidan miyada aniq aqliy zanjir to’zish; sezgi a’zolarining imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish; o‘rganilayotgan ob’ektga nisbatan qiziqish uyg‘otish; Idrok qilish printsiplari asosida xodim turli nuqtai nazarlarni, masofadan, vaziyatdan, holatning yoritilish darajasi, sharoitdan kelib chiqib, ob’ektdan olgan taassurotlarni tahlil qiladi. Kasb tanlash bu murakkab, lekin zaruriy jarayon bo‘lib, insonni kelajagini va yaxshi yashash imkoniyatlarini yaratuvchi, shuningdek jamiyatda o‘z o‘rnini topib borib, unga foydali mehnat qilish hisoblanadi. Yaxshi kasb tanlash uchun kerak bo‘lgan tomonlar quyidagicha ko‘rsatilishi mumkin. Kasb va kasbiy psixologik jarayonlar kasb tanlovchidan quyidagilami talab qiladi: • Umumta’lim maktablarida beriladigan ta’lim darajalaridagi bilimlarga ega bo‘lish; • Kasb tushunchasining ta’rifini, uning tabiatini, xususiyatlarini kasblar sonini va turlarini bilish; • Kasbni inson hayotida muhim ahamiyatga ega ekanligini tushunish va u haqida tasavvurga ega bo‘lish; • Kasb tanlashga kerak bo‘lgan idrokni, xohishning mavjud bo‘lishi; • 0 ‘z maqsadi va manfaatini to‘g‘ri anglab olgan bo‘lishi; • Kelajagi haqida tasavvurlarga ega bo‘lish. Bulardan kelib chiqqan holda kasb tushunchasining asosiy tamoyillarini ko‘rsatish mumkin. Bular quyidagi chizmada o‘z aksini topgan: Yoshlar o‘z kelajagini anglagandagina, qiziqishlari va manfaatlarini aniqlab olgandagina, hayotini tashkil etishdagi ehtiyojlarini tushungandagina kasb tanlashlari oson kechadi. Kasb insonni boquvchi asosiy omil va hayotini tashkil etuvchi asos hisoblanadi. Yuqorida tahlil qilgan fikrlarimiz kasb psixologiyasi bu o‘ziga xos murakkab va doimiy inson - kasb o‘rtasidagi bo‘ladigan munosabatlami o‘rganib boruvchi jarayon ekanligini tasdiqlaydi. Kasb psixologiyasi insonni o‘z faoliyati davomida kerak bo‘lgan, uni doimo qiziqtirib kelayotgan kasb yo‘nalishlariga yo‘naltirib turadi. О‘sib kelayotgan yoshlarga maslahat berish, ulami kasbga yo'naltirish, kasblar haqida bilim berish, malakani oshirishga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish, attestatsiyalash, o ‘z kasbini ustasi bo‘lib yetishishlarida ularga yordam berish kabi ko‘plab amaliy ishlami bajarib boradi. Bundan tashqari kasbni insonga qo‘yadigan talablari ham borki, kasb psixologiyasi bu masalalar bilan ham keng shug‘ullanishi zarur bo‘ladi. Bu talablar esa obyektiv bo‘lib, ulami inson o‘zgartira olmaydi. Kasb qo‘yadigan talablar birinchidan kasb bilan bog‘liq jarayonlar bo‘lsa, ikkinchidan jamiyat uchun zarur bo‘lgan talablar bilan bog‘liq boiadi. Lekin bular insonni ishtiroki va ta’siri ostida shakllangandir. Kasblaming shakllanishi va rivojlanishi texnika so- 15 hasidagi taraqqiyot bilan va ishlab chiqarish kuchlarini rivojlanishi bilan bogiiq bo‘ladi. Bu esa ko‘plab kasblami paydo bo‘lishiga olib keladi. Download 495.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling