SH. djumanov, S. Sayfiddinov


Download 1.15 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/7
Sana29.11.2020
Hajmi1.15 Mb.
#155061
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
yogochga ishlov berish dastgohlari va asboblari


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA 

MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

O‘RTA MAXSUS KASB-HUNAR TA‘LIMI MARKAZI

SH.DJUMANOV, S.SAYFIDDINOV

YOG‘OCHGA ISHLOV

BERISH DASTGOHLARI VA

ASBOBLARI

Kasb-hunar kollejlari uchun о ‘quv qo ‘llanma

2-nashr

Toshkent


«IQTISOD-MOLIYA»

2016


UO‘K: 674.05(075.32)

KBK 37.13ya722

Taqrizchilar: t.f.n., dots. E.Maxamataliyev;

t.f.n., dots. R.A.Norov

Sh.Djumanov

D46      Yog‘ochga ishlov berish dastgohlari va asboblari: Kasb- 

hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma/SH. Djumanov, S. 

Sayfiddinov; O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta-maxsus 

ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus kasb-hunar talimi markazi. - Т.: 

«Iqtisod-Moliya», 2016. - 92 b.

S.Sayfiddinov

O‘quv qo‘llanma «Bino va inshootlar qurilishi» ta‘limi 

yo‘nalishining «Duradgorlik va pol yotqizish ishlari» mutaxassisligi 

«Yog‘ochga ishlov berish dastgohlari va asboblari» fani namunaviy 

dasturiga asosan yozilgan.

O‘quv qo‘llanmada yog‘ochga ishlov berishda ishlatiladigan 

dastaki va mexanizatsiyalashtirilgan asboblar hamda dastgohlarning 

turlari, vazifalari, ularni ishlash prinsiplari haqida batafsil nazariy 

ma‘lumotlar berilgan.

O‘quv qo‘llanmadan qurilish bo‘yicha mutaxassislar tayyorlovchi 

kasb-hunar kollejlarining o‘quvchilari va oliygohlarning qurilish 

sohalarida kasb-hunar ta‘limi mutaxassisligi bo‘yicha o‘qiydigan 

talabalar ham foydalanishlari mumkin.



UO‘K: 674.05(075.32)

KBK 37.13ya722

ISBN 978-9943-13-207-8 

© «IQTISOD-MOLIYA», 2010



ISBN 978-9943-13-614-4 

© «IQTISOD-MOLIYA», 2016

© SH. Djumanov, S. Sayfiddinov, 2016


3

KIRISH

Respublikamizda «Kadrlar tayyorlash milliy Dasturi»ni 

amalga oshirish, qurilish va yog‘ochsozlik sohalari uchun ma- 

lakali kadrlar tayyorlash, duradgorlik mutaxassisligi bo‘yicha 

kasb-hunar kollejlarining ishlab chiqarish ustaxonalarini Ham- 

do‘stlik hamda xorijiy mamlakatlarda ishlab chiqarilgan yangi 

texnologiyalarga asoslangan asbob-uskuna va dastgohlar bilan ji- 

hozlash kasb-hunar ta‘limiga bo‘lgan e‘tiborni yanada oshirishni 

taqozo etadi.

Jihozlardan foydalanish samaradorligi korxonaning texnika 

bilan ta‘minlanish darajasigagina emas, balki shu texnikani 

ishlatuvchi mutaxassislar malakasiga: ularning dastgohlarni bi- 

lishlari, ishga tayyorlash, ishlatish, materiallarni tejash usullarini, 

asbob-uskuna ishlayotganda yuz berishi mumkin bo‘lgan salbiy 

holatlarni nazarda tutishlari hamda o‘z vaqtida bunday holatlar- 

ning oldini olish uquvlariga ham bog‘liq.

Kasb-hunar kollejlari xalq xo‘jaligini malakali kadrlar 

bilan ta‘minlaydigan asosiy bilim dargohlaridir. Kasb-hunar 

egallashga yo‘naltiruvchi mazkur o‘quv muassasalaridan chuqur 

bilim va kasbiy mahoratga ega bo‘lgan, keng ma‘lumotli yosh 

mutaxas- sislar yetishib chiqadi.


4

I BOBUMUMIY MA‘LUMOTLAR

Nazorat-o‘lchash asboblari

Dastgohlarni rostlash va sozlash vaqtida ularning qismlari 

bir-biriga nisbatan to‘g‘ri joylashganligini tekshirish uchun 

turli nazorat-o‘lchash asbob va anjomlaridan foydalaniladi. 

Dastgohlar ishlab turganda elektr dvigatellarning ish bilan 

qanchalik bandligini, kesish asboblarining surilish tezligini, 

ishlangan zagotovkalarning o‘lchamlari va shakllarini tekshirish 

maqsadida ham asbob-uskunalardan foydalaniladi.

2

3

4



10

13

11



12

89

6



7

j)

k)



l)

i)

  



1

1

1



5

a)

b)



d)

e)

f)



1-rasm. Nazorat o‘lchash asboblari: a-shtangensirkul” 1-qo‘z-

g‘almas  jag‘,  2-qo‘zg‘aluvchan  jag‘,  3-chizg‘ich,  b-mikrometr, 

d-ruletka, e-nutrometr, f-kronsirkul, i - shchupfar, j-universal burchak 

o‘lchagich: 4-planka, 5-gayka, 6-dastak, 7-uchburchaklik, к-indikator: 

8-siferblat, 9-mil, 10-aylanishlar sonini ko‘rsatadigan mil, 11-o‘lchash 

o‘zagi, 12-tishli g‘ildirak, 13-uchlik, 1-vaterpas.



5

Detallarning sirtqi va ichki oichamlarini aniq oichash uchun 

shtangensirkul ishlatiladi (1-rasm, a). Shtangensirkul qo‘z- 

g‘almas jag‘ (I) va noniusli qo‘zg‘aluvchan jag‘ (2), shkalali 

chizg‘ich (3) dan tashkil topgan. Detalning diametri yoki qa- 

linligini aniqlashda shtangensirkul jag‘i (2) ochilib, detal asbob 

jag‘lari orasiga olinadi (o‘lcham b). Shundan so‘ng vint buralib 

jag‘ (2) mahkamlanadi va o‘lchamni ifodalovchi qiymat chiz- 

g‘ich (3) hamda nonlusdan hisoblab topiladi. O‘lchash aniqli- 

giga ko‘ra noniusning bir bo‘linmasi 0,1 yoki 0,004 mm ga teng 

bo‘ladi. Agar, masalan, noniusning har bir bo‘linmasi 0,1 mm ga 

teng va shtangensirkul jag‘lari orasidagi masofa chizg‘ichning 

to‘qqizinchi va o‘ninchi bo‘linmalari orasida bo‘lib, chizg‘ich 

bo‘linmalaridan biriga noniusning to‘rtinchi bo‘linmasi to‘g‘ri 

kelsa, u holda aniqlanayotgan o‘lcham 9,4 mm ga teng bo‘ladi. 

Teshiklarning chuqurligi va diametri (o‘lcham d), pog‘ona- 

largacha bo‘lgan masofa (o‘lcham) ham shtangensirkul bilan 

o‘lchanadi.

Chiziqli kichik oichamlarni mikrometr yordamida eng ko‘pi 

bilan ±0,1 mm xatolikda o‘lchash mumkin (1-rasm, b); katta 

oichamlarni (100 mm gacha) oichashdagi xatolik ±0,02 mm. 

Chiziqli oichamlarni ko‘pi bilan 1 mm xatolik bilan o‘lchash 

uchun masshtabli chizg‘ich va ruletka (1-rasm, d) ish- latiladi. 

Masalan, plitasimon materiallarni hamda mebel tayyorlanadigan 

xomaki zagotovkalarni kesib olish vaqtida zagotovkalarning 

oichamlarini nazorat qilish uchun bunday aniqlik kifoya qiladi.

Nutrometrlar  (1-rasm,  e)  va  kronsirkullardan  (1-rasm, 

f) asosan chilangarlar va sozlovchilar silindrik teshiklar va 

jismlarning diametrlarini oichashda foydalanadilar. Bu asboblar 

bilan faqat oichamlar belgilab olinadi. Oicham- ning son qiymati 

asbob panjalarini masshtabli chizg‘ichga va shtangensirkulning 

shkalasiga qo‘yish orqali aniqlanadi. Tirqishlar shchuplar bilan 

o‘lchanadi (1-rasm, i).



6

Universal burchak oichagich bilan (1-rasm, j) detal qir- 

ralari orasidagi burchakning kattaligi o‘lchanadi. Agar a bur- 

chak 90° dan kichik bo‘lsa, u dastak (6) ga mahkamlangan 

uchburchaklik (7) bilan o‘lchanadi. O‘lchash paytida dastak (6)

buriladi, uchburchaklik (7) va planka (4) tekisliklari o‘lchana- 

yotgan detal burchagining qirralariga to‘g‘ri keltiriladi. Tekislik- 

larning bir-birini qoplaganligi gayka (5) ni burash orqali aniqla- 

nadi. Burchakning kattaligi asosiy shkala II dan nonius I yorda- 

mida hisoblab topiladi. O‘lchash xatosi gradusning o‘ndan bir 

ulushigacha bo‘ladi. Agar a burchak 90° dan katta bo‘lsa, uch- 

burchaklik (7) ishlatilmaydi. To‘g‘ri burchak uchburchaklik 

yordamida o‘lchanadi.

Arra disklar shaybalarning, vallarning tepishi, plitalar, 

yo‘naltiruvchi chizg‘ichlarning to‘g‘riligi indikator bilan o‘l- 

chanadi  (1-rasm, k).  Indikator shkalasi 100  ta  bo‘linmaga 

bo‘lingan. O‘lchash o‘zagi (11) 1 mm surilganda mil (9) bir 

marta to‘la aylanadi, binobarin, o‘zak surilgan masofa siferblat 

shkalasining bir bo‘linmasiga mos keladi, ya‘ni 0,01 mm ga 

teng bo‘ladi, shkalaning o‘nta boiinmasi 0,1 mm ga teng. Agar, 

masalan, ko‘rsatkich aylanishlar sonini besh marta aylanishini 

ko‘rsatsa, mil 45-bo‘linmada to‘xtagan bo‘lsa, u holda indikator 

bilan o‘lchanayotgan masofa 5 + 0,45 = 5,45 mm bo‘ladi. 

1-rasmda arra shaybasining bo‘ylamasiga o‘q bo‘ylab te- pishini 

shtativga mahkamlangan indikator bilan o‘lchash va unsurlarning 

gorizontalligini vaterpas bilan tekshirilishi ko‘rsatilgan.



Aniqlik kalibrlari

Ko‘plab va yirik seriyalab ishlab chiqarishda detal yoki 

zagotovkalarning o‘lchamlari kalibrlar yordamida tekshiriladi 

(2- rasm). Teshiklarning o‘lchamlari kalibr-tiqinlar bilan tekshi- 

riladi (2-rasm, a). Tiqinning bir tomoni teshikka kiradi (kr), 

ikkinchi tomoni teshikka kirmaydi (krm). Agar tiqinning te- 



7

shikka kiradigan tomoni teshikdan o‘tsa-yu, ikkinchi tomoni 

teshikka kirmasa, teshikning o‘lchami yo‘l qo‘yilgan chegarada 

bo‘ladi. Yuqorida aytilganlar detal va turumlarning yo‘g‘onligini 

(2-rasm, b) yoki detallarning enini o‘lchash uchun mo‘ljallangan 

kalibr-halqalarga ham taalluqlidir (2-rasm, d). Ko‘pincha kalibr-

halqa bir tomonli qilib yasaladi (2-rasm, e). Bunda kalibrning 

kiradigan va kirmaydigan (kr va krm) tomonlari ustma-ust 

joylashgan bo‘ladi.

a)

b)



d)

e)  


 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

2-rasm. Chekli kalibrlar:  

(Detallar o‘lchamlarining aniqiigini o‘lchash uchun):

a - kahbr - tiqin, b,d,e - kahbr - halqalar

Detallar o‘lchamlarini tekshirishda kalibrlar o‘lchanayotgan 

detalga kuch ishlatilmasdan, erkin kirgizilishi va erkin harakat- 

lanishi lozim.


8

II BOBYOG‘OCHGA ISHLOV BERISH 

TEXNOLOGIYASI HAQIDA MA‘LUMOTLAR

Qo‘yim va o‘tqazishlar

Detallarni yirik seriyalab va ko‘plab ishlab chiqarishda, ular- 

ni qo‘shimcha ravishda to‘g‘rilamasdan buyumlar va ularning 

qismlarini yig‘ishga imkon yaratish uchun detallar o‘lchamlar 

va shakli jihatdan bir-biridan farq qilishi kerak. Buning uchun 

detal va qismlar tayyorlashda GOST 6449—76 “Yog‘ochdan 

va yog‘ochli materiallardan yasalgan buyumlar. Qo‘yimlar va 

o‘tqazishlar”da bayon etilgan normativ qo‘yimlarga qat‘iy rioya 

qilinadi.

Detallar, buyumlar va ularning tarkibiy qismlarining o‘l- 

chamlari hamda shakli chizmadan aniqlanadi. Detallarni yig‘ish 

vaqtida bir detal ikkinchi detalga kirsa, u holda tutashtirilgan 

qismlarning o‘lchamlari tutashuvchi o‘lchamlar deb ataladi. 

Masalan, detallarni turum orqali biriktirishda turumning oichami 

bilan turum kirgiziladigan teshikning o‘lchami tutashuvchi 

o‘lchamlar bo‘ladi. Detallarning tutashmaydigan o‘lchamlari 



erkin o‘lcham deb ataladi. Bevosita o‘lchash yo‘li bilan olingan 

o‘lchamlar haqiqiy o‘lcham deyiladi. Yo‘l qo‘yilgan chegaradagi 

ikkita o‘lcham chekli o‘lcham deyiladi; haqiqiy o‘lcham yo‘l 

qo‘yilgan shu o‘lchamlar oralig‘ida bo‘ladi (haqiqiy o‘lcham 

chekli o‘lchamga mos kelishi mumkin).

Chekli oichamlarga nisbatan aniqlanadigan o‘lcham nomi- 



nal o‘lcham deb ataladi. Nominal o‘lcham hisobiy chetga 

chiqishlarning boshlanishi bo‘Iib ham xizmat qiladi. Haqiqiy, 

chekli o‘lcham va boshqa o‘lchamlar hamda tegishli nominal 


9

o‘lcham orasidagi chetga chiqishlar ham aniqlanadi. Qo‘yim 

— eng katta va eng kichik chekli o‘lcham orasidagi farqdir. Ma- 

salan, detaining nominal yo‘g‘onligi 15 mm va chekli chetga 

chiqishi ±0,2 mm bo‘lsa, u holda eng katta chekli o‘lchami (eng 

katta yo‘g‘onligi) 15 -4- 0,2 = 15,2 mm, eng kichik chekli oi- 

chami (eng kichik yo‘g‘onligi) esa 15 — 0,2=14,8 mm bo‘lishi 

mumkin. Bu misolda qo‘yim 15,2 —14,8 = 0,4 mm.

Detallar yig‘ish vaqtida qo‘zg‘aluvchan (tirqish qoldirib o‘t- 

qazish) yoki qo‘zg‘almas qilib (tarang o‘tqazish) biriktiriladi. 

Qo‘zg‘aluvchan qilib biriktirilgan detallar bir-biriga nisbatan 

ma‘lum darajada suriladi. Qo‘yim va o‘tqazishlar tizimida sirt- 

qi (qamraluvchi) unsurlar uchun «val» atamasi, detallarning 

ich- ki (qamrovchi) unsurlari uchun esa «teshik» atamasi ishlati- 

ladi. Agar teshikning o‘lchami valning o‘lchamidan katta bo‘l- 

sa, ularning devorlari orasida tirqish paydo bo‘ladi, valning 

o‘lchami teshikning o‘lchamidan katta bo‘lganida esa ular ora- 

sida taranglik hosil bo‘ladi. O‘tqazish deganda, detallarni birik- 

tirish xarakteri tushuniladi, biriktirish joyi hosil bo‘lgan tirqish 

yoki taranglikning kattaligi bilan belgilanadi. Biriktirilgan teshik 

va val qo‘yimlarining yig‘indisi o‘tqazish qo‘yimi hisoblanadi.

Ham tirqish, ham taranglik hosil boiishi mumkin bo‘lgan 

o‘tqazish oraliq o‘tqazish deb ataladi (bunda teshik va valning 

qo‘yimlar maydoni qisman yoki to‘la berkitiladi). Buyumlarni 

konstruksiyalashda, ularni unifikatsiyalash va ishbopligini 

oshirish maqsadida, o‘tqazishlar sonini asosli ravishda cheklash 

kerak. Yog‘och buyumlarni konstruksiyalashda qo‘yimlarni 

hisoblab topish uchun GOST 6449—76 da to‘qqizta kvalitet 

ko‘zda tutilgan (10, 11, ... , 18). Tutashtiruvchi o‘lchamlar 

kvalitetini o‘tqazishlar hisobi bilan bir vaqtda tanlash kerak; 

bu hisob o‘tqazish qo‘yimlari (tirqish qoldirib o‘tqazish va 

tarang o‘tqazish qo‘yimlari)ning talab qilinadigan qiymatlariga 

asoslanib chiqariladi.


10

Ishlov berilgan sirtning g‘adir-budurligi

Yog‘ochning eng puxta ishlov berilgan sirtida ham g‘adir- 

budurliklar bo‘ladi. G‘adir-budurliklarning kattaligi va xarakteri 

yog‘ochning tuzilishiga hamda kesish asbobining ishlov berish 

sifatiga bog‘liq. Yog‘och sirtining g‘adir-budurligi GOST 7016— 

75 ga muvofiq bo‘lishi lozim. G‘adir-budurlik notekisliklarning 

maksimal balandligi Rz

max

 (notekislikning cho‘qqisidan botiq 

joyigacha bo‘lgan masofa) o‘rtacha arifmetik kattalik bilan 

xarakterlanadi va quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi:

Rz

max

 = N

maxl

 + N

max2

 + N

taxp/n

Bunda, N



maxh

 N

max1

, ..., N

max2/n

 — maksimal notekisliklar 

kattaligi; p — o‘lchangan notekisliklar soni.

1-jadvalda Rz

max

 kattalikning 1 — 12 — klasslarga mos kela-

digan son qiymatlari berilgan.



1-jadval

Sirtning g‘adir-budurligi Rz



max

mkm

Klasslar


Rz

max

mkm

Klasslar


Rz

max

mkm

ко‘pi bilan

ko‘pi bilan

1

1600



7

100


2

1200


8

60

3



800

9

32



4

500


10

16

5



320

H

8



6

200


12

4

Tegishli usullar va ishlov berish rejimlaridan foydalanib, 



yog‘ochga yaxshi asbobda ishlov berib, quyidagi g‘adir-budur- 

lik qiymatlariga mos keladigan sirtlar hosil qilish mumkin:



Ishlov berish turi 

   

RZmax mkm

Yog‘ochni uzunasiga arralash:

oddiy arra bilan ..................................200 ... 800

randalash ............................................60 ... 100

Ko‘ndalangiga arralash:


11

oddiy arra bilan ..............................200 ... 800

randalash ........................................100 ... 200

Shpon (payraha) kesish ..................100 ... 320

Sirtlarni frezalash .............................32 ... 320

Turum qirqish va teshik o‘yish .......60 ... 320

Jilvirlash ..........................................16 ... 100

Qiymati R



imax

 

=

 60 mkm gacha bo‘lgan g‘adir-budurliklar 

ТСП-4 asbobi yordamida. qiymati 60 mkm dan kam bo‘lgan 

g‘adir-budurliklar esa МИС-11 mikroskopi yordamida olcha- 

nadi. lshlab chiqarish sharoitida yog‘och sirtining g‘adir-bu- 

durligi, ko‘pincha, ishlov berilgan sirtni namuna etalonlar sir- 

tiga taqqoslab ko‘rib tekshiriladi. Namuna etalonlari qanday 

tur yog‘ochdan tayyorlangan va sirtiga qanday ishlov berilgan 

bo‘lsa, detallar ham shunday bo‘lishi lozim. Sirtning to‘lqin- 

simonligi va sertukligi esa ko‘z bilan chamalab tekshiriladi.

Dastgohlarning geometrik aniqligi, ularni  

rostlash va sozlash

Detallarga ishlov berish aniqligiga dastgohning geometrik 

aniqligi, to‘g‘ri rostlanganligi va yaxshi sozlanganligi ko‘p ta‘- 

sir ko‘rsatadi.

Geometrik aniqlik dastgoh qismlari o‘qlarining o‘zaro paral- 

lelligi yoki peфendikularligi, stollar va karetkalarni surganda 

ularning sathlari o‘zgarishi hamda vallarning o‘q va radius 

bo‘yicha tepishi bilan xarakterlanadi. Dastgohlarning geometrik 

aniqligi ularning puxta tayyorlanganligiga hamda yeyilish 

darajasiga bog‘liq. Dastgohlar uch klassga: yuqori aniqlikdagi, 

o‘rtacha aniqlikdagi va past aniqlikdagi dastgohlarga bo‘linadi.

Yog‘ochsozlik korxonalarida o‘rtacha va past aniqlikdagi 

dastgohlarga  disk  arrali  dastgohlar,  yuqori  aniqlikdagi  va 

o‘rtacha aniqlikdagi dastgohlarga esa frezalash, uzunasiga fre- 

zalash va parmalash dastgohlari kiradi.


12

Dastgoh unsurlarini geometrik aniqlik me‘yorlariga to‘la 

mos keladigan qilib o‘rnatish va mahkamlash kerak. Dastgoh- ni 

mexanika sexining sozlovchi ishchilari vaqti-vaqti bilan soz- 

lab turadilar. Sozlovchilar yo‘naltiruvchi va siquvchi qurilma- 

larning, surish qurilmalarining bir-biriga nisbatan joylashishini, 

karetkalarning to‘g‘ri chiziqli harakatini, stollar, plitalar va 

yo‘naltirish qurilmalarining o‘zaro parallelligini hamda tekisli- 

gini tekshiradilar, vallar va shpindellarning tepishini bartaraf 

qiladilar. Ular dastgohlarga boshqarish apparatlarining datchik- 

larini o‘rnatish, dastgohlar atrofini to‘siqlar bilan to‘sish hamda 

dastgohlarni moylash qurilmalarini sozlash ishlarini ham baja- 

radilar. Dastgohni rostlash bilan garchi maxsus ishchilar shu- 

g‘ullansa ham, dastgoh noto‘g‘ri rostlanganda detalga ishlov 

berishda ro‘y beradigan nuqsonlarni bartaraf qilish uchun rost- 

lashga doir asosiy tushunchalarni dastgohchining o‘zi ham bi- 

lishi zarur.

Dastgohni rostlashni uni sozlashdan farq qila bilish kerak, 

bunda dastgohni sozlash bilan dastgohchining o‘zi shug‘ullanadi. 

Zagotovkalarning har bir yangi partiyasiga ishlov berishdan 

oldin dastgohchi o‘z dastgohini sozlashi, ya‘ni uning tayanch 

va yo‘naltiruvchi qismlarini, kesish asbobi va moslamalarini 

bir- biriga nisbatan ma‘Ium vaziyatda to‘g‘ri o‘rnatishi shart.

Dastgohlarning harf-raqamlar bilan  

ifodalanuvchi indekslari

Rossiya  Federatsiyasi  va  Hamdo‘stlik  mamlakatlarida 

ishlab chiqarilayotgan yog‘ochga ishlov berish dastgohlariga 

indekslar, ya‘ni harf va raqamlardan iborat shartli belgilar 

qo‘yiladi. Indeksning birinchi (ba‘zan ikki) harfi dastgohning 

tipini bildiradi, masalan: Л — g‘o‘labur arrali, TC - disk arrali, 

С - randalash dastgohi (reysmusli yo‘nish, to‘rt tomonlama 

bo‘ylamasiga frezalash), Ф - frezalash, Ш — turum qirqish, 



13

ШЛ — jilvirlash, CB — parmalash, T — torsaviy yo‘naladigan 

disk arrali dastgohlar bo‘ladi.

Indeksning ikkinchi va uchinchi harflari dastgohning o‘ziga 

xos xususiyatlarini bildiradi: ЛС — g‘o‘labur arrali duradgorlik 

dastgohi; ТСД — taxta tiladigan disk arrali dastgoh; ТСДК — 

yog‘och konveyer usulda suriladigan xuddi shunday dastgoh; 

СГ — reysmusli dastgoh; ФТ — frezalaydigan og‘ir dastgoh.

Indeksning uchinchi harfi surish turini yoki uning quril- 

masini ifodalaydi: СФК — yog‘och konveyer usulda suriladigan 

yo‘nish dastgohi; ФСА — turum qirqish, karetkasi bo‘lgan 

o‘rtacha  quvvatli  frezalash  dastgohi;  ТСПА  —  supporti 

avtomatik suriladigan, ko‘ndalangiga arralaydigan disk arrali 

dastgoh va hokazo.

Indeksning birinchi harfidan (yoki dastlabki ikki harfidan) 

keyingi raqamlar dastgohning asosiy o‘lchamlarini yoki kesish 

asboblarining sonini bildiradi: CP8 — stolining kengligi 8 dm 

bo‘lgan, ikki tomonlama ishlov beradigan reysmusli dastgoh; 

CP3 — stolining kengligi 3 dm bo‘lgan reysmusli dastgoh; С16 

— stolining kengligi 16 sm bo‘lgan, to‘rt tomonlama ishlov 

beradigan, bo‘ylamasiga frezalaydigan dastgoh va hokazo.

Ba‘zi dastgohlarning shartli belgilari, ya‘ni indeksi bayon 

qilingan tartibga to‘g‘ri kelmaydi, masalan TCiME — ko‘ndalan- 

giga arralaydigan, disk arrali, dastak — sharnirli osma supportli 

dastgoh.


14

III BOB. YOG‘OCH KESISH ASOSLARI

Kesish — yog‘och materiallardan zarur o‘lchamli va shaklli 

detallar yasashning asosiy usulidir. Kesish jarayonida ponasimon 

keskich yog‘ochga o‘yib kirib yog‘och tolalarini kesadi va ular 

orasidagi bog‘lanishni buzib, yog‘ochning ma‘lum qatlamini 

kesib qirindi hosil qiladi. Yog‘ochni qirindi ajratmay kesish ham 

mumkin: masalan, payrahaning yaroqsiz qismini kesganda yoki 

payrahani qaychi bilan qirqqanda qirindi chiqmaydi.

Energiyani kam sarflab, jihozni yuqori unum bilan ishlatib. 

yog‘ochga talab qilingan darajada sifatli ishlov berish uchun 

kesish sharoitini to‘g‘ri tanlay bilish, buning uchun esa dastlab 

mazkur jarayonning mohiyatini tushunib olish zarur.



Download 1.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling