qiladi va uning Jazoirdagi asirlik hayoti boshlanadi.
Uning boshi uchun o ‘sha davrda nihoyatda baland bo.Mgan
miqdorda 500 oltin eskudo talab qiladilar, uni juda badavlat deb
o‘ylaydilar. 5 yillik mahbuslik hayoti davomida Servantes umidsizlikka
tushmadi, hatto raqibi Hasan Poshshoning muhabbatini qozonadi.
Yozuvchi mahbuslikdan 1580- yilning 19- sentabrida ozod qilindi.
Mahbuslik yillari boshdan kechirganlari keyinchalik «Olijanob muxlis»,
«Mahbus tarixi» kabi asarlarida o ‘z aksini topadi. Faxriy urush veterani
sifatida vataniga qaytgan Servantesni muhtojlikka yuz tutgan oilasi
kutib oladi. Otasi butunlay kar bo‘lib, shifokorlik qila olmay qolgan
edi. Servantes yana ish izlay boshlaydi. Uning oldida ikki yo‘l turar
edi. Yo harbiy xizmatga qaytish, yo ijod bilan shug‘ullanish. Albatta,
badiiy ijod bilan oilani boqib blmas edi, shu sababli Servantes harbiy
xizmatni tanlaydi, Portugaliyada xizmat qiladi, 1581- yilda Shimoliy
Afrikaga kuryer sifatida boradi.
Biroq harbiy ish unga o ‘zi o'ylagan moddiy farovonlik keltirmaydi.
Bu orada Katalina de Salasar Palasoyega uylanadi, lekin uning uncha
ko‘p bo'lmagan sepi ham Servantesning moddiy ahvolini yaxshilamaydi.
1585- yilda Servantes Andaluziyaga boradi. Hayotining keyingi 15
yilini Seviliya shahrida o ‘tkazadi. Bu yerda «Yengilmas Armada» uchun
oziq-ovqat yetkazib beruvchi boshqarmaga komissar qilib tayinlanadi.
1594- yilda uni soliq yig'uvchi vazifasiga o ‘tkazadilar. Biroq uning
omadi yurishmaydi, kamomad chiqadi va uni soliq pullarini yashirishda
ayblaydilar. Servantes o'zining aybsizligini isbotlay olmaydi va uni
Seviliya shahar qamoqxonasiga uch oy qamab qo‘yadilar. 1604- yili
Do'stlaringiz bilan baham: |