Sh o sr a n o r m a t o V a j a h o n a d a b iy o t I


Shpis fikricha, isyonkor Faust bu qilmishi uchun u dunyoda do‘zax


Download 0.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/75
Sana08.11.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1758714
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   75
Bog'liq
Jahon adabiyoti

Shpis fikricha, isyonkor Faust bu qilmishi uchun u dunyoda do‘zax 
o'tida yonmog‘i lozim. Isyonkor Faust shaxsi Gyoteni o'ziga maftun 
qiladi, ilk marotaba Faust haqidagi afconaga «Prafeust» asarida murojaat 
qiladi.
«Faust» asari murakkab, ramzlarga, tagma’nolarga to‘la asar. Unda 
aniq makon va davr ko'rsatilmagan, konkret shaxslar nomi atalmagan, 
biroq doston o'z davrining muammolari, g'oyalarini aks ettiradi. 
Aytii paytda unda butun insoniyat dardlari, intilishlari o'z ifodasini 
topgan. Gyote insonga cheksiz mehr va ishonch bilan qaraydi, uning 
qudratiga qoyil qoladi, ojizligidan iztirob chekadi. «Faust» tragediyasi 
insonning ruhiy imkoniyatlari tadqiqiga bag'ishlangan.
«Faust» she’riy shaklda yozilgan bo'lib, ikki qismdan iborat 
tragediyadir.
«Faust» asari klassitsizm an’analariga ko'ra «Bag'ishlov», «Teatr 
muqaddimasi» va «Arshi a ’lodagi debocha» bilan boshlanadi. 
Muqaddimada san’atga turlicha qarashlar namoyon bo'ladi U qiziqchi, 
shoir va muzey direktorining suhbatidan iborat. Shoir: «Avlodlarga 
qolur haqiqiy san’at» deb hisoblaydi, qiziqchi esa: «Bu kungi yoshlarni 
xursand qilur kim? Zamonga yor bo'lish kichkina ishmas» deydi. 
Direktor: «Eng zaruri sarguzasht bo'lsin, Ko'zga quvonch bo'lsin, 
dilga gasht bo'lsin» degan fikrda. Gyote san’atga ko‘ngil ochish vositasi 
yoki pul topish manbai deb qarovchilarga qarshi chiqadi, iste’dod 
ilohiy ne’mat, uningcha san’at inson qalbini o'zgartirishga qodir buyuk 
kuch, u buyuk ishlarga xizmat qilishi kerak:
Bor, izla о ‘zingga bo ‘lak xizmatkor,
Sen boshlagan yo ‘Iga aslo bormasman.


Menda tangri bermish oliy huquq bor,
Sen deb men uni loyga qormasman.
She 'riyat qalblami yoqur ne sabab ?
N ahot bois bo ‘Isa balandparvoz gap!
Shoir yuragida pinhondir olam,
Jahoniy uyg‘unlik unda mujassam.
(Erkin Vohidov tarjimasi)

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling