Sh o sr a n o r m a t o V a j a h o n a d a b iy o t I


insonlarning iztiroblari mahorat bilan tasvirlangan


Download 0.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/75
Sana08.11.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1758714
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   75
Bog'liq
Jahon adabiyoti

insonlarning iztiroblari mahorat bilan tasvirlangan.
Asarning ikkinchi qismida Faustni o'zini Margaritaning mash’um 
qismati sababchisi deb bilib, og'ir iztiroblar iskanjasida qolgan holatda 
uchratamiz. Bu yerda ham uni jo'shqin hayot, go'zal tabiatning sehrli 
chorlovi, ilohiy qudrati qutqaradi, uning mudroq qalbida ikkinchi 
marotaba uyg'onish ro'y beradi.
Tumanlar ichidan turguvchi sahar,
Senga yana shodon chiqurman peshvoz.
Azaliy ко ‘rking-la aylab musaxxar,
Zamin, bu kech menga bo ‘libsan hamroz.
Sen yana ко lcsimda uyg ‘otding istak.
Orzular ко Tcida qilurman parvoz.
(Erkin Vohidov tarjimasi)
Faust endi afsonaviy Yelenani izlab Mefistofel va kimyogar Vagner 
tomonidan shisha idishda yetishtirilgan sun’iy odamcha Gomunkul 
ko'magida safarga otlanadi. Go'zal Yelenani topadi, ular orasidagi 
xayoliy muhabbatdan Evforion tug'iladi. Faust sarguzashtlari ramzlarga 
boy, ular tag zaminiga yetish alohida diqqat va talakkur talab qiladi. 
Evforion halok bo'ladi, go'zal Yelena ko'kka ko'tarilib g'oyib bo'ladi. 
Faust endi olam tashvishlari bilan band. U Mefistotel bilan imperatorlar 
urushida qatnashadi, qonuniy imperator g'alabasiga sabab bo'ladi. 
Imperator unga dengiz bo'yidagi botqoq va balchiq yerlami in’om


qiladi, shu o ‘rinda ma’rifatchilik davrining ideal qahramoni — faoliyat 
kishisi, yaratuvchi inson namoyon bo'ladi, Faust bu yerlarni insonga 
xizmat qildirish uchun zo ‘r ishtiyoq bilan kirishadi. Faust bir umr 
izlanadi, inson umrining ma’nosi va mohiyatini anglab yetishga intiladi, 
nihoyat o ‘zi orzu qilgan «To‘xta, ey daqiqa, go'zalsan g‘oyat» deb 
ataluvchi lahzalar jonli, jo'shqin hayotda ekanligiga imon keltiradi, 

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling