Sh o sr a n o r m a t o V a j a h o n a d a b iy o t I


yana ko'tariladi. Endi Shekspir asarlari uning zamondoshi, 1593- yilda


Download 0.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/75
Sana08.11.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1758714
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   75
Bog'liq
Jahon adabiyoti

yana ko'tariladi. Endi Shekspir asarlari uning zamondoshi, 1593- yilda 
fojiali halok b o‘lgan Kristofer Marloniki deya isbotlashga urinildi. Bu 
qarash tarafdorlarining fikricha, Mario qotillardan yashirinish 
maqsadida Shekspir imzosi bilan asarlar yozgan. Bu nazariyaning ham 
asosi puchligi tezda ma’lum bo‘lib qoldi. Mario bilan Shekspir bir 
davrda ijod qilgan bo‘lib, ularning asarlarini farqlash qiyin emas. 
So‘ngra Marloning o'lim i ham aniq qayd etilgan. Shekspir asarlari 
Mario tomonidan yozilganligi xususidagi taxminda hech qanday mantiq 
yo‘qligi aniqlangan.
Bu kabi bahslarga allaqachon barham berilgan va har qalay 
o'tmishda Shekspir ismli daho yashab o ‘tganligi, uning o ‘lmas asarlari 
bugunga qadar insoniyat qalbini zabt etib kelayotgani aniq faktdir.
Shekspir ijodini she’riyatdan boshlagan. IJning ikki dostoni «Venera 
va Adonis» hamda «Lukretsiya» o ‘z davrida mashhur bo'lgan. Buyuk 
dramaturg, ayniqsa, sonet janrida shuhrat qozongan. Sonet Italiyada 
vujudga kelgan janr bo‘lib, 14 satrdan iborat bo'lishi kerak. Ingliz 
soneti 4 va oxirgi 2 satrdan iborat. Shekspiming oddiy ingliz sonet 
shakliga chuqur mazmun singdirdi. Uning 152 ta soneti mavjud bo‘Iib, 
126 tasi shoirning do‘stiga, 28 tasi qorasoch ayolga bag'ishlangan. 
Shekspiming ishqiy she’rlari hayotiyligi bilan ajralib turadi. Petrarka 
va uning ingliz izdoshlari ijodida oltin sochli, farishtasimon, yetishib 
bo'lmas go‘zal kuylanadi. Shekspir sonetlarining qorasoch qahramoni 
esa jonli va hayotiy obrazdir.
Tadqiqotchilar Shekspiming pyesalari sonini 37 ta deb ko'rsatadilar 
va uch davrga bo‘lib o ‘rganishni ma’qul ko‘radilar.
1 5 9 0 -1 6 0 0 - yillar. Bu davr yosh dramaturgning hayotga va 

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling