Sh o sr a n o r m a t o V a j a h o n a d a b iy o t I


komediya deb hisoblanishiga asos bo‘lib xizmat qilgan


Download 0.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/75
Sana08.11.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1758714
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   75
Bog'liq
Jahon adabiyoti

komediya deb hisoblanishiga asos bo‘lib xizmat qilgan.
Shekspiming ingliz tarixiga bag‘ishlangan xronikalari ikki yuz yillik 
davrni qamrab oladi. Ularda Angliya bilan Fransiya o'rtasida 100 
yillik urush hamda Qizil va Oq atirgullar o'rtasidagi feodal urush 
voqealari aks etgan. Shekspiming xronika-pyesalariga R. Xoldinshen- 
ning XVI asr o'rtalarida yozilgan tarixiy Angliya, Shotlandiya va 
Irlandiya xronikalari asos bo‘lib xizmat qilgan.
Shekspir xronikalarida Angliya taxti uchun bo'lgan kurashlar aks 
etgan. Dramaturg qirol uchun ikki jihat - shafqatsizlik va zaiflik jiddiy 
nuqson deb hisoblaydi.
Richard III, qirol Jon shafqatsizligi bilan, Richard I, Genrix VI 
zaifligi bilan fojialaiga sabab bo‘ladilar. Shekspir idealidagi qirol Genrix 
V obrazida mujassamlashgan. Biroq dramaturg yaratgan adolatli, dono 
va kuchli qirol hayotdagidan keskin larq qiladi. Genrix V qisqa muddat 
hukmronlik qilgan bo‘Isa ham ozmuncha shafqatsizliklar qilmadi. 
Fransiya bilan urushni qayta alanga oldirdi, «yeretiklar» (mavjud diniy 
ta’limotning tashkiliy tomoniga, ya’ni cherkov tartibotlariga, diniy 
jaholatga qarshi bo'lgan ta’limot vakillari) ni olovda yoqdi. Shekspir 
bu obrazni yaratishda ko'proq hayotiy faktlarga emas, Genrix V 
haqidagi xalq afsonalariga tayandi. Bu afsonalarga ko‘ra qo‘rqmasligi, 
botirligi bilan ajralib turadigan, janglarda doimo g‘alaba qozonib kelgan 
qirol Genrix juda yosh vafot etadi.
«Richard III» pyesasi xronikadan ko'ra tragediyaga yaqinroq turadi. 
Uning markazida yovuzligi bilan ajralib turuvchi Richard III turadi. 
Uning asosiy maqsadi - taxt, hokimiyatga yetishish. Ayni paytda aqlli, 
jasur jangchi va jozibador shaxs. Yorklar oilasining a’zosi bo‘lgan 

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling