Sh o sr a n o r m a t o V a j a h o n a d a b iy o t I


qiladi va uning Jazoirdagi asirlik hayoti boshlanadi


Download 0.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/75
Sana08.11.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1758714
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   75
Bog'liq
Jahon adabiyoti

qiladi va uning Jazoirdagi asirlik hayoti boshlanadi.
Uning boshi uchun o ‘sha davrda nihoyatda baland bo.Mgan 
miqdorda 500 oltin eskudo talab qiladilar, uni juda badavlat deb 
o‘ylaydilar. 5 yillik mahbuslik hayoti davomida Servantes umidsizlikka 
tushmadi, hatto raqibi Hasan Poshshoning muhabbatini qozonadi. 
Yozuvchi mahbuslikdan 1580- yilning 19- sentabrida ozod qilindi. 
Mahbuslik yillari boshdan kechirganlari keyinchalik «Olijanob muxlis», 
«Mahbus tarixi» kabi asarlarida o ‘z aksini topadi. Faxriy urush veterani 
sifatida vataniga qaytgan Servantesni muhtojlikka yuz tutgan oilasi 
kutib oladi. Otasi butunlay kar bo‘lib, shifokorlik qila olmay qolgan 
edi. Servantes yana ish izlay boshlaydi. Uning oldida ikki yo‘l turar 
edi. Yo harbiy xizmatga qaytish, yo ijod bilan shug‘ullanish. Albatta, 
badiiy ijod bilan oilani boqib blmas edi, shu sababli Servantes harbiy 
xizmatni tanlaydi, Portugaliyada xizmat qiladi, 1581- yilda Shimoliy 
Afrikaga kuryer sifatida boradi.
Biroq harbiy ish unga o ‘zi o'ylagan moddiy farovonlik keltirmaydi. 
Bu orada Katalina de Salasar Palasoyega uylanadi, lekin uning uncha 
ko‘p bo'lmagan sepi ham Servantesning moddiy ahvolini yaxshilamaydi. 
1585- yilda Servantes Andaluziyaga boradi. Hayotining keyingi 15 
yilini Seviliya shahrida o ‘tkazadi. Bu yerda «Yengilmas Armada» uchun 
oziq-ovqat yetkazib beruvchi boshqarmaga komissar qilib tayinlanadi. 
1594- yilda uni soliq yig'uvchi vazifasiga o ‘tkazadilar. Biroq uning 
omadi yurishmaydi, kamomad chiqadi va uni soliq pullarini yashirishda


ayblaydilar. Servantes o'zining aybsizligini isbotlay olmaydi va uni 
Seviliya shahar qamoqxonasiga uch oy qamab qo‘yadilar. 1604- yili 

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling