Sh o sr a n o r m a t o V a j a h o n a d a b iy o t I


biladilar, inson esa gunohkor banda ekanligini tan oladilar. Biroq ular


Download 2.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/76
Sana26.09.2023
Hajmi2.88 Mb.
#1688336
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   76
biladilar, inson esa gunohkor banda ekanligini tan oladilar. Biroq ular 
inson aqliga ishonadilar. K o'pchilik m a’rifatchilar xudoning 
mavjudligini inkor etmas edilar. Ulaming fikricha, borliqni Xudo 
yaratgan, biroq endi insonga uni boshqarish erki berilgan. Shu sababli 
ular inson qudratiga, uning yaiatuvchilik kuchiga katta baho berganlar.
Ushbu yo‘nalish vakillari aql va bilim bilan inson dunyoni yaxshilik 
tomon eltishga qodir, deb hisoblaydilar. Ular «ijtimoiylik» va «tabiiyiik», 
«tabiat« va «tamaddun» o ‘rtasida uyg'unlik vujudga keltirishga 
uringanlar. Shu sababli ham bu davr adabiyotida madaniyat va 
ma’rifatning moddiy asosini kuchaytirish yo‘lidagi sayohatlar, insonning 
tabiat bilan kurashi va g'alabasi, inson tafakkurining sinovi kabi 
mavzular yetakchilik qiladi.
Ingliz yozuvchisi D.Defoning «Robinzon Kruzo» asarida kimsasiz 
orolga tushib qolgan inson aqli va mehnatkashligiga tayanib taraqqiyot 
cho‘qqisiga erishadi, o'limga mahkum qahramon hayotga bo‘lgan 
cheksiz muhabbati va idrok kuchi bilan tabiat oldida bo‘yin egmaydi.
Ayni paytda ma’rifatchilik adabiyotida kurashchan qahramon- 
larning ziddi bo‘lgan obrazlar ham mavjud. Ular ko‘proq yevropalik 
bo'lmagan qahramonlar tim solida nam oyon bo'ladi. Masalan, 
Monteskyoning «Fors maktublari» asaridagi Uzbek, S.Jonsonning 
«Rasselas, Abissin shahzodasi» asaridagi Rik yoki Volterning 
«Soddadil» asaridagi yowoyi - o ‘ta soddaligi, ma’sumligi, dunyodan 
bexabarligi bilan ajralib turadi.
Ma’rifatchilar klassitsizm adabiyotidagi shartlilik, sun’iylikka qarshi 
chiqadilar, bu oqim vakillaridan farqli o'laroq oddiy kishilar hayotiga
www.ziyouz.com kutubxonasi



Download 2.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling