mardlik, tantilik, shoirona romantiklik xislatlarini tan olgan holda
chizadl Kitobxon ko‘z o'ngida johil, vahshiy olomonni maqsad yo'lida
birlashtirgan dono, ayni paytda mug'ombir, shafqatsiz, shu bilan birga
adolatli dehqon obrazi gavdalanadi.
Pugachev qo'zg'oloni bilan bog'liq faktlarni yig'ish chog'ida
Pushkin ko'plab xalq ertaklari va qo'shiqlarini yozib oladi, keyinchalik
ulardan «Kapitan qizi» romanida, «Suv parisi» dostonda foydalanadi.
30- yillarda esa «Pop va uning xizmatkori Baida haqida ertak», «Shoh
Sulton haqida ertak», «Oltin tojli xo'roz haqida ertak» asarlari dunyoga
keladi.
1 8 31 -1836- yillarda Pushkin she rlar yozishda ham davom etadi.
«Shaytonlar», «Tunda uyqusizlikda bitilgan she’rlar», «Kuz» kabi
she’rlarida ijodkor olamining sirli jabhalariga sayr etiladi, «Litsey
www.ziyouz.com kutubxonasi
qanchalar k o ‘p bayram qilgani sari...», «M en yana keldim»,
«Shahardan tashqarida o'ychan kezganimda» kabi she’rlari she’riyat,
tabiat, hayot vu mamot mavzulariga bag'ishlanadi. «Men o'zimga
haykal qo'ydim...» she’rida esa shoir go‘yo o'zini oldinda kutayotgan
fojiani sezgandek bo'ladi, inson tafakkurining buyukligi, iste’dod
nomining o'chmasligi, chin san’at asarlari boqiyligi kuylanadi.
Pushkin ijodiy yetuklik davriga kirgan palla ayni paytda uning
hayotidagi so'nggi bosqich bo'lib qoldi. Bu davrda shoir hayotida
qator ko'ngilsizlikjar ro'y berdi. 1833- yilda Pushkinga shoh Nikolay
tomonidan kamer yunker unvoni berildi. Endi shoir saroy ballariga
tashrif buyurishi, sqroy odob-axloq qoidalariga amal qilishi lozim edi.
Qoliplarga sig'maytfigan shoir qalbi uchun bu yoqimsiz vazifa edi,
Do'stlaringiz bilan baham: |