iste’foga chiqishga urinishlar bekor ketadi. Buning ustiga shoir
hukumatdan oldindan 30 ming so'm maosh oladi, endi u o ‘zi sevmagan
kasbni oxirigacha bajarishga majbur.
Uinuman, tadqiqotchilar Pushkin hayotining bu davrida uning
kayfiyatidagi tushkunlik, qoniqmaslik hissini ta’kidlaydilar. Kavalegrad
polki poruchigi, fransuz muxojiri J. Dantes bilan shoir o'rtasida nizo
chiqishi ham uning mahzun, daqqi muhitdan zada kayfiyatiga mos
edi. Saroy kiborlar guruhi o'rtasida shoir va uning xotini sha’nini
bulg'ovchi ig'vo-bo'htonlar tarqaladi. Buni ta’sirchan, nozikqalb shoir
ko'tara olmaydi. 1837- yil 27- yanvarda Pushkin va Dantes o'rtasida
duel bo'lib o'tdi va shoir og'ir yaralandi. Ikki kundan so'ng, 29-
yanvarda Rossiyaning buyuk shoiri dunyodan ko‘z yumdi.
Pushkin rus madaniyati tarixiga rus adabiy tili va yangi adabiyotining
asoschisi sifatida kirgan. Ayni paytda shoirning o'lmas adabiy merosi
jahon adabiyotining ham ajralmas mulki bo'lib kelyapti.
---------------
www.ziyouz.com kutubxonasi
R E A L IZ M
Realistik elementlar barcha davrdagi ijod namunalarida mavjud.
Realizm (lotincha realis — ashyoviy) — hayot baqiqatmi asliga muvofiq
tasviri ash, detallar va obrazlaming haqqoniyligini talab qiladi. Hayot
haqiqatiga sodiqlik — uning asosiy shioridir. Realistlar obrazlar va
hodisalarning hayotiyligiga alohida e ’tibor berganlar. Asar tili,
qahramon nutqi, sujet, konflikt kabi unsurlarning barchasi haqqoniylik
talabiga bo‘ysundirilgan. Bu metod ijodkorning o'zini qurshab turgan
voqelik va insonlar to ‘g‘risida o'ylagan haq gapini aytish, kitobxon
ko‘z o'ngida real hayot va real insonlarni gavdalantirish yo'li bilan
Do'stlaringiz bilan baham: |