yozuvchilar ijodida realizm o'zining yangi bosqichiga ko'tarildi,
keyinchalik qirg'iz yozuvchisi Chingiz Aytmatov, rus yozuvchilari
M.Shukshin, V. Rasputin kabilaming mazkur metod imkoniyatlarini
namoyon qiluvchi asarlari vujudga keldi.
Realizm uzoq davom etgan taraqqiyot bosqichini boshidan
kechirgan, yuqorida ko'rsatib o'tilganidek, uning unsurlari, xilma-xil
ko'rinishlari adabiyot tarixining barcha bosqichlarida kuzatilgan bo'lsa-
da, uning tugal metod sifatida o ‘z imkoniyatlarini to‘la namoyon qilishi
XX asrga to£g‘ri keladi. XX asr jahon adabiyotida ingliz adibi S. Moem,
amerikalik E.Xeminguey, Lotin Amerikasi adibi Gabriel Garsia Markes
singari adiblar ushbu oqimning eng ko'zga ko'ringan, uning rivojiga
katta hissa qo'shgan va ayni paytda uni ulkan kashfiyotlari bilan
boyitgan, biri ikkinchisini takrorlamaydigan o'ziga xos ijodkorlardir.
www.ziyouz.com kutubxonasi
S O M E R S E T М О Е М
Uilyam Somerset Moem — buyuk ingliz yozuvchisi, XX asrning
mumtoz adibi degan sharafli nom egasi. U uzoq va mazmunli hayot
kechirdi. XIX asr oxirida ijodini boshlagan yozuvchi ikkinchi jahon
urushidan keyin unga yakun yasadi. Yarim asrdan ko'proq davom
etgan faoliyati davomida o'lmas asarlar yaratdi. U adabiyot maydoniga
endigina kirib kelganida hali Oskar Uayld tirik edi, Kipling shuhrat
cho'qqisini egallagan, Gerbet Uellss va Bernard Shou, Jon Golsuorsi
va Arnold Bennet kabi yozuvchilar juda tanilgan edi. M oem endi
kitobxonlar ommasi tomonidan tan olina boshlaganda adabiyotga yangi
bir to'lqin kirib keldi Ular jasur «tajriba qiluvchi», yangi yo‘Uar izlayot-
gan Jeyms Joys, Virjiniya Vulf, Devid Gerbert Lourens kabi ijodkorlar
Do'stlaringiz bilan baham: |