Sh tartibi reja


Download 30.42 Kb.
bet2/8
Sana08.10.2023
Hajmi30.42 Kb.
#1695281
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
3 лекция

Kimiyoda H (vodorod), O (kislorod), NaCl (osh tuzi); matemtikada " + " (qo'shish), " - " (ayirish), " a2" (istagan sonning kvadrati); fizikada F (kuch), V (tok kuchlanishi), W (tok kuchi) va h. shular jumlasidandir.
Tilshunoslikda ham shunday shartli belgilar bor. Chunonchi, V - fe'l, Vlt - o'timli fe'l, V1" - o'timsiz fe'l, S - ega, P -kesim, Pv - fe'l kesim. , P” - ot kesim. Tilshunoslikdagi bunday shartli qisqartmalar, odatda, "Tilshunoslikka kirish" o'quv qo'llanmalarida sharhlanadi. Muallif bunday qisqartmalardan foydalanganda qisqartma olingan manbani aniq ko'rsatishi lozim.
Bunda tayanch manba ilmiy jamoatchilik orasida keng tarqalgan, mashhur, har bir ilmiy kutubxonada osongina topiladigan bo'lishi lozim.


Ikkinchi turdagi qisqartmalar muallifning o'zi tomonidan yaratiladi. Bunday qisqartmalar qulay va to’liq sharhiga nima bilandir ishora qilib turadigan bo'lishi zarur. Chunonchi, Abdulla Qodiriyning yuqorida sanab o'tilgan uch romanida eskirgan so’zlarning qo'llanilish muammosini o’rganayotgan tadqiqotchi ularni RI (ya'ni birinchi roman), RII, R III deb ham, A1, A2, A3, deb ham, oddiygina I, II, III shartli qisqartma sifatida berishi mumkin. Lekin bunday qisqartma noqulay. Kitobxonni qiynaydi. Bu romanlarni O'K, MCh, ObK qisqartmalari bilan berish esa ancha qulay, chunki qisqartmada asarning to'liq nomiga ishora mavjud: O'K- "O'tkan kunlar", MCh-"Mehrobdan Chayon" v. h.
Muallif o'z ishida foydalangan qisqartmalar alohida asarlarda (dissertatsiya, monografiya, darslik v.h. ) ishning kirish qismidan oldin, mundarijadan keyin,
ilmiy maqolalarda esa maqola oxirida maxsus sarlavha (foydalanilgan qisqartmalar) ostida to'liq va aniq ochib berilishi shart.
Yosh-tadqiqotchilarga shuni eslatib o’tish joizki, qisqartmalardan zarur bo'lgan hollarda foydalanish kerak. Qisqartmalar sonining ko'pligi, ularning o'rinsizligi ishni o'qish va uqishni murakkablashtidadi. Qulaylik ornida chigallik tug'diradi.

Download 30.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling