Sh tartibi reja
Download 30.42 Kb.
|
3 лекция
- Bu sahifa navigatsiya:
- Otkan kunlar", "Mehrobdan chayon", "Obid ketmon", "Juvonboz"
- Sh.Rahmatullayevning
MAVZU № 3: ILMIY TADQIQOTDA QISQARTMA, HAVOLA VA BIBLIOGRAFIK MA'LUMOTLARNI JOYLASHTIRISH TARTIBI Reja: 1. Ilmiy tadqiqot ishida qisqartmalarning o'rni. 2. Havola va bibliografik ma'lumotlarni berish usullari. 3. Ilmiy halollik va o'g'rilik (plagiat). Tayanch tushunchalar: Qisqartma, shartli qisqartma, ismli (familiyali) qisqartma, raqamli qisqartma, aralash qisqartma, havola, havola o'rinlari, ilmiy odob, plagiat, manba imlosi. Ilm va tafakkur odamlar qalbiga nur, ongiga ziyo, xonadoniga fayz-baraka keltiradigan buyuk mo`jizadir. I.A.Karimov 1. Ilmiy tadqiqot ishida qisqartmalarning o'rni. Endi ilmiy tadqiqda muhim o'rin egallaydigan ilmiy havola, ma'lumot manbalari, bibliografik ma'lumotlarni berish usullari bilan tanishishga kirishamiz. Dastlab shartli qisqartmalar haqida. Tadqiqotda juda ko'p hollarda ayni bir manba (ilmiy adabiyot, tajriba-sinov ishlari natijasi, ayrim tushuncha va atama, hatto ta'rif va qonuniyat)larni juda ko'p marotaba, tez-tez takrorlab turishga to'g'ri keladi. Chunonchi, "Abdulla Qodiriy asarlarida eskirgan so'zlar" mavzusidagi ilmiy tadqiqotda tadqiqotchi bu adibning "O'tkan kunlar", "Mehrobdan chayon", "Obid ketmon", "Juvonboz" kabi asarlarini o'nlab marotaba tilga olishi, har bir fikrni asoslash uchun bu asarlardan yuzlab misol keltirishi lozim. Bundan tashqari, tadqiqotchi eskirgan so'zlar muammosini mufassal tahlil etgan, masalan, Ernest Begmatovning "O'zbek tilining ieksik qatlamlari", E.Qilichevning "Badiiy tasvirning leksik vositalari" asarlari, Sh.Rahmatullayevning "ToshDU Ilmiy asarlari. Yangi sira. 211-chiqishi. Filologiya. 24-kitob. Toshkent, 1963" to'plamida chiqqan "Arxaizm va istorizm" maqolasini, har xil lug'atlarni - ikki jilddan iborat bo'lgan "O'zbek tilining izohli lug'ati"ni, 4 jildli "Alisher Navoiy asarlarining izohli lug'ati" v.h.ni tez-tez takrorlab turishi lozim. Ilmiy ishda, ixchamlik va tejamlik nuqtayi nazaridan, unda tez-tez takrorlanib turuvchi manba va tushunchalarni tadqiqotchi, odatda, qisqartma (shartli qisqartma)lar bilan beradi. Bundan tashqari, ilmiy tadqiqotlarda juda ko'p holda chizma, diagramma, qonuniyatlarni ixcham va yorqin aks ettiruvchi formula, jadvallar keng qo'llaniladi. Ularda ham, asosan, har xil shartli qisqartmalar qo'llaniladi. Manbalarga ishora qiluvchi qisqartmalar ham, formula va chizmalarda qo'llaniladigan qisqartmalar ham fanda ikki xildir. Ulaming birinchi turi ma'lum bir fan sohasida umumiylik sifatida qabul qilingan shartli belgilardir. Download 30.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling