Sh tartibi reja


Ilmiy halollik va o'g'rilik (plagiat)


Download 30.42 Kb.
bet6/8
Sana08.10.2023
Hajmi30.42 Kb.
#1695281
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
3 лекция

3. Ilmiy halollik va o'g'rilik (plagiat).


Shuni esda tutish lozimki, boshqa tadqiqotchilar ma'iumot va talqinlaridan foydalanib, uni ilmiy ishda ko'rsatmaslik eng xunuk amaldir. Ilmiy ishda bunday o'rinlar bo'lsa (yoki atigi bir abzaslik material birovdan olinib, manbayi ko'rsatilmagan bo'lsa), bu ish plagiat - ilmiy o'g'rilik mahsuli sanalib, xalqaro qonunchilikda o'z aksini topgan mualliflik huquqi qoidalari asosida bekor qilinadi va O'zbekiston Respublikasining jinoyat kodeksi asosida plagiat ish muallifi jinoiy javobgarlikka tortiladi. "OAK Byulleteni" jurmalining 2004-yil 6-soni bilan tanishsangiz, bunday xunuk ish hozir ham sodir bo'lib turayotganligini bilishingiz mumkin.


Ilmiy ishda foydalanilgan, keltirilgan barcha manba, ilmiy adabiyotlar ishning "Foydalanilgan manba (adabiyot)lar" yoki Bibliografiya qismida to'la keltiriladi. Bu qism ikki turda tuzilishi mumkin:
Faktik material manbalari va
ilmiy adabiyot (manba)lar ro'yxati alohida ajratib beriladi.
Har ikkala manba birgalikda beriladi.


Har ikkala holatda ham manbalar alifbo tartibiga qat'iy rioya qilingan holda ro’yxatlashtiriladi. Manbaning ro'yxatdagi o'rni manba (asar) muallifining (muallif ko'p bo'lsa, birinchi muallifning) familiyasi, agar mualliflar ko'rsatilmagan bo'lsa, asar (to'piam, kitob v.h.) nomining birinchi so'zi harflari asosida joylashtiriladi.


Bibliografik material manbalar ro'yxatini berishning kutubxonachilik va OAK, matbuot va poligrafiya boshqarmalari tomonidan qat'iy belgijangan O'zR Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan qonun-qoidalari bor. Har bir tadqiqotchi ularga rioya qilishi lozim. Bular, asosan, quyidagilar:



Download 30.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling